Muallif Mavzu: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi  ( 35866 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #75 : 02 Dekabr 2010, 10:39:46 »
Hadija

Нега биздан қўрқасиз?

Нима учун менинг яхшироқ бўлиш истагим атрофдаги одамларни бунчалик чўчитмоқда? Нима учун мен бугунги кунда сталинча репрессиялар «Ð¼Ð°Ð·Ð°ÑÐ¸Ð½Ð¸» ўзимда хис қилмоқдаман?.. Бизнинг изимиздан тушишмоқда, бизнинг ўрнимизга «ÐºÐ¸Ð¼ билан бўлиш мумкин» ва «ÐºÐ¸Ð¼ билан бўлиш мумкин эмас»Ð»Ð¸Ð³Ð¸Ð½Ð¸ бошқалар танлашмоқда ва бизга кўрсатмалар беришмоқда, бизни қўрқитишмоқда ва таъқиб қилишмоқда, тез орада уйларимизга махсус кийим кийган одамлар келиб, бизни отишга олиб кета бошлашади...
Биз, масалан, ўз опа-сингилларимиз билан гурунглашиш, чой ичиш, ўз билимларимиз билан ўртоқлашиш учун тўпланиб турамиз – яъни, ҳижоб кийиб юрганимиз билан биз қиз болаликдан, аёлликдан чиқиб қолмаймиз; нима учун сизлар бизни «Ð¿Ð¾Ð´ÑˆÐ¾Ñ…ни тахтдан ағдариш» режасини тузаётганликда гумон қиласизлар?! Рўпарадаги хонадонда бир тўда ярим яланғоч қизлар ўтирганлиги, улар пиво ичиб, бутун  уйни бошига кўтаргудек шанғиллаб кулишиб, мусиқа эшитиб, орада зинапоя майдончасига чекиш ёки ўз йигитига, ота-онасига беҳаё сўзларни бақириб айтиш учун чиққанлиги – бу ҳаммаси қўшнилар кўнглини анча кўпроқ илитган бўларди. Ва бу чиройли қилиб «қизлар ўтириши» деб аталган бўларди… Девор ортида ҳижоб кийган қизлар йиғилса, аксинча – яхшилик кутма! Албатта ниманидир режалаштиришмоқда! Қулоғингни динг тут! Чунки улар ҳатто телевизор хам кўришмаяпти (деворга қулоғини тутиб кўради: эшитилмаяпти!). Секин келиб, секин кетишмоқда… қандайдир шубҳали булар, керакли жойга хабар бериш керак! У жойдаги барча терговчилар хам бу нарсадан аллақачон хабардор: ушбу ҳудуд нотинч ҳудуд, хонадон ҳам (ҳар эхтимолга қарши “Х” билан белгилаб қўямиз) – шубҳали! Ҳали биз бекорчиликдан зериккан пайтимизда бу хонадонни албатта бориб кўрамиз, у ерда нималар бўлаётганини биламиз, чунки, айтишларича, ундаги одамлар ҳаммага ўхшаб дам олмас эмиш... Яхши эмас!
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

FAR@SEV

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 5
  • Xabarlar: 9
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #76 : 28 Aprel 2011, 21:08:10 »
Mashhur yettiliklar

Dunyoning yetti mo'jizasi
1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i


Yetti xazina
1. Sigir - ro'zg'orning qassobi va baqqoli
2. Asalari - oilaning tabibi
3. Ipak qurti - qizlarning sepi
4. Objuvoz - qozonning yog'i
5. Tegirmon - qorinning belbog'i
6. O'rmon - imorat "suyagi", qozon olovi
7. Tovuq - ham obiyovg'on, ham dori-darmon

Hafta kunlari
O'zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba

Arabcha: Yavmul-jum'a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arba'a, Yavmul-hamis

Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe

Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday

Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba

Ruscha: Пятница, Суббота, Восскресенье, Понедельник, Вторник, Среда, Четверг

Moddalarning yetti ko'rinishi
1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati

Yetti musiqa notasi
1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si


Yetti avlod
1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona
Yetti iqlim
1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo'tadil
6. Subarktik
7. Arktik

Yetti rang
1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko'k
6. Yashil
7. Apelsin rang

Yetti sayyora
Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o'zaro harakatlariga bog'liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:
1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g'ayrat ramzi
2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko'rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter - Mushtariy, O'ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera - Zuhro, Cho'lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi

Yetti mukammal fanlar
Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa

Qadimgi greklarning yetti donishmandi
Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari "yetti donishmandlar"dir:

1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570)
6. Afinalik Solon
7. Miletlik Fales


Yetti dengiz
Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o'rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni ham kiritganlar):
1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean

Qadimgi Rimning yetti podshosi
Afsonalarga ko'ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510 yilgacha hukmronlik qilganlar:
1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ancus Marcius
5. Lucius Tarquinius Priscus
6. Servius Tullius
7. Lucius Tarquinius Superbus

Qadimgi yaponlarning yetti xudosi
Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular:
1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi

Yetti opa-ukalar
Qaqimgi yunon miflariga ko'ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko'ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o'limidan ranjib o'z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi:
1. Electra
2. Maia
3. Taygete
4. Alcyone
5. Celaeno
6. Sterope
7. Merope

Yetti qavat osmon
Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda quyidagi payg'ambarlar bilan uchrashadilar:
1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom

Islomda iymondagi yetti farz
1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning payg‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.

Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh
1. Mag'rurlik
2. Baxillik
3. Ochko'zlik
4. G'azab
5. Yeb-to'ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik

O'rta asrlarning yetti mo'jizasi
1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo'llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi

Zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi
Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi deb atadi. Ushbu ro'yxat dunyoning ko'zga ko'ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog'lovchi suv osti kanali)
2. CN Tower (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (New York shahridagi osmono'par bino)
4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko'prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to'g'on)
6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama kanali)

Dunyoning yangi yetti mo'jizasi
National Geographicga ko'ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo'jizasidir:
1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya)
4. Washington maqbarasi (AQSh)
5. Eyfel minorasi (Fransiya)
6. Toj Mahal (Hindiston)
7. Empire State Building binosi (AQSh)

Boshqa manbaga ko'ra esa, quyidagicha:
1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
7. Chichin Itza piramidasi (Meksika)

FAR@SEV

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 5
  • Xabarlar: 9
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #77 : 28 Aprel 2011, 21:09:27 »
Javobim yoqtimi!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #78 : 28 Aprel 2011, 22:04:42 »
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1385.0 shu yerda o`rinli bo`lardi. Mavzu sharti bo`yicha, bu mavzuda faqat bir hafta davomida qoldirilgan eng eng eng ibratli postlardan yettitasini saralab joylanardi.
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Хадича

  • Mehmon
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #79 : 18 Dekabr 2012, 09:27:43 »
Assalomu alaykum.
Shu mavzu yaxshi mavzu ekan.nega to'xtab qoldi. Davom ettirsak bo'lardi. Shunda userlarni faollashishiga,hayrli postlarni ko'payishiga guvoh bo'larmidik :5

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #80 : 18 Dekabr 2012, 10:24:14 »
 :asl3:

Mavzu hakamlar hay'atini o'zgartirish kerak,chunki hakamlar hay'atining 2 ta a'zosi anchadan beri forumga kirishmayapti.Men hakamlikka AbdulAziz aka,Mahdiyah opa,Mo'min Mirzo aka va Lu'lu' opalarni tavsiya qilaman.Keyin hakamlar yozgan postlar bu mavzuga qo'yilmasa to'g'ri bo'ladi meni fikrimcha.Har kim hafta davomida bitta o'zi uchun eng ibratli bo'lgan postni qoldirsa,hafta oxirlarida hakamlar ular orasidan eng yaxshisini tanlab olishlari mumkin bo'lardi.Yana kimda qanaqa taklif bor?
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Хадича

  • Mehmon
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #81 : 18 Dekabr 2012, 10:31:22 »
Yaxshi taklif etdingiz. Hafta davomida 1ta user faqat 1ta postni keltiradi.
Hafta oxirida esa hakamlar kelishgan holda oltin yettitalikni e'lon qilishadi :)
Qolganlar nima deyishadi ekan
(keyin 1ta postni 2ta user tavsiya etmasligi kerak. )
« So'nggi tahrir: 18 Dekabr 2012, 10:43:41 muallifi Хадича »

