Bolalar nevropatologidan so'rang...  ( 5822 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:32:07

Bismillohir rahmonir rohiym!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Savollarga vrach nevropatolog Mahbuba Abdukarimovna javob beradilar.

Qayd etilgan


JaviK  21 Avgust 2010, 15:56:31

savol: Assalomu alaykum yosh bolani necha yoshidan aqliy mehnat(o`qish, yozish, boshqa mashg`ulotlar bilan mashg`ul qilish kerak. )

Qayd etilgan


Zamiraxon  25 Avgust 2010, 19:26:05

Vaalaykum assalom.
"Bolani aqliy mehnatga 3yoshdan boshlab qiziqtirish kerak. Agar lekin bolani özida qiziqish bölmasa majburlash kerak emas. Har xil ertak kitoblarni ota-ona bir yoshidan öqib berishlari lozim".

Qayd etilgan


yoqutxon  04 Sentyabr 2010, 21:26:24

Assalom aleykum. Ayrim bolalarda 1yoshdan to 3 yoshgacha bo'lgan davrda injiqlik,yig'loqillik paydo bo'ladi. Ota- onalar bolalar nevropotologiga murojat qilishganda bolajonlarga vinposetin,amitriptilin kabi nerv sistemasi va miyaga kuchli ta'sir etuvchi dori preparatlarini yozib berishadi.Shu to'g'rimi? Yoki bundan boshqa muolaja turlari ham mavjudmi? Iltimos shu haqida malimot bersangiz.

Qayd etilgan