Yapon she'riyatidan: hayku va tankalar  ( 44142 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


AbdulAziz  05 Mart 2010, 16:26:22

Yapon she'riyatidan: hayku va tankalar



Tarjimon: Xoldor Vulqon
Hajmi: 125 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Mart 2010, 16:28:24


SO‘Z SEHRI
(Xayku xaqida)

Xayku yolg‘izlikni kuylaguvchi ixcham san’at asari bo‘lib u tashvishlardan bezgan, noxaqliklardan, ozorlardan charchagan, g‘iybatlar paykonidan vujudlari g‘alvir, xorg‘in ruh egalarining chekinadigan uzlatgoxi, xilvatidir. Yapon shoirlari tabiat bilan uyg‘un umr kechirib xaykular yozish uchun roxiblar kabi janda kiyib, xassa tayanib yovvoyi kaptarlar g‘uvillayotgan kimsasiz dalalar ortida,tumanli tog‘ qishloqlaridagi chakalakzor o‘rmonlarda, vayrona ibodatxonalarning unut xarobalarida, yovvoyi gullar ochilib yotgan o‘ngirlarda yolg‘iz yashaganlar va go‘zal, o‘lmas asarlarni yozib qoldirganlar. Xaykularda ko‘p qirrali nimkosa ma’no, falsafiy mazmun yo‘q. Yapon shoirlari xaykular orqali go‘zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali o‘quvchiga xayrat bag‘ishlaydi, tuyg‘ularini ibtidoiylashtirib tabiatga yaqinlashtiradi, insonning hissiyotlarini sun’iylik g‘uborlaridan tozalaydi.Xaykularda aks etdirilgan manzaralarni ko‘z oldingizga keltira olsangiz, tog‘dagi qishloqda oy chiqishini sarg‘ayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko‘tarilayotgan to‘lin oyni ko‘rayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, bo‘lasiz. Tahayyul va tahayyur shu’lalariga yo‘g‘rilasiz. Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini o‘z tarjimam orqali xukmingizga xavola qilarkanman ,shunday ajoyib yapon shoirlarining xaykularini va tankalarini ona tilimizga o‘girish menga ham nasib etgani uchun Janobi Haqqa hamdu sanolar aytaman.

Negaki, Payg‘ambarimiz Sarvari koinot Hazrati Muhammad Sallolloxu A’layxi Va Sallam o‘z xadisi muboraklarida marxamat qilib: -So‘zda sehr, she’rda hikmat bor - deganlar. Qolaversa , yapon shoirlari toju-taxt vasvasasi, fisqu fasod, shaxvoniyat va molu dunyo xirsidan yiroq o‘z xayku va tankalarida Ollox yaratgan dunyoning go‘zal manzaralarini aks ettirib bandalarga hayrat bag‘ishlaydi , insonlar qalbida Olloh qudratining tajallosi bo‘lgan tabiatning musaffo go‘zalligiga mehr-muhabbat uyg‘otadi.

Yapon she’riyatidan Xoldor Vulqon tarjimasi.
1983 yil.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:08:02

BUNDAN 600 YIL AVVAL YOZILGAN XAYKU VA TANKALAR

Baland qoyadagi daraxtga yana
Ilinib qolibdi
Mening varragim . . .
Kobayasi ISSA .

* * *
Ajoyib varrak ko‘tarildi
Kambag‘alning tomi ustidan
Ko‘m - ko‘k osmonga . . .
Kobayasi ISSA .

* * *
Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek
Varragim boshqa varraklar bilan
Qo‘shilib likillar Edo* ustida . . .
* Edo- Tokioning eski nomi.
Kobayasi ISSA .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:08:28


* * *
Sel toshqini .
Oh , qanchalar to‘lib oqmoqda ,
Qal’a atrofidagi zovurlar !
Masaoka SIKI .

* * *
Bahor seli .
Okeanga quyilmoqda
Bo‘tana suvlar . . .
Yosa BUSON .

* * *
Suv toshqini
Mushuk tushib ketdi oqimga
Sakrab o‘tolmadi bechora .
XORO.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:08:41

* * *
Bahor shamoli .
Yutoqib - yutoqib suv ichar sichqon
Sumida daryosidan . . .
Kobayasi ISSA .

* * *
Qayiq ustida varaqlari
Tosh bilan bostirilgan kitob
Bahor shamollari esar . . .
KITO .

* * *
Bahor shamoli .
Turnalar oqarib xurpayar ,
Qarag‘aylar orasida . . .
RAYDZON .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:08:55

* * *
Xuddi odamlarday daydib yuribdi ,
Kaptarlar , chumchuqlar
Baliq ovi mavsumida .
Kobayasi ISSA .

* * *
Baliq ovi mavsumida
Qisqichbaqa ishonqiramay
O’lchab yurar qumda oyoq izlarin . . .
ROFU
* * *
Gullagan sakuralar ichra
Fudziyama yuksalmish ko‘kka -
Yaponiyada bahor !
SYoU.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:09:23

* * *
Uzoqdagi fudzi tog‘larin
To‘sib qo‘ydi yashil to‘nila
Yoshgina yaproq .
Yosa BUSON .

* * *
Sholi ekish mavsumi .
Ox qancha qayg‘u , qancha tashvishlar
Quyilgan - a bu qo‘shiqlarga !
Kobayasi ISSA .

* * *
Dexqon uxlar tog‘ etagida .
Ketmonchaga boshini qo‘yib
To‘rg‘ay sayramoqda havoda .
Kobayasi ISSA .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:09:42

* * *
Sholipoya chopgani chiqdim .
Qush ham sayrab qo‘ymas aqalli
Tog‘ yonbag‘rida . . .
Yosa BUSON .

* * *
Men bu yerni ag‘dargunimcha
Ketib qopti dala osmonida
Suzib yurgan bir parcha bulut . . .
Yosa BUSON .

* * *
Oqshom tutunlari .
Nog‘oralar zirillar gulxan tomonda
Chalinadi quloqqa qo‘shiq . . .
RYoTA .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:10:01

* * *
Kun uzoq cho‘zilar
Ko‘prikka qo‘nganicha turar tustovuq
Ketmaydi uchib . . .
Yosa BUSON .

* * *
Kun uzundan uzoq ,
Olisdan elas - elas eshitiladi ,
Objuvozning horg‘in g‘ijiri . . .
YaXA .

* * *
Uzoqda uchmoqda bir gala o‘rdak ,
Men ketmonchamni chayqayman .
" G’aq " etadi nimadir suvda . . .
Yosa BUSON .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:10:26


* * *
O’tloq uzra tutun cho‘zilgan
Vaysashmoqda bir narsalar deb
Ikkita biya . . .
Kobayasi ISSA .

* * *
Eh sen bulbul !
Loy oyog‘ingni arttayapsanmi ,
Olxo‘ri gullariga . . .
Kobayasi ISSA .

* * *
Bulbul sayrayapti
Har zamonda tashlab qahrli nazar
Mening kulbamga . . .
Kobayasi ISSA .

Qayd etilgan