Umar, sen bizga keraksan!  ( 16488 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Hadija  07 Mart 2010, 15:33:09

:bsm:

Umar, sen bizga keraksan!

    Sen bizga keraksan, ey Umar! Muoviya hazratlari aytgan ekanlar: "œDunyo Abu Bakrga boqmadi, Abu Bakr ham dunyoga boqmadi, dunyo Umarga boqdi, ammo Umar unga qiyo boqmadi, biz esa dunyoga botib qoldik".
    Seni juda sog’indik Umar. Bugungi kunimizga shunday keraksanki, buni so’z bilan ta’riflab berishimiz, tushuntirib berishimiz juda mushkul. Sening shu alamli kunlarimizga qiyoslanganda, sog’inchimiz o’n chandom oshadi. Ko’zlarimiz namlanadi, seni yaxshi ko’rganimizdan, sening bosib o’tgan yo’lingni hech qanday maslakka almashmaganimizdan ham, o’zimizni ba’zan yomon ko’rib ketamiz nafratimiz keladi o’zimizdan. Kufrlik botqog’idan chiqib, odillik tojini kiygan seningdek inson, har qanaqa zamonga kerakdir. Ammo bugungi kunimizga sen, juda-juda keraksan!
    Biz tarix sahifalarini o’qishni yaxshi ko’ramiz. Ko’p kitoblar, asarlar o’qiymiz. Ularning aksarida buyuklik sifatida nom olgan turli xil sarkarda va qahramonlarni ko’ramiz. Buyuk deb atalganlar aslida juda ko’p. ularning ba’zilarini yaqindan taniganimizdan so’ng bu nisbat haqqoniy emasligini tushunamiz. Ular huddi ichiga havo to’ldirilgan meshga o’hshaydilar. Negaki, ularning nomlarini sun’iy ravishda ko’taradigan odamlar bor. Ular o’zlari ixlos qo’ygan odamni ko’klarga ko’tarishdan lazzat oladilar. Vijdonga qarshi boradilar, o’zlarini tiymaydilar. Bunday odamlarga yaqinlashib, ma’lum bo’lmagan jihatlarini bilishga harakat qilsangiz, ular o’z qobiqlarini yopib oladilar. Yelkanlari suvga ko’mgan kema yanglig’, yolg’onlarni yashirishga urunadilar.
    Sen esa undaylar sirasiga kirmaysan! Shu bois ham seni sog’indik, Umar! Amirul mo’minin nomi yangraganda, behosdan hayolimiz sening jussang ila to’ladi. Oddiy odamlar o’z qusurlarini berkitishsa, sening hayoting buyukligingni yashirish bilan o’tdi. Ammo buyukliklarning son-sanog’i yo’qligidan, tarix sahifalari Hazrati Umar deb atalmish insonning adolatlari bilan bezaldi. Musulmonlar emas, balki boshqalarning ko’z yoshini oqizding o’z amaling ila. Sababi sen insonlar e’tiborini qozonish emas, balki Alloh rizosi uchun xalqqa xizmat qilding. Bizning suyukligimiz, muhtaram janobimiz payg’ambarimiz Muhammas Mustafo s.a.vning yonlarida yurishdek sharafni yuksak ishonch bilan ko’targan, Umarul Foruq, tingla! Bugungi kunimiz odamlarini, tingla ularning qilayotgan ishlarini va o’zing baho ber seni qanchalik sog’inganimizni! Sen bizga qanchalik zarur ekanligingni!

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:34:57

     Bugungi kun odamlari hayo ko’chasi qayerda joylashganini bilmaydigan darajaga tushib qolishdi. Biz seni johilyat davrida qanday yashaganingdan ham, habardormiz. Ehtimol sen Alloh taoloning qur’oni karimida kelgan, oyatlaridan yig’lagan, yerga qulagan bo’lsangda, biz o’shandagi hayotingni ham bugungilarga ibrat o’laroq, ayta olamiz. Nahl su’rasining (58-59 oyat)larida Alloh taolo shunday deydi: "Qachon birovlarga qiz ko’rgani haqida xushhabari berilsa, g’azabga to’lib, yuzlari qorayib ketar va u qizni ho’rlagan holida olib qolish, yoki tiriklar tuproqqa qorish to’g’risida o’y surishib, o’ziga hushxabar berilgan narsaning, ya’ni qiz ko’rishning yomonligidan nomus qilib, odamlardan yashirinib olur. Ogoh bo’lingizki, ular bu qilmishlari bilan eng yomon ya’ni, nohaq hukm chiqarurlar".

