Assalomu alaykum, Qashqadaryoliklar!!!  ( 223492 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 35 B


registan  27 Noyabr 2009, 21:05:16

Chiyal bozori qeqqa u?qarshiyami?

 :as:

"Chiyali bozori" Y U R I S T ning yurtlari, Chiroqchi
tumanida joylashgan. Qarshidan 75 km uzoqlikda.


Yo'q, ChehMik sizzi bayramda Chiyal bozoriga borganizga ishonmayapti. Yaxna yemagan shekilli. "Ha bordim" de qo'ying. ;D

Qayd etilgan


Mr.Twister  03 Dekabr 2009, 18:34:48

Chiroqchidan kursdoshlarim ham bor. Qoyil juda talantli bolalar.

Oldga qarasam qashqadaryolik bola, ortga qarasam qashqadaryolik bola, chapda voy o`ngda ham qashqadaryolik bola.

Qayd etilgan


Ansora  04 Dekabr 2009, 13:27:04

Chiroqchidan kursdoshlarim ham bor. Qoyil juda talantli bolalar.

Oldga qarasam qashqadaryolik bola, ortga qarasam qashqadaryolik bola, chapda voy o`ngda ham qashqadaryolik bola.

Buning sababi menimcha Qashqadaryo taraflarda oilada eng kamida 8 farzand bo'lishi bo'lsa kerak : )

Qayd etilgan


Ansora  04 Dekabr 2009, 21:14:57

Chiroqchidan kursdoshlarim ham bor. Qoyil juda talantli bolalar.

Oldga qarasam qashqadaryolik bola, ortga qarasam qashqadaryolik bola, chapda voy o`ngda ham qashqadaryolik bola.

Buning sababi menimcha Qashqadaryo taraflarda oilada eng kamida 8 farzand bo'lishi bo'lsa kerak : )

Olaaaaaaaa.....
qaysi lopchi mahalladansiz?
bir bellashishimiz kerak ekanda...



Bu yaxshi narsa lekin serfarzandlilik:)
Bundan 10 yillar oldin balki shunday edi, menimcha keyingi paytlar Qashqadaryo taraflarda ham "oila planlashtirilmasi" degan narsaga rioya qilgan holda o'rtacha 2 farzand ko'rishayotgan bo'lishsa kerak. Yani bundan keyingi yillarda 4 tafarga qarasak Qashqadaryoliklarni ko'rishimiz qiyinroq bo'lib qoladiyov : )


Qayd etilgan


Abu Muso  23 Dekabr 2009, 22:46:30

:as:
Qashqadaryoda mashxur - "Koson mastavasi"

Balki kimdir egan, kimdir emagan... :D

Qayd etilgan


Abu Muso  24 Dekabr 2009, 00:32:34

 :as:
Lekin, bizda mehmonni unaqa kutmaydi-da...  :D
1-ga Go'sht, 2-ga Go'sht, 3-ga Go'sht va
hatto disertga ham Go'sht ediramiz, uni har
xil holda va turli nomlar bilan atab (tandir,
jizza, yaxna va hkz...).  ;D Shundan keyingina
mehmon tanlaydi taomni. Ammo, hali hech
qaysi mehmon, bu muolajadan so'ng, boshqa
taomni nomini ham ayta olmagan va qaytgan.  : )

Qayd etilgan


Abu Muso  24 Dekabr 2009, 01:29:58

 :as:
Akbarjon, yaxnani eb ko'rmay turib, bunday fikrlashiz noo'rin...
O'sha bozorda yarim kun ichida 1 tonna pishiriligan go'sht
sotiladi va joyida eb tugatiladi. Isrogfa esa o'rin yo'q, bayram
kunlarida esa, yuqoridagi ko'rsatgich 2 tonnagacha chiqadi!
Yuqoridagi postizni YURIST o'qib qolmasin, xafa bo'ladilar-a.  ;)

Qayd etilgan


Ansora  24 Dekabr 2009, 01:32:49

Mastavaga gap yo'q. Keyin ziravorlarni ham dizayn qilishganichi:)

Buni tayyorlanishini yozing Abu Muso, agar pishira olsam bir urinib ko'raman : )

Qayd etilgan


Abu Muso  24 Dekabr 2009, 01:51:34

 :as:
Kapalakxon, buning retsptining o'zi suratdaku.  :D
Tayyorlanishi juda ham oddiy, guruch obdon
qaynatib pishirilgach, suvi oz miqdorda ya'ni,
faqat guruchni ko'madigan sathda qoldirilib,
qolgani to'kib tashlanadi. Myasorubkaning
maydaroq ko'zidan o'tkazilgan go'sht qiymasi,
o'simlik yog'ida qovurib olinadi. Keyin, kosaga
guruch solingach, qoshiqlab qiymadan solinadi
chakkasiga va narigi burchagiga suzma qatiq
bir qoshiq solinadi. O'rtadagi yashil  "polosa",
bu quritib ezib olingan shivit(ko'kat), bilmadim
balki boshqa joylarda boshqacha ham atashar.
Qizil dog'chalar, ezilgan qalampirniki... Mana
sizga retsept!  ;)  Ammo bir narsani aytib qo'yay,
ana shu oddiygina mastavani boshqa joyda qilib
o'xshata olishmaydi. Sababi noma'lum, shaxarlilar
ana shu mastava uchun, 20 km masofa bosib
kelib, eb ketadilar. Sizga, omad Kapalakxon! Siz
uddalay olasiz, menimcha. Faqat eyishdan oldin,
aralshtirib yuboriladi va dizayndan asar ham qolmaydi.  :D

Qayd etilgan


Ansora  24 Dekabr 2009, 01:55:46

Ha o'zim ham shuning uchun retsept so'raganim-da. Samarqandni noni boshqa joyda o'hshamaganiday. Bu yerda Kosonni na suvi bor na havosi : )

Qolaversa qora qozon ham yo'q, haqiqiy o'tin hidi ham.

Mayli nasib bo'lsa siz taraflarga kelsak icharmiz  : )

Rahmat retsept uchun, yanada bir urinib ko'raman inshalloh. Balki hech bo'lmasa shakli o'hshar  : )

Qayd etilgan