Muallif Mavzu: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa  ( 7547 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
« : 11 Aprel 2010, 19:21:16 »
Assalomu alaykum bu mavzu bordir lekin topa olmadim, Sizlardan baxt, Yahshi tilakli she`rlar, Baxdli hayot haqida sherlar kutib qolaman.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
« Javob #1 : 11 Aprel 2010, 19:23:12 »
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo`shilib yig`lasharmidik
Biz baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik

M.Yusuf
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
« Javob #2 : 13 Aprel 2010, 04:49:38 »
Shu sher judayamm zor de.... Oqib oqib toymiman..
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
« Javob #3 : 13 Aprel 2010, 22:26:38 »
Сени ўйлаяпман...
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим...
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам.
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.

Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл...
Йўл қараб чарчаган
Нигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаяпти тин.

Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси –
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?

Битмас матонат-у
Туганмас тоқат,
Ва жиндек табассум,
Кўзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси –
Юзта илтижо.

Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
Эзгуликка тўла
Кўркам ҳаётда,
Албатта иккимиз
Бахтли бўламиз...

Соғиниб, ўртаниб,
Энтикиб ёниб,
Сени ўйлаяпман...

(c)

Zuxurov

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 38
Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
« Javob #4 : 21 Iyun 2010, 10:34:03 »
Originali manda bor, kitobdan topdim, o'qinglar:

BIZ BAXTLI BO'LAMIZ.
Mayli-da, kimlargadir yoqsa-yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz, Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrashaemidik.

Rayhon hidlaringni yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat, yig'lamagin, gunohim ne deb,
Aybing-onang seni chiroyli tuqqan.

Menga bir tabassum hadya et, ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O'zing ayt, senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun-kokillaridan.

Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil, yayra jonim, o'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida, tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir, yorug' olamda.

Men esa Oshig'ing sening-eng g'arib.
Tundan qarz olib, tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham seni kutguvchi.

Ista, tiz cho'kaman hozir oldingda.
Sevdim, Sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar Sening qalbingda
Ijarada turgan qizlar men uchun!...

 

Eng baxtli odam (hikoya). Albert Malts

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3028
So'nggi javob 02 Mart 2007, 06:12:48
muallifi AbdulAziz
Baxtli hayot sari...

Muallif Munira xonimBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 7789
So'nggi javob 12 Dekabr 2007, 21:55:35
muallifi Munira xonim
Ehtiyot bo'ling! Firibgarlar! Yohud baxtli noma(xat).

Muallif FazliddinFMBo'lim Internet

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5422
So'nggi javob 07 Mart 2009, 19:23:27
muallifi FazliddinFM
Baxtli Oila saroyini qurayotganlarga to'rt maktub

Muallif ХадичаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 9321
So'nggi javob 29 Oktyabr 2012, 21:52:53
muallifi Abdulmajiyd