Yangiliklar  ( 25470 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


MaxCmd  22 Iyul 2006, 14:03:52

Assalomu alaykum!

Bu xabarda sizlar uchun operatsion tizimlar, kompyuter dasturlari va kompyuter qurilmalari bo`yicha yangiliklardan boxabar qilib boramiz.

Qayd etilgan


MaxCmd  24 Iyul 2006, 14:34:58

Assalomu alaykum!

Windows Vista(kod nomi Longhorn) 2007-yil yanvar oyida sotuvga chiqariladi. E'tibor bersak, Microsoft OSlari versiyalarini ishlab chiqarish oralig`i eng kattasi shu OS bilan XP OSi oralig`ida bo`lyapti(2002-2007). Shuning uchun kutilganidek, bu OS da avvalgi OSlarda bo`lmagan jihatlar juda ko`p.
Birinchidan, Vistani "oddiy" kompyuterlarga o`rnatib bo`lmaydi. Ya'ni, operativ xotira hajmi 512 Mb bo`lishi kerak.
Ikkinchidan, agar siz Vistani diskdan o`rnatmoqchi bo`lsangiz, DVD-R ga ega bo`lishingiz kerak.

Endi Windows Vistaning imkoniyatlari haqida:
Tashqi ko`rinish:
  • Start(Pusk) knopkasi
  • Oynalarning yangi ko`rinishi: shaffoflik, knopkalarning yangicha dizayni va h.k.
  • TaskBar(Панель задач)da pastga tashlab qo`yilgan biror programmaning ustiga sichqonchani olib borangiz, shu programma haqida ma'lumot va uning ko`rinishi(screenshot) chiqadi.
  • Mavjud oynalararo o`tish(Alt+Tab klavishlarini bosganda) juda qulay ishlangan. Bunda oynalarning ko`rinishi bo`yicha keraklisini tanlab olishingiz mumkin.
  • SideBar. Shu nomdagi kichik panelda miniprogrammalar ishlab turadi. Ular juda qulay ko`rinishda bo`lib, mavjud dtandart programmalardan tashqari, yana o`zingizga yoqqan programmalarni ham qo`shib qo`yishingiz mumkin.
Windows Vista haqida Internetda:
http://microsoft.com/windowsvista/ - asosiy sahifa;
http://winfuture.de/screenshots.html - har xil ko`rinishlar;
http://oszone.ru/3965/Microsoft_Windows_Vista_Beta_2 - Vista Beta 2 haqida ma'lumot(rus tilida).

Windows Vistaning boshqa xususiyatlari haqida shu xabarda ma'lumotlar berib boramiz.

Qayd etilgan


MaxCmd  27 Iyul 2006, 13:32:15

Microsoft Exchange Server 2007



Microsoft o`zining Exchange 2007 pochta serverining Beta versiyasini chiqardi.
Yangi versiyada xavfsizlik, ma'lumotlar himoyasi kuchaytirilgan. E-mail va kalendarlar bilan ishlash ancha qulaylashgan. Forefront Security for Exchange qo`shimchasi esa turli troyan viruslar, spamlar va viruslardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Xohlovchilar Exchange Server 2007 ning imkoniyatlaridan foydalanib ko`rishlari mumkin.
Qo`shimcha ma'lumotlar:
http://www.microsoft.com/
http://www.microsoft.com/exchange/preview/default.mspx

Qayd etilgan


MaxCmd  28 Iyul 2006, 11:50:08

Microsoft Office 2007. Yangi "Offis" ga nazar.


Assalomu alaykum!
Hozir mensizlarga Microsoft korporatsiyasining Office ni yaratishdagi keyingi qadami - Microsoft Office 2007 haqida ma'lumot beraman. Hozircha faqat Word 2007 haqida.

Office 2007 mahsuloti 2007-yil yanvar oyida(Windows Vista bilan bir paytda) sotuvga chiqariladi. Hozir esa Beta 2 versiyasi mavjud bo`lib, uni http://www.microsoft.com/office/preview/beta/download/en/default.mspx dan olishingiz mumkin.

Endi qisqacha yangi Office haqida:
1. Yangi va juda qulay interfeys.

Bu interfesda hech qanday menyu yo`q. Buyruqlar knopkalar orqali ajariladi.
Oynaning yuqori qismida menyular o`rniga "lenta"(TabBar) lar qo`yilgan.


2. Birgina menyu: Fayl menyusi.

3. Aniq va tushunarli yordam(hint). Agar biror oynani ochib beruvchi knopka ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib borsangiz, bu knopka vazifasi haqida ma'lumot va shu knopkani bosganda chiqadigan oyna rasmi paydo bo`ladi.

4. Qulay qaynoq knopkalar(shortcut). Agar siz Alt klavishini bossangiz, yuqoridagi lentalarning pastki qismida ularga o`tish uchun bosish lozim bo`lgan klavish nomi chiqadi. Masalan, Alt+H Home paneliga o`tish. Alt keyin H ni bosganimizda esa, shu paneldagi buyruqlar klavishlari chiqadi:


5. Word 2007 ning yana bir qulayliklaridan biri bu matnning biror qismini belgilaganingizda paydo bo`ladigan shaffof paneldir. Bu panel matnni tahriri uchun ko`p kerak bo`ladigan buyruqlardan iborat.

6. Hozircha Word 2007 Beta 2 da PDF faylga eksport qilish imkoniyati bor. Bu sotuvga chiqariluvchi variantida bo`lmasligi mumkin, chunki Microsoft va Adobe bu borada tortishib qolishdi:).