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:36:27

      Biz bilamizki islom dini kelishidan ilgari, arablarda vahshiy bir odat bor edi. Ular qiz farzand ko’rishni o’zlari uchun or deb bilishar va ko’plari qizlarini tiriklay yerga ko’mib yuborar edilar.
Bunga sabab, dinsiz iymonsiz kimlasarning jaholat va kibr havolari bo’lib, ayrim tarixchi ulamolari bu razolatni bir voqeaga bog’laydilar:
      Uzoq o’tmishda, butun arab jazirasi no’mon ismli podshoh qo’l ostida bo’lib, barcha qavm qabilalari unga boj to’lar ekanlar. Bir yili qabilalardan biri, zimmalaridagi soliqni to’lashdan bosh tortganlarida, podshoh askarlari bositirib kelishib, u qabilaning hamma xotin halaj o’g’il qizlarini asir qilib olib ketishgan va ularni o’z qabilalariga qaytarish uchun, boj to’lanishini shart qilishgan ekan. Bu talab bajarilguncha, oradan o’tgan fursat ichida, qabila boshlig’ining qizi bilan podshohning o’g’li bir-birlariga ko’ngil qo’yib qolishgan ekan. Shuning uchun qiz boshqalar safida o’z yurtiga qaytib ketishdan bosh tortadi. Hech qanday do’q po’pisa va yalinib yolvorishlar kor qilmagach qizning otasi, qabila boshlig’i dushmaniga ko’ngil qo’yib o’zini sharmanda qilgan qizidan nihoyat darajada g’azablanib, bundan keyin qiz ko’rsa, albatta tiriklay yerga ko’mishga qasam ichadi. Shunday qilib, bu qabih odat avloddan-avlodga o’tib, tarqab ketaveradi va qachonki islom dini kelgach, qur’on bu yaramas odatni man etadi. Su’raning davomida ohiratga iymon keltirmaydigan kimsalar, eng yomon sifat egalaridir. Alloh esa eng yuksak sifatlar sohibidir. U qudrat va hikmat egasi bo’lgan zotdir degan oyatni o’qiganingda ey Amirul Mo’minin Umar, o’zingdan ketib qolganing to’g’risidagi rivoyatlarni ham tinglaganmiz!

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:39:36

     Ey Umar! Sening johiliyat davridagi hayotingdan ham bugungilarga yetarli ibrat bor. Bugungi johillar, hatto johillikni ham eplay olishmayapti. Sen qizingni ko’mish uchun yo’l olar ekansan, uni boqa olmaslikdan emas, balki, katta bo’lgach sharmanda qilmaslikdan or qilib ko’mding. Payg’ambar alayhissalomga risolat nurlari tushirilmasdan oldin ham, sen oriyat, nomus va rashk tuyg’ularini qalbingda joylab ulgurgan eding. Bugungi avlod sening o’sha davrlardagi hayotingni o’qib, biroz ajablanganda, biz bu avlodga hitob aylaymiz. Yo’q, hazrati Umar o’sha vaqtda ham hazrati Umar edi.
    Siz Umarning johiliyat davrini mulohaza qilgandan ko’ra, o’zingizning hayotingizga bir nazar soling. Musulmon oilalarga bir qarang. Ulardagi xorlik va bid’atlarga cho’milib qolishlarini ko’ring. Ikkita farzand tug’ib, "œbo’ldi endi boshqa farzand tug’mayman mablag’ masalalarida iqtisod bo’ladi" degan, e’tiqod bilan, qorinlaridagi bolani olib tashlayotgan minglab ayollar xususida nima deysiz?! Umarning hayoti sizga shunchalik qiziqarli bo’lib qolgan ekan, ho’sh, nega siz johiliyatdagi Umar singari farzandingizga olti yilgina umr bermaysiz?! Nima uchun uni dunyoga keltirmaslikning turli yo’llarini izlayapsiz?! Siz kimsiz o’zi?! Siz olti yoshli qizini ko’mib tashlagan Umarning hayotini hayrat ila tinglaysiz-u, o’z qo’llaringiz bilan hatto tug;ulishiga ham to’sqin bo’layotgan farzandlaringiz xususida lom-lum demaysiz?!
     Eng daxshatli tomoni shunda-ki, Umar qizini ko’mib tashlagan davrlarni eslaganda, namozini davom ettirolmagan, qulagan, yig’lagan va holdan toyguncha tavba qilgan edi. U "œo’sha payti men johil edim, Alloh o’zing aytgan sanku islom o’zidan oldingi hamma narsani kesib tashlaydi" deb, tavbasini to’xtatsa bo’lardi.  Ammo, umrining oxirigacha qur’oni karimning qayerida, ko’milgan qiz farzandlari iborasi kelib qolsa o’sha joylarini alam va xasrat ila, o’qib o’tdi-ku Umar! "œAlloh meni bu gunohim uchun kechirarkanmi" deb, nadomat chekkan ham hazrati Umar bo’ladi-ku! Bizning kunlarimizda esa, islomni da’vo qilayotganlar, o’z farzandlarini sun’iy yo’l bilan oldirib tashlamoqdalar, bunga nima deysiz?!

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:43:49

      Ey Umar, biz sen orqali bugungi avlod vakillariga qarab xitobimizni qilib oldik. Aslida sen bizga bus butunligingcha keraksan. Birgina farzand masalasida emas, balki barcha jabhada seni sog’indik. Ey Umar sening mardliging, odilliging omonatga vafodorliging tillarda doston bo’ldi. Rasululloh s.a.v o’z hadislarida, garchi sening shunchalik doston bo’lishingni bashorat qilgan bo’lsalar-da, senga hayronligimiz behatdir, bisyordir. Odamzod ko’tarishi mushkul bo’lgan, hayotni hotirjam yashab berishing, bizni juda ham qiynab yuboradi. Adolat oldida mardlar singari turib berishing, bizni ajablantiradi. Chunki, ey Umar! Biz juda ham o’zgarganmiz. Yo’q, sen biz deganda butun dunyo ahlini tushunma, balki, musulmonlarni tushunaver. Bizning ahvolimiz o’nglanishi uchun, sening hayoting juda lozim bo’lib qoldi.
      Bugungi avlodning hayotidan hotirjamlik, go’zallik va islomga harislik yo’qolgan. Mardlik nimaligini odamlar unutishgan desak, ozginagina mubolag’a ishlatgan bo’lamiz xolos. Haq aytilganda, kibr ustunlik qilib, "œmen buni tasdiqlamayman" deb, shunga arziydigan javob bera olmaydigan, ammo o’z fikrida qat’iy turib olayotgan minglab johillarni ko’rib, sening hayoting yodimizga tushadi.

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:45:06

    Bugungi kunda duno taraqqiyot davrini boshdan kechirmoqda, kitoblar qanchadan-qancha tonnalab varoqlarning boshini yemoqda. Ochig’i hech kim bilmaydi. Kampyuter olamidagi yangiliklarni tinglash uchun ham insonning umri o’tib ketadi. Bu jabhalarning bir qismi, diniy ta’limotlar da’vatlar va isbotlardan tashkil topgan. Ana shunday katta ko’lamli ish ketayotgan texnika asrida, odamlarning haqni inkor qilaverishlari, tinmasdan o’zlari bilganliklaridan qolavermasliklari, har qanday mo’min yuragini g’ash qiladi. Sababi yana sening hayoting parchasi ko’z o’ngimizda gavdalanadi.

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:48:16

     Sen Amr bin Hishomning "œkim Muhammadni o’ldirsa, unga yuzta tuya va’da qilaman" degan, so’zlarini eshitib, hammadan oldin "œbu ishni Hattobning o’g’ligina qila oladi" deb, ovozingning boricha hayqirding. Garchi bu ham Allohning hikmati ila aytilgan baland pardali so’zlar ersada, sendan boshqasi aytmadi. Biz tarixdan shuni bilamiz, qabilang o’ta maqtalgan, undan ko’plab jasur yigitlar tarbiya topib chiqqani aytilsa hamki "œMuhammadni men o’ldiraman" deya olish uchun, faqat sen jur’at qilding. Allohu akbar! Shu o’rinda biz tushunamizki, islomni haqiqatan ham tan olgan va o’z yo’lida sobit turgan insonlar, johiliyatda ham mard insonlar bo’lishgan ekan. Alloh o’zining haq diniga qandaydir ayg’ir, aldoqchi va munofiq tabiyatli kishilarni yaqin yo’latmas ekan. Allohu akbar! Sening o’ta mard inson ekanliging shundan iboratki, payg’ambarimizni o’ldirish uchun bir o’zing chiqib ketding va yo’lda bo’lib o’tgan birgina voqea tufayli ortga qaytding. Kel, o’sha voqeani yana bir bora esga olaylik.
    "œYo’l bo’lsin Umar, jangga shaylandingmi?" bu savol Muayn ibn Abdulloh tomonidan berilgan edi. O’sha payti muayn islomni qabul qilgani bois, "œMuhammadning oldiga, oramizga nifoq slogan, dinimizni qoralagan, Xudolarimizga til tekkizgan, otani boladan ayirgan Muhammadning amal daftariga nuqta qo’ymoqchiman" degan javoblarni eshitib, dong qotib qoldi. Nima deyarini bilmasdan, "œoldin oilangni singlingni to’g’irlab olsang bo’larmidi" qabilida javob berdi.

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:50:33

      Sendan boshqa odam bu payitda, o’z muammosini bir chetga qo’ygan holda, payg’ambarning huzuriga oshiqishni davom etardi. Ammo ey Umar, sen chiday olmading. Sening bu holatda oldinga borishingdan ko’ra orqaga qaytishing, aslida oldingga tashlangan qadam edi. Chunki, sen o’sha johilyatning, qaynoq davrlarida ham, biz bugun yo’qotib qo’ygan holatni ich-ichingdan his qilarding. Ya’ni sen, hamma ishni oiladan boshlab, keyin boshqalarga ta’sir o’tkazish mumkinligini hali musulmon bo’lmasdan turib, bilgan eding. Allohga hamd bo’lsin-ki, sening fitratingni U shunday salomat saqlagan edi.
     "œFotima" degancha, singlingning uyiga yo’l olding. Qiziq voqealar rivoji ham, sening mardligingga to’siq bo’la olmaydi. Bilaks, eng asosiy nuqtada mardlik nima bilan taqdirlanishini ko’rsatadi. "œHa Umar, biz Muhammadning diniga kirdik. Haq din turganda, sening botil diningni tutaylikmi" deb, ovozining boricha baqirgan singling ko’ziga tikilib turganingni tasavvur qilib ko’rganmiz, ey Umar. Sen kulib qo’ygan bo’lsang kerak unga. Singling qandaydir hech kim bilmaydigan arab singlisi emas balki, sening singling bo’lgani bois yuziga tarsaki tushganida ham, qonga belangan yuzini senga ko’tara turib, "œqo’lingdan kelganini qil" deganida, qanday ahvolga tushganingni tahmin qilish qiyin emas.

