Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi  ( 37673 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


JaviK  28 Aprel 2010, 10:48:58

[quote author=G_u_l_i
 :as:
Savol u-n tashakkur, kech javob yozayotganim u-n uzr so`rayman.

Bir birodarimizning Ahmaf Lutfi Qozonchi tomonidan yozilgan "Qaynona" kitobi judayam qattiq ta`sir qilgan.Birinchi bor ushbu kitobni o`qib hijob tutgan qizlar, islom b-n hamnafas yashash kabi tushunchalar b-n birinchi bor shunaqa go`zal tarzda tanishganman desam ham bo`ladi.Kitobni o`qishni tavsiya qilgan insondan Alloh rozi bo`lsin.
Kitobdan ba`zi iqtiboslar:

Tashqi chiroy ikki kunda o’tib ketadi,birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim yoshlikda go’zal bo’lganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo ko’ngil go’zalligi o’tkinchi emas. Muhimi ham shu — ichki go’zallik, qalb go’zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki go’zalligi, odobi va tarbiyasi cuhun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag’iz, bug’doyrang bo’lsinu, go’zallik boshqlaarga qolsin. Bug’doyrang chirkinlik alomati emasku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi ko’radi. Men esa qoramag’iz, bug’doyrangni yoqtiraman.
***
Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.




[/quote]

Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:49:56


Assalomu Alaykum!
Bir ikkita bo'limda ko'rib qoldim, qizlarga savollar berishibdi, nega sovg'a berayotganda nozlanasizlar,sovchi qo'yaymi desa unaqa qilasizlar...degan.
Avvalambor, bir-biriga nomahram bo'lgan yigit-qizning bir joyda holi qolib gaplashishi durust emas. Bunday savollar berib zino ishlarni targ'ib qilib qo'ymayapmizmi?
Bizning qizlarimizda HAYO,IFFAT degan tuyg'ular bor. Yoki sovg'a berganingizda "Voy rahmat,anchadan beri siz qachon podarka oberarkinsiz deb o'ylab yurgandim" degan javobni kutamizmi qizlardan? Yoki "Sovchi yuboraymi?-desa, -Xa! Nima haliyam ikkilanvosizmi? Yuborin tezro, tezroq menga uylaning-deyishini kutamizmi?
Savollarni ozgina o'y bilan,fikr qilib bersak azizlar!
Noo'rin yozgan bo'lsam uzr.

Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:51:33

Onasizlik ... Barcha baxtsizliklarning boshi...

Buni balki onasi borlar tushunmaslar... balki his qila olmaslar...

Onasi yo'qning nigohiga qarasangiz ko'zidagi nam yo'q bo'lsada ichi yonib turadi...

Hamma narsa yarimtadek tuyuladi...

Bir she'rda "Onasi bor insonlar hech qarimaydi" deyiladi.
O'ylab qarasak haqiqatdan ham shunday.
Bir tanishimning hayotidan... Onam borligida boshim osmonda, bilganimcha yurardim, sho'x, quvnoq gohida qo'rs qiz edim. Onamdan ayrildik 1 kunda KATTA ODAM bo'ldim...



Qayd etilgan


JaviK  28 Aprel 2010, 10:52:05

Kecha oyimlani bozorga olib tushdim man u bu narsa harid qilaman yurin sizam barbir uyda zerikasiz man bn aylanib kelasiz dib, o'zlariga bildirmadim oyijon siz yaqinda andijonga boraman kiyim olaman dib yurgandiz  qanaqa kiyim omoqchisiz didim, ula aylanib yursey bir vaqt bitta hijob yoqib qolibdi mana shunaqa hijob nasib qisa olarman bomasa keyin olarman didila man hoz olchab korin didim kn olchab kordila mos keludi shuni oldik disam hayron qoldila oyimla rosa hursan bop ketdila ishonmadila rosdan oldikmi dib qayta qayta so'radila ulani hursanchiliklari mani yanayam hursan qildi uyga kelib rosa duo qildila  : )
Mana shunaqa to'satdan hursan bo'lishlarini ko'rish yoqadi manga

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 21:35:08

A.A uzr ancha cho`zilib qoldi, birinchi ishligi uchun ozgina qiyin bo`ldi, Hakamlardan uzr so`rayman ulardan beso`roq bu safargi yettilikni o`zim e`lon qilib yubordim, ozgina ishlar bilan bo`lib ulguraolmay qoldim. Kamchiliklarni hudo hohlasa keyingi hafta hakamlarning yordami bilan to`g`irlayman, hatolik va kamchilklar uchun oldindan uzr. Demak boshladik.