Bundan tashqari siz Vista ko`rinishini ham tanlashingiz mumkin. Bunda oyna ko`rinishi Windows Vistadagi kabi bo`ladi.


Shaxsan menga yanfi Office juda yoqdi. Agar sizlar ham qiziqqan bo`lsangiz, uni ko`chirib olib ishlatib ko`ring yoki [email protected] ga yozsangiz, men bilan bog`lanib disska yozib olishingiz mumkin.

http://microsoft.com/
http://www.microsoft.com/office/preview/default.mspx
http://www.microsoft.com/office/preview/beta/download/en/default.mspx

Qayd etilgan


MaxCmd  04 Avgust 2006, 09:27:53

Lycos Mail: 3 Gbayt hajmli elektron pochta.

Lycos kompaniyasi http://mail.lycos.com/ Lycos Mail elektron pochtasining yangi versiyasini tekshirishni yo`lga qo`ydi. Bu pochtaning 2 ta asosiy imkoniyati mavjud: 3 Gbayt maktublar uchun joy va bir maktubda xohlagan miqdorda(va hajmda) fayllar jo`natish imkoniyati(ko`pchilik pochtalarda hajmi maksimum 10 Mbayt).

Lycos pochtaning 3 variantini taklif qiladi: bitta tekin va ikkita pullik. Tekin pochta ko`rinishi turli reklamalardan iborat bo`ladi va agar pochtangizdan 30 kun foydalanmasangiz ma'lumotlaringiz o`chib ketadi. 5 dollarga pochtangizni bir yilgacha o`chirmasliklari kafolatlanadi. 20 dollarga esa 5 Gbayt joy, reklamalrsiz va 3 ta POP3 kliyent olish imkoniyati bo`lgan pochtaga ega bo`lasiz.

Qayd etilgan


MaxCmd  16 Avgust 2006, 13:30:07

Mac OS X Leopard



Mac OS X Leopard bu Apple ning yangi OSi bo`lib 2007-yilning bahorida sotuvga chiqarish mo`ljallanyapti. OS ning yangi imkoniyatlaridan biri bu Time Machine dir. Bu sistema va Macintosh kompyuteridan o`chirilgan hamma narsani qayta tiklashga yordam beradi. Foydalanuvchi o`z sistemasida vaqt bo`yicha "sayohat" qilishi mumkin.

OSning boshqa imkoniyatlari haqida
http://www.apple.com/macosx/leopard/
orqali tanishishingiz mumkin.

Qayd etilgan


MaxCmd  16 Avgust 2006, 22:43:20

Google rasmni tanish uchun xizmat qiladigan texnologiyani sotib oldi



Google kompaniyasi suratlardan jismlarni ajrata oluvchi texnologiyaga egalik qiluvchi Neven Vision kompaniyasini sotib olganligi haqida ma'lum qildi. Google yangi texnologiyani o`zining Picasa nomli programmasida qo`llamoqchi. Google ning ma'lum qilishicha, tez orada Picasa programmasi suratdan insonlarning rasmini ajratib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinroq esa suratlardan aynan biror kishini izlash ham mumkin bo`ladi.

Qayd etilgan


MaxCmd  17 Avgust 2006, 09:40:23

Winrar 3.60

Winrar arxivatorining 3.60 versiyasi chiqdi. Bu arxivator o`zining imkoniyatlari bilan ko`pchilik foydalanuvchilarning sevimli arxivatoriga aylangan.
Yangi o`zgartirishlar:
  • Ko`p protsessorli va juftyadroli sistemalarda siqish tezlashgani
  • ZIP arxivlar uchun ham qayta nomlash komandasi
  • LZH arxivlarni ochish
  • RAR arxivini siqishda tezlik 5-15% ga oshgan
  • Arxivni ochishda bir xil nomli fayllarni avtomatik qayta nomlash
va h.k.
Arxivatorning trial-versiyasini
http://www.download.com/WinRAR/3000-2250-10007677.html?part=dl-winrar&subj=dl&tag=button
dan olishingiz mumkin.

Qayd etilgan


MaxCmd  25 Avgust 2006, 09:05:25

Google Writely. Onlayn matn muharriri


Google ning bu yangi servisi brouzerning o`zida matn terish, uni tahrirlash va saqlash uchun xizmat qiladi. Ya'ni, kompyuteringizga hech qanday matn muharriri o`rtatilmagan, lekin sizda Internetda ishlash imkoniyati bo`lsa, bemalol onlayn matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Google Writely Microsoft Word fayllarini ham import qilishi mumkin. Har 10 minutda sizning hujjatingiz avtomatik saqlanib turadi. Bundan tashqari siz hujjatingizni turli bloglarda chop etishingiz mumkin.

Google Writely:
http://www.writely.com
http://google.com

Qayd etilgan


MaxCmd  28 Avgust 2006, 19:45:30

Internet Explorer 7 RC1

Microsoft korporatsiyasi Internet Explorer 7 RC1 ni yaratdi. Avvalgi(Beta 2) versiyasidan farqi, asosan, uning tezligi va CSS lar bilan ishlashning mukammallashganidir. Internet Explorer 7 haqida eshitmagan uchun: bu brouzer Internet Explorer ning yangi versiyasi bo`lib, juda ko`p imkoniyatlari bilan 6-versiyadan farqlanadi. Unda bir necha saytni bir oynada(turli panellarda) ochish, RSS yangiliklarni o`qish, sahifa bilan rasmlarni ham masshtabini o`zgartirish va h.k. imkoniyatlar yo`lga qo`yilgan.

Ko`chirish va to`liq ma'lumot:
http://www.microsoft.com/windows/ie/default.mspx

Qayd etilgan