Namangan go`zal
Tabiat Namanganga boqqan maxal
O`zi xam sevibdi degan bor masal
Ko`rishga quyosh chiqqay aylab jadal
Qalamkashga berib biro lam g`azal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Giyohi shifo dori to`gu qiri
Yuzi gul eli hulchilikning piri
Quyosh olmasa to`lgay oy anjiri
Anori tilodek shirin xar biri
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Tarozosiga palla uyu quyosh
Emas pahtasin vaznicha to`gu tosh
Qilur atlasin ko`kda yulduz talosh
Baland ximmatidan to`kin nonu osh
Xush ovozi ko`p, sana`ti beadad
Go`zaldur Namangan,Namangan go`zal
Quyuq so`zli mashrablar beqiyos
Bu fikrimga donstonlaridan asos
Eli manidan kiydi rangin libos
Olib suratin qo`lga, bagri`nga bos
So`ginseng ko`rarsan uni xar mahal
Go`zaldur Namangan ,Namangan go`zal
Qizi soching oshiqi sochi xam
Yetishmas so`zim o`glini maqtasam
Shifo so`zlarin misli kavkazda ham
Siyohdonga qo`ydim qonib ich qalam
Topib yozmasang yaxshi so`zlar uyal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Bahodirlari Chustu, Kosonsoy, Pop
Zadaryoda mos qayda bor, bo`lsa top
So`zing bormikan uychi madhida bop
Kerak b`oldi so`z gavhari qop-qop
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Etuk yangi qorg`onlik mardonlar
Yigib katta mehnatla durdonalar
Qo`shib hissa norinlik farzonalar
Zamu-samo madh etar galma-gal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Elining yuzida vafo barq urar
Shirin xalqu, odob vafo narq urar
Bilim , ilmu fan xam razo barq urar
Bo`lib xusni olambano barq urar
Qishi , yozu, kuzu fasli xoxi hamal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Namangan degan so`z shirin dil navoz
Bu so`z qalbim ichra tarannumli soz
Butun xalqdan xam o`zim ishqiboz
Kel , ey Chustiy , bir ofarinnoma yoz
Borur senga mehru biro lam go`zal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal