Toshkent viloyatidagilarga salom!  ( 18668 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


forumnnb  21 Iyul 2006, 23:37:24

Assalomu alaykum!

Toshkent viloyatidan forumda ishtirok etayotganlar yoki talabalar bormi???

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Iyul 2006, 12:03:33

Assalomu alaykum!

Toshkent viloyatidan forumda ishtirok etayotganlar yoki talabalar bormi???

Mana, biz bor-da. Qaysi tumandabsiz? man Oqqo'rg'ondanman.^^

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Avgust 2006, 10:17:44

Toshkent viloyati. Istiqlol manzillari: bunyodkorlik zamini



Toshkent viloyati zamini bag'rida noyob boyliklar nihoyatda ko'p. Bu iqtisodiyotni, xususan sanoatni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. E'tibor qiling, Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha mamlakatimizning eng rivojlangan xududi hisoblanadi. Bu yerda 1737 ta sanoat korxonasi mavjud.

...Toshkent viloyatining salohiyati va o'ziga xos imkoniyatlari haqida gapirar ekanmiz, haqiqatan ham bu maskanning mamlakatimiz taraqqiyoti, uning bugungi hayoti va ertangi yorug' kelajagini ta'minlashdagi o'rni va ahamiyati beqiyos ekaniga so'zsiz ishonch hosil qilamiz.

Islom Karimov
 
Raqamlar so'zlasin:
 
- Toshkent viloyatining umumiy yer maydoni 15.3 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu yerda ikki yarim millionga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.- Viloyatda 6 ta shahar, 15 ta tuman va ular qaramog'ida 10 ta shaharcha, 18 ta shahar qo'rg'oni va 146 ta qishloq fuqarolar yig'inlari mavjud.

- Sanoat tarmog'i bo'yicha viloyat respublikada eng rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi. Agar 2001 yilda 484,1 milliard so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2005 yilga borib bu miqdor 1567,4 milliard so'mga yetdi.

- Olmaliqdagi tog'-metallurgiya, Bekoboddagi O'zbekiston metallurgiya, Chirchiqdagi O'zbekiston o'tga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinatlari, Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi kabi o'nlab sanoat korxonalari respublikamizda ma'lum va mashhurdir.

- 2005 yilda 308 ta sanoat korxonasi ishga tushirilgan bo'lib, shundan 16 tasini tashkil qilishda xorij investisiyasi jalb etildi. 2001 yilda qishloq xo'jaligining barcha tarmoqlarida 270,4 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2005 yilda bu miqdor 634,2 milliard so'mni tashkil etdi.

- Aholining 87 foizi tabiiy gaz, 94 foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan.- Ayni paytda 890 ta maktab, 73 ta kasb-hunar kolleji, 505 ta maktabgacha bolalar muassasalari faoliyat ko'rsatib turibdi.

- O'tgan yili 5 ta yangi maktab bunyod etildi. 39 ta maktab kapital rekonstruksiyadan chiqarilib 37 tasi kapital va 11 maktab joriy ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu yil ana shunday ishlar uchun oldingi yildagiga nisbatan ikki baravardan ko'proq - 24 milliard 414 million so'm ajratilgan.

- Viloyatda 516 ta kutubxona, 247 ta klub muassasalari mavjud.- 2001 yili aholiga 28,9 milliard so'mlik pullik xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, o'tgan yili bu ko'rsatkich 95,8 milliard so'mga yetdi.

- Hozir viloyatda jami 4020 ta sport inshooti mavjud, uning tarkibida 50 ta stadion, 629 ta sport zali, 16 ta suzish basseyni aholiga xizmat ko'rsatmoqda.

Shundan yuzdan ziyodi yirik ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi.Olmaliq, tog'-metallurgiya kombinati, Ammofos zavodi, O'zbekistan metallurgiya kombinati, «Ohangaronsement», «Ohangaronshifer», «Yangiyo'lyog'moy» kabi o'nlab korxonalarning nomi mamlakatimizdan tashqarida ham ma'lum va mashhurdir.

