Bir vaqtlar yangi uylangan bir yigit amakis bilan uchrashib, amaki mening xotinim shunday nazokatli, kiborkiy siz bilmaysiz dedi. Keksa amaki: Ko’p maqtanma be davo yigit, bugun oqshomda sen bizning mehmonimiz bo’l keyin ko’ramiz dedi. Yigit amakisining mehmoni bo’ldi. Keksa amaki kampiriga: Honim mehmon keldi tarvuzning yaxshisidan olip kel dedi. Kampir tarvuz keltirdi. Amaki qo’lida bir, ikki aylantirip ko’rib, bo’lmaydi bu yaxshi chiqmaydi boshqasini olib kel dedi. Shunday qilib xotini 10 marta tarvuz olib keldi. Keksa honim har safar, eri boshqasini olib kel deganda hop bo’ladi dedi, biror marta norozi bo’lmay aytganini qildi. Ertasiga oqshomda amaki yigitning uyiga mehmonga bordi. Yigit ham uydagi tarvuzlardan birini olib kelishni buyurdi. Hotini olib keldi, yigit tarvuzni salmoqlab ko’rib, bu bo’lmaydi boshqasini olib kel dedi. Hotin boshqa tarvuz olib keldi. Yigit yana bo’lmaydi dedi. Hotini uchinchi tarvuzni olib keldi. Eri yana bo’lmaydi deb boshqasini olib kelishni buyurdi. Shunda yosh kelinchak: Men sizning yugurdagingizmanmi, olib kel, olib bor deyaverasiz. Siz aqlliy bo’lganingizda yaxshi bir tarvuz olardingiz, boshqa tarvuz yo’q faqat 3ta tarvuz olgansiz dedi. Keksa amaki: Ko’rdingmi bolaginam, men senga nima degan edim. Meni uyimda bir dona tarvuz bo’lib, yaxshi felliy xotini 10 marta olib kelgan tarvuz, ayni o’sha bitta tarvuz edi. Lekin bron marta itoatsizlik bilan gap qaytarmadi. Endi tushundingmi deb amaki yigitga o’git berdi.
Assalomu aleykum!!!Утган жумада биродар акаларимиз билан жумага борганди. Кукон шахрини Шайхон диган масжидига. Уша шайхон масжидини имоми жуда чиройли ва инсонларга фойдаси тегадиган маруза килишади оллох рози булсин уша инсондан. Хуллас бориб утирдик кейин имом акамиз сигарет, ва Аос хакида маруза килиб колишди, шу пайтда йоши бир катторок акамиз имомга савол беришди. Имом нос билан сигарет харомми, бунга бирор далилиз борми диб колди. Аклли, такводор инсон билади нос билан сигаретди харомлигини, бунга далилди хожати йук. Шунда Имом акамиз жуда бир чиройли жавоб килишди. Имом: Халиги савол берган одамга йузланиб носиз борми олдизда биродар дийишди, савол: борИмом: бир чимдин кулизга солиб огзизга солин савол: солдимИмом: енди носди йутин савол: с кана йутаман харомкуИмом: а харом буса нимага чексбсиз носди.Сигарет харом бумаса нимага бориб фарзандизга бермиз ё бумаса хотинизга - ота онезга бермисиз нимага уларди шу нарсадан хумор килишини хохламисиз. халиги савол берган одам ушу захоти нос идишини отиб йуборди купчилик шу марузадан тасирланди ва кими олдида сигарет буса хаммасини мусир идишга ташлаб кетишди.
Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim. Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret. Bola nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:"Otasini bolasi-da"¦ "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara"¦", dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda achindim unga"¦Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib "œAlu,alu" deyishlarini ko’rib, bola birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. "œTarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir — degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda. Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat. Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan. Bugun 14 may dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda! Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding. Peshonangdan o’pib:-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! — degim keldi. Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!
Assalomu alaykum. Savolingiz uchun rahmat. Hohlaymizmi, yo'qmi, o'lim hammamizning boshimizda bor narsa. Ertami-kechmi, hammamiz bu omonat dunyoni tark etib dorul haqqa qovushamiz. Bu dunyoda yashash mantig'i unda o'tkazilgan umr bilan emas, balki shu berilgan umrdagi imkoniyatlardan qay darajada foydalanilganiga qarab belgilanadi. Shunday insonlar borki, qisqa muddatli hayotlari davomida olamshumul ishlarni bajarib ketganlar va Allohdan ajrini ziyodasi bilan oladilar. Kishi o'limidan so'ng yo jannatga, yo do'zahga tushadi. Asosiy masala jannatga kiriladimi yoki do'zahga, ana shunda. Odam o'lishidan oldin vasiyat qilish huquqiga ega. Er hech qachon o'limi oldidan ayoliga "Boshqasiga erga tegma..." deb vasiyat qilishga haqqi yo'q. Shunday vasiyat qilgan bo'lsa, bu vasiyatiga amal qilinmaydi. Chunki, turmush qurish ayolning haqi. Er o'lishi bilan, xotiniga nomahram hisoblanadi. (hatto jasadini yuvishi ham harom!) Ayol kishining moddiy-ma'naviy ehtiyojlari bor. Hozirgi kunda ayol kishi o'z moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Ammo ma'naviy ehtiyoji qonmagani sayin, unda turli kasalliklar yuzaga kelishini hozirgi tibbiyot tasdiqlagan. Shuning uchun ular turmushga chiqishlari lozim. Qaytaga, har xil bo'lmag'ur azadorlikni yig'ishtirib, darhol erga berish kerak Adashmasam, Payg'ambarimiz ham, boshqa sahobalar ham eri o'lgan ayolga uylanish maqsadida ba'zi "ilmoqli" gaplarni ishlatishgani kitoblarimizda yozilgan. Endi, er-xotinning jannatda birga bo'lish masalasiga kelsak. Eng avvalo har kim shu dunyoda jannatga kirishga vasila bo'ladigan amallarni bajarishi, do'zahga yetaklaydigan amallardan qochishi lozim. Erkak kishiga jannatda o'z ayollaridan tashqari, odam ko'zi ko'rmagan hurlar beriladi deyilgan kitoblarimizda. Ayol kishi ham o'z eri bilan bo'ladi. Ayol kishiga jannatda shunday husn beriladiki, hatto hurlar ularning oldilarida hech kim bo'lib qoladilar. Ya'ni Alloh taolo ayollarni erlariga shu darajada chiroyli qilib ko'rsatib qo'yadiki, erlar hurlarga qaramay ham qo'yadilar Agar ayo bir nechta oila ko'rgan bo'lsachi? degan savolga olimlarimiz "Shu erlardan qaysi biri bilan qolish ixtiyorini Alloh taboraka va taolo ayolning o'ziga berib qo'yadi. U istagan eri bilan yashash ixtiyorini o'zi tanlaydi va o'sha bilan birga yashaydi" deb ayganlar. Zero Payg'ambar alayhissalotu vas salomdan naql qilingan hadisda binoan: "Kishi jannatda o'zi sevgan qavm bilan birga bo'ladi."
Bugun ajoyib bir tush ko'rdim, Juma namozidan so'ng masjidga kelganlarga Shayh MSMYning o'zlarining "Hadis va Hayot"ning qaysidir juzini o'z qo'llari bilan jamoatdagilarga tarqatmoqdalar, qandaydir marosim tufayli edi... Bizam bollar bilan bir chetga o'tib, agar kitob ortib qolsa keyin olamiz deb turibmiz ekan... Jamoatagilarga kitob tarqalgach va jamoatni o'zi ham ketgach Shayh kelarkanlar bittadan kitob berib, hamma bilan ko'rishib, keyin manga qarab "Man sizi yaxshi taniyman" deb yuzimdan chimchilab, yelkamga urib (erkalagandey) keyin duo qilib, suhbatlashib o'tirarkanmiz, mavzu www.hilol.com haqida edi Uyqudan hursand bo'lib turdim, Alloh nafaqat tushimda, balki ong'imdayam yetqazsin deb qo'ydim....
Juma kuni sodir bo'lgan mana shu voqeani albatta forumga yozaman deb ahd qilib qo'ygan emdim, mana fursat yetti...Soat 1dan o'tgan edi...Tushlik qilib bo'lgach dugonam bilan rossa muzqaymoq yegimiz keldi. Oshxonadan chiqqach har doim muzqaymoq olib yeydigan joyimizga qarab yurdik, bitta yoshgina bolacha o'tiibdi, biz odatdegidek:-Ikkita 600 so'mligidan.-Muzqaymoq sotolmayman xozir!-Iye, nimaga?-Opalar 15minut kutiylar, darrov solib beraman, -dedi bolacha. Biz hayron turibmiz. Shunda o'zi aniqlik kiritdi:-Dadam tayinlab kettila, soat 1:30 namoz tugiydi, shu vaqtgacha hech narsa somagin deb, puli biz uchun harom bo'lar ekan. Subhanalloh! Muzqaymoq yeya olmagan bo'lsakda qalbim quvonchga to'lib, huddi tonna-tonna muzqaymoq yeganday maza qilib qaytib borar ekanman, yo'ldagi, oziq ovqat sotiladigan magazinlardagi "YOPIQ" degan yozuvga ko'zim tushib yanayam sevinib kettim. Mana shunday odamlar ichida yashayotganim uchun Rabbil Alamiynga shukronalar aytib, peshin namoziga shoshildik...
Yurishni xohlaganni taqdir yetaklaydi, xohlamaganni - sudraydi...
Javlonbek, postlardagi bu raqamlarni o'rin sifatida qabul qilish kerakmi?