Muallif Mavzu: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi  ( 36084 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #30 : 09 May 2010, 10:13:32 »
Saylov ham nihoyasiga yetdi. Saylov bo`yicha :
AbdulAziz aka 6 ovoz
Abu Muso aka 5 ovoz
ChehMik aka   3 ovoz

Hakam etib Saylandilar.
 Dushanbadan - Yakshanbagacha qoldirilgan postlarning yahshi, ibratli postlarning yettiligi saralanib, qo`yila boshlaydi.
Sizlardan yahshi va ibratli postlar kutib qolamiz.


P.S: Yangi bir shart qo`shildi: Internet manbaa hisobga olinmaydi, Kitobdan yozilgan(user o`zi kiritgan) postlar bundan mustasno. Kapalak opaning to`plagan ovozlar soni ham 3 taga yetdi, lekin o`zlari vaqti bo`lbasligi uchun hohlamadi, Keyingi mavzularda hudo hohlasa hakam bo`ladilar. Hammaga omad.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #31 : 10 May 2010, 15:40:33 »
O'tgan haftaniki qani?
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #32 : 10 May 2010, 16:29:27 »
O'tgan haftaniki qani?

O`tgan hafta qilmadik, hakamlikka saylov bo`ldiku, shunga! Bu hafta hudo hohlsa uzliksiz davom etadi ;)
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #33 : 10 May 2010, 16:48:44 »
O'tgan haftaniki qani?

O`tgan hafta qilmadik, hakamlikka saylov bo`ldiku, shunga! Bu hafta hudo hohlsa uzliksiz davom etadi ;)
Bunaqa betartib tanlovni ko'rmaganman.  ;D  (Hazillashdim)
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #34 : 10 May 2010, 16:50:17 »
O'tgan haftaniki qani?

O`tgan hafta qilmadik, hakamlikka saylov bo`ldiku, shunga! Bu hafta hudo hohlsa uzliksiz davom etadi ;)
Bunaqa betartib tanlovni ko'rmaganman.  ;D  (Hazillashdim)

Rosa boplab hazillashdingiz lekin. :D :D :D

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #35 : 10 May 2010, 16:57:44 »
Yoshlarni shashtini so'ndirmela :p

Bizani yoshlar bir-ikki kishini hazil aralash aytgan fikrini deb shashti so'nib qoladiganlardan emas, insha Alloh. Siz ham og'zizzi yoping, pashsha kirib ketadi. :)

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #36 : 10 May 2010, 18:04:01 »
O'tgan haftaniki qani?

O`tgan hafta qilmadik, hakamlikka saylov bo`ldiku, shunga! Bu hafta hudo hohlsa uzliksiz davom etadi ;)
Bunaqa betartib tanlovni ko'rmaganman.  ;D  (Hazillashdim)

Kattalarning bir gapi bor "It hurar Karvon o`tar"    (Hazillashdim)
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #37 : 17 May 2010, 10:52:27 »
Demak, mening variantlarim:

Bugun ajoyib bir tush ko'rdim, Juma namozidan so'ng masjidga kelganlarga Shayh MSMYning o'zlarining "Hadis va Hayot"ning qaysidir juzini o'z qo'llari bilan jamoatdagilarga tarqatmoqdalar, qandaydir marosim tufayli edi... Bizam bollar bilan bir chetga o'tib, agar kitob ortib qolsa keyin olamiz deb turibmiz ekan... Jamoatagilarga kitob tarqalgach va jamoatni o'zi ham ketgach Shayh kelarkanlar bittadan kitob berib, hamma bilan ko'rishib, keyin manga qarab "Man sizi yaxshi taniyman" deb yuzimdan chimchilab, yelkamga urib (erkalagandey) keyin duo qilib, suhbatlashib o'tirarkanmiz, mavzu www.hilol.com haqida edi :)
Uyqudan hursand bo'lib turdim, Alloh nafaqat tushimda, balki ong'imdayam yetqazsin deb qo'ydim....   :)

G'oyatda samimiy va ibratli tush manzarasi.

Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim.  Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret.  Bola  nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:”Otasini bolasi-da… "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara…”, dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda  achindim unga…
Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib “Alu,alu” deyishlarini ko’rib, bola  birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona  o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir – degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda.  Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat.  Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan.
Bugun 14 may  dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda!
Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding.  Peshonangdan o’pib:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! – degim keldi.
Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!

Hayotiy mulohaza.

