Matbuot konferensiyasi darslari
Mavzuni yoki materialni takrorlash uchun foydalaniladi. Buning uchun ham bir necha kun oldin tayyorgarlik ko`riladi. O`qituvchi bu turdagi darsni o`tish uchun mavzuning o`quvchilarga ilgaridan tanish bo`lganligi muhim ahamiyat kasb etadi . Matbuot konferensiyasi 4 qismdan iborat bo`ladi.
1.Matbuot markazi xodimlarining jurnalistlar savoliga javobi 45- daqiqa .
2.Tahrirga oid topshiriqlarni tayyorlash va shaklantirish 20 daqiqa, har bir jurnalist o`z savoliga olgan javoblari asosaida jurnlaga maqola yozadi.
3. Bajarilgan ish haqida hisobot 15- daqqiqa .
4.Xulosa chiqarish va ekspress gazetada maqolasini nashr etish.
O`qituvchi kelgusi darsda angliyalik mehmon kelishi haqida ogohlantiriadi. Mehmon sifatida esa eng bilimdon o`quvchi tanlanadi qolganlar, jurnalist bo`lib o`z savollarini tayyorlab keladilar va dars xonasi matbut konferensiyasi zali shakliga keltiriladi va mehmonning ro`parasidagi stollarda jurnalistlar o`z gazetalarining nomi yozilgan taxtachalar ortida turishadi. Mehmon savollarga javob beradi, jurnalistlar esa kelgusi darsda savol- javoblar asosida o`z maqolalarini tayorlab keladilar.
Yuqorida keltirib o`tilgan usullardan agar kamida ikkitasi ishlatilsa ham, o`zlashtirishda muvaffaqiyatga erishgan bo`lamiz. Bizning vazifamiz o`quvchilarga bilimni to`g`ri va to`liq yetkazib berish ekan, bu yo`nalishda izlanishlar davom etaveradi. Ta`lim dargohlarining aksariyatida hozirda bu usullar qo`llab kelinmoqda va ular orqali o`uvchilarning bilim darajasi ancha oshganligi ham ta`kidlanmoqda.
Sizlarga taqdim qilmoqchi bo`lganim shulardan iborat. Bizning oldimizda turgan vazifa endi ularni hayotga tadbiq etish va undan kutiladigan natijalarga erishishdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo`lg`usi o`qituvchi pedagoglar uchun o`z ustida tinimsiz mehnat qilish, barcha mashg`ulotlarga "œTa`lim to`g`risidagi" qonun va Kadrlar tayyorlash Milly dasturi talablari asosida tayyorlanish asosiy mezon bo`lib hisoblanadi. Bu esa "œBarkamol avlod "œ Davlat Dasturining amalga oshirishning asosiy talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1."Zamonaviy pedagogik texnologiyalar" muallifi yodimdan ko`tarildi keyinroq kiritaman agar qiziqsangiz
2www.pedagog.uz
3.el.tfi.uz
4.www.multimedia.uz
5.uz.ref.uz
6.www.best.eu.org
7referats.allbest.ru
8.www.europianschoolnet.org
9.www.eun.org
10.gamesinschools.ning.com/
11.www.ioso.ru