Namanganim,gullar shahrim.  ( 20871 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Munira xonim  22 Iyul 2006, 11:16:43

Assalamu alaykum.
Men Namangan shahrida tuig'idim va voyaga yetdim. Farg'ona vodisidan go'zalroq shahar bo'lmasa kerak. Namangan esa bu vodiyning eng go'zal shaharlaridan. Uni gullar shahri deb ta'riflashadi.Haqiqatdan ham u gullar shahri. Juda go'zal va bahavo joylarga, dam olish maskanlari boy shahar. Bu shahar o'zining iymonli va mehmondo'st halqi bilan ham ajralib turadi. Qizlari hayoli, yigitlari esa mard. Men doim Qamchiq dovonida chiqishim bilan, Namaganga qadam qo'yishim bilan yuragim bir narsani sezgandek bo'lib tez-tez ura boshlaydi. O'zimda qandaydir yengillik his ilaman. Boshqa joylarda o'zimni qandaydir begondek his qilaman.Lekin o'z shahrimga kirib borishim bilan bu hiz qaygadir yo'qoladi.
Hali aytganimdek Namanganda juda ham iymonli ishilar ko'p. Bu shahar o'zining masjidlari va madrasalari bilan ham nom chiqargan. Shulardan biri Mulla Qirg'iz madarasasi. Bu yerdan har yili yuzlab iymonli va taqvodor yoshlar yetishib chiqadi. Bular haqida hali batafsilroq ma'lumot beraman, Inshaalloh.

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:06:38

NAMANGAN FAVVORALARI

Lol qolar koinot sayyoralari,
Ko‘rkam bo‘ldi Chorsu, Sardobalari,
Muruvvat bulog‘idek sochilganida
Navqiron Namangan favvoralari.

Xiyobonlarga ko‘rk bag‘ishlab turar,
Yuzida kamalak ajib nurlanar.
O‘zbekistonga ketdi ovozalari
Navqiron Namangan favvoralari.

Favvoraday jo‘shar bu toza qonlar,
Xalqim oshib borar nurli dovonlar.
Uzukka ko‘z kabi marjonalari,
Navqiron Namangan favvoralari.

Mashhura TO‘XTAMURODOVA

Qayd etilgan


Sohibjon Rahimiy  04 Oktyabr 2006, 09:54:21

ASSALOMU ALAYKUM
 NAMANGANNI QOYIL QILIB MAQTAVOSSILAKU LEKIN GULLAR SHAHRI BO'LGAN NAMANGANNI RASMLARI BO'LSA FO'RUMGA JOYLAYNA MAN HOZIR TOSHKENTDAMAN HUDO HOHLASA YAQINDA NAMANGANGA BORAMAN VA O'SHANDA RASMLARIDAN OLIB MAN HAM JOYLIMAN AGAR HOZIR SILADA BO'LSA KIRITINA....

Qayd etilgan


Muattar  04 Oktyabr 2006, 11:49:16

Ajoyib fikr.
aynan Namangan shahrini emas , o'zingiz yashayotgan tumanning ham photo larini joylasangiz yaxshi bo'lardi. Manimcha bu saytda Namanganliklar ko'p ...Ular ham shunday qilishsa yaxshi bo'ladi.

Qayd etilgan


Odina  16 Fevral 2007, 13:22:32

albatta  qolimizdan   kelganichade  opajon

Qayd etilgan


Odina  06 May 2007, 15:02:39

              Namangan go`zal

Tabiat Namanganga boqqan maxal
O`zi xam sevibdi degan bor  masal
Ko`rishga quyosh chiqqay aylab jadal
Qalamkashga berib biro lam g`azal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Giyohi shifo  dori  to`gu qiri
Yuzi gul  eli hulchilikning piri
Quyosh olmasa to`lgay oy anjiri
Anori  tilodek  shirin xar biri
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Tarozosiga  palla uyu quyosh
Emas pahtasin vaznicha  to`gu tosh
Qilur atlasin  ko`kda yulduz talosh
Baland  ximmatidan to`kin nonu osh
Xush ovozi  ko`p, sana`ti beadad
Go`zaldur Namangan,Namangan go`zal
Quyuq so`zli mashrablar beqiyos
Bu fikrimga donstonlaridan asos
Eli  manidan kiydi  rangin libos
Olib  suratin qo`lga, bagri`nga bos
So`ginseng ko`rarsan uni xar  mahal
Go`zaldur Namangan ,Namangan go`zal
Qizi soching  oshiqi sochi xam
Yetishmas so`zim o`glini maqtasam
Shifo so`zlarin misli kavkazda ham
Siyohdonga qo`ydim qonib ich qalam
Topib yozmasang yaxshi so`zlar uyal
Go`zaldur Namangan,  Namangan go`zal
Bahodirlari Chustu, Kosonsoy, Pop
Zadaryoda mos qayda bor, bo`lsa top
So`zing bormikan uychi madhida bop
Kerak b`oldi so`z gavhari qop-qop
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Etuk yangi qorg`onlik mardonlar
Yigib katta mehnatla durdonalar
Qo`shib hissa  norinlik farzonalar
Zamu-samo madh etar galma-gal
Go`zaldur Namangan, Namangan go`zal
Elining yuzida vafo barq urar
Shirin xalqu, odob  vafo narq urar
Bilim , ilmu  fan xam razo barq urar
Bo`lib xusni olambano barq urar
Qishi , yozu, kuzu fasli xoxi hamal
Go`zaldur Namangan,  Namangan go`zal
Namangan degan so`z shirin dil navoz
Bu so`z qalbim ichra tarannumli soz
Butun xalqdan xam o`zim ishqiboz
Kel , ey Chustiy , bir ofarinnoma yoz
Borur senga mehru biro lam go`zal
Go`zaldur Namangan,  Namangan go`zal

Qayd etilgan


Hayothon  18 May 2007, 18:24:36

Meni yo'qlar kishim bormu
Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o,
O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur,
Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu?

Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qayd etilgan


Hayothon  18 May 2007, 18:25:04

Meni yo'qlar kishim bormu
Namangondin ketar bo'lsam
, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o,
O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur,
Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu?

Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qayd etilgan


Hayothon  18 May 2007, 18:25:37

Meni yo'qlar kishim bormu
Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o,
O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur,
Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu?

Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qayd etilgan


Odina  19 May 2007, 11:14:02

Assalomu Alaykum!!!

Hayothon  bir marta b`oladi?

Qayd etilgan