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #82 : 18 Dekabr 2012, 12:02:46 »
 :asl3:

Muallima hakamlar forumni doim kuzatib turadigan odamlar bo'lishi kerak ya'ni forum faxriylari ,siz aytganingizdek kam yozib, ko'p o'qiydigan userni hakamlikka qo'yilsa keyin bu proekt ham to'xtab qolishi mumkin.Proektni to'xtab qolishiga o'zi shu narsa sabab bo'lgan deb o'ylayman.To'g'ri hakamlikka qo'yilgan nomzodlar o'zlari juda ko'plab ibratli postlarning egalaridir,lekin oxirgi paytda forumda off-toplardan ko'ra,o'qib ibrat olsa bo'ladigan postlar ko'p qilinyapti meni fikrimcha.Yoki bo'lmasa o'zingiz nomzodlaringizni ayting.
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Javob: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #83 : 28 Dekabr 2012, 21:09:49 »
va Alaykum Assalam va Rohmatullahi...

Muallima siz o'ylagandek: "O'zi kam yozib, ko'p o'qiydigon" bu mavzuda hakam emas,

balki boshqaruvchi bo'lishi kerak.Bilishim bo'yicha boshqaruvchini vazifasi, bir hafta davomida yozilgan postlarni o'qib,

orasidan ibratlik 10 yoki 15 postni hakamlarga jo'natadi va hakamlar kelishib,

ibratli postlarni 7 ligini tuzib boshqaruvchiga jo'natadi va boshqaruvchi bu mavzuga joylaydi  :) .
Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Javob: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #84 : 29 Dekabr 2012, 10:51:28 »
Kecha shu mavzuni topolmagandim.  :)
Bir post manga juda yoqdi, haftalik emas, yillik postgayam arzidigan bir post bo'libdi, Rahmat.
Iqtibos ololmadim shunga tahrirdan foydalanaqoldim


BAXTnima ................... befarzand farzandli bo`lishimi? Yo`q u-quvonch. Ota-ona hayotligimi?u-ne`mat, er-xotin sevgi-muhabbatli yashaganimi?u-lazzat. Bu dunyoga kelib shu holatda yashaganimizmi? u hayot va taqdir. Qazoyu qadar.  BAXT qayerda unda?! BAXT JANNATNING OSTONASIDA!!!!!!!!!! Qachonki ALLOH bandasiga jannatdagi o`rnini bildirsa ana o`sha BAXT!!!
Bir muslima opamning fikrlari...

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3186.150

Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Oyning Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #85 : 01 Yanvar 2013, 15:43:17 »


So'zlarning eng yaxshisi- Alloh taoloning kalomi, yo'llarning eng yaxshisi- Muhammadning s.a.v  yo'li (so'zi)dir!


Rosululloh s.a.v dedilar:

Kimki "Yakkayu yolg'iz, mangu hayot va abadiy turguvchi ulug' Allohdan mag'firat etishini so'rayman,Unga tavba qilaman", deb aytsa unga jang- hujum paytida qochgan bo'lsa ham Alloh uni (ng gunohlarini) mag'firat qiladi.

Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat.

Ancha muddatdan buyon to'xtab qolgan Javikning mavzusini qayta yurgazishlikni ixtiyor ettik, Alloh oson va hayrli qilsin!

Dekabr oy boshidan yozilgan postlar orasidan, hakamlar bilan "Eng ibratli postlar yettiligi"ni jamlashga muyassar bo'ldik, Alhamdulillah...

