Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 83520 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Ansora  22 Aprel 2010, 13:34:26

Ammo shuni ham eslatish lozimki, insonning ruhiy Kechinmalari dunyosining murakkab hodisalaridin biri bo’lmish tush ko’rish ko’p hollarda real hodisa-voqealardan olingan taassurotlarning o’ziga xos tarzida in’ikosi sifatida tush ko’rgan ma’lum bir maqsad sari intilishga bo’lgan e’tiqodini kuchaytiradi va uni ruhlantiradi. Shu jihatdan keltirilgan tushni Boburning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan chin e’tiqodi natijasi sifatida qaralsa bo’ladi. Umuman, e’tiqodli bo’lish yaxshi fazilat, e’tiqodsizlikdan saqlasin odamni ham, olamni ham. Ha-da, ana shu e’tiqod Bobur hayotini xavfdan saqlab qolganini 908 h. — 1502—1503 yilda Karnon qishlog’ida sodir bo’lgan voqea tasviridan ham bilib olish mumkin. Qizig’i shundaki, yakka qolgan Bobur Xoja Ubaydullohning nabirasini tushida ko’rganini shunday hikoya qiladi: «O’zumni o’lumga qaror berdim. O’shal bog’da bir suv oqib keladur edi, vuzu qildim, ikki rak’at namoz o’qudum, boshimni munojotga qo’yub, tilak tilaydur edimkim, ko’zum uyquga boribdur. Ko’rarmenkim, Xoja Ya’qub, Xoja Yahyoning o’g’li, hazrati Xoja Ubaydullohning nabiralari, ro’baro’yimda ablaq ot minib, ko’p jamoati ablaqsavor bila keldilar. Dedilarkim: g’am yemangiz, Xoja Ahror meni sizga yubordilar. Dedilarkim: «Biz (Xoja Ahror) alarg’a (Boburga) istionat (yordam, qo’llab-quvvatlash) Tegurub, podshohlig’ masnadig’a o’lturg’uzubbiz. Har yerda mushkul ish tushsa, bizni nazag’ra Keltirib, yod etsun, biz anda hozir bo’lurmiz». Holo ushbu soat fath va nusrat sizning soridur. Bosh ko’taring!» («Boburnoma», 175-bet). Unga yordamga kelgan do’sti Qutlug’ Muhammad barlos ham shunday deydi: «Men tush ko’rdimkim, Xoja Ubaydulloh dedilarkim: «Bobur podshoh Karnon degan kenttadur, borib ani olib keling, podshohlik masnadi anga taalluq bo’lubtur» («Boburnoma», 175-bet).
Ehtimolki, bunday tasvirlar Bobur qo’llagan badiiy tasvir usulidir, bu usul Alisher Navoiyda ham mavlono Lutfiyda ham va boshqa shoirlarda ham uchraydi, bas shunday ekan, uni hayotiy va real deb qabul qilish mumkin-mi, deguvchilar ham bo’lar. Biz bunday fikrlarga to’la-to’kis qo’shilamiz. Shu bilan birga qaysi shaklda bo’lishdan qat’iy nazar bu tasvirlarda Boburning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan samimiy ixlosi aks ettirilgan. Bu esa muhimdir.
Ana shu ixlos tufayli Bobur o’z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatida Xoja Ubaydulloh fazilatlari va aytganlariga amal qilishga harakat qildi. Xoja Ubaydulloh fuqaro g’amxo’ri bo’lish uchun hamisha kurashdi. Og’irlikni o’ziga olib bo’lsa-da, boshqalarga foyda va rohat Keltirishni odat qildiki, bulardan birini Bobur Hirotdan Qobulga borayotganda amalga oshirganini ko’rib o’tgan edik.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:34:35

