Forumdoshlar tomonidan anchadan beri bir hayriya ish - ko'chat ekish rejalashtirilayotgan edi. Mana vaqti soati kelib bu hayrli ish amalga oshadigan bo'p turibti. Demak,
28 mart, yakshanba kuni ertalab soat
9.00da
Toshkent shahar Hamza metro stansiyasi yonida uchrashib metro yaqinidagi
Novza masjidi atrofidagi bizga ajratilgan hududga borib ko'chatlarni ekmoqchimiz.
Sizlarni ham ushbu hayrli ishga chaqirib qolamiz!
Moddiy hissa qo'shmoqchi bo'lganlar
+998974112110 telefon raqamiga bog'lanib
Kitayozaga (Abror aka) murojaat qilinglar.
Hasharga bevosita keladiganlar esa iltimos imkoniyat bo'lsa ish qurollari bilan kelsangizlar bag'oyatda xursand bo'lar edik.
Ko'chat ek - ham yurt obodonchiligi, ham sadaqayi joriya!
O'tgan yilgi tadbirlar haqida ma'lumot:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3445.0