Ibratli post egalaridan Alloh rozi bo'lsin va ibratli postlar yozishda bardavom bo'lishsin, Amiyn!
Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Javob: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #86 : 01 Yanvar 2013, 15:44:50 »
МуҳуммадСоҳиб

... Нотаниш қиз-жувонларга суқланиб қарашнинг қай даражада ёмон оқибатларга сабаб бўлишини бироз англаб етган бир йигит гапириб беряпти...
Эрталабки нонуштани қилиб уйдан ўқишга отландим. Узоқ куттирмасдан марказга элтувчи дамаслардан бири келди. Аста ўриндиққа жойлашдим. Даставвал ҳайдовчи томонидан балким орқа ўриндиқдаги қизларнинг эътиборини қозониш мақсадида бироз баландлатиб қўйилган "Уммон" гуруҳининг қўшиғи, кейин ўзларини кўрмаган бўлсам-да, орқадаги қизлардан таралаётган аёллар атирининг ифори диққатимни жалб қилди. Олдинига аҳамият бермасликка уринсамда, қизларнинг қанақадир шивир-шивири юракка шайтон нағмасини олиб кирди. "Шарт орқангга ўгирилда, уларни суҳбатга чорла, манзилга етар чоғинг қўл телефонинг рақамини бер" деган овоз тобора миямни қамраб бораётганди. Жуда чалажон овоз эса, "у қизлар ҳам кимнингдир синглисидир" деса, баланди "у ҳолда нега сани ўзингга қаратиш учун шивирлайди, кулади" дер эди. Ногаҳон шофернинг боши тепасидаги ойнага қарар эканман, унда орқадаги қизларни кўриб кетиш имкони борлигини сездим. Бирдан ичимдаги сас "ана энди ҳотиржам кўз уриштирасан" деди. Йўлнинг равон эмаслигидан ойнада аниқ юзни кўриб бўлмас эди. Аммо орқадаги қизнинг менга қараб жилмаяётганини билиш қийин эмасди. Шу тобда " қизлар томондан кейинги бекатда, коллежнинг олдида тушамиз-а" деган овоз келди. Шошиб, ён дафтаримга телефон рақамимни машина юриб кетаётганига қарамай, тушунадиган қилиб ёзиб, қизлар тушаётганда амаллаб, сумкаларига солиб қўйишни режа қилдим. Ўзимча бир зум ҳаёлга берилдим. Бу ҳаракатим ўхшаб қолса, бугун ўқишдан қайтиб, зерикмаслигимни, янги таниш билан телефонда мазза қилиб гаплашишни ўйладим. Дамас коллежни олдига келиб тўхтади... Ўзимча мардлик қилиб, "қизлар тушаверинглар" демоққа оғиз чоғладим, шу аснода ойнада менга жилмайганини ҳис этган қизнинг жамолини кўриб олишни режа қилдим... Саноқли сониялардан кейин ўша қизнинг ўзи дамасдан туша туриб "йўл кирани тўлаб қўярсиз акажон, кўчада қизларга қарамай юринг, дадамга айтиб бермай яна" деб эшикни ёпди. Бошимга биров гурзи билан ургандай бўлди. Юрагим музлаб қолди. Ҳа, ҳа дамаснинг эшиги ёпилгандаги овоз гўёки менинг бошим узра тушган муштнинг овози эди... У ўз синглим эди. Мен дамасга чиққанда шайтон нағмасининг саслари ичида йўқ бўлиб кетаётган "у ҳам бировнинг синглиси бўлсачи" деган кучсиз товуш "балки сеникидир" деганини ҳам айтган бўлса керак. Аммо менинг кар қулоқларим буни эшитмагандир. "Бир бекат кейинги коллежда сенинг ҳам синглинг ўқийди-ку" деган овоз ҳам қаердандир келгандир. Лек мен шайтоннинг малайи бунга парво қилмагандирман... Орқада уларнинг мени таниб қилган шивир-шивирларини нотўғри талқин қилмай мен ўлай дегим келади. Умуман, ҳозир ўрнимда бошқа бола бўлганда ва айни мен қилган ҳаёллар билан ҳаракатланиб телефон номерини менинг синглимга берганда нима бўларди? Менинг синглимнинг телефонда йигитлар билан гаплашиши... Йўқ, йўқ деб беихтиёр овозим кўтарилиб кетти. Яхшиямки, охирроққа келиб ҳайдовчи билан ўзим қолган эканман..."Ие тинчликми ука, нима йўқ" дейди. "Ҳа, ўзим ока ҳаёл кетиб қопти" дедим.