Bobur davlat ishlarini bajarishda ham Xoja Ubaydullohning tajribalaridan foydalanadi. Jumladan, Hindiston fathi bilan bog’liq voqealar tasvirida shunday yozilgan: «Burunroq niyat qilib edimkim, Rano Sango kofirg’a zafar topsam, tamg’ani musulmonlarga bag’ishlay. Tavba asnosida Darvesh Muhammad Sorbon bila Shayx Zayn tamg’a baxshishini yod berdilar. Dedim kim, yaxshi yod berdingiz iligimizdagi viloyatlarda musulmonlarning tamg’asi baxshish bo’ldi («Boburnoma», 388-bet). Haqiqatan ham Bobur 1526 yilning 7 Fevralida bir farmon chiqardiki, unda, birinchidan, ichkilik qat’iyan man’ qilinadi, ikkinchidan esa Bobur hukmi ostidagi yerlarda yashovchilardan tamg’a solig’ini olish bekor qilinadi («Boburnoma», farmonning asl matni 383—385 betlar, uning tarjimasi 467—469-betlar).
Yuqorida Xoja Ubaydulloh haqida so’z yuritilganda, uning 1460 yilda Hirotga, Sulton Abu Sa’id mirzo huzuriga kelib, ham o’zi ham Samarqandu Buxorodagilar uchun tamg’a solig’ini Bekor qildirgani va bu faoliyatning ahamiyati qayd qilingan edi. Bas shunday ekan, Boburning ham tamg’a solig’ini bekor qilg’uvchi farmoni Xoja Ubaydullohning foydali faoliyatidan ilhomlanish natijasi sifatida maydonga kelgani jihatidan Boburning hazrati Xojaga bo’lgan e’tiqodini yana bir karra tasdiqlaydi. Shuning uchun Hindistonda boburiylar xonadoniga asos solgan Bobur hazrati Xoja Ubaydulloh faoliyati va asarlariga ko’proq e’tibor beradi va Ta’kidlanganidek, uning «Volidiya» nomli nasriy asarini turkiy tilda She’riy manzumaga aylantiradi. Xuddi ana shu ishning qanday bajarilgani haqida 935 hijriy — 1528 yil voqealari bayonida Bobur shunday yozadi: «Seshanba kechasi safar oyining yigirma yettisida hazrati Ubaydullohning «Volidiya» risolasini nazm qilmoq xotirimga kechti. Hazratning ruhiga iltijo qilib, ko’nglimga kechurdumki, agar bu manzum ul hazratning maqbuli bulur, xud Nechukkim sohibi «Qasidai burda»ning qasidasi maqbul tushub, o’zi afrij marazidin xalos bo’ldi, Men dog’i bu orizadin qutulub, nazmimniig qabuliga dalele bo’lg’uvsidur. Ushbu niyat bila ramali musaddasi mahbuni aruz va zarb gohye maxbuni mahzuf vaznidakim, mavlono Abdurahmon Jomiyning «Sabha»si bul vaznadur, risola nazmiga shuru’ qildim ham o’shal kecha o’n uch bayt aytildi. Iltizom yo’sunluq kunda o’n baytdin kamrak aytilmas edi, g’olibo bir kun tark bo’ldi. O’tgan yil va balki har mahal mundoq orizakim (kasallik) bo’ldi, aqali bir oy-qirq kunga tortti. Tengri inoyati bila, hazrat (Xoja Ubaydulloh)ning himmatidin payshanba kuni oyning yigirma to’qqizida andake afsurda bo’ldi, o’zga bu orizadin xalos bo’ldum. Shanbe kuni rabe’ ul-avval oyining sekkizida risola so’zlarining nazm qilmoq ixtimomiga yetti. Bir kun ellik ikki bayt aytildi («Boburnoma», 418-bet).

