Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...  ( 18890 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


JaviK  25 Mart 2010, 18:04:14

 :bs1: :as: Aziz Forumdoshlar, uchbu mavzuni ochishimdan maqsadim, barchani birinchi postini bir joyga jamlash, o`zim uchun bir ma`lumot sifatida olmoqchi bo`ldim.

SHART : Bu yerda har bir a`zo forumdagi 1-postini kiritishini so`rab qolaman.


P.S: Meni yangi ochayotgan mavzularim kimlargadur o`yin sifatida tuyilishi mumkin, shuni aytib o`tamanki
forumga maqtanish uchun kirmadim,
forumda ko`p post qoldirish uchun kirmadim,
forumga 2 ta maqsad uchun kirdim
Bilim va birodarlarimni ko`paytirish uchun kirdim.

Bu forumga kirganimda men hech narsani bilmasligimdan yig`laganman, hattoki hech qaysi sahobani bilmas,  hadislar borligini umuman bilmasdim ham, forumdan o`qib o`rgandim o`rganganlarimni eshitmaganlarga so`ylab berdim. Ko`p akalar, opalar, maslahat go`ylarimni topdim, ulardan olloh rozi bo`lsin.


Qayd etilgan


JaviK  25 Mart 2010, 18:05:30

Assalomu alaykum. salom sevarxon. siz bi fikrni o`rtaga tashlaganizdan xyrsandman, chunki men ham shu voqealarni ko`rib xayron qolyapman. bizga, musulmon xalqimizga yevropa madaniyati va dini kirib kelyatganligidan ko`pchilik afsusda, chunki mening bir tanishimni otasi xristian dini qabul qilibdi va oilasini ham shu dinga itoat qilishini talab qildi. bunday voqealarni ko`rib biz nima qilishimiz kerak?

             


Bizning dinimiz islom. Muqaddas kitobimiz Qur`on.

Qayd etilgan


Abu Muso  25 Mart 2010, 23:20:40



 :as:

Haqiqatda juda serqirra mazmunga ega surat ekan...
Shunday bo'lsada, baholi qudrat izohlashga harakat
qilib ko'raman.


Izoh: Avvalo suratdagi shaxmat doskasi, dunyo. Bunga etarlicha
dalillar bor, masalan dunyo o'tkinchi bir o'yin ekanligiga, Qur'oni
karimda ishora bor. Oq va qoara donalar, dunyodagi solih va johil
kishilarga ishora bo'lsa, oq va qora kataklar esa, haq va zalolat
yo'llaridir. Ya'ni, har bir manzilga borishning halol va harom yo'llari
bor. Hammasining tarozi ustida turishi esa, dunyo imtihonligi va
hisobi borligidan darak. Cholni agar Insoniyat desak, uning qariligi,
ayni damda oxirzamon ummatlari dunyoda yashab turganlariga ishora.
Cholga yarashmay turgan boshyalanglik esa, bugungi kunga kelib
ummatning sunnatga e'tibori qanday ekani haqida bildirmoqda.
Tarozining vaznni ko'rsatadigan joyi katta ilon bilan to'silganligi esa,
dunyoning imtihonligidan va ilon esa bu imtihonda bizga halaqit
beruvchi nafsimiz ekani tasvirlangan. Ya'ni, qilgan amalimizning gunoh
yoki savobligini bilish bizdan to'silgan, nafsimiz esa bu haq o'lchovni
o'zgartirib, boshqacharoq qilib ko'rsatadi bizga. Biz esa uni o'z qo'limiz
bilan boqib turamiz(choy uzatilayotgan piyola). E'tibor bersangiz, chol
bu tarozi ustida omonatgina o'tiribdi, bu esa dunyoda abadiy qola
olmasligimizga, dunyo o'tkinchi ekaniga ishora. Kitoblar ilm bo'lsa,
ularning tarozidan pastda turishi amalsiz ilm tarozida vazn bosmasligidan
darak. Tasvirdagi tarozi dunyo bolsa, ko'kka qad ko'targan minorani,
oxirat manzili deb angladim. Afsuski, suratdagi o'simlikni qanaqa o'simlik
ekanini aniqlay olmadim.  :(

Xulosa:
Ey Inson, o'yinsifat bo'lgan bu imtihon dunyosida o'zing omonatgina
o'tiribsanu, ammo sunnatlarga beparvo holda, ilmalrni oyoqosti qilib,
oxirat manzilinga qaramasdan, haqiqat tarozisini sendan to'sib turuvchi
nafsingni hanuzgacha, keksayib qolgan bo'lsang ham o'z qo'llaring bilan
boqib turish bilan ovorasan.

Hozircha faqat shu fikrlar keldi, lekin bu suratda yana ma'nolar ko'p...
[/b][/color]

Qayd etilgan


JaviK  28 Mart 2010, 16:40:09

 :as: bu mavzuni davomiyligi uchun agar uselar rozi bo`lsa o`zim joylab boraman.

Qayd etilgan


JaviK  28 Mart 2010, 16:40:57

AbdulAziz  aka
O'zbekcha islomiy manbalar:


http://www.islam.uz - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf sayti


http://forum.islam.uz - Islam.Uz saytining forumi

Qayd etilgan


JaviK  28 Mart 2010, 16:43:13

AKa Titan-Uz

tarvuzchilarning yarmi sho'ttami deyman!!!!!!!!

Ps.... Qale ishla o'zi forumdoshlar............................

Qayd etilgan


JaviK  28 Mart 2010, 16:47:11

Aka Ziyovuddin

Hozirgi kunda ota-onalar farzandlariga islomiy, ma`noli ismlar qo'yishmoqda. Shuning bilan birga boshqacha ismlar ham. Masalan Indira, Damira va boshqalar. Bu ismlar o'zi o'zbekchami? Ma`nosi nima?

Qayd etilgan


JaviK  08 Aprel 2010, 12:04:57

AKA SHOXJAHON12

Futbol bo'yicha JCH-2006 da qaysi terma jamoa "syurpriz"ga aylanadi, deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


JaviK  09 Aprel 2010, 15:05:31

KAPALAK OPA

Assalomu-alaykum aka-uka, opa-singillar:) Barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazoni Sharif munosabati bilan, bu qutlug' oyni haqiqiy ma'noda his qilib, haqqini ado etgan bandalar bo'lishingizni tilayman.
Mavzuga javob beradigan bo'lsam, Alloh'dan avvalo sog'lik tilayman. Tilak-istaklarimizni cheki-chegarasi yo'q albatta....
Allohdan bir narsa tilab-yolvorgan paytimiz biz qullarning qanchalar ojiz, Yaratganning esa qanchalar Qudratli ekanligini yana bir bor qabul qilgan bo'lamiz... Hurmat bilan,

Qayd etilgan


Shoxjahon12  09 Aprel 2010, 15:48:52

AKA SHOXJAHON12

Futbol bo'yicha JCH-2006 da qaysi terma jamoa "syurpriz"ga aylanadi, deb o'ylaysiz?
Aslida eng birinchi postim bu emas. :)
Chunki men birinchi postimni 2004 yillarda forum endi ochilgan vaqtda qoldirganman. :)

Qayd etilgan