Umar, sen bizga keraksan!  ( 16502 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Hadija  09 Mart 2010, 22:11:51

    Bir kitobga ko’zimiz tushib qoldi, unda shunday so’zlar bitilgan edi: "œMusulmonlar amiri Hazrati Umar r.a huzuriga kelgan Rimlik savdogarlar, insoniyat tarixida ro’y bermagan voqea shohidi bo’lishdi. Ular o’z podshohlariga nisbat qilib, Musulmonlardan Amirul Mo’minin qasrini so’rashdi. Odamlar ham gap nima haqida ketayotganini darrov payqab, Umar r.aning uyini ko’rsatishdi. Rimlik tijoratchilar ne ko’z bilan ko’rishsin-ki, Musulmonlar Amiri, kichkina mahalladagi kichkina bir kulbada yashardi. Eshikni qo’rqa-pisa taqqilatar ekan, Rimliklar hali o’zlarining fikrlaridan qaytmagan edilar. Ularning nazdida ichkaridan hozir bir necha ayonlar chiqishadida, Umarning taxtiga olib borishadi. Ammo, eshik oldiga bir qul yaqinlashdi. U Rimliklar tashrifi bilan tanishib chiqqach, shunday dedi: "œAmiro’l Mo’mining bugun tashqariga peshindan so’ng chiqa oladilar. Hov anavu dorga osib qo’yilgan yamoq shalvar, Hazrati Umarniki. U zotning boshqa kiyimlari bo’lmagani bois, uyning ichkarisida o’tiribdi". Rim imperiyasining vajohatli saltanati va Hazrati Umarning yamoq shalvari.tijoratchilarning ko’z o’ngida faqat va faqat shu ikki narsa gavdalanardi. Ular islomning tarbiyasiga ilk daf’a duch kelgan edilar. Rimliklar peshindan so’ng kelishga va’da berib ketishdi. Umarning uyiga ancha kech, asrdan so’ng kelishganida esa, Amiro’l Mo’minin bozorga chiqib ketgan edilar. Qidira-qidira bozorni ham topishdi. "œOdamlar Umarni ko’rmadingizmi? deb, so’ralganda." Bir tepalikda dam olib yotgan Hazrati Umarni ko’rsatishdi. Musulmonlar peshvosini bu galgi holatini ko’rgan Rimliklar, tamom taslim bo’lishdi. Umar r.a huzuriga o’zining qamchisini qo’yib, hech kimga e’tibor bermay uxlab yotardi. Musulmonlar amiri, xalifasi, peshvosi, o’zini eng yaxshi qo’riqchisi Alloh Robbial A’laminga topshirgan kuyi miriqib uhlab yotardi. Bu paytda esa, tijoratchilarning tili birgina kalimani aytardi, "œLa ilaha Illolloh"".

Qayd etilgan


Hadija  09 Mart 2010, 22:20:34

     Hazrati Umar bo’lishing uchun birgina shu voqea ham kifoya edi. Ammo, sen bunday hodisalarni tarix sahifalariga to’ldirib tashlading. Sening bu kabi nodir hayoting ma’sul shaxslardan ko’ra, bizni o’ylantirib qo’yadi. Biz ham senga ozgina bo’lsada o’hshab yashab olmayotganimizdan afsusdamiz, nadomatdamiz ey Umar. "œBizga juda ham zarursan" deganimizning boisi ham shu. Bir hadisda o’zing aytgan ekan san shunday deb: "œRasululloh s.a.vning huzurlariga kirdim, ul zot bo’yra ustida yotibdilar, oldilariga o’tirdim. Payg’ambar alayhissalomning egnida faqat izor "œlungi" ya’ni beldan pastki kiyiladigan matoh bor edi holos. Bo’yra yonboshlariga botib ketibdi, uydagi narsalarga nazar tashladim, uyning bir chetida uch-to’rt hovuch arpa, devorda osilgan meshni ko’rib ko’zimdan yosh quyildi. "œEy Umar, nimaga yig’layapsiz?" deb, so’radilar. "œYa Nabiyalloh, nega yig’lamas ekanman. Bo’yra yonboshingizga botib ketgan bo’lsa, uyingizda nima borligini ham ko’rib turgan bo’lsam. Kisro va Qaysarlarni qarang, mevalar anhorlar ichra bo’lishsa-yu, siz Allohning payg’ambari, tanlaganining holi shu bo’lsa?!" "œEy Hattobning o’g’li, ohirat bizga va dunyo ularga bo’lishiga rozi emasmisan?! dedilar, sarvari olam.""