Kishi o'limidan so'ng yo jannatga, yo do'zahga tushadi. Asosiy masala jannatga kiriladimi yoki do'zahga, ana shunda.
Odam o'lishidan oldin vasiyat qilish huquqiga ega. Er hech qachon o'limi oldidan ayoliga "Boshqasiga erga tegma..." deb vasiyat qilishga haqqi yo'q. Shunday vasiyat qilgan bo'lsa, bu vasiyatiga amal qilinmaydi. Chunki, turmush qurish ayolning haqi. Er o'lishi bilan, xotiniga nomahram hisoblanadi. (hatto jasadini yuvishi ham harom!)
Ayol kishining moddiy-ma'naviy ehtiyojlari bor. Hozirgi kunda ayol kishi o'z moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Ammo ma'naviy ehtiyoji qonmagani sayin, unda turli kasalliklar yuzaga kelishini hozirgi tibbiyot tasdiqlagan. Shuning uchun ular turmushga chiqishlari lozim.
Qaytaga, har xil bo'lmag'ur azadorlikni yig'ishtirib, darhol erga berish kerak :) Adashmasam, Payg'ambarimiz ham, boshqa sahobalar ham eri o'lgan ayolga uylanish maqsadida ba'zi "ilmoqli" gaplarni ishlatishgani kitoblarimizda yozilgan.
Endi, er-xotinning jannatda birga bo'lish masalasiga kelsak. Eng avvalo har kim shu dunyoda jannatga kirishga vasila bo'ladigan amallarni bajarishi, do'zahga yetaklaydigan amallardan qochishi lozim.
Erkak kishiga jannatda o'z ayollaridan tashqari, odam ko'zi ko'rmagan hurlar beriladi deyilgan kitoblarimizda.
Ayol kishi ham o'z eri bilan bo'ladi. Ayol kishiga jannatda shunday husn beriladiki, hatto hurlar ularning oldilarida hech kim bo'lib qoladilar. Ya'ni Alloh taolo ayollarni erlariga shu darajada chiroyli qilib ko'rsatib qo'yadiki, erlar hurlarga qaramay ham qo'yadilar :)
Agar ayo bir nechta oila ko'rgan bo'lsachi? degan savolga olimlarimiz "Shu erlardan qaysi biri bilan qolish ixtiyorini Alloh taboraka va taolo ayolning o'ziga berib qo'yadi. U istagan eri bilan yashash ixtiyorini o'zi tanlaydi va o'sha bilan birga yashaydi" deb ayganlar. Zero Payg'ambar alayhissalotu vas salomdan naql qilingan hadisda binoan: "Kishi jannatda o'zi sevgan qavm bilan birga bo'ladi."

Qiziq va haqqoniy mulohaza.

Kanarikemiza bo'lardi, Olib qoganda... Rossa yig'laganman..

Kichkinagina, aftidan off-topga o'xshaydigan mulohaza. Lekin menga ta'sir qildi. Bizning ham yoshligimizda uyda ko'p kanareyka, to'tiqushlarimiz bo'lardi. Nechtasi o'lgan. Lekin hech yig'lamagan ekanman. Singlim 3-4 yosh edi. Qafasdagi kanareyka bilan o'ynab, uni qattiqroq quchib yuborganda, o'lib qolganda, rosa yig'lagandi...

O'g'lim 4 yosh edi.

-Men katta bo'lsam zo'r jip olaman. Men:
-O'ho', meni o'g'lim jip olarkan, meni ham chiqarasanmi mashinanga?
- Ha, chiqaraman.
-Oldigami?
-Yo'q, orqasiga.
-Voy, nega orqasiga chiqarasan meni?
-Oldida kelin o'tiradi-da.

Qarang-a, xozirdan xotinini o'ylayapti ;)
Ishqilib yomon qaynona bo'lmayda.

Judayam qiziqarli va samimiy post. Ayniqsa, bolakayning javobidan barchaning yuzida tabassum paydo bo'lishi tabiiy.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #38 : 17 May 2010, 17:24:26 »
 ;)hamma posti oqib chiqdim... hammasi bir biridan kam mas,
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #39 : 18 May 2010, 10:02:02 »
:as: HAFTALIK POSTLAR YETTILIGINI E`LON QILAMIZ!!