2001-2005 yillari viloyatda 5065,2 milliard so'mlik sanoat mahsuloti, 1197,5 milliard so'mlik iste'mol tovarlari ishlab chiqarilibdi. Sanoat mahsulotining respublika ishlab chiqarishidagi salmog'i 14-16 foizni tashkil qilmokda. Avtomobil yo'lla*ri asosiy tarmog'ining umumiy uzunligi 3833 kilometrga yetdi.

Ko'rinib turibdiki, istiqlol yillarida viloyat ahli ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muayyan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Shu o'rinda keyingi yillardagi ayrim ko'rsatkichlarga e'tibor qilish joiz. Faqatgina 2005 yilning o'zida 308 ta sanoat ishlab chiqarishi tashkil etilgan. Ayni paytda ulardan 16 tasi xorijiy investisiya asosida faoliyat ko'rsatmoqda. Aholiga pullik xizmat ko'rsatish o'tgan yili 2004 yilga nisbatan 13 foizga oshdi. Chakana savdo aylanmasi bo'yicha 4,2 foiz o'sishga erishildi. Agar 2001 yilda tayyorlangan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida fermer xo'jaliklarining hissasi 6,3 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2005 yilda bu miqdor 16 foizga oshdi. "Bandlik" dasturi bo'yicha shu yilning birinchi choragida 8465 ta ish o'rinlari yaratish rejalashtirilgan bo'lsa, amalda 10684 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Shundan 6910 tasi yoki 64,7 foizi qishloq joylarda tashkil qilinganligi e'tiborga sazovor.

Nihoyat, qishloq xo'jaligida yer o'z egasini topganligini mamnuniyat bilan ta'kidlaymiz. Amalga oshirilayotgan islohotlar tobora yuz ko'rsatmoqda. Viloyatning suv manbalari yetarli, yeri unumdor. Mamlakatimiz rahbarining "2006 yilda qishloq xo'jalik kooperativlari(shirkatlari)ni fermer xo'jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari ijrosi bois tarmoq rivoji yuqori bos-qichga ko'tarildi. Endi yer egasi o'z kelajagi va istiqboliga ishonch bilan qarashi, izlanishi qilayotgan sa'y-harakatlaridan moddiy manfaatdor bo'lishi uchun barcha zarur me'yoriy hujjatlarga ega.

O'rtachirchiqlik fermer A'zam Davletovni yaxshi bilaman. Keng mushohadali, nihoyatda savodxon, o'z ishining ustasi bo'lgan inson. U jamiyatimizda yuz berayotgan o'zgarishlarni teran his qiladi.

Istiqlol eng katta imkoniyatni dehqonga berdi. Endi har bir kishi o'z iqtidori, malakasi, salohiyatiga qarab ish yuritadi, sa-maraga erishadi, obro'-e'tibor topadi. Maqsadsiz, rejasiz mehnat qilishning zamoni o'tdi. Mustaqillik ne'mati bo'lmish fermerlik harakati nihoyatda istiqbolli ekanligini tobora namoyon etaveradi.

Faktlarga nazar tashlab ko'raylik-chi. Viloyatda bu yil 268000 tonnalik g'alla xirmonining 238000 tonnasi fermerlar dalasidan yig'ib-terib olindi. Bu jami hosilning 76,5 foizi demakdir. Chinoz tumanidagi «Muqimiy», «Sof tomchi», Oqqo'rg'on tumanidagi «Pokiza M», «Burhon», Ohangaron tumanidagi «Avazxon», Bo'stonliq tumanidagi «Berdiyor», Bekobod tumanidagi Abduxoliq Jabborov nomli ilg'or fermer xo'jaliklari dalalarida g'alla hosildorligi 60-70 sentnerni tashkil etdi.