Qayd etilgan


Hadija  10 Mart 2010, 21:02:38

   Payg’ambar alayhissalom vafot etganlarida Hafsa onamizga qarata aytgan gaplaring yurak-yuraklarni ezib yuborgan, ey Amiro’l Mo’minin. Onamiz, "œOtajon, amir bo’lganingizda endi tuzukroq yashang" desalar, sening javobing oddiy bo’lgan. "œSen-mi, shu so’zlarni aytayotgan?! Ahir, sen emasmiding payg’ambar alayhissalom bilan yostiqdosh bo’lgan?! Mo’minlar "œOna" deb, atayotganliklari sen-mi?! Ahir, men dunyoga havas qilishni boshlasam, qanday qilib ikki do’st oldiga yorug’ yuz bilan boraman?!"
Sen Payg’ambar alayhissalom va Abu Bakrni "œikki do’st" deb ataganingdan shuni tushunib yetamiz-ki, inson baribir o’z tengi bilan yurar ekan. Hadisi shariflarda Abu Bakr oldida hamisha sening noming zikr qilinishi ham shundan ekan. Abu Bakrdek, "œSiddiq" zotning oldida yurish, uning taqvosini ko’tarish uchun, buyuk Umar bo’lmog’i kerak ekan. Endi tushundik, qanchalar yo’lchi yulduz sahobiylarni bilamiz. Ammo, ko’p hollarda Abu Bakrning oldida sen yurgan bo’lasan. Odamlarning ahvoli shu qadar xor-ki, ular bugun do’stlaridan shikoyat qilishadi. "œMendek ajoyib odamning qadriga yetishmayapti. Menga xiyonat qilmoqdalar" degan, e’tirozlari aslida noo’rindir. Sababi, dunyo qonuni shunday. Abdulloh ibni Masu’d aytganidek: "œInson o’ziga o’hshagan inson bilan yuradi".

Qayd etilgan


Hadija  10 Mart 2010, 21:03:55

     Sen ikki do’st bilan yurishdek, ularning taqvosiga ergasha olishdek buyuk maqom egasi bo’lding. Alloh muborak qilsin!
Sarvari koinot davrida, musulmonlar uchun katta manfaat keltirganingni biz bilamiz. O’zing unutib yuborgan bo’lsang ham kerak. Ammo, shunisi aniq-ki, bugungi kun musulmonlari ham Umarni sog’indi. Uning har bir harakatidan ibrat olish ostonasida turibdi. Odamlar bir-birlarini arzimagan narsalarga sotib yuborayotgan, aldayotgan va dushman hisoblayotgan bir davrda turibmiz. Qiyomatga yaqinlashgan bir davr boshimizda, bu to’fonlardan qutqarish uchun Alloh taolo katta bir kemani jo’natdiki, u kema Payg’ambar alayhissalom va ikki do’st boshchiligida boshqarib kelinmoqda. Sening qo’lingda porlagan adolat shamchirog’i har qanday toshbaqir insonni ham yig’latadi. Kel, ularning ikkisini eslaylikda bu holatlardan o’zimizga yetarli hulosalar chiqaraylik.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2010, 21:49:56

Rasululloh s.a.vning suyukli ayollari mo’minlar onasi Oisha r.a haqida mashhur voqea tarix sahifalaridan o’rin olgan. Ya’ni onamiz, sarvari olam va sahobai kirom bila Mdinaga qaytayotganliklarida, omonatga olgan marjonlarini yo’qotib qo’yadilar va uni qidirish asnosida tuyadan qolib ketadilar. Tuyadan kech kelganlaridan so’ng, odamlar u zoti sharifaga bo’hton qilishadi. Oisha onamiz bir o’zlari tuyada Salfon ismli kishi bilan qaytishlariga to’g’ri kelgani uchun odamlar orasida savollar ko’paya boshladi. "œOisha nega qo’shindan keyin qoldi?, So’fon ibn Muattal bilan yolg’iz qolib nimalar qildi ekan?" Munofiqlar mana shunday pallada o’zlarini ko’rsatishadi. Ularning turli mish-mishlari oxir oqibat Rasululloh s.a.vni ham o’ylatib qo’yadi. Beparvo bo’lib qoladilar Onamizga. Oradan bir oyga qadar vaqt o’tganiga qaramay, bu noxush ish haqida biror bir vahiy kelavermaydi. Janobimiz s.a.v bu mavzuda bir necha erkak va ayol bilan gaplashadilar. Ular Oisha onamizni juda yaqindan tanigan, bilgan kishilar edi. Hafsa, Ummu Salama va Zaynab onalarimizning so’zlarini tinglang. Kundosh haqida turlicha nomaqbul so’zlari ishlatiladigan zamonamiz vakilalariga bu eng yaxshi dalildir: "œYo Nabiyalloh, biz uning biror nojo’ya hatti harakatini ko’rmadik" deyishdi. Usoma ibn Zayd: "œYo Rasululloh, oilangiz haqida bilganlarimiz faqat va faqat yaxshilikdir, siz uni himoyangiz ostiga oling" dedi. Ali ibn Abu Tolibdan so’raldi, hazrati Ali "œEy Allohning Rasuli, ayol ko’p siz unign o’rniga boshqasini topib olasiz, ahvolni joriyadan ham so’rab surishtirsangiz yaxshi bo’lardi, u to’g’risini aytadi" dedi. Payg’ambar alayhissalom eng ohiri, sening ey Umar sening fikrini so’radilar. Sen garchi qizing Hafsani payg’ambar alayhissalomga bergan bo’lib, ana shu pallada onamiz e’tiboridan qolsalar, Hafsa hurmat e’tibor qozonishini, bizdan ko’ra yaxshi bilsang-da, o’rtada oyog’ osti qilinishi joyiz bo’lmagan bir haq bor edi. Abadiyatgacha ketadigan buyuk sharafni o’ziga kafolatlab qo’ygan bir adovat tuyg’usi bor edi. Ulug’vorlik shunaqa pallada haqiqiy ko’rinadi. Payg’ambar alayhissalomga eng katta bo’hton uyushtirildi. Uni eng buyuk insonga yarashadigan bir tarzda kutib olish kerak edi. Bu azm ma’sulyatni ko’tara olish uchun, Hattobning o’g’li buyuk Umar bo’lishi lozim edi. Bu borada u bilan bo’y o’lchashadigan, u bilan hayot-mamot kurashiga bel bog’lay oladigan, hech bir yigit onasidan tug’ulmagan qiyomatgacha ham bunaqasi tug’ulmaydi. Sening javobing quyidagicha bo’ldi:
"œ- Yo Nabiyalloh, Oishani sizga kim nikohladi?!
—Alloh taolo,
- erini aldaydigan, yomon yo’lga kirib ketadigan ayolni Alloh taolo sizga nikohlashiga ishonasizmi?!"

 Sen ey buyuk Umar, bu javobni bergach yuzingni ko’kka qaratding. "œSubhanaka haza bo’htanil a’ziym" ya’ni, "œAllohim Seni har turli kamchiliklardan pok deb bilaman. Bu katta bir bo’htondir" deya olding.
Ana o’shandan so’ng bu buyuklikning mukofotini koinotni yaratgan ulug’ Mavloning O’zi berajak. Bu mukofotning bir belgisi sifatida, sening tilingdan to’kilgan "œSubhanaka" jumlasini ayni shu shaklda Qur’onida indirish bilan, uning bu erishilmas buyukligini kitobida abadiy sharaf vasiqasi tarzida tasdiq etajak.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2010, 21:53:12

Ey Umar, sen hamisha "œmen uchun eng sevimli kishi xatolarimni ko’rsatgan insondir", der eding. Amirul mo’minin bo’lganingdan so’ng hutba o’qirding. Xalq orasida keng su’ratda rivoj olib borayotgan bir muammo "œMahr puli"ning haddidan oshib ketayotganini tanqid qilding. Shunda bir ayol o’rnidan turib, "œey Umar Alloh taolo Qur’oni karimda "œAgar tog’chalik mahr bersangizlar ham" deb, murojaat qilgan bo’lsa-yu, ya’ni Alloh ruxsat berib qo’ygan bo’lsa-yu, sen nega odamlarni mahrdan chegaralayapsan?!" dedi.
Sen shu paytda boshqalar singari ayolga yomon munosabat qilmading. Aksincha, shunday chiroyli javob berding-ki, hali hamon bunga insoniyat bosh egadi. "œBu ayol to’g’ri aytdi, Umar noto’g’ri aytdi, Alloh taoloning kalimasi haqdir!".
Mardlik deganda, ko’pchilik kuch ishlatish kerak bo’lganda, g’oliblikni qo’lga kiritish deb tushunadilar. Sen esa, mardlik har qanday paytda ham adolatli bo’lmoqlik ekanini ko’rsatding. Mo’minlarning raisi bo’la turib, "œBu xotin to’g’ri aytdi" deyish, tan olaylik hech kimning qo’lidan kelmaydi. Mana shu ikki voqeani tinglaganimizda hayron qolamiz, hayratga tushamiz.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2010, 21:56:38

Chunki, bugungi kunda odamlar xiyonat ko’chasini shu qadar oson tanlamoqdalar-ki, hayron qolmaslikdan boshqa chora qolmayapti. Sen Amirul mo’minin bo’lgan davrlar, islom qo’shini ko’pgina diyorlarni fath qilgan edi. Deyarli hamma fathda xolavachchang Holid ibn Valid qo’shingga qo’mondon bo’lgan. Tarix sahifalarida birgina jang Holidsiz kechgani o’rin olgan. Bizga juda ham zarur bo’lgani ey Mo’minlar Amiri, qatorasiga bir necha fathlarda zafar quchayotgan Holidni, hech qanday sababsiz qo’mondonlikdan olib tashlaganing yodingdami?!
Shunda mag’lubiyat nimaligini bilmagan sarkarda sababini sendan so’ragan ekan: "œEy Amiral Mo’minin, mendan nima ayb o’tdi? Nima uchun meni qo’mondonlikdan olib tashladingiz?" Javobingdan yer-u ko’k zir-zir titraydi: "œEy Xolid, agar har doim qo’shin sen bilan chiqaveradigan va g’olib kelaveradigan bo’lsa, odamlar senga suyanib qolishadi. Bilib qo’y ey Holid g’alaba, nusrat sendan emas, g’alaba Allohdandir. Shuning uchun bugun Abu Ubayda qo’mondon bo’ladi". Biz bu so’zlarni tasavvur qilishdan ojizmiz. Chunki, kim kafolat bera oladi-ki, navbatdagi jangdan Abu ubayda g’alaba bilan qayta deb. Sening ishonganingga ishonamiz biz, Allohga chin dildan tavakkul qilib o’zingning ishtihoding ila odamlarga tavhidni tanitish uchun mana shu g’alabaga ishonganingga ishonchimiz komil. Tarixchilar aytishadiki "œAbu Ubayda garchi sarkardalik borasida Holid ibn Validdan ustun bo’lmasada Holiddan ko’ra tezroq va chiroyliroq g’alaba bilan qaytdi".

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2010, 22:00:47

     Bizga sen juda kerak bo’lyapsan Umar. Oilalarimizdan ham fayz ko’tarilgan. Sening ibrat to’la hayoting sog’inchidamiz. Kechalari namoz o’qir ekansan, kechaning yarmida oilaningni uyg’otganing va ularga "œnamozga turinglar, namozga turinglar" deb "œTo Ha" so’rasining 132 oyatini o’qiganing qanday ibrat a?! "œAhlingizni namozga buyuring, o’zingiz ham u namozda chidamli bo’ling. Biz sizdan rizq so’ramaymiz, Biz sizga rizq beramiz".
     Chiroyli oqibat ahli taqvo uchundir. Ana shu xitoblar natijasida, sening xonadoningda tug’ulgan o’g’ling Abdulloh ota o’g’il bo’lib ulg’aydi. Yigit bo’ldi, mard bo’ldi! Rasululloh s.a.vga taqlid qilish borasida, misilsiz darajaga ko’tarildi. Uning tunlari ham sen kabi o’tdi. Zumar su’rasining 9 oyatida kelgani singari "œyoki kechalari sajda qilgan va qiyom tik turgan holda ibodat qiluvchi, ohiratdan qo’rqadigan va Parvardigorining rahmatini umid qiladigan kishi bilan kufru isyonga g’arq bo’lgan kimsa barobar bo’lurmi?!"
    Uning hayotiy shiori shu bo’ldi. Sening o’g’ling Abdulloh otasiga qiyos qilinadigan darajaga yeta olganidan so’ng yana nima deyish mumkun? Bizning kunlarimizda, bunday baxtga yetishish imkonsiz ekanini bilasanmi ey Amirul Mo’minin?! Otalari ish bilan band, onalari ish bilan band, bolalari ko’cha-kuyda din nima? namoz nima? Ro’za nima? Bilmay o’smoqdalar. Alloh hidoyat berganlari balog’at yoshidan bir necha yil o’tib ketganidan so’ng, islom nimaligini tushunmoqdalar. So’rab surishtirganliklaridan so’ng, qazo namozlarini o’qishlarini ham anglamoqdalar. Otalarining, onalarining aybi deb daftar to’la qazo namozlarini o’qimoqdalar.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2010, 22:05:27

    Bizga juda keraksan ey Umar. Har jabhada sening yordamingni ko’ryapmiz.
Hozirgi zamon erlari, ayollarni boshqara olmagan holatda ularga qo’l ko’tarishni Mardlikning cho’qqisi deb hisoblashadi.     
    Ammo ajib holat-ki, sen bu borada hech kim kutmagan tomondan dars bermoqdasan. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sening huzuringga xotinining hulqi yomonligidan shikoyat qilish uchun kelgan. Eshik yoniga kelib, chiqishingni kutib turgan. Shu payt eshik ichkarisida senga butun dunyoni turg’uzib o’tirg’izayotgan Hazrati Umarga, amirul Mo’miningga xotin kishi qattiq-qattiq gapirayatoganini eshitdi. Sen esa,  hech bir so’z qaytarmay, jim turarding. Haligi kishi, "Amirul Mo’minin bo’la turib, yana shunchalik shiddati va salobati bilan Umarning holi shu bo’lsa, mening ahvolim nima bo’lardi" deb iziga qaytdi. Shu vaqt uyingdan chiqqaning, haligi kishining qaytib ketayotganini ko’rib, yoningga chorlaganing esingdami?! "œNima ehtiyojing bor?" deb, so’rading. U "œEy Amiral Mo’minin, xotinimning hulqi yomonligidan, tili uzunligidan, sizga shikoyat qilish uchun kelgan edim. Qarasam sizning xotiningiz ham shunday ekan. O’zimcha Amiral Mo’mininning holi shu bo’lsa, mening ahvolim nima bo’lardi dedim" deya, javob berdi. Shunda sen, "œEy Birodar, xotinimning menda bir qancha haqlari bo’lgani bois, bu qilig’iga sabr qildim. Zero, u ovqatimni pishiradi, nonimni yopadi, kiyimlarimni yuvadi, bolamni emizadi, hulbuki bularning barchasi ham unga vojib emas. Shu sababli qalbim taskin topadi, haromdan saqlanaman. Shu bois sabr qildim" deding. U "œEy Amiral Mo’minin, mening xotinim ham shunday deganida" sen "œey birodar sabr qil, u ozgina muddat holos"  deding.
      Sening lug’atingda mardlik degan so’zga, er kishining kuchi yetib turganida xotiniga qo’l ko’tarmasdlik ham yozilgan edi. Shu birgina voqea tufayli biz angladik, tushunib yetdik.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2010, 22:08:33

    Bizga oilaviy ishlarda ham juda kerakligingni bilsang edi ey Amiral Mo’minin. Hozir bir va’dalar unut bo’lgan, omonatga hiyonat qilishning turli uslubi o’ylab topilgan va hayotga tadbiq etilayotgan asrda yashamoqdamiz. Bu jaholatning ko’rinishi yovuz. Nafaqat oilada balki, sening boshqaruving ostida yashagan jamiyatdagi insonlarga havas qilmasdan ilojimiz yo’q. halovat topamizmikan degan umidlarimiz bor. Bir kuni Abdurrahmon ibn Avf sening ziyoratingga kelganini eshitganmiz. Sen shunda yonib turgan shamni o’chirib boshqasini yoqding. Bu ahvol mehmonning diqqatini tortgach u senga "œey Amiral Mo’minin, oldingizda sham yonib turardi, uni o’chirdingiz yana shungga o’hshash boshqa shamni yoqdingiz. Buning bir hikmati bordir?" dedi. "œEy Abdurrahmon, o’chirganim davlatning shami, yoqqanim o’zimning shaxsiy shamim o’z pulimag olganman. Davlat ishlarini qilganimda davlatning shamini yoqaman, hozir sen bilan suhbat qurib o’tirganimda, davlat shamini yoqishim halol bo’lmaydi. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman?" deganingda Abdurrahmon ibn avf "œYo Rabbiy, Hattobning o’g’li Umarni boshimizdan nari qilmagin" deb, duo qildi.     
     Ushbu foniy dunyo nimalarni ko’rmadi deysiz. XX asrda davlatning moli bilan bola-chaqasini ham dalalarga, dengizlarga sayohatga yuborganlar yaxshilab eshitsinlar. Qiyomatning azobi, qaynoq suv kabi terlatuvchi savol-javobi, ularning hammasi "œMahkamai Kubro" Buyuk Mahkama kuni bo’ladi. Hamma qilingan ishlar o’shanda hisob-kitob etiladi. Bir shamni o’chirib o’zingga tegishli shamni yoqa olganing uchun ham,  shu bugun biz seni sog’indik demoqdami. Ko’zimizga yosh olib yig’lamoqdamiz-ki, "œsening hayoting islom o’lchovi bo’lib qolsa, bizning holimiz ne bo’ladi", deb?! 
     Hozir odamlar ahvoliga nazar tashlasak, achinarli hulosalarga kelinadi. Ko’pchilik ba’zi qilib o’tgan yaxshi ishlariga suyanib qolishgan. Ammo, ularga islom tarixi o’rgatilsa, ey Umar sen ishtirokingda kechgan bir voqeani eshitishsa hayron-u lol qolishardi.
Rasululloh s.a.v o’nta odamni Jannatga tushishlatini bayon qilganlarida seni ham aytganlar, ammo qiziqki sen shunday buyuk bashorat turganida ham, umringning ohirigacha "œmunofiq emasmikanman" degan havotir ila yashab o’tding.

Qayd etilgan