1--ABDUMUHAYMIN  

2--ЖАМШИДЖОН

3--SHOXJAHON12

4--MUHIBB

5--CHUSTIY

6--MUZAYYANA

7--ROBIYA
« So'nggi tahrir: 18 May 2010, 10:21:42 muallifi javik_0770_lito »
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #40 : 18 May 2010, 10:06:46 »
1--ABDUMUHAYMIN   

Bir vaqtlar yangi uylangan bir yigit amakis bilan uchrashib, amaki mening xotinim shunday nazokatli, kiborkiy siz bilmaysiz dedi. Keksa amaki: Ko’p maqtanma be davo yigit, bugun oqshomda sen bizning mehmonimiz bo’l keyin ko’ramiz dedi. Yigit amakisining mehmoni bo’ldi. Keksa amaki kampiriga: Honim mehmon keldi tarvuzning yaxshisidan olip kel dedi. Kampir tarvuz keltirdi. Amaki qo’lida bir, ikki aylantirip ko’rib, bo’lmaydi bu yaxshi chiqmaydi boshqasini olib kel dedi. Shunday qilib xotini 10 marta tarvuz olib keldi. Keksa honim har safar, eri boshqasini olib kel deganda hop bo’ladi dedi, biror marta norozi bo’lmay aytganini qildi. Ertasiga oqshomda amaki yigitning uyiga mehmonga bordi. Yigit ham uydagi tarvuzlardan birini olib kelishni buyurdi. Hotini olib keldi, yigit tarvuzni salmoqlab ko’rib, bu bo’lmaydi boshqasini olib kel dedi. Hotin boshqa tarvuz olib keldi. Yigit yana bo’lmaydi dedi. Hotini uchinchi tarvuzni olib keldi. Eri yana bo’lmaydi deb boshqasini olib kelishni buyurdi. Shunda yosh kelinchak: Men sizning yugurdagingizmanmi, olib kel,  olib bor deyaverasiz. Siz aqlliy bo’lganingizda yaxshi bir tarvuz olardingiz, boshqa tarvuz yo’q  faqat 3ta tarvuz olgansiz dedi. Keksa amaki: Ko’rdingmi bolaginam, men senga nima degan edim. Meni uyimda bir dona tarvuz bo’lib, yaxshi felliy xotini 10 marta olib kelgan tarvuz, ayni o’sha bitta tarvuz edi. Lekin bron marta itoatsizlik bilan gap qaytarmadi. Endi tushundingmi deb amaki yigitga o’git berdi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #41 : 18 May 2010, 10:11:10 »
2--ЖАМШИДЖОН

Assalomu aleykum!!!

Утган жумада биродар акаларимиз билан жумага борганди.  Кукон шахрини Шайхон диган масжидига. Уша шайхон масжидини имоми жуда чиройли ва инсонларга фойдаси тегадиган маруза килишади оллох рози булсин уша инсондан. Хуллас бориб утирдик кейин имом акамиз сигарет, ва Нос хакида маруза килиб колишди, шу пайтда йоши бир катторок акамиз имомга савол беришди. Имом нос билан сигарет харомми, бунга бирор далилиз борми диб колди. Аклли, такводор инсон билади нос билан сигаретди харомлигини, бунга далилди хожати йук. Шунда Имом акамиз жуда бир чиройли жавоб килишди.

Имом: Халиги савол берган одамга йузланиб носиз борми олдизда биродар дийишди,
савол:  бор
Имом: бир чимдин кулизга солиб огзизга солин
савол: солдим
Имом: енди носди йутин
савол: э кана йутаман харомку
Имом: а харом буса нимага чекябсиз носди.
Сигарет харом бумаса нимага бориб фарзандизга бермиз ё бумаса хотинизга - ота онезга бермисиз нимага уларди шу нарсадан хумор килишини хохламисиз. халиги савол берган одам ушу захоти нос идишини отиб йуборди купчилик шу марузадан тасирланди ва кими олдида сигарет буса хаммасини мусир идишга ташлаб кетишди.


«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #42 : 18 May 2010, 10:12:39 »
3--SHOXJAHON12

Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim.  Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret.  Bola  nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:”Otasini bolasi-da… "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara…”, dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda  achindim unga…
Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib “Alu,alu” deyishlarini ko’rib, bola  birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona  o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir – degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda.  Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat.  Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan.
Bugun 14 may  dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda!
Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding.  Peshonangdan o’pib:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! – degim keldi.
Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!

«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #43 : 18 May 2010, 10:14:54 »
4--MUHIBB


Assalomu alaykum. Savolingiz uchun rahmat. Hohlaymizmi, yo'qmi, o'lim hammamizning boshimizda bor narsa. Ertami-kechmi, hammamiz bu omonat dunyoni tark etib dorul haqqa qovushamiz. Bu dunyoda yashash mantig'i unda o'tkazilgan umr bilan emas, balki shu berilgan umrdagi imkoniyatlardan qay darajada foydalanilganiga qarab belgilanadi. Shunday insonlar borki, qisqa muddatli hayotlari davomida olamshumul ishlarni bajarib ketganlar va Allohdan ajrini ziyodasi bilan oladilar.
Kishi o'limidan so'ng yo jannatga, yo do'zahga tushadi. Asosiy masala jannatga kiriladimi yoki do'zahga, ana shunda.