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 15:55:01

     Sen mard eding. Hozirgilarga o’hshab, Haq minglab vositalar orqali yetib kelayotganda ham, yuzini itning terisidek qattiq qilib olganlar misoli uydan chiqib ketmading. Yo o’zingning bilganingdan qolmading. Qalbing toza bo’lgani bois, Alloh taolo o’sha damda seni hidoyat nurlari bilan taomlantirdi. "œMuhammad sizga keltirgan narsani bir ko’raychi" deding. O’ldirmoqchi bo’lib ketayotgan insoningga tegishli bo’lgan narsani "œo’qib ko’raychi" deya olding. Islom seni shunday katta sinov evaziga qabul qildi. Bir necha soat avval payg’ambarni o’ldirmoqchi bo’lgan qo’llaring ila mushavni o’qiding, tafakkur qilding, holis bo’lding va yig’lading. Senga qo’shilib farishtalar olami yig’ladi. Dunyo yig’ladi. Tog’-u tosh yig’ladi. "œUmar qur’on tinglayapti" deb. Rasululloh s.a.v huzuriga kirganingda, sarvarimizning ko’z yoshlari ham oqib turardi. Sahobalar yig’lashardi. Ular bunaqa mard yigit arab yarim orolida, hali onasining qornidan tug’ulmaganini yaxshi bilishardi. Hammani yig’latgan oyatlar, sendek amirni yaxshi ko’ruvchi bizlarni ham yig’latadi. "œTo ha. Ey Muhammadur alayhissalom, biz sizga bu qur’onni qiynalib, jafo chekishingiz uchun emas, balki, Allohdan qor’qadigan kishilarga pand nasihat bo’lsin uchun nozil qildik. U yerni va yuksak osmonlarni yaratgan zot tomonidan nozil qilingan. U zot O’z arshiga o’rnashgan Rahmondir. Osmonlardagi, yerdagi va ularning orasidagi, bu tuproq ostidagi bor narsa, Uningdir. Agar siz oshkora gapirsangiz ham va yoki xufyona gapirsangiz ham, U zotga barobardir. Zero U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur. Alloh hech qanday tangi yo’q, yolg’iz Uning o’zi bordir. Uning uchun eng go’zal ismlar bordir".
      Sening bu qadar haqni tan ola bilishing ulkan mardlikdir. Adolatdir. Insoniylikdir. Insofiylikdir. Bugungi kun avlodiga sening bu jura’ting, harakating juda ham lozim. Musulmon oilalarida tug’ilgan, ota-bobosi islom urf-odatlariga binoan yashab o’tgan zamondoshlarimiz bor-ki, ularning yurishlari islomning aksi. "œKimki e’tiqod qilayotgandek yashamas ekan, amal qilayotganidek e’tiqoddadir" degan, so’zlaring butun dunyo uzra baralla jaranglasada, "œbiz qilmayotgan amallarimizga e’tiqod qilaveramiz" deb, oyoq tirab olaganlar son mingta topiladi. Ular islom haqida so’z ochilsa, hurk bo’lgan tovuq singari, bo’lib olishadi. Namoz haqida hadis aytilsa, ishlari chiqib qoladi. Sen o’g’illaringga so’nggi vasiyat sifatida, "œO’g’illarim, dinning avvali va ohiri bo’lgan amalni boy berib qo’ymanglar" deganliging va farzandlaring "œbu qanday amal otajon?" deyishganida, "œNamoz, namoz" deb, javob berganing hamon yodimizda. "œNamoz o’qishlik ila, dinga kiriladi. Namoz tashlashlik ila dindan chiqiladi". Bu sening suyumli farzandlaringga bergan oxirgi vasiyating edi. Ana shungga binoan namozsiz tong orttirayotgan kishilarni nima deyishimiz mumkin?! Bugugi kunimizda sening va boshqa sahobiylarning qaysi amallariga nisbat qilib baho berishimiz mumkin?! Ochig’i, bilmaymiz"¦
(davomi bor)

Qayd etilgan


Hadija  09 Mart 2010, 22:10:00

    Ey Umar, bizga qanchalik kerak bo’lganingni bilganingda edi. Odamlarning boylikka ru’ju qo’yayotganlarini ko’rib, mansab, shon-shuxrat yo’lida yirtqichlar singari ko’zlari qonga to’layotganini ko’rib, sening ajib bir hayoting ko’z o’ngimizda tasvirlanadi. Xalifa bo’lib turib, qo’riqchi olmaganing. Odamlar qatori hokisor yashaganing. Xalqning xizmatida bo’lishi lozim voliylarni xalq qatori yashashga majbur qilganing ohir zamon bolalarini tamom qiynab qo’yadi.
    Ey Umar, biz bu holatlarni tushunish tugul, tasavvur qilish shu’uridan ham mahrum bo’lganmiz. Imomi Muslim tomonidan rivoyat qilingan hadisi sharifda, "œ"œUmar ibn Hattob r.a ostida Payg’ambar alayhissalomga bayat qilingan daraxtni kesib tashlashga amr qildi" deyiladi. Chunki, odamlar u joyga borib, daraxt ostida namoz o’qir edilar. Umar ibn Xattob r.a odamlardan shirk amali sodir bo’lib qolishidan qo’rqqan edilar".

Qayd etilgan