"Ўша кундан бери номаҳрамларга қарашдан тийилиш йўлларини қидираман. Мажнунсифат бўлиб қолдим анча кун" дейди йигит. Бу охирини тасаввур этиб бўлмас, бир воқеа бўлди. Менга қаттиқ таъсир қилди.
Ҳақ Таоло турфа хунук синовлардан ўзи асрасин...

Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Javob: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #87 : 01 Yanvar 2013, 15:46:10 »
Абдурроҳман
 

У эндигина Ҳуфтон намозини адо этиб бўлиб, жойномоз устида дуо қилиб ўтирарди. Роббига дуо қилиб ўтирган вақтда тўсатдан унинг қўл телефони жиринглади.
У телефонни олди ва "Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳу" (Сизга Аллоҳнинг тинчлик омонлиги, раҳмати ва баракаси бўлсин) деди. Телефондан эса "Ва алайкум ассалом ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳу. Илтимос мен фалончи билан гаплашсам бўладими" деган ёш йигитнинг овози келди.
Муслима қиз: "Кечирасиз сиз адашиб тушдингиз" дея телефонни қўйиб қўйди. Бир неча дақиқалардан сўнг  яна қўнғироқ бўлди. У телефонни олди ва бояги йигитнинг овозини эшитди.
У "Агар сизни безовта қилган бўлсам мени маъзур тутинг деб сиздан кечирим сўраш учун қўнғироқ қиляпман! Сиз яхши қизга ўхшайсиз! Сизни яқиндан билишни истайман, танишсак бўладими?"...
Қиз бу сўзлардан бир неча сонияга донг қотиб қолди, лекин кейин "биродар... Аллоҳдан қўрқинг! Сиз хозир масжидда жамоат билан хуфтон намозини адо этаётган бўлишингиз керак эди. Лекин бунинг ўрнига тунда қизлар билан ўйнашмоқчи бўлиб юрибсиз. Сиз Роббингизга бош эгиш ўрнига унга исён қиляпсиз! Ўзингиздан уялинг!!!" ушбу сўзларни айтгач у дарҳол телефонни қўйди.
Бир неча кун ўтгандан сўнг йигит яна қўнғироқ қилди ва "Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳу, синглим. Илтимос, телефонни қўймай туринг! Мен сиздан яна кечирим сўрамоқчиман ва шуни айтмоқчиманки, сиз сабабли яна беш вақт намозимнинг ҳаммасини масжидда жамоат билан адо этадиган мусулмон йигитга айландим. Бунинг учун сизга раҳмат айтаман. Аллоҳга ҳамдлар бўлсин мени ғафлат уйқусидан уйғонишимга сизни сабабчи қилди! Илтимос, Аллоҳ мени ким орқали тўғри йўлга ҳидоят қилганини билсам бўладими? Мен чиндан ҳам сиз каби иймонимни мустаҳкамлашда ва тўғри йўлдан тойилиб кетмаслигимда ёрдам берадиган одамга жуда муҳтожман. Илтимос синглим менга ёрдам беринг, бунинг учун Аллоҳ сизни муносиб мукофотласин!"
У жавоб бермай бироз ўйга толди: "Унинг илтимосини қабул қилиб тўғри йўлда бўлишига ёрдам берсамикин? Ҳар замонда у билан телефон орқали алоқада бўлиб иймонини мустаҳкам бўлишида ёрдамчи бўлсамикин?"
Шу онда у "Бу энди яхши йигитга айланибди. Нимага бунчалик ҳавотирланасан? Унинг қўнғироқ қилиб туришига ижозат бер! Фақат яхши мақсадда гаплашиб турасан! Ҳақиқатдан ҳам у сенга муҳтож! Агар хозир сен уни рад этсанг, у яна аввалги ҳолига қайтади ва бу сенинг айбинг билан бўлган бўлади!" деган шайтоний шивирлашни эшитди. Эндигина унга ижозат бермоқчи ҳам бўлиб турганди-ки тўсатдан бошқа бир пастроқ овоз: "Аллоҳ сени кузатиб турибди..." дея янграй бошлади.
Шу дамда уни уйғотган ва КАТТА ҲАТОга йўл қўйишидан асраб қолган нарса унинг виждони эди. "Кечирасиз биродар" деди у ва ниҳоят. "Агар сиз чиндан тавба қилган ва аҳдингизга содиқ бўлсангиз ўзингизга мендан кўра яхшироқ ёрдамчи топа оласиз! Ҳаттоки мен ўзим ҳам тўғри йўлдан адашиб кетмаслигим учун бировга сиздан кўра кўпроқ муҳтожман! Ишончим комилки, масжидда тўғри йўлда собитқадам юрадиган мусулмонлар кўплаб топилади. Сиз улар билан кўпроқ бирга бўлиш орқали Аллоҳга яқинроқ қурбат хосил қилишингиз мумкин. Илтимос, агар сиз хақиқатдан хам Аллоҳдан қўрқсангиз менга бошқа қўнғироқ қилманг ва Роббимнинг азобидан қўрқинг! Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳу!" ушбу сўзлар билан у телефонни қўйди. Қайтадан жойномозига борди. ва қўлларини дуога кўтариб: "Эй Аллоҳим, қалбларни ўзгартирувчи бўлган Зот, менинг қалбимни Ўзингининг хақ йўлингдан оғдирмагин. Динингда собитқадам қил, ва ёмон фитналардан Ўзинг паноҳингда асра, Омийн." дея Аллоҳга ёлвориб дуо қилди. ♥

Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Javob: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #88 : 01 Yanvar 2013, 15:46:41 »
Хадича

Kunlardan birida Abu Bakrning qorni juda ochdi. Uyidan yeyishga biror narsa topolmadi. Qorin ochligiga sabr qilib bo'lmasdi. Uning quli ozgina taom keltirdi. Abu Bakr shu taomdan bir luqma olib yedi. Quli aytdi: " Ilgari bir yegulik olib kelsam,qayerdan olding deb so'rar edingiz. Ammo bu safar surishtirmadingiz".

Abu Bakr Siddiq : " Ochlikning zo'ridan taom to'g'risida so'rashni unutibman",dedi. So'ng taomdan qo'lini tortdi va so'radi: Ayt-chi,sen bu taomni qayerdan keltirding?

U aytdi: " Bir kuni johiliyat vaqtida bir qavm oldidan o'tib qoldim. U paytlar sehr-jodu qilib yurardim. Shu qavmga ham sehr-jodu qilib bergan edim. Bugun o'sha joydan o'tib ketayotsam,to'y bo'layotgan ekan. Menga o'sha sehrning haqiga mana shu taomni berishdi".

Abu Bakr Siddiq aytdi: "Meni halok qilmoqchi bo'ldingmi?
Keyin qo'lini halqumiga tiqib,qayt qila boshladi. Lekin yutgan luqma osonlikcha chiqmadi. " Ichingga yutgan luqma suv ichsang chiqishi mumkin",deyishdi. Abu Bakr Siddiq idishda suv olib kelishni buyurdi. Suv keltirildi. U o'zini majburlab suvni icha boshladi,so'ng qayt qilganda luqma suv bilan birga qorindan chiqib ketdi. Ko'rishsaki,u luqma qarg'aning boshidek ekan. Shunda oldidagilar bu ishiga hayron bo'lib aytdilarki: " Alloh senga rahm qilsin,shu luqmani deb joningni shuncha qiynadingmi!"
Abu Bakr Siddiq dedi : "Agar mana shu narsa chiqmasa,uni jonim bilan chiqargan bo'lardim. Batahqiq Rasululloh (s.a.v.) dan eshitgan edimki : " Haromdan o'sgan har bir jasad do'zaxga haqlidir".

Abu Bakr Siddiq ko'z yoshlarini artib shunday dedi:
" BU LUQMANI YEB TANAMGA HAROM KIRISHIDAN QO'RQDIM".
( "Rasulullohning izdoshlari" kitobidan )

Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Javob: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #89 : 01 Yanvar 2013, 15:47:47 »
Salsabila

Falastindan maktub bor...
 
