Assalomu alaykum, Qashqadaryoliklar!!!  ( 223231 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 35 B

Ulugbek-Uz  22 May 2008, 10:54:51

A  bu, rais, qaddansiz   Ulug'bek-uz?  Munnay bir tanishtirsangiz  yaxshi bo'lardi. 

Ассалому алайкум! Камина Сурхондарёни Шеробод туманидан бсламан. Ҳамсосмизда барибир :)) Чак-чакдан стиб, Деҳқонободни газаларини тамоша қилиб Ғузорнинг Лачкамар Қоракамарида овқатланиб стиб келамиз Тошкентга. :)
))

P.s.  Ош тагига олган бслса битта ширвозни ағдариб тандири осинг унда! :))

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  22 May 2008, 12:25:39

SurQashman deng. Bizga farqi yo'q hamsiya. Tandir yegiz kegan bo'sa, qiberamiz. Bitta tandir sizdan aylansin.

P/S: mail.ru dagi adresim ishlaydi. Nega unaqa deyapsiz? [email protected]

Qayd etilgan

saraton07  23 May 2008, 20:03:52

Assalomu-alaykum   Janoblar!
  Ulug'bek uz, qalaysiz?  Sheroboddan do'stlar bor  edi anchagina. Ko'rishmaganimga ham  5 yil bo'ldi, bilmadim kim qaerda. Ayrimlarini esimdan chiqaribman, ko'rinishini bilamanu, ismini  bilmayman. Gap yo'q, bitta shirvozzi   ag'darish bizdan. Xudo hohlasa. Perevaldagi Mingchinorda  yig'ilarmiz, nasib etsa, do'stlar bilan.
 Hoow, Yuristboy, qani tandirga  olov yoqib qizitinglar endi, hademay mehmonlar kep qolishadi.  Jasonnur hali beri kemaydi chog'i.  Qarshini   yo'lida  Qochqor  bortdan sakrab tushib, julg'unzorga sop ketibdi.  Jasonnur  quvalab,G'uzorga, G'uzordan Yakkaboqqa o'tib ketibdi. Xavotir olishmasin deb shofyoridan ayttirib yuboribdi, katta  ko'chaga  Saratonminan Yurist chiqib turishsin debdi.   Qo'chqorni shu tarafga haydab boshlabdi. Oldini olsinlar, ushlaymiz deganmish.  Yuristboy, sarkani  yungidan  enayiz  eshgan   arqonni opkeng endi,manda arqon yo'q.   Mehmonlar keguncha  ushlab so'yib, tandirni tayyorlab qo'yish kerak. So'g'un bir gap, Aroq opkemanglar, Surxonliklaram, manam ichmayman, endi har holda musulmonmiz.  Ana , uzoqda chang ko'tarildi,  Shahrisabz tomondanov, Jasonnur bo'sa kerak.Qani,how rais ketdik, changida qo'chqor kattaga o'xshaydi. 

Qayd etilgan

Elmira  24 May 2008, 07:18:21

Assalomu alaykum Qashqadaryoliklar, juda mehmon kutishga usta ekansizlar, sizdek mehmondo'st zemlyaklarim borligidan juda ham xursandman
Olloh hamisha yor bo'lsin

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  24 May 2008, 13:45:00

Assalomu alaykum Qashqadaryoliklar, juda mehmon kutishga usta ekansizlar, sizdek mehmondo'st zemlyaklarim borligidan juda ham xursandman
Olloh hamisha yor bo'lsin

Va alykum assalom.

Lekin yomon xapa qildiz. Mehmonga kelib bir bo'lak go'sh yemay ketdiza. Qoyilmasman. Yoki Jasonnurning qo'chqori qari ekan, tishim o'tmaydi deb o'yladizmi? hech bo'masa chalop ichsangizam yaxshi bo'laydi. Yana o'ziz bilasiz.

Qayd etilgan

saraton07  25 May 2008, 00:52:52

E  assalomu-alaykuuum, Qashqalilar!
Qandaysila endi. A ,bu, Jason bo'la,qo'chqorni ko'p quvalabsiz, davleniyasi chiqib ketib, so'yganda  go'shti qizil,qontalash bo'b qoldi. Yurist   bo'layam, rosa juda mohir qassobakaney,qoyil qoldim, Bechora qo'chqor "ba" deyolmay,kalimasini ag'darolmay jon berdi. Yaxshiyam ,boshiida turmaganiz.Yo'qsa, rahmiz kelib, qo'chqorni quchoqlab olardiz, to'g'rimi Yurist?
Yurist bo'la, Elmirani tandirdan emay ketdiz debsiz,endi  bu, ko'kala  yeb katta bo'gan qo'chqor bo'lsa, go'shtiyam bir   boshqacha bo'ladida endi.
 Ha endi bizga farqi yo'q,yigitlaga, qizlarni ta'bi nozikroq deganday, tushunasiz o'ziz.
Elmira xonim,ha endi xafa bo'lmaysiz, bizdan. Sal  loqaydroq bo'ldik,mehmondorchilikka. Bu xatomizni, endi Qarshida, Ko'k gumbazdami, Oltin Xo'rozchadami     Jason boy to'g'rilaydila, a labbay, Jasonbay.
 Bugun ko'rinmadiz,bo'la. Madrasani turpog'i bugun  sho'rroqmikan deyman,  ariqdan byaqqa kemayapsiz, how, qanisizov?!!javascript:replaceText(' :D', document.forms.postmodify.message);

Qayd etilgan

saraton07  25 May 2008, 00:55:44

Yurist bo'la, mailiz qachan  yashil bo'ladi o'zi?
Aytgincha, siz zakovatda o'ynaysizmi, yo shunchaki klubda qatnashib yurasizmi?

Qayd etilgan

saraton07  26 May 2008, 21:19:59

Assalomu-alayko'o'o'o'm, mehmonlar, Hamsiyalar!
 E, odamni xafa qilapsila, raisla.
 Nimaga  bu yoqqa  eshikdan biiiir bosh suqub  qo'ymaysila? Qashqadaryoni   xafa qimaylada  endi.
 Elmiraxon,kamnamosiz negadir.
Jasonbay, Yuristbay   bu Akmal   bo'la deganlari bormi o'zi, qaydan bo'ladila u kishi.? Avatarini ostiga,Bu itdan tarqagan deganlar.  U kishi  qaysi  turkumdan bo'ladilar?
Yana  Foniy oshna ham bu yoqlarda ko'rinmaydilar.
Nima yangiliklar sizlada, zemlar?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  27 May 2008, 10:07:52

Hay-hay, bo'la xapa qimangda odamni. Axir bilasziku Qashqarliklar juda davlat ahamiyatiga molik odamlar bo'ladi. Vaqt kam, ish ko'p. Buni ustiga Jasanboy bilan o'tirishdi tashvishida yuribmizda.
Lekin anovi qo'chqor yomon bachchag'ar ekan. Damashqdan ob kegan pichog'imni rasvo qildi. Bo'yniyam chinorday bo'p ketgan ekan o'ziyam. Jasanboy, nima berib boqqansiz uni? Xoda yutganmi nima balo?
Qogan Qashqarliklarni bilmadim, qayerda nima qib yurganini? Kep qolar, kutamiz. Boshqa nima ham qilardik. Faqat choyga qarab-qarab qo'ying, samovar qurib ketmasin tag'in, ularni kutaverib.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  27 May 2008, 10:11:58

Yurist bo'la, mailiz qachan  yashil bo'ladi o'zi?
Aytgincha, siz zakovatda o'ynaysizmi, yo shunchaki klubda qatnashib yurasizmi?

Meni mailim sal kasal bo'p qoldi. GRIPP menimcha. Shunga faqat ko'karib yotibdi. Hech yashil tusga kirmayapti.

Zakovatda asosiy o'yinchimanu! Chempion, yilning eng yosh bilimdoni.... Ehhey buni davom ettirsam gap ko'p. Faqat maqtanish bo'lib qoladida. Bobur Yoqubov jamoasida o'ynayman. Yoki fotofakt jo'nataymi?

Qayd etilgan