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:34:46

Bu e’tirof ko’p masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi: birinchidan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asariga murojaat qilib, uni She’riy tarzda o’zbek tiliga tarjima qilish sabablari ochiladi. Boburning ta’kidiga ko’ra, shu yili u qattiq isitma kasaliga uchrab, undan xalos bo’lish maqsadida Xoja Ubaydulloh ruhidan madad istagan va buning uchun u shu «Volidiya» risolasini o’zbekcha manzumaga aylantirish vositasida unga (madadga) erishishga harakat qilgan. Bunda Boburning hayoti va faoliyati davomida qiyinchiliklarga duchor bo’lganda hamisha Xoja Ubaydulloh ruhidan madad istab, unga erishgani masalasi yana bir karra ta’kidlanadi. Chunki bu asarni tarjima qila boshlagach, kasalligi ham tuzala boradi va undan qutuladi. Bu esa e’tiqod va samimiyat natijasi «ixlosu-xalos»ning yorqin namunasidir.
Ikkinchidan, o’zining qilayotgan ishini «Qasidai burda» muallifining sarguzashtiga, ya’ni qasida muallifi ishining maqbul tushib, uning kasallikdan qutulganiga o’xshatadi. «Qasidai burda»ning muallifi kim va uning Bobur sarguzashtiga o’xshashligi nimadan iborat.
Ma’lumki, Melodiy VII va hijriy I asrda arab adabiyoti tarixida Kaab ibn Zuhayr (vaf. 42 h. — 662 m.) degan shoir o’tgan. U avvallari islom dinining payg’ambari Muhammad Rasulullohni e’tirof etmagan. Hatto u bilan urushib, yarador bo’lib kasallangan. Shunda akasi maslahati bilan Muhammad payg’ambar huzuriga uni e’tirof etgan holda boradi-da, «Suaod meni tashlab ketdi» deb boshlanadigan qasidasini Muhammadga taqdim etadi. Unda Muhammad Rasulullohning maqtovi ham bor edi. Bu qasida Muhammad payg’ambarga ma’qul tushib, shoirni o’z himoyasiga oladi va o’zining burdasini — to’nini unga to’hfa qiladi. Shundan so’ng Kaab ibn Zuhayr kasallikdan qutuladi va uning qasidasi «Qasidai burda» nomi bilan butun musulmon olamida ma’lum va mashhur bo’ladi (qarang: Xanna al-Fahuri. Istoriya arabskoy literaturi. G. I, izd. inost. lit-ri. Moskva, 1959, str. 176 i daleye). Bundan ko’rinadiki, ixlos qo’yish natijasida kasallikdan qutulish mavzusi Bobur va Kaab ibn Zuhayr sarguzashtlaridagi o’xshashlikni yuzaga keltirgan. Shu bilan birga ikki muallif ham asar yozib, o’z maqsadiga erishgan: birida Muhammad payg’ambar tufayli, ikkinchisida esa Xoja Ubaydulloh ruhi vositasida.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:35:09

Uchinchidan esa, bu ishora Boburning arab adabiyoti tarixidan juda yaxshi xabardorligini namoyish etadi. Agar diqqat qilinsa Bobur bundan tashqari Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»iga kiruvchi «Sabhat ul-abror» dostonini ham tilga olib, «Volidiya» manzumasi uning vaznida, ya’ni ramali musaddasi maxbunda yaratilganini ham uqtiradi. Bunda esa fors-tojik adabiyotining zabardast namoyandasi Abdurahmon Jomiy asarlaridan xabardorgina emas, balki ularning shakliy-badiiy xususiyatlarini ham yaxshi bilguvchi ekaniga ishora qilmoqda. Bas shunday ekan, Boburning yuqoridagi ta’kidida uning ham arab adabiyoti, ham fors-tojik adabiyotining yorqin obidalaridan yaxshigina xabardorligi ko’zga tashlanadi. «Volidiya»ning o’zbekcha manzumaligi uqtirilar ekan, unda Bobur turkiy adabiyot va badiiy ijodning donishmandlaridan va mohir namoyandasi ekaniga go’yo ishora ham qilmoqda. Bu sifatlar ibratlidir. Chunki Bobur badiiy ijod bilan shug’ullanuvchi shaxsning dunyoqarashi ham, bilimi ham keng bo’lishi lozimligini uqtirganday bo’ladi.
To’rtinchidan va eng muhimi yana shundan iboratki, yuqorida Keltirilgan parcha - e’tirofda «Volidiya» manzumasining yaratilish jarayoni, shoir mehnati va uning tarixi juda ajoyib tarzda ko’rsatilgan. Jumladan, Bobur 935 h. yili safar oyining yigirma yettinchi kuni - seshanBe kechasida, ya’ni 1528 yil noyabr oyining 10 kunida «Volidiya» risolasini turkiy tilga nazm tarzida o’girishga kirishib, bu ishni 935 h. yil rabe’ ul-avval oyining 8 kuni, ya’ni 1528 yil noyabr, oyining 21 kuni - shanbada nihoyasiga yetkazgan. Demak, risolani manzumaga aylantirish uchun hammasi bulib 10—12 kun sarflangan, xolos. Orada esa bir kun dam olgan ko’rinadi. Bundan tashqari, u bu ishga kirishgan kechasi 13 baytni keyinchalik esa kunida o’n bayt va, hatto, bir kun ellik ikki bayt yozganini ham uqtiradi. Bu e’tirofning muhim tomoni shundaki, asarning yozilish tarixi ishning bajarilishi davomida qariyb har kuni yozilgan baytlar soni aniq ko’rsatilgan. Bu esa Boburning badiiy ijod bilan muntazam shug’ullanganidan dalolat beradi. Hatto ilhomi jo’sh urganda bir kunda ellik ikki bayt — bir yuz to’rt misra yozganini ham alohida ta’kidlaydi (Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, afg’onistonlik Shafiqa Yorqin Bobur devonini nashrga tayyorlab, uning kirish qismida «Volidiya» haqida ham so’z yuritadi-da, Boburning «bir kun ellik ikki bayt aytildi» jumlasini «har ro’z panchohu du bayt gufta shud», ya’ni «har kun ellik ikki bayt aytildi» mazmunida tarjima qilib, asliyatning mazmuniga putur yetkazgan). Bobur tomonidan bu e’tiroflarning qayd qilingani nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning badiiy ijod bilan shug’ullanish maromi va natijasini o’rganishda juda katta yordam beradi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:35:46

