Mashhur yettiliklar
Dunyoning yetti mo'jizasi
1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i
Yetti xazina
1. Sigir - ro'zg'orning qassobi va baqqoli
2. Asalari - oilaning tabibi
3. Ipak qurti - qizlarning sepi
4. Objuvoz - qozonning yog'i
5. Tegirmon - qorinning belbog'i
6. O'rmon - imorat "suyagi", qozon olovi
7. Tovuq - ham obiyovg'on, ham dori-darmon
Hafta kunlari
O'zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba
Arabcha: Yavmul-jum'a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arba'a, Yavmul-hamis
Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe
Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday
Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba
Ruscha: Лстнияа, Суббота, Восскресенье, Лонедельник, Вторник, Среда, Четверг
Moddalarning yetti ko'rinishi
1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati
Yetti musiqa notasi
1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si
Yetti avlod
1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona
Yetti iqlim
1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo'tadil
6. Subarktik
7. Arktik
Yetti rang
1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko'k
6. Yashil
7. Apelsin rang
Yetti sayyora
Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o'zaro harakatlariga bog'liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:
1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g'ayrat ramzi
2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko'rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter - Mushtariy, O'ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera - Zuhro, Cho'lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi
Yetti mukammal fanlar
Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa
Qadimgi greklarning yetti donishmandi
Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari "yetti donishmandlar"dir:
1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570)
6. Afinalik Solon
7. Miletlik Fales
Yetti dengiz
Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o'rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni ham kiritganlar):
1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean
Qadimgi Rimning yetti podshosi
Afsonalarga ko'ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510 yilgacha hukmronlik qilganlar:
1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ancus Marcius
5. Lucius Tarquinius Priscus
6. Servius Tullius
7. Lucius Tarquinius Superbus
Qadimgi yaponlarning yetti xudosi
Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular:
1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi
Yetti opa-ukalar
Qaqimgi yunon miflariga ko'ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko'ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o'limidan ranjib o'z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi:
1. Electra
2. Maia
3. Taygete
4. Alcyone
5. Celaeno
6. Sterope
7. Merope
Yetti qavat osmon
Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda quyidagi payg'ambarlar bilan uchrashadilar:
1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom
Islomda iymondagi yetti farz
1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning payg‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.
Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh
1. Mag'rurlik
2. Baxillik
3. Ochko'zlik
4. G'azab
5. Yeb-to'ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik
O'rta asrlarning yetti mo'jizasi
1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo'llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi
Zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi
Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi deb atadi. Ushbu ro'yxat dunyoning ko'zga ko'ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog'lovchi suv osti kanali)
2. CN Tower (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (New York shahridagi osmono'par bino)
4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko'prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to'g'on)
6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama kanali)
Dunyoning yangi yetti mo'jizasi
National Geographicga ko'ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo'jizasidir:
1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya)
4. Washington maqbarasi (AQSh)
5. Eyfel minorasi (Fransiya)
6. Toj Mahal (Hindiston)
7. Empire State Building binosi (AQSh)
Boshqa manbaga ko'ra esa, quyidagicha:
1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
7. Chichin Itza piramidasi (Meksika)