Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...  ( 18882 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


JaviK  06 Iyul 2010, 15:00:05

Aka braupov

Maqola egasiga katta rahmat

Qayd etilgan


Sadulla  07 Iyul 2010, 06:23:36

Iqtibos
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.Bu kuni tutilgan ro'zani Payg'ambarimiz (S.A.W) eng maxbub amallardan biri ekanligini takidlab o'tganlar.Bu kunni nafaqat musulmolar balki yahudiylar va nasorolar ham ulug'lab ro'za tutadilar.Ibn Abbos roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam Madinaga kelib ,yahudiylar Ashuro kuni ro'zasni tutayotganini ko'rdilar va:
  "Bu nima ?" dedilar.
 "Bu solih kundir.Bu kun Alloh Bani Isroilni dushmandan qutqargan kun.O'shanda Muso uning ro'zasini tutgan" deyishdi
  U zot sollalloxu alayhi vassallam :
  "Men sizlardan ko'ra Musoga haqliroqman" dedilar va uning ro'zasini tutdilar,tutishga amr qildilar".

Uchovlari rivoyat qilganlar.

Payg'ambarimiz (S.A.W) yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshash ishni qilishni yoqtirmas edilar,doimo ularnikidan boshqacha Islom ummatiga xos ishni qilib o'rganganlar.Shuning uchun   yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshab faqat o'ninchi kun emas, balki ularga xilof qilib, to'qqizinchi kunini ham ro'zasini tutishlarini aytdilar.Shuning uchun musulmonlar muxarram oyining 9 va 10-kunlarini ro'zasini tutishlari kerak.
Abu Qatoda roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam :
  "Allohdan umid qilamanki,Ashuro kunining ro'zasini o'zidan oldingi gunohlarininng kafforati bo'lsa " dedilar".

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan . (Xadis va Hayot 9-juz Ro'za kitobi)

Alloh barchamizni islom va imonda bardavom qilsin Assalomu alaykum varahmatullohi va barakotu.

Bu postimdan keyin, birinchi tanbehni Lolo opadan olganligim hech esimdan chiqmaydi.

Qayd etilgan


JaviK  28 Sentyabr 2010, 17:56:13

Billur opa

Assalomu aleykum aziz forum ishtirokchilari. Men bu saytga yaqinda a'zo bo'ldim. Oldinlari mehmon sifatida ko'p kuzatar edim. Garchi Alhamdulillah musulmonman desamda Islom dini haqida deyarli bilmayman.Namoz o'qish farzligi va yana bir qancha ma'lumotlarni shu kabi islomiy saytlardan o'rganib bormoqdaman.
Hozir ham lolo opani Qirq HADIS mavzusida yozgan postlarini o'qib chiqdim. Qisqacha qilib yozadigan bo'lsam Alloh insonlarni taqdirini, jannatiy yoki do'zahiy bo'lishlarini oldindan taqdir daftariga bitib qo'yar ekan. Shu kabi ma'lumotlarni yanada batafsilroq kiritishni iloji bormi? Chunki men b-n 1-2 ta dugonalarim ham bahslashishgan edi. Oldindan bitilib qoyilsa gunoh ishing ham savob ish ham unda yashashdan ma'no nima deb. Baribir bu narsani o'z hohishingcha qilmaysan hammasi oldindan yozib qo'yilgan deb..
Inshaalloh ushbi forumdan ancha narsalarni o'rganaman deb umid qilaman.(chunki Islom dini haqida  shu erdan boshqa bilim oladigan joyni bilmayman) Chunki forumga a'zo bo'lishimdan maqsad ham diniy bilimimni takomillashtirishdir.

Qayd etilgan


Gabriela  10 Oktyabr 2010, 07:35:12

Bugun birinchi bor forumga kirdim va post qoldirdim. 1-postim sevimli saytlar mavzusida bo'ldi.
"men asosan xush kayfiyatda bo'lish uchun, kayfiyatimni ko'tarish va do'stlar orttirish uchun www.sherlar.uz ga kiraman"

Qayd etilgan


Solihatun  28 Dekabr 2010, 15:04:01

Birinchi stipendiyamga tangala berishgan...


Qayd etilgan


Anonim  23 Sentyabr 2011, 22:31:18

Assalamu alaykum adashmasam andijonda qiz kuyov tomondan katta bolsa qozon berishadi

Qayd etilgan


Govegastar  06 Mart 2012, 09:17:21

  Assalomu alaykum.

  Marifat shaydolari tarixning ahamiyatini nechog'lik anglasalar...anglagancha-aylasin )

  Mavzu orqali forum tasarrufidagi maydon chegaralariga bir bo'ylasak. Forum tarixini bir lahzaga yodaga olib bazi hulosalarga ega bo'lsak. Buni forumning bir foydali elementi deb bilaman.

 ...Buning uchun mavzuga forumga azo bo'lgan dastlabki paytlarda qoldirgan birinchi postlarimizni jamlasak, ikki yoki birnecha niklari bor forum azolari birinchi nikidagi birinchi postdan iqtiboz keltirishsa, barchasi jam bo'lsa.

  Albatta muslimlar muslimlarga, muslimalar muslimalarga do'st bo'lgan post deb bilamiz....

Qayd etilgan


Govegastar  06 Mart 2012, 09:20:14



   Subhanalloh...birinchi postim link ekan.



 Assalamu alaykum.
  http://islom.uz/content/view/510/105/

 

Qayd etilgan


ossiyobinti  06 Mart 2012, 09:46:05

Abu Said al Xudriydan r.a. rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. ''Agar masjidga borishga odatlangan kishini ko'rsangizlar, uning iymonli ekaniga guvoxlik beringlar. Chunki Alloh taolo: Alloxning masjidlarini faqat Alloxga va oxirat kuniga iymon keltirganlargina obod qilurlar", deb aytgan. Imom Termiziy rivoyatlari.

Mni birinchi postim judayam manili post qoldirganakanman ;D

Qayd etilgan


Govegastar  06 Mart 2012, 11:36:19


  Yuqoridagi hadis ko'p muslimlarga hamroh hadislardan. Ajoyib...

 Hayronman...qolganlar qani )

Qayd etilgan