Endi «Volidiya» manzumasi haqida qisqacha to’xtalib o’taylik. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, Bobur XVI asrning 20-yillarida turli ilmiy-adabiyotshunoslik, tarix, jo’g’rofiya, o’simliklar dunyosi, o’lkalardagi rasm odatlarni o’rganish bilan bir qatorda islom huquqshunosligi — fiqh va tasavvuf bilan ham mashg’ul bo’ldi. Natijada 927 h. — 1520—1521 yillarda islom huquqshunosligi asoslari haqida o’g’illari Humoyun va Komron mirzolarga bag’ishlab «Mubayyin» She’riy asarini yozadiki, u «Fiqhi Boburiy» va «Fiqhi mubayyin» nomlari bilan ham mashhurdir. Shundan sakkiz yil o’tgach, 935 h. — 1528 yilda esa tasavvuf va odob-axloqqa doir «Volidiya» asariga murojaat qilib, uni o’zbekcha manzumaga aylantiradi.
Boburning «Volidiya» manzumasi «Hamd», «Rasulullohning na’ti», «Risola nazmining sababi», «Risola shuru’i», «Risola xotimasi» boblaridan iborat bo’lib, ikki yuzu qirq uch bayt - to’rt yuzu sakson olti misradan tashkil topgan.
Manzuma ikki qo’lyozma nusxada bizgacha yetib kelgan bo’lib, biri asar yozilgan 935 h. — 1528 yilda ko’chirilgan bo’lib, Hindistonning milliy kutubxonasi (Rampur)da saqlanadi. Shu nusxalar asosida u bir Necha marta nashr ettirildi. Jumladan, olima Sabohat Azimjonova uni «Hind Devoni» tarkibida faksimil tarzda nashr ettirgan edi (Toshkent, «Fan», 1966). «Volidiya»ning hozircha so’nggi nashri 1983 yilda Kobulda nashr ettirilgan Bobur Devoni tarkibida bo’lib, biz shu nashrdan foydalandik. Manzuma quyidagi bayt bilan boshlanadi:

Haq taologa deyin hamdu sipos,
Kunhiga yetmas aning vahmu qiyos.
Tugallanuvchi bayt quyidagicha:
Bil tugatganda bu so’z be kamu besh,
Yil to’qqiz yuz edi(yu) o’ttiz besh.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:37:39

Manzumaning 14 baytdan iborat «Risola nazmining sababi» bobida uning yozilish sabablari haqida «Boburnoma»da bayon etganlarini yanada kengaytiradi. Ma’lumki, manzumaning maydonga Kelish sababi «Boburnoma»da bayon qilinib, biz uni yuqorida ko’rib o’tgan edik. «Risola nazmining sababi» bobida esa Boburning «Volidiya»ga murojaat qilishi va uni nazmga kiritishning asosiy sababi sifatida Xoja Ubaydullohning «o’lgan ko’ngillarni tiriltirish» mazmunida aytgan so’zi asos qilib olinib, bu haqda shunday yozilgan:

Hazrati Xoja Ubaydullohdin,
Eshit ul sirri xudo ogohdin.
Xojalar xojasi ul Xoja Ubayd,
Xodimu chokari Shibliyu Junayd.
Holatu martabasi zohirdur.
Vasfi ta’rifida til qosirdur.
Otasi qilgan uchun takliFe,
Qildi onin otiga ta’life.
Tolib el tiliga mazkur durur,
«Volidiya» bila mashhurdurur,
Har so’z andaki anga men yetsam,
Yetti ko’nglumga ani nazm etsam.
Toki bo’lgay manga xushyorlig’i,
Uyquluk ko’ngluma bedorlig’i.
Yana bu nazm o’qusa har tolib,
Ko’nglining rag’bati bo’lgay g’olib.
Rag’bat aylab anga fayz yetsa,
Tiralik ko’nglidin oning ketsa.
Fayzidan Menga yetishgay asare,
Bexabar ko’nglumga bo’lgay xabare.
Yana o’quguvchilarga ul on,
Zabt qilmoqqa edi nazm oson.
Bu deganlar manga bo’ldi taqrib,
Muni nazm ettimu berdim tartib.
Boqmagil so’zlaguvchining o’ziga,
O’zini qo’y, nazar qilgil so’ziga.
So’z mening ermas, alaringdur bil,
Bilgasen meni mutarjim hosil.
(Kobul nashri, 219—220-betlar)

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:37:49

Bobur manzumaning bu bobida «Volidiya»ning nazmga solishdan asosiy maqsadi nimadan iborat ekanini ro’y-rost aytgan, ya’ni «uyqulik (g’aflatda qolgan) ko’nglimga bedorlig’» yetsin, xushyorlikda bo’lay deb: (xiralik nodonlik) ketib, ko’ngil ma’rifatdan ogoh bo’lib, buning fayzini bilsin deb tarjima qildim, demoqchi. Bu bilan nima demoqchi? Ma’lumki, bunda so’z insonning o’zligini tanish, shu vositada ma’rifati botiniyga erishmoq, ya’ni ko’ngil bilan idrok etmoq ustida bormoqda. Bu bilan Bobur Xoja Ubaydulloh «Volidiya»sining asosiy mag’zini bayon etib, u insonning ruhan, va qalban va amalan pokiza bo’lishini nazarda tutadi. Eng muhimi shuki, Xoja Ahror ham o’ziniig risolasida insonda bu sifatlar faqat ko’rinishdagina emas, balki uning botinida, butun vujudida singib Ketgan bo’lmog’i kerak deb uqtiradi. Masalan, u shunday yozadi (Bobur tarjimasida):

G’aybatu yolg’onu muziy so’zdin,
Ehtiroz et, yiroq etgil o’zdin,
Har yamon qavlni o’zdin dur et,
Tilinga bir nima mazkur et.
Bo’lgay aqvolu kaloming bu sifat,
Ko’nglungga bois nuri oniyat.
Yana mo’min ishida yorliq et,
Ilu til birla madadkorliq et,
Zohiru botin adab mar’i tut,
Beadablik ravishu rohin unut.
(Kobul nashri, 221—238-betlar)


Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:38:03

Demak, bunda ma’naviylik omili nazarda tutiladi va uni targ’ib etish maqsad qilib qo’yiladi. Shu jihatdan qaraganda, Bobur ham ana shu asosiy g’oyani ilg’ab olgan va u ham insonning ma’naviy jihatdan pokiza bo’lmog’i uchun zarur bo’lgan bilimdan xabarsiz qolmasin deb, asarni forsiydan o’zbek tiliga nazm bilan o’girgan. Boburning ezgu maqsadi ana shu g’oyalarni turkiygo’ylar orasiga ham targ’ib qilish, ularga tushuntirishga intilishdan iborat. Shuning uchun u «Volidiya»ni juda sodda, tushunarli, ortiqcha badiiy Bezaksiz tarjima qilgan. Ana shu oddiylikka erishib, ortiqcha badiiylikdan o’zini tiya olish ham Boburning uslubiga, badiiy mahoratiga mos keladigan maromdir, bu ham badiiy mahoratdir. Bobur tarjimasidagi «Volidiