Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi  ( 59344 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


JaviK  12 Aprel 2010, 09:55:11

:bs1: :as:

Aziz Forumdoshlar, hammaga ma`lumki ko`pchilik birodarlarimiz forumda bekorchi off-top lar ko`paymoqda deb takidlashyapti, Shularni oldini olish maqsadida o`yin sifatida shu mavzuni tashkil qilsek, Ya`ni Har hafta ya`ni Dushanbadan -Yakshanbagacha  qoldirilgan postlardan  7 tasini  olib, Shu yerga joylaymiz, Natijalar har yangi Dushnba kuni chiqadi.

Hakamlar hayati: AbdulAziz aka ,  Abu Muso aka, ChexMik aka,

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Aprel 2010, 18:17:24

Yaxshi taklif.
Lekin kunlik qilishga imkon bo'lmaydi.
Haftalik qilish kerak.
Ya'ni bir hafta ichida dushanbadan dushanbagacha kiritilgan postylar orasidan eng saralarini joylash mumkin.
Uning uchun bir boshlovchi topsangiz, yoki o'zingiz qilsangiz bo'ladi.
Menda esa buni uyushtirishga vaqt kamroq.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  15 Aprel 2010, 11:58:23

 :as:
Sal oldinroq forumdoshimiz ChehMik ham shunga o'xshash mavzu ochgan edilar. Kundalik post bilan ushbu mavzuni farqi bormi?

Qayd etilgan


JaviK  15 Aprel 2010, 13:10:05

:as:
Sal oldinroq forumdoshimiz ChehMik ham shunga o'xshash mavzu ochgan edilar. Kundalik post bilan ushbu mavzuni farqi bormi?

Kundalik postda har bir user o`ziga yoqqan postni iqtobos oladi, bunda esa Haftaning eng sara, Eng Ibratli, Eng Ma`noli postlarning 7 taligi o`rin oladi.

Qayd etilgan


JaviK  26 Aprel 2010, 08:04:58

7 ta post bugun e`lon qilinishi kerak edi sizlardan uzr so`rayman, ertaga qoldirildi. TEhnik muommolar sabab

Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:26:06

A.A uzr ancha cho`zilib qoldi, birinchi ishligi uchun ozgina qiyin bo`ldi, Hakamlardan uzr so`rayman ulardan beso`roq bu safargi yettilikni o`zim e`lon qilib yubordim, ozgina ishlar bilan bo`lib ulguraolmay qoldim. Kamchiliklarni hudo hohlasa keyingi hafta hakamlarning yordami bilan to`g`irlayman, hatolik va kamchilklar uchun oldindan uzr. Demak boshladik.

Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:42:07


Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:47:14

Assalamu alaykum.
Bir kuni dadam bilan Ilon ota masjidini oldidagi oshxonaga kirdik. U yerda dadamni og'aynilari ko'p bo'lgani uchun hammalari bir joyga yig'ilishdi. Shu payt 10-11yoshlardagi bola qo'lidagi har xil sotiladigan narsalari bilan yaqin keldi. Uni qo'lida ruchka, gaz yoqishga ishlatiladigan zajigalka va yana boshqa narsalar bor edi. U biz o'tirgan joyga yaqinlashishib qo'lidagi narsalarni ko'rsatdi va hech narsa demadi. Hammalari:"Olmaymiz" deyishdi. Men haligi bolani kuzatdim. Keyinroq bilsam u bola soqov ekan. Keyin dadamni oldilariga kelib:"Haligi bola gapira olmas ekan" dedim. Dadam:"ehh, biror narsa olsak bo'larkan" dedila. Shu payt shomga azon chiqdi. Biz masjidga kirdik. Masjidda birinchi qatorlarda haligi narsa sotib yurgan bola qo'llarini qovushtirib turardi. Ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Shomni o'qib chiqib u bolani dadam bilan birga kutib turdik...

Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:47:46

Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
16 yoshligimda sinfdoshlarim bilan Toshkentga Oliy o'quv yurtiga hujjat topshirdim
DTM varoqchasini olganda bildimki sinfdoshlarimdan boshqa maktabga yolg'iz tushibman
Imtihon kuni imtihooni topshirib kvartiraga qaytdim, oldin sheriklarim bilan ikki uch marta yurgan yo'llar bo'lganligi sababli adashib qolmasligimga xech shubham yo'q edi
o'zimga ishonganimdan Tavakkal dedimda, agar xozir yo'ldan adashib qolmasdan to'g'ri kvartiraga bora olsam demak o'qisga kirdim, agar adashib qolsam unda o'qishga kiraolmagan bo'laman deb niyat qildim
aksiga olib avtobus 1 avgust kuni juda to'lib ketdi, odam sig'miydi, buni qarangkki avtobusda odamlar orasida qolib ketdim, iki yondagi oynalar ko'rinmiydi, deyarli tashqari umuman ko'rinmiydi, Sergili 2 ga AmirTemur hiyobonidan anchagina masfa bo'lganligi uchun indamay kutib ketaverdim
odamlar siyraklashib qoldi, asa avtobus oyasidan qariyman notanish joylar, xa endi kelib qolar deb kutdim kutdim, umuman begona joylarga borib qolibman, Toshkentning eng cheka joyi, daraxt uy yo'q narigi tomon dala...
nima qilarimni bilmay qoldim, avtobuschini oldiga borib men sergili 2 da bozorcha oldida tushub qolishim kerak edi adashib qoldim qanday borsam boladi desam bilmiyman deydi, konduktor tushib ketyabdi ekan, orqasidan yugurdim aka kechirasiz adashib qoldik yordam bering desam e bor qoch oldimdan dedi, 16 yoshli bola ko'chaga mustaqil chiqmagan bola toshkentday katta shaxarda g'irt begona joyda, juda qattiq qo'rqdim, unga borsam qoch deydi bunga borsam bilmiyman deydi
Yana avtobuschini oldiga umid bilan qaytib aka nima qilay Toshkentda yangiman aytvoring desam bitta ketayotgan avtobusga chiqishimni aytdi, minib ketyabman, qarasam kelgan tarafimga mas boshqa tomonga ketyabdi ekan, shunda tushundimki bu boshqa yo'nalish, darrov avtobusdan tushib qoldim
O'shanda juda odamlarni yomon ko'rib ketdim, Shunda Allohdan yordam so'radim, ey Allohim o'zing madad bergin o'zingdan boshqa yordam beradigan kishim qolmadi dedimda tavakkal qilib kelgan tarafimga ketayotgan Avtobusga chiqib oldim

va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi



Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:48:09


Assalamu alaykum!
Bugungi kunimizda  eng katta muammolardan biriga aylangan qarz, oldi-berdi masalasiga har qadamda duch kelyapmiz.  Tobora qarz janjalisiz hayotimizni tasavvur qilish m-n bo’lmay qolmoqda desak menimcha to’g’riroq bo’ladi.

Kecha bir do’stim shikoyat qilib qoldi:
 
-"œOdamlarga yaxshilik qilishdan qilmaslik durust bo’lib qoldi do’stim".

- Nega unaqa deysan —dedim. U esa bir boshdan so’zlay ketdi:
 
 Yil boshida bir tanishim  moliyaviy tomondan qiynalib, ishlarini yurgizishini aytib  1000$ qarz so’radi. Fevral oyi ichida qaytarib berish sharti bilan pulni berdim.  Shunaqangi hursand bo’ldiki, haqiqatdan qiynalib qolgan ekan . Men esa unga yordamim tekkanidan undan da hursand bo’ldim. Oldinlari telefonlashib hol-ahvol so’rashib turardik. Lekin qarz berganim uchun unga noqulaylik bo’lmasin deb tel qilmadim. Fevral oyi tugadi. O’zi tel qilishini kutdim. Darak bo’lmadi. 10 —mart kuni kelib, 1 haftada beraman dedi. Ho’p , faqat manga Navruzdan oldin zarur bo’lib qolishi m-n dedim. Xullas o’tgan haftada uyiga borib hozir bermasa bo’lmasligini aytdim. Kurs oshib ketganini, olganida 2050 hozir esa 2400so’m ekanini bahona qilib 2050dan so’m beraman dedi. Ho’p faqat ertadan qolmasin juda ham zarur dedim. Endi bo’lsa har kuni $ qiymati tushib boryapti.  Ertalab telefon qilib $ da berishini aytdi lekin hali hanuz bergani yo’q. Qani endi kechib yuboradigan imkoniyatim bo’lsayu kechib yuborsam"¦

Men esa unga tasalli berib: "œDasturxon yozib ehson qilishdan ko’ra, muhtoj odamga qarz bergan afzal deyishadi" dedim-u lekin o’zim ham "œOdamlarga yaxshilik qilishdan qilmaslik durust bo’lib qoldimi rostan" deb o’ylanib qoldim. Chunki shu qo’lning kiri pulni deb oraga sovuqchilik tushishi turgan gap.

 Hammamizga insof bersin!



Qayd etilgan