Nima bo'gandayam Qarshi yaxshide.
manga Qarshi yoqmadi. Odamladan masjid qayerdaligini so'rasang, odamga ola qaraydi,lekin bilishmas ekan ko'pchilik masjidning qayerdaligini. Kechasi ko'chada tunadim.Projektor oldida. Aksiga olib tokni butun shahar bo'yicha uzishdi.Ana xolos. Ertalabgacha qotib qoldim. Keyin bir amallab Ko'k gumbaz masjidiga bordim. . Sovuqdan tishim takirlab, arang tutib turibman o'zimni. Bomdodga krayotgan bir odamdan tahoratxonani so;radim. Manga qarab "hov,shu tomonda "dedi ,ko'rsatgan tomoniga borsam, hech joyda tahoratxona yo'q. qidirib topolmadim. U ko'rsatgan tomonda axlatxona edi. Tavba .kap katta odamni qilgan ishini qarang. Jamoatdan qop ketdim. keyin majbur tayammum qilib, o'qidim,musofir namozini. Ko'nglim qoldi . Qayta bormayman deb o'yladim endi.
Assalomu Alaykum janob Saraton,
Tugrisini aytsam sizzi qoldirgan postizni uqib judayam hafa buldim, manimcha bu tabiiy holat bulsa kerak, chunki uzim Qarshida katta bulganman, bu shahar yaxshimi yomonmi mani vatanim. Lekin hafa bulganim faqatgina buning uchun emas balki fikrlariz bir tomonlama, asossiz va judayam tor ekanidan. Chunki biror shaharga kelib 1 kun turib baho bera olaman deyish judayam hato fikr bulsa kerak. Masalan Toshkentda airoportdan viloyat taksilari joyigacha olib borib quying deb iltimos qilsangiz Toshkentlik taksis sizdan judayam katta pul suraydi viloyatdan ekanizni bilsa. Yoki oddiy kucha kuyda yurganizda va viloyatdan ekanizdani bilishsa munosabat boshqacha buladi, hush bu bilan Toshkent fayzsiz shahar, yaxshi insonlar kam deb hammaga loy chaplash tugri buladimi? axir millionlab yaxshi insonlar borku u yerda? Yoki Samarqand va Buxoroda sizni shevangiz yoki Tojikcha gapira olmasligizga qarab munosabat bildirishadi bozorlarda, hush bu narsa ikki viloyatni madaniyatsizlik va fayzsizlikda ayblasa buladimi?
Yoki biror bir shaharni axlathonasiga borib usha yerdan qaytib ketsangiz butun shahar axlathona ekan deyishiz tugri buladimi? Axlatxona istalgan shaharizni tashqarisida buladi, Toshkentni axlatxonasi yuqmi? biror bir turist kelib faqat usha yerni kurib, Uzbekiston axlatxona ekanku deb ketsa sizni jaxliz chiqmaydimi? Shunga uxshagan bir tomonlama fikrlaydigan turistla Uzbekistonni yomonlagan fikrlari bilan internetni tuldirib tashlagani etarli shundoq ham.
Man aytmoqchi bulgan fikrim shuki, istagan shaharizga borishizdan avval tayin bir joyni yoki insonni belgilab olmasdan, shaharni bilmagan holizda borsangiz kuchada qolasiz, biror joyni tushuntirishda sizni qanaqa tushunganiz ham muhim, yoki yaxshi yomon inson hamma shaharda bor, siz ularni qaysi biriga tugri kelganiz ham omadizga bogliq. Axlathona masalasiga oydinlik kiritadigan bulsak Kuk Gumbaz atrofida hech qanaqa ahlatxona yuq. Sizzi oddiy bir tushuntira olmagan odam, yoki oddiy yolgonchi insonga duch kelib qolganiz butun shaharga baho berishga haqli qilib quymaydi. Ikkinchidan shaharda svetni butunlay uchurish kamdan kam holat (faqat bir holat bundan istisno, yaqinda Surhondaryoda eng katta stansiyaga yuqori tezlikdagi internet ulash ishlari olib borildi va usha vaqtda 3 ta viloyatda barcha stansiyalarda vaqtinchalik tokni uzishdi). Hafa bulmangu lekin Qarshiga baho berish salgina erta siz uchun, shaharda kam bulgansiz va bu bilan shahar fayssiz ekan deysihga haqqiz yuq!
The Alchemist
PS:Oldindan ming bora uzur surayman achchiq gaplarim uchun. Forumda mandan
ham boshqa Qarshilik userla kup shuning uchun usha insonlardan uzur surab
quysangiz yaxshi bulardi!