Toshkent tumanidagi «To'xtaniyoz ota» fermer xo'jaligi rahbari Muxtor To'xtaniyozovni hozir ko'pchilik yaxshi biladi. U mamlakatimiz Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan «Tashabbus — 2006» ko'rik-tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, fermerlik yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi. Mamlakatimizda «Eng yaxshi fermer» nomini olgan tadbirkor sifatida «Matiz» yengil avtomashinasi va birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

1993 yili kichik korxona maqomini olib, ish boshlagan tadbirkor tobora o'z faoliyatini kengaytirib bormoqda. U «Paxta-bank»dan olingan kredit hisobiga ishlab chiqarishni eng zamonaviy texnika vositalari bilan jihozladi. Korxonada hozir iste'-molchilarning talabiga to'la javob beradigan 20 xildan ortiq kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. 20 ga yaqin kishi ish bilan ta'minlandi. Tadbirkor olgan daromadi hisobidan himmat, muruvvat ko'rsatmoqda. Mahalla, qishloqni obodon-lashtirish, ko'chalarni asfaltlash, nochor oilalarning moddiy ta'minotini yaxshilashga ko'maklashmokda.

- Shu yil oxirigacha sutni qayta ishlash sexini qurib, ishga tushirmoqchimiz. Fermamizdagi chorva mollaridan cog'ib olina-digan va mahalliy aholidan xarid qilinadigan sut qayta ishlanib, qadoqlangan holda xaridorlarga taqdim etiladi. Bu bilan yana eng kamida 20 ta ish o'rni yaratiladi, — deydi Muxtor To'xtaniyozov.

Viloyatda «To'xtaniyoz ota» kabi fermer xo'jaliklari yanada ko'payishi tayin. Zero, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlar davom ettirilib, respublikamiz Prezidentining shirkat xo'jaliklarini fermer xo'jaliklariga aylantirish, meva-sabzavot-chilik va uzumchilik sohasini isloh qilish borasidagi farmonlari va qarorlari ijrosini ta'minlash bo'yicha faol ish olib bo-rilmoqda. Joriy yilda o'tkazilgan ochiq tanlovlar hamda yopiq kimoshdi savdolari bo'yicha 12239 ta g'olib aniqlanib, ularga 165,7 ming gektar yer maydonlari biriktirib berildi. Shundan meva-sabzavotchilik yo'nalishida yutib chiqqanlar uchun 54,4 ming gektar yer ajratildi. 2006 yilning birinchi choragida yalpi qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 113,2 milliard so'mni tashkil etdi. Yoki 2,4 foizga ortdi. Bevosita dehqonchilik mahsulotlari tayyorlashda 4,1 foiz o'sishga erishildi. Istiqlol bois paxta yakkahokimligiga barham berilganligi, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda inson manfaatlaridan kelib chiqilayotganligi turmush farovonligini, ma'murchilikni ta'minlashda bosh omil bo'lmoqda.

Mamlakatning istiqboli o'sib kelayotgan yosh avlodga, ularning bilim-malakasiga bog'liq. Shu boisdan davlatimiz yoshlar tarbiya-siga ustuvor ahamiyat bermoqda. Hurlik quyoshi balqigandan buyon ta'lim sohasida qilingan ishlarga e'tibor qiling. Sho'ro za-monidagi pastak, paxsa devorli maktablar o'tmish bo'lib qoldi. Bu sohada olib borilayotgan ish hajmi tobora kengayib borayotir. Viloyatda 2004 va 2005 yillar rejasiga kiritilgan 155 ta umumta'-lim maktablari uchun qanday qulayliklar yaratilishiga nazar tashlaylik. Ularga 69 komplekt lingafon, 37 komplekt chizmachilik sinfi, 65 komplekt fizika laboratoriya jihozlari, 13 komplekt ustaxona sinfi, 39 komplekt ximiya va biologiya laboratoriyalari jihozlari, 30 komplekt ma'naviyat va ma'rifat xonasi jihozlari, 86 komplekt kompyuter sinfi, 70 komplekt sport anjomlari, 137 komplekt 1-4 sinf, 209 komplekt 5-9 sinf partalari taqdim etildi va hokazo.

Viloyatning man-man degan korxona, tashkilot va muassasalari Homiylar va shifokorlar yilida maktablarga sidqidildan otaliq yordami tashkil etmoqdalar. Biz ham bu xayrli ishdan chetda turmadik. O'zbekiston metallurgiya kombinati Bekobod shahridagi 10-maktabni kapital ta'mirdan, 1-maktabni kapital rekonstruksiyadan chiqardi. Umumiy hisobda bu maktablar uchun 4,9 milliard so'm mablag' sarflandi. Hozir bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitdan o'quvchilar ham, ota-onalar, o'qituvchilar jamoasi ham ming bor minnatdor. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati shahardagi 6-maktabda 320 million so'mlik kapital ta'mirlash ishlarini olib bordi.

Yurtboshimiz va hukumatimizning tegishli qarorlariga muvofiq kasbiy mahorati va sinfdan tashqari olib borgan namunali ishlari uchun o'qituvchilarga ustama haq berish joriy etildi. Viloyatimizda bunday murabbiylar soni hozir 13760 nafarga yetdi. Ular jami pedagog xodimlarning 43 foizini tashkil etadi. Yuqoridagi qarorga ko'ra, o'qituvchilarga mukofot berish va zarur hollarda moddiy yordam ko'rsatish ham ko'zda tutilgan. Mehnat qilgan elda aziz degani shu bo'lsa kerak-da.

Sog'liqni saqlash ishlari yaqin o'tmishda qanday tashkil etilganligini yodga olaylik. Pastqam binolar, nari borsa o'rta kasbiy ma'lumotga ega bo'lgan shifokorlar, almisoqdan qolgan tibbiyot anjomlari. Bizda ko'rsatilayotgan shifokorlik xizmati tekin deb chor-atrofga jar solardigu uning ta'minoti, shart-sharoiti nochor edi. Mana bu tahlillarga e'tibor bering. 1992 yilda o'rta tibbiyot xodimlarining mutaxassisligi bo'yicha toifa ko'rsatkichi 23 foiz bo'lgan bo'lsa, joriy yilning birinchi yarim yi-lida bu ko'rsatkich 55 foizni tashkil qildi. Vrachlarning mutaxassisligi bo'yicha toifa ko'rsatkichi ana shu yillarda 31 foiz-dan 64 foizga oshdi. 2005 yilda shifokorlarning malaka oshirish ko'rsatkichi 24 foizni tashkil etdi. O'nlab tibbiyot xodimlari Isroil va Yaponiya, Rossiya davlatlarida malakalarini oshirib qaytishdi. Hozir bu sohada 3 nafar fan doktori, 39 nafar fan nomzodi faoliyat ko'rsatmoqda.

Keyingi yillarda cog'liqni saqlash muassasalarining faoliyat ko'lami ham kengaymoqda. Yangi-yangi shifoxonalar qurilib, ishga tushirilayotir. Tyg'yruq kompleksi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, qon quyish stansiyasi, endokrinologiya dispanseri, «Kichkintoy» bolalar uyi, o'smirlar markazi, 2004 yil avgust oyidan boshlab viloyat tug'uruq kompleksi reanimasiyasi — gemosta-ziologik markazi ish boshladi. Ambulatoriya, poliklinika muassasalari soni tashkillashtiriltan QVPlar hisobiga 351 taga ko'paydi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qarori viloyat yoshlari uchun ayni muddao bo'ldi. Yil sayin qishloqlarda yangi-yangi sport komplekslari qad rostlayotir. Iqtisodiy jihatdan baquvvat, nomdor korxonalar, yangi stadion-lar, suzish havzalari, mahallalarda sport maydonchalari qurishga homiylik qilmoqdalar. Bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga jalb etish bo'yicha aniq ish rejasi ishlab chiqildi. Qilingan ishlar samarasi o'laroq viloyat xalq ta'limi tizimida 33 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 1 ta sport maktab-internati, 50 ta stadion, 624 ta sport zali, 16 ta suzish havzasi, 38 ta tennis korti, shuningdek, 3129 ta basketbol, 994 ta voleybol, 359 ta qo'l to'pi, 667 ta futbol, 24 ta yengil atletika maydonlari yoshlarga xizmat qilmoqda.

Bolalar sportini rivojlantirish respublika jamg'armasining viloyat bo'limi tuzilgach shahar va qishloqlarda sportni ommalashtirish kuchaydi. Ana shu maqsadda yangi-yangi tad-birlar o'tkazila boshlandi. Angren shahrining «Jigariston» mahallasida tashkillashtirilgan «Mahallamiz pahlavonlari» shiori ostida o'tkazilgan milliy xalq o'yinlari birinchiligi, Yangiyo'l tumanidagi «Sport bahori», Olmaliq shahridagi «Olimpiya yugurish kuni» sport musobaqalarida sport muxlislari va aholi faol ishtirok etdi. Respublika miqyosidagi birinchiliklarda viloyat yoshlari muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar.

Yurtboshimiz viloyatimizda bo'lgan kezlarida uning O'zbekistondagi o'rni va mavqei, rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, kommunikasiya tizimi, ulkan tabiiy zahiralari hamda inson resurslari haqida e'tibor berib gapiradilar. Haqi-qatan ham, vohamizda yuksak natijalarni qayd etish uchun barcha imkoniyat eshiklari ochib berilgan. Hukumatimiz biz uchun barcha shart-sharoitni ta'minlab qo'yibdi. Ulardan oqilona foydalansak, har qanday yuksak marralarni zabt etishga qodirmiz.

Eng ulug' bayramimiz yaqinlashmoqda. Mustaqillikning 15 yilligi oldidan ikki yarim millionli Toshkent viloyati mehnatkashlari zimmalaridagi mas'uliyatni chuqur his etib, mehnat g'ayratini yanada kuchaytiradilar. Ahil bo'lsak, maqsad sari yakdil bo'lib intilsak, belgilangan yuksak marralarni zabt etishimiz osonlashaveradi.


Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 00:01:10

Men ham toshkent viloyatidanman. Do'stoboddan

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Avgust 2010, 09:38:07

Men ham toshkent viloyatidanman. Do'stoboddan

Assalamu alaykum, xush kelibsiz Yoqutxon. Userlar o'zlarini tanishtirgan mavzularda ko'rinib bizni mamnun etasiz degan umidimiz bor :)
Do'stobod qaysi tarafda?

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 15:55:25

Men ham toshkent viloyatidanman. Do'stoboddan

Assalamu alaykum, xush kelibsiz Yoqutxon. Userlar o'zlarini tanishtirgan mavzularda ko'rinib bizni mamnun etasiz degan umidimiz bor :)
Do'stobod qaysi tarafda?
Assalom aleykum Zamirahon. Iliq kutib olganingiz uchun rahmat :). Do'stobod shahri Quyi chirchiq tumanida joylashgan.

Qayd etilgan


gulnora  11 Mart 2011, 10:09:06

Men Chinozlikman. Chinozliklar bormi?

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  11 Mart 2011, 11:36:31

Assalomu alaykum!

Toshkent viloyatidan forumda ishtirok etayotganlar yoki talabalar bormi???

Mana, biz bor-da. Qaysi tumandabsiz? man Oqqo'rg'ondanman.^^

Man O`nqo`rg`ondan:)))

Qayd etilgan


Ansora  11 Mart 2011, 14:26:17

Men Chinozlikman. Chinozliklar bormi?

Xush kelibsiz. Sirdaryo sirli daryoga salom ayting:)

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  16 Iyul 2011, 23:25:54

Assalomu aleykum.
Toshkent vil. Zangiota tumanidanman.

Namangan vil.da uchrashuv mavzusini o'qib qoldim. Toshkent vil.dagilar ham shunday uchrashuv tashkil qilsakchi ?
Hohlovchilar bo'lsa , marhamat o'z fikrilani bildirsangiz.

Qayd etilgan