Muallif Mavzu: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi  ( 35740 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« : 12 Aprel 2010, 09:55:11 »
:bs1: :as:

Aziz Forumdoshlar, hammaga ma`lumki ko`pchilik birodarlarimiz forumda bekorchi off-top lar ko`paymoqda deb takidlashyapti, Shularni oldini olish maqsadida o`yin sifatida shu mavzuni tashkil qilsek, Ya`ni Har hafta ya`ni Dushanbadan -Yakshanbagacha  qoldirilgan postlardan  7 tasini  olib, Shu yerga joylaymiz, Natijalar har yangi Dushnba kuni chiqadi.

Hakamlar hayati: AbdulAziz aka ,  Abu Muso aka, ChexMik aka,
« So'nggi tahrir: 18 May 2010, 11:10:39 muallifi javik_0770_lito »
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Kunning Eng Ibratli posti
« Javob #1 : 14 Aprel 2010, 18:17:24 »
Yaxshi taklif.
Lekin kunlik qilishga imkon bo'lmaydi.
Haftalik qilish kerak.
Ya'ni bir hafta ichida dushanbadan dushanbagacha kiritilgan postylar orasidan eng saralarini joylash mumkin.
Uning uchun bir boshlovchi topsangiz, yoki o'zingiz qilsangiz bo'ladi.
Menda esa buni uyushtirishga vaqt kamroq.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Ziyovuddin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3510
  • -oldi: 813
  • Xabarlar: 685
  • Jins: Erkak
Re: Kunning Eng Ibratli posti
« Javob #2 : 15 Aprel 2010, 11:58:23 »
 :as:
Sal oldinroq forumdoshimiz ChehMik ham shunga o'xshash mavzu ochgan edilar. Kundalik post bilan ushbu mavzuni farqi bormi?

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Kunning Eng Ibratli posti
« Javob #3 : 15 Aprel 2010, 13:10:05 »
:as:
Sal oldinroq forumdoshimiz ChehMik ham shunga o'xshash mavzu ochgan edilar. Kundalik post bilan ushbu mavzuni farqi bormi?

Kundalik postda har bir user o`ziga yoqqan postni iqtobos oladi, bunda esa Haftaning eng sara, Eng Ibratli, Eng Ma`noli postlarning 7 taligi o`rin oladi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #4 : 26 Aprel 2010, 08:04:58 »
7 ta post bugun e`lon qilinishi kerak edi sizlardan uzr so`rayman, ertaga qoldirildi. TEhnik muommolar sabab
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #5 : 28 Aprel 2010, 10:26:06 »
A.A uzr ancha cho`zilib qoldi, birinchi ishligi uchun ozgina qiyin bo`ldi, Hakamlardan uzr so`rayman ulardan beso`roq bu safargi yettilikni o`zim e`lon qilib yubordim, ozgina ishlar bilan bo`lib ulguraolmay qoldim. Kamchiliklarni hudo hohlasa keyingi hafta hakamlarning yordami bilan to`g`irlayman, hatolik va kamchilklar uchun oldindan uzr. Demak boshladik.
« So'nggi tahrir: 28 Aprel 2010, 10:46:28 muallifi javik_0770_lito »
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #7 : 28 Aprel 2010, 10:47:14 »
Assalamu alaykum.
Bir kuni dadam bilan Ilon ota masjidini oldidagi oshxonaga kirdik. U yerda dadamni og'aynilari ko'p bo'lgani uchun hammalari bir joyga yig'ilishdi. Shu payt 10-11yoshlardagi bola qo'lidagi har xil sotiladigan narsalari bilan yaqin keldi. Uni qo'lida ruchka, gaz yoqishga ishlatiladigan zajigalka va yana boshqa narsalar bor edi. U biz o'tirgan joyga yaqinlashishib qo'lidagi narsalarni ko'rsatdi va hech narsa demadi. Hammalari:"Olmaymiz" deyishdi. Men haligi bolani kuzatdim. Keyinroq bilsam u bola soqov ekan. Keyin dadamni oldilariga kelib:"Haligi bola gapira olmas ekan" dedim. Dadam:"ehh, biror narsa olsak bo'larkan" dedila. Shu payt shomga azon chiqdi. Biz masjidga kirdik. Masjidda birinchi qatorlarda haligi narsa sotib yurgan bola qo'llarini qovushtirib turardi. Ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Shomni o'qib chiqib u bolani dadam bilan birga kutib turdik...
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #8 : 28 Aprel 2010, 10:47:46 »
Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
16 yoshligimda sinfdoshlarim bilan Toshkentga Oliy o'quv yurtiga hujjat topshirdim
DTM varoqchasini olganda bildimki sinfdoshlarimdan boshqa maktabga yolg'iz tushibman
Imtihon kuni imtihooni topshirib kvartiraga qaytdim, oldin sheriklarim bilan ikki uch marta yurgan yo'llar bo'lganligi sababli adashib qolmasligimga xech shubham yo'q edi
o'zimga ishonganimdan Tavakkal dedimda, agar xozir yo'ldan adashib qolmasdan to'g'ri kvartiraga bora olsam demak o'qisga kirdim, agar adashib qolsam unda o'qishga kiraolmagan bo'laman deb niyat qildim
aksiga olib avtobus 1 avgust kuni juda to'lib ketdi, odam sig'miydi, buni qarangkki avtobusda odamlar orasida qolib ketdim, iki yondagi oynalar ko'rinmiydi, deyarli tashqari umuman ko'rinmiydi, Sergili 2 ga AmirTemur hiyobonidan anchagina masfa bo'lganligi uchun indamay kutib ketaverdim
odamlar siyraklashib qoldi, asa avtobus oyasidan qariyman notanish joylar, xa endi kelib qolar deb kutdim kutdim, umuman begona joylarga borib qolibman, Toshkentning eng cheka joyi, daraxt uy yo'q narigi tomon dala...
nima qilarimni bilmay qoldim, avtobuschini oldiga borib men sergili 2 da bozorcha oldida tushub qolishim kerak edi adashib qoldim qanday borsam boladi desam bilmiyman deydi, konduktor tushib ketyabdi ekan, orqasidan yugurdim aka kechirasiz adashib qoldik yordam bering desam e bor qoch oldimdan dedi, 16 yoshli bola ko'chaga mustaqil chiqmagan bola toshkentday katta shaxarda g'irt begona joyda, juda qattiq qo'rqdim, unga borsam qoch deydi bunga borsam bilmiyman deydi
Yana avtobuschini oldiga umid bilan qaytib aka nima qilay Toshkentda yangiman aytvoring desam bitta ketayotgan avtobusga chiqishimni aytdi, minib ketyabman, qarasam kelgan tarafimga mas boshqa tomonga ketyabdi ekan, shunda tushundimki bu boshqa yo'nalish, darrov avtobusdan tushib qoldim
O'shanda juda odamlarni yomon ko'rib ketdim, Shunda Allohdan yordam so'radim, ey Allohim o'zing madad bergin o'zingdan boshqa yordam beradigan kishim qolmadi dedimda tavakkal qilib kelgan tarafimga ketayotgan Avtobusga chiqib oldim

va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi


«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #9 : 28 Aprel 2010, 10:48:09 »

Assalamu alaykum!
Bugungi kunimizda  eng katta muammolardan biriga aylangan qarz, oldi-berdi masalasiga har qadamda duch kelyapmiz.  Tobora qarz janjalisiz hayotimizni tasavvur qilish m-n bo’lmay qolmoqda desak menimcha to’g’riroq bo’ladi.

Kecha bir do’stim shikoyat qilib qoldi:
 
-“Odamlarga yaxshilik qilishdan qilmaslik durust bo’lib qoldi do’stim”.

- Nega unaqa deysan –dedim. U esa bir boshdan so’zlay ketdi:
 
 Yil boshida bir tanishim  moliyaviy tomondan qiynalib, ishlarini yurgizishini aytib  1000$ qarz so’radi. Fevral oyi ichida qaytarib berish sharti bilan pulni berdim.  Shunaqangi hursand bo’ldiki, haqiqatdan qiynalib qolgan ekan . Men esa unga yordamim tekkanidan undan da hursand bo’ldim. Oldinlari telefonlashib hol-ahvol so’rashib turardik. Lekin qarz berganim uchun unga noqulaylik bo’lmasin deb tel qilmadim. Fevral oyi tugadi. O’zi tel qilishini kutdim. Darak bo’lmadi. 10 –mart kuni kelib, 1 haftada beraman dedi. Ho’p , faqat manga Navruzdan oldin zarur bo’lib qolishi m-n dedim. Xullas o’tgan haftada uyiga borib hozir bermasa bo’lmasligini aytdim. Kurs oshib ketganini, olganida 2050 hozir esa 2400so’m ekanini bahona qilib 2050dan so’m beraman dedi. Ho’p faqat ertadan qolmasin juda ham zarur dedim. Endi bo’lsa har kuni $ qiymati tushib boryapti.  Ertalab telefon qilib $ da berishini aytdi lekin hali hanuz bergani yo’q. Qani endi kechib yuboradigan imkoniyatim bo’lsayu kechib yuborsam…

Men esa unga tasalli berib: “Dasturxon yozib ehson qilishdan ko’ra, muhtoj odamga qarz bergan afzal deyishadi” dedim-u lekin o’zim ham “Odamlarga yaxshilik qilishdan qilmaslik durust bo’lib qoldimi rostan” deb o’ylanib qoldim. Chunki shu qo’lning kiri pulni deb oraga sovuqchilik tushishi turgan gap.

 Hammamizga insof bersin!


«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #10 : 28 Aprel 2010, 10:48:58 »
[quote author=G_u_l_i
 :as:
Savol u-n tashakkur, kech javob yozayotganim u-n uzr so`rayman.

Bir birodarimizning Ahmaf Lutfi Qozonchi tomonidan yozilgan "Qaynona" kitobi judayam qattiq ta`sir qilgan.Birinchi bor ushbu kitobni o`qib hijob tutgan qizlar, islom b-n hamnafas yashash kabi tushunchalar b-n birinchi bor shunaqa go`zal tarzda tanishganman desam ham bo`ladi.Kitobni o`qishni tavsiya qilgan insondan Alloh rozi bo`lsin.
Kitobdan ba`zi iqtiboslar:

Tashqi chiroy ikki kunda o’tib ketadi,birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim yoshlikda go’zal bo’lganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo ko’ngil go’zalligi o’tkinchi emas. Muhimi ham shu – ichki go’zallik, qalb go’zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki go’zalligi, odobi va tarbiyasi cuhun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag’iz, bug’doyrang bo’lsinu, go’zallik boshqlaarga qolsin. Bug’doyrang chirkinlik alomati emasku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi ko’radi. Men esa qoramag’iz, bug’doyrangni yoqtiraman.
***
Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.




[/quote]
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #11 : 28 Aprel 2010, 10:49:56 »

Assalomu Alaykum!
Bir ikkita bo'limda ko'rib qoldim, qizlarga savollar berishibdi, nega sovg'a berayotganda nozlanasizlar,sovchi qo'yaymi desa unaqa qilasizlar...degan.
Avvalambor, bir-biriga nomahram bo'lgan yigit-qizning bir joyda holi qolib gaplashishi durust emas. Bunday savollar berib zino ishlarni targ'ib qilib qo'ymayapmizmi?
Bizning qizlarimizda HAYO,IFFAT degan tuyg'ular bor. Yoki sovg'a berganingizda "Voy rahmat,anchadan beri siz qachon podarka oberarkinsiz deb o'ylab yurgandim" degan javobni kutamizmi qizlardan? Yoki "Sovchi yuboraymi?-desa, -Xa! Nima haliyam ikkilanvosizmi? Yuborin tezro, tezroq menga uylaning-deyishini kutamizmi?
Savollarni ozgina o'y bilan,fikr qilib bersak azizlar!
Noo'rin yozgan bo'lsam uzr.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #12 : 28 Aprel 2010, 10:51:33 »
Onasizlik ... Barcha baxtsizliklarning boshi...

Buni balki onasi borlar tushunmaslar... balki his qila olmaslar...

Onasi yo'qning nigohiga qarasangiz ko'zidagi nam yo'q bo'lsada ichi yonib turadi...

Hamma narsa yarimtadek tuyuladi...

Bir she'rda "Onasi bor insonlar hech qarimaydi" deyiladi.
O'ylab qarasak haqiqatdan ham shunday.
Bir tanishimning hayotidan... Onam borligida boshim osmonda, bilganimcha yurardim, sho'x, quvnoq gohida qo'rs qiz edim. Onamdan ayrildik 1 kunda KATTA ODAM bo'ldim...


«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #13 : 28 Aprel 2010, 10:52:05 »
Kecha oyimlani bozorga olib tushdim man u bu narsa harid qilaman yurin sizam barbir uyda zerikasiz man bn aylanib kelasiz dib, o'zlariga bildirmadim oyijon siz yaqinda andijonga boraman kiyim olaman dib yurgandiz  qanaqa kiyim omoqchisiz didim, ula aylanib yursey bir vaqt bitta hijob yoqib qolibdi mana shunaqa hijob nasib qisa olarman bomasa keyin olarman didila man hoz olchab korin didim kn olchab kordila mos keludi shuni oldik disam hayron qoldila oyimla rosa hursan bop ketdila ishonmadila rosdan oldikmi dib qayta qayta so'radila ulani hursanchiliklari mani yanayam hursan qildi uyga kelib rosa duo qildila  : )
Mana shunaqa to'satdan hursan bo'lishlarini ko'rish yoqadi manga
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #14 : 28 Aprel 2010, 21:35:08 »
A.A uzr ancha cho`zilib qoldi, birinchi ishligi uchun ozgina qiyin bo`ldi, Hakamlardan uzr so`rayman ulardan beso`roq bu safargi yettilikni o`zim e`lon qilib yubordim, ozgina ishlar bilan bo`lib ulguraolmay qoldim. Kamchiliklarni hudo hohlasa keyingi hafta hakamlarning yordami bilan to`g`irlayman, hatolik va kamchilklar uchun oldindan uzr. Demak boshladik.

Bularni kim aniqlaydi? Hakamlar kim ekan?  :)

 

Ibratli hikoyatlar

Muallif maknunaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 29615
So'nggi javob 22 Oktyabr 2011, 22:31:35
muallifi Abdulhafiz
Islom hayotidan ibratli hikoyatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 349
Ko'rilgan: 134040
So'nggi javob 17 Oktyabr 2013, 19:16:52
muallifi Mirоlim
Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 238
Ko'rilgan: 153871
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:33:08
muallifi gulnoza:-)
Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 240
Ko'rilgan: 69004
So'nggi javob 31 Iyul 2013, 16:42:01
muallifi Sadulla
Eng ibratli, go'zal SMSlar

Muallif ikbaljohnBo'lim Madaniyat

Javoblar: 220
Ko'rilgan: 94847
So'nggi javob 12 Sentyabr 2010, 10:15:06
muallifi UzMuslim