Mayli man sizlarga bir voqeani aytib beray. O’quvchilik va talabalik davrlarimda rosa sho’x bo’lganman. Litseyda mani "œshayton" deyishardi (Astag’firulloh). Bir kuni darsdan keyin yotoqxonaga kelib, o’rtog’imni xonasiga kirsam, o’zi yoq, xonadoshlaridan so’rasam, chiqib ketti deyishdi. Kravatida shimi turardi, shimining cho’ntagidan pul ko’rinib turgan ekan. Pulni olib sanab ko’rsam 800so’m ekan, xonadoshlariga aytmanglar deb chiqib ketdim. Chiqsam dala hovlida yurgan ekan, chaqirib, pulni tutqazdim "œO’rtoq eslaysanmi, sandan 800 so’m pul qarz olgan edim. Shuni hozir qaytarmoqchiman." dedim. Qani endi olsa "œYo’q san mandan qarz olganing yo’q" deb turib oldi. Bir amallab qo’liga tutqazdim. Osha kuni shanba edi, dushanbada esa, yana uchrashdik. Man bilan ko’rishar-ko’rishmas "œDo’stim, yaxshiyam man sanga 800 so’m qarz bergan ekanman, yaxshiyam san o’sha qarzni manga aynan shanba kuni berding. Bo’lmasa sharmandam chiqardi." deydi. "œHa, nima gap tinchlikmi?" desam, "œO’sha kuni uyga ketguncha, taksiga chiqib, ancha yo’l yurgandan keyin, cho’ntagimni kavlasam, 800 so’m pulim bor edi, yo’q. Keyin noiloj san bergan pulni berdim" deydi. Rosa kulishgandik o’shanda. Ana shunaqa gaplar.