Assalomu-alaykum, va v-assalom Qashqadaryoliklar
Qashqadaryoliklarga bir hotiramni aytib beray...
Dadamni Chiroqchilik kursdoshlari bor ekan. Bir kuni dadamni Chiroqchiga to'yga chaqirdilar. Eski paytdagi insonlarni orasidagi vafodorlikka hayron qolaman-da
Hullas dadam Chiroqchiga to'yga ketdilar. 3-4 kundan keyin qaytib keldilar. Yonlarida nima bor edi, haligacha eslasam, yuzimga tabassum yugiradi
To'y egasi, Uloq beribdi. Shu mashhur o'yin "Uloq" dagi Uloqni dadamga, "sen juda aziz mehmonsan, uzoqlardan kelding" deb hadiya qilishibdi. Dadam: "Voy oshna, meni, uyim uzoq, borgunimcha aynib qomiydi-mi", deb hijolat bo'libdilar. To'y egasi amaki esa: "Hech narsa qimiydi", deb uloqni yaxshilab o'rab, dadamga tutqazibdilar
Hullas kechasi uyqudan turib bir qarasak, uyda to'palon, ayam u yerdan bu yerga yugiradilar...Uloqni tozalashdi, adashmasam 1 haftagacha uloq go'shti yegandik
Menga rosa qiziq tuyulgan tarafi, bechora uloqni butun suyaklari unday maydalanib ketgan edi....