Bularni kim aniqlaydi? Hakamlar kim ekan?  :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  29 Aprel 2010, 01:48:47

Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
16 yoshligimda sinfdoshlarim bilan Toshkentga Oliy o'quv yurtiga hujjat topshirdim
DTM varoqchasini olganda bildimki sinfdoshlarimdan boshqa maktabga yolg'iz tushibman
Imtihon kuni imtihooni topshirib kvartiraga qaytdim, oldin sheriklarim bilan ikki uch marta yurgan yo'llar bo'lganligi sababli adashib qolmasligimga xech shubham yo'q edi
o'zimga ishonganimdan Tavakkal dedimda, agar xozir yo'ldan adashib qolmasdan to'g'ri kvartiraga bora olsam demak o'qisga kirdim, agar adashib qolsam unda o'qishga kiraolmagan bo'laman deb niyat qildim
aksiga olib avtobus 1 avgust kuni juda to'lib ketdi, odam sig'miydi, buni qarangkki avtobusda odamlar orasida qolib ketdim, iki yondagi oynalar ko'rinmiydi, deyarli tashqari umuman ko'rinmiydi, Sergili 2 ga AmirTemur hiyobonidan anchagina masfa bo'lganligi uchun indamay kutib ketaverdim
odamlar siyraklashib qoldi, asa avtobus oyasidan qariyman notanish joylar, xa endi kelib qolar deb kutdim kutdim, umuman begona joylarga borib qolibman, Toshkentning eng cheka joyi, daraxt uy yo'q narigi tomon dala...
nima qilarimni bilmay qoldim, avtobuschini oldiga borib men sergili 2 da bozorcha oldida tushub qolishim kerak edi adashib qoldim qanday borsam boladi desam bilmiyman deydi, konduktor tushib ketyabdi ekan, orqasidan yugurdim aka kechirasiz adashib qoldik yordam bering desam e bor qoch oldimdan dedi, 16 yoshli bola ko'chaga mustaqil chiqmagan bola toshkentday katta shaxarda g'irt begona joyda, juda qattiq qo'rqdim, unga borsam qoch deydi bunga borsam bilmiyman deydi
Yana avtobuschini oldiga umid bilan qaytib aka nima qilay Toshkentda yangiman aytvoring desam bitta ketayotgan avtobusga chiqishimni aytdi, minib ketyabman, qarasam kelgan tarafimga mas boshqa tomonga ketyabdi ekan, shunda tushundimki bu boshqa yo'nalish, darrov avtobusdan tushib qoldim
O'shanda juda odamlarni yomon ko'rib ketdim, Shunda Allohdan yordam so'radim, ey Allohim o'zing madad bergin o'zingdan boshqa yordam beradigan kishim qolmadi dedimda tavakkal qilib kelgan tarafimga ketayotgan Avtobusga chiqib oldim

va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi



vayyy juda tasirrlii hikoyyaa...

Qayd etilgan


JaviK  29 Aprel 2010, 08:37:57

A.A uzr ancha cho`zilib qoldi, birinchi ishligi uchun ozgina qiyin bo`ldi, Hakamlardan uzr so`rayman ulardan beso`roq bu safargi yettilikni o`zim e`lon qilib yubordim, ozgina ishlar bilan bo`lib ulguraolmay qoldim. Kamchiliklarni hudo hohlasa keyingi hafta hakamlarning yordami bilan to`g`irlayman, hatolik va kamchilklar uchun oldindan uzr. Demak boshladik.

Bularni kim aniqlaydi? Hakamlar kim ekan?  :)

Qoida bo`yicha men hakamlarga 10.15 ta post jo`natishim kerek, ular tavsiya qilgan yettitasini joylayman, bu safar ulgura olmadim, shuning uchun boshlovchilik vakolatimdan foydalanib o`zim aniqlay qoldim.
Hakamlar: AbdulAziz aka, Kapalak opa, Abu Muso aka, ChexMik aka

Qayd etilgan


JaviK  03 May 2010, 20:06:53


Qayd etilgan


JaviK  03 May 2010, 20:18:50

Turmushdagi eng ahamiyatli jumlalar
1. Siz haqsiz!
2. Bo'lishi mumkin
3. Sizni Alloh uchun yaxshi ko'aman.
4. Sizni yaxshi tushunaman
5. Qo'lingiz dard ko'rmasin
6. Siz yagonasiz!
7. Meni kechiring.
8. Sizning o';rningiz boshqa.
9. Hammasi yaxshi bo'ladi.
10. Siz men uchun Allohdan mukofotsiz.
11. Bu muammo emas!
12. Rahmat!
13. Si9zdan achchiqlanayotganim yo'q!
14. Haqqingizga duodaman.
15. Menga bir oz vaqt bering.
16. Siz unday qilmaysiz.
17. Omon bo'ling!
18. Ajoyib bo'libdi!
19. Haqqingizga rozi bo'ling!
20. Alloh sizdan rozi bo'lsin!

Irfon taqvimi 2010/ 1431(II)

Qayd etilgan


JaviK  03 May 2010, 20:19:34

2.
Qizlar silarga Shundey Savolim bor edi...
Bijobga Kirish NIma Bu Dunyoda Uzulib qoldi deganimi?Nimaga shuni Yaxshi Tushunishmeydi Qizlarimiz?


hamma gapni shappa qizlarga ag'darib qo'ymeng .......

buni qizlarga tushubtira olmagan akalardan ......

buni qizlarga tushuntirishni hohlamay turli kiyim kechak olib berayotgan otalardan ....
  ham so'rab ko'rish kerak .


qalb ochilguncha unga ishlov beriladi ,bir kun kelib chaqirilgan eshikdan albatta javob keladi lekin ungacha tinmay eshikni taqqillatish kerak .

Qayd etilgan