SALOMATLIK BOLALIKDAN  ( 8309 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  13 Aprel 2010, 19:41:10

Farzand ko'rib uni tarbiyalash - bu katta baxt.

Xamma vaqt, barcha xalqlar orasida bolani o'stirish, unga tarbiya berish onaning zimmasida bo'lgan. Salomatlik bolalikdan, to'grirogi xali tugilmasidan - ona qornida shakllanib boradi. Tug'ilgan bola qanday inson bo'lib yetishadi? Inson bo'la oladimi? Jamiyatda qanday o'rin tutadi va boshqa savollarga ijobiy javob olish uchun javobgarlik ma`suliyati ko'proq onaga yuklatilgan. Onaning emotsional xolati, uning sog'ligi, jismoniy, ruxiy axvoli, oziqlanishi, xordiq chiqarishi embrionni rivojlanishiga ta`sir ko'rsatadi. Tug'ilayotgan bolalar orasida turli kasalliklar ko'payib boraetganini xisobiga olib turmush qurmoqchi bo'lgan yoshlarni tibbiy ko'rikdan o'tqazilmoqda. Bu qurilayotgan oila orasida ajrimlar, anglashilmovchiliklarni oldini oladi, chunki turli patalogiya bo'lishi mumkin bo'lgan irsiy kasalliklarni aniqlab yoshlarga kerakli maslaxatlar beriladi.
    Farzandning soglom, baquvvat bo'lib o'sishi  uchun, tayyorgarlik, mehnat kerak bo'ladi. Xomila paydo bo'layotgandagi ota-onaning ruxiy xolati, sog'ligi juda muxim rol o'ynaydi. Ota-onalardan biri chekadigan bo'lsa tug'iladigan bolaning sogligi zaiflashadi. Lekin xomilaning birinchi dushmani bu alkogol. Uni ta`siri nafaqat onaga(chunki ichadigan erkakdan xomilador bo'lgan ayolda surunkali ko'ngil aynash, toksikoz, tanada suv yigilishi, qon bosimining yuqori bo'lishi, buyrak ishini buzilishi, tomir tortishishlar va tug'ilish jarayonining qiyinligi kuzatiladi), balki bolani rivojlanishida fiziologik o'zgarishlar kutiladi. Ular ko'pincha distrofiya rivojlanib nerv sistemasining funksional buzilishi, immunitetni pasitligi, ovqat xazm qilish sistemasining buzilishi, nafas yo'llarini siqilishi kuzatilgan. Lekin eng ayanchlisi yillar o'tib bolaning aqlan zaif ekanligi aniklanganda bo'ladi. Miyaning rivojlanmaganligi, psixik rivojlanishning orqada qolishi, aqlan zaiflik ,bularning xammasi otaning spirtli ichimliklarga qiziqishi oqibatidir. Xamma vaqt xam oqibatlar bunchalik daxshatli bo'lmaydi, lekin asoratlarini bolani dangasaligida, uni tez charchab kolishida, inertligida, yomon uqishida, bo'yini pastligi, nimjonligida ko'rishingiz mumkin. Ichkilikka berilgan otaning o'gli xam ichkilikboz bo'lishi kuzatilgan. Shuning uchun qadimdan ichkilik ichadigan odamning farzandiga qizlarini turmushga bermaslikka xarakat qilishgan. Lekin yanada ayanchlisi ayol kishi xam ichkilikka berilsa. U o'zi bilmagan xolda o'zini farzandsizlikka xukm qiladi yoki uning farzandi mayib, majrux tug'iladi. Albatta xar doim xam bola axmoq yoki majrux tugilavermaydi, lekin geniy yoki aqli o'tkir bulib tug'ilishi mumkin bo'lgan bola o'rta meyor yoki bir muncha zaif tug'ilsa alam qilmaydimi?

Qayd etilgan


JaviK  13 Aprel 2010, 19:42:31

Xomilador ayol toza xavodan nafas olib tursa, kayfiyati chog', yaxshi emotsional xolatda bo'lsa, chiroyli manzara tomosha qilsa, yoqimli kuy eshitsa farzandi soglom, qobiliyatli, chiroyli, mexribon bo'lib o'sadi. U ota-onasi uni yaxshi ko'rishlarini ona qornida sezadi va tug'ilib ulg'aygach bu mexrni qaytaradi. Farzaningizning xar bir quvonchiga sherik bo'lib xar bir tashvishini o'zingizniki bilib unga malxam bo'lsangiz, uni kundalik xayotidan xabardor bo'lib, bir ogiz shirin so'z va maslaxatingizni ayamasangiz u yomon inson bo'lib yetishmaydi. Oiladagi muntazam urish janjallar, er-xotin bir-birini tushunmasligi farzandni siqilib o'sishiga, o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qolib borishiga, asabiylashib turli kasallarga duchor bulishiga sabab bo'ladi.
      Onasi qattiqqo'l bo'lgan o'gil bolalar ko'pincha qizlarni yoqtirmas, ularga muomalasi yomon, katta bo'lganda uylanishdan bosh tortar, yoki tez ajralib ketar ekan.
Shunday qilib farzandni dunyoga keltirib, uni boqish, kiyintirish bilan kifoyalanib qolmasdan uni dunyoqarashini xam shakllantirib borishimiz kerak, ular bilan ko'proq suxbatlashib turishimiz o'zimizning xam bilimlarimizni ortib borishiga yordam beradi. Kim biladi, yana bir Eeynshteyn yoki Motsart yonimizdadir.

Qayd etilgan


Billur  03 Sentyabr 2010, 10:32:26

Bola salomatligida kalsiyning o'rni naqadar beqiyos ekanligini barchamiz bilamiz. O'zim ham farzandizmga kalsiyga boy bo'lgan ovqatlar vitaminlar berishga harakat qilaman. Farzandim 1yoshligida shifokoriga ko'rikka borganimizda undan qanday qo'shimcha vitaminlar berib tursam bo'ladi deb so'radim. Shifokor kuz,qish oylarida (bu fasllarda quyosh nuri kam tushishi sababli )tug'ilgan bolalar D vitaminiga ko'proq ehtiyoj sezishlarini auytdi. Va "Kalsiy D3 Nikomed" vitaminidan berib turing ziyoni yoq, o'zingiz ham ichsangiz bo'ladi dedi. Shundan keyin qizimga 1 yoshu 1 oyligida, 1,5 yoshligida, berib turdim. Lekin yaqinda 3-4 oylar oldin anig'i esimda yo'q,qaerdadir o'qib qoldim/ "Kalsiy D3 Nikomed" ni 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga berish mumkin emas deb. lekin ko'pchilik shifokorlar mumkin deyishdi. Vitaminning instruksiyasida 3 yoshgacha mumkin emas degan joyini ko'rmagandim. Balki hozir o'zgartirish kiritildimikan?

Qayd etilgan