Odam o'lishidan oldin vasiyat qilish huquqiga ega. Er hech qachon o'limi oldidan ayoliga "Boshqasiga erga tegma..." deb vasiyat qilishga haqqi yo'q. Shunday vasiyat qilgan bo'lsa, bu vasiyatiga amal qilinmaydi. Chunki, turmush qurish ayolning haqi. Er o'lishi bilan, xotiniga nomahram hisoblanadi. (hatto jasadini yuvishi ham harom!)
Ayol kishining moddiy-ma'naviy ehtiyojlari bor. Hozirgi kunda ayol kishi o'z moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Ammo ma'naviy ehtiyoji qonmagani sayin, unda turli kasalliklar yuzaga kelishini hozirgi tibbiyot tasdiqlagan. Shuning uchun ular turmushga chiqishlari lozim.
Qaytaga, har xil bo'lmag'ur azadorlikni yig'ishtirib, darhol erga berish kerak :) Adashmasam, Payg'ambarimiz ham, boshqa sahobalar ham eri o'lgan ayolga uylanish maqsadida ba'zi "ilmoqli" gaplarni ishlatishgani kitoblarimizda yozilgan.


Endi, er-xotinning jannatda birga bo'lish masalasiga kelsak. Eng avvalo har kim shu dunyoda jannatga kirishga vasila bo'ladigan amallarni bajarishi, do'zahga yetaklaydigan amallardan qochishi lozim.

Erkak kishiga jannatda o'z ayollaridan tashqari, odam ko'zi ko'rmagan hurlar beriladi deyilgan kitoblarimizda.
Ayol kishi ham o'z eri bilan bo'ladi. Ayol kishiga jannatda shunday husn beriladiki, hatto hurlar ularning oldilarida hech kim bo'lib qoladilar. Ya'ni Alloh taolo ayollarni erlariga shu darajada chiroyli qilib ko'rsatib qo'yadiki, erlar hurlarga qaramay ham qo'yadilar :)
Agar ayo bir nechta oila ko'rgan bo'lsachi? degan savolga olimlarimiz "Shu erlardan qaysi biri bilan qolish ixtiyorini Alloh taboraka va taolo ayolning o'ziga berib qo'yadi. U istagan eri bilan yashash ixtiyorini o'zi tanlaydi va o'sha bilan birga yashaydi" deb ayganlar. Zero Payg'ambar alayhissalotu vas salomdan naql qilingan hadisda binoan: "Kishi jannatda o'zi sevgan qavm bilan birga bo'ladi."
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Haftalik Eng Ibratli postlar Yettiligi
« Javob #44 : 18 May 2010, 10:17:26 »
5--CHUSTIY

:as:

Bugun ajoyib bir tush ko'rdim, Juma namozidan so'ng masjidga kelganlarga Shayh MSMYning o'zlarining "Hadis va Hayot"ning qaysidir juzini o'z qo'llari bilan jamoatdagilarga tarqatmoqdalar, qandaydir marosim tufayli edi... Bizam bollar bilan bir chetga o'tib, agar kitob ortib qolsa keyin olamiz deb turibmiz ekan... Jamoatagilarga kitob tarqalgach va jamoatni o'zi ham ketgach Shayh kelarkanlar bittadan kitob berib, hamma bilan ko'rishib, keyin manga qarab "Man sizi yaxshi taniyman" deb yuzimdan chimchilab, yelkamga urib (erkalagandey) keyin duo qilib, suhbatlashib o'tirarkanmiz, mavzu www.hilol.com haqida edi :)
Uyqudan hursand bo'lib turdim, Alloh nafaqat tushimda, balki ong'imdayam yetqazsin deb qo'ydim....   :)
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

 

Ibratli hikoyatlar

Muallif maknunaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 29809
So'nggi javob 22 Oktyabr 2011, 22:31:35
muallifi Abdulhafiz
Islom hayotidan ibratli hikoyatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 349
Ko'rilgan: 135007
So'nggi javob 17 Oktyabr 2013, 19:16:52
muallifi Mirоlim
Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 238
Ko'rilgan: 155165
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:33:08
muallifi gulnoza:-)
Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 240
Ko'rilgan: 69688
So'nggi javob 31 Iyul 2013, 16:42:01
muallifi Sadulla
Eng ibratli, go'zal SMSlar

Muallif ikbaljohnBo'lim Madaniyat

Javoblar: 220
Ko'rilgan: 95521
So'nggi javob 12 Sentyabr 2010, 10:15:06
muallifi UzMuslim