10ta maslahat  ( 9086 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  26 Mart 2010, 13:52:26

  Odamzod organizmi genetic jixatdan 150 yoshgacha yashashga mo’ljallangan bo’lsada, inson uni qo’lidan kelgancha qisqartirishga "œxarakat" qiladi. Bunga turli faktorlar sabab bo’lishini hisobga olib uzoq umr ko’rgan insonlar hayotini o’rganib chiqib ba’zi bir hulosalar chiqargan holda ,uzoq, sog’lom umr ko’rmoqchi bo’lganlar uchun o’nta bebaho maslahat taklif qilinadi. Unga rioya qilsangiz yerdagi xayotingizni bir muncha uzaytirish mumkin.

Qayd etilgan


JaviK  26 Mart 2010, 13:53:39

1-maslahat: Ortiqcha ovqat yemang. Agar siz og’ir jismoniy ish qilgan taqdiringizda ham sizga bir kecha-kunduzga 2000 kkal yetadi.
   2-maslahat: Iste’mol ozuqangiz yoshingizga mos bo’lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan yong’oq va jigar yeb turish 30 yoshdagi ayollarda ajin tushishini kechiktiradi. 40 yoshdan oshganlar beta-karatin moddalari bo’lgan sariq va qizg’ish-sariq sabzavotlar iste’mol qilishlari kerak. 50 yoshdan so’ng kaltsiy suyak mustaxkamligini ta’minlaydi. Magniy-yu yurak ishini yaxshilaydi. 40 yoshdan oshgan erkaklarga selen zarur bo’lib, u pishloq va buyrak tarkibida uchraydi. Bu mineral turli stresslarni oldini olishga yordam beradi. 50 yoshdan so’ng ko’proq baliq va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish yurak va qon aylanish a’zolaringizni ishini yaxshiladi.
3-maslahat: Nafaqaga chiqishga shoshilmang. Ishlamagan odam ozining yoshidan o’rtacha 5 yoshga katta ko’rinadi. Ayrim soxalar salomatlikni saqlab qolishga yordam beradi.Bu— derijo'rlar,faylasuflar,rassomlar, ruxoniylar, bog'bonlar.
 [color=green]4-maslahat:[/color] Jjnsiy xayot — bu salomatlikni ta'minlovchi fiziologik ehtiyoj. To'g'ri olib borilgan jinsiy hayot kechiradigan insonlar o’rtacha 14 yilga yosh ko’rinadilar, chunki jinsiy aloqa vaqtida organizmda endorfin , ya'ni "œbaxt" gormonlari ishlab chiqiladiadi.O’z navbatida ular immunitetni oshiradi.
5-maslahat: Hech qachon tushkunlikka tushmang! Optimistlar pessimistlarga qaraganda ko’proq yashaydilar.

Qayd etilgan


JaviK  26 Mart 2010, 13:56:09

6-maslahat ko' proq xarakatlaning. Kuniga hech bo'lmaganda bir-necha daqiqa jismoniy mashq qilish umrni uzaytiradi. Mashq vaqtida 30 yoshdan keyin o'z faolivatini qisqartiradigan garmonlar o'z faoliyatlarini kuchaytiradilar.
7-maslahat: Salqin xonada uxlang. 17-18 C(seltsiy) harorat ostida uxlaydigan odamlar uzoq vaqt yosh ko’rinadilar, chunki modda almashinuvi va yosh bilan bog’liq o’zgarishlar atrof-muxit xaroratiga bog’liq.
8-maslahat:Iloji boricha ko’proq kayfiyatingizni chog’ qilishga intiling. Goh-gohida o’zingizni hursand qilib, qattiq parhezga qaramasdan yaxshi ko’rgan taomingizni iste’mol qilish, uzoqqa cho’zilgan ziyofat, bir-necha soat o’yin- kulgi stresslarni yo’qotib umringizni uzaytiradi.
9-maslahat: G’azablansangiz ichingizga yutmasdan uni chiqarib tashlashga harakat qiling.Statistlar ma'lumotiga ko'ra 64% rak(saraton) kasaliga uchraydigan insonlar g’azabini ichlariga yutar ekanlar.
10-maslahat: Kulrang moddali xujayralaringizni ko’proq ishlating. Krossvord, skanvord yechish, o’qish, chet tillarini o’rganish, xisoblash, shaxmat o’ynash miya faoliyatini kuchaytiribgina qolmay, yurak, qon aylanish, modda almashinish jarayonini faollashtiradi

Qayd etilgan


JaviK  26 Mart 2010, 13:56:49


Qayd etilgan