Salom dadajonim...
Salom sizga ey Allohning sevimli qullari orasiga olgani, shahid dadajonim.
Bilasiz, ancha vaqttan beri sizga xat yoza olmayapman. Aslida juda ko`p narsani ancha vaqttan beri qila olmayapman. Masalan, o`yin o`ynay olmayapman, kundalik tutardim tuta olmayapman... Aslida hich narsani tuta olmayapman...
Dadajonim biz tarafda hamma narsa avvalgiday. Qo`shnilarimizni uylari yiqldi... Yiqilmagan uylarni bo`lsa, yahudiylar tortib olishyapti. Osmondan yomg`irdan ham ko`proq bomba yog`adi. Elektrlar yana yo`q. Bomba ovozlaridan quloqlarimni berkitaman, huddi butun dunyo bizdan quloqlarini berkitgandek. Hamma yoqni oyoqqa turg`azadigan hayvon haqlari himoyachilarinig ham ovozi chiqmayapti. Ajabo, ular o`z haqlarinimi himoya qilyaptilar?!
Dadajonim bizda havolar sovuq, isinish uchun onam yeg`lab meni quchoqlaydilar, men ukamni quchoqlay olmayman...
Yeyadigan narsalarimiz ham tugagan edi, tunov kuni Turkiyadan nur yuzli amakilar bizga yeyadigan narsalar olib kelishdi. Dadajonim rosttan ham ular sizning do`stlaringizmi? Ularni tanisizmi? Yuzlari huddi sizni yuzingizga o`hshaydi, dadajonim Turkiya sizga yaqinmi, uzoqmi?...
Dadajonim nima uchun dunyo bizni ko`rmaganlikka oladi, eshitmaydi? Bizni aybimiz nima? Inson bo`lishlikmi? Musulmon bo`lishlikmi?
Men oldinlari maktabga borardim, hozir bora olmayapman. Sizga xatlar yozardim, endi xatlar yoza olmayapman. Aslida hech narsa yoza olmayapman. Bu xatni ham qo`shnimizni qiziga yozdirayapman. Xat yozmayotganim uchun, sizdan hafa bo`lganimni, arazlaganimni o`ylab qolmang.
Dadajonim sizdan bitta narsa iltimos qilsam maylinmi? Sizni uyoqda farishta do`stlaringiz borku, o`shalarga aytsangiz qolimdan o`psalar, uzilgan qo`lim tuzalib qolarmikin...
Sizga aytmoqchimas edim, ammo, faqatgina sizga xat yoza olishligim uchun so`rayabman jonim dadajonim...
Turkchadan ojizona tarjimam, xato va kamchiliklar uchun uzr.

*  *  *

BAXTnima ................... befarzand farzandli bo`lishimi? Yo`q u-quvonch. Ota-ona hayotligimi?u-ne`mat, er-xotin sevgi-muhabbatli yashaganimi?u-lazzat. Bu dunyoga kelib shu holatda yashaganimizmi? u hayot va taqdir. Qazoyu qadar.  BAXT qayerda unda?! BAXT JANNATNING OSTONASIDA!!!!!!!!!! Qachonki ALLOH bandasiga jannatdagi o`rnini bildirsa ana o`sha BAXT!!!
Bir muslima opamning fikrlari...
Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

 

Ibratli hikoyatlar

Muallif maknunaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 29637
So'nggi javob 22 Oktyabr 2011, 22:31:35
muallifi Abdulhafiz
Islom hayotidan ibratli hikoyatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 349
Ko'rilgan: 134145
So'nggi javob 17 Oktyabr 2013, 19:16:52
muallifi Mirоlim
Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 238
Ko'rilgan: 154039
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:33:08
muallifi gulnoza:-)
Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 240
Ko'rilgan: 69052
So'nggi javob 31 Iyul 2013, 16:42:01
muallifi Sadulla
Eng ibratli, go'zal SMSlar

Muallif ikbaljohnBo'lim Madaniyat

Javoblar: 220
Ko'rilgan: 94886
So'nggi javob 12 Sentyabr 2010, 10:15:06
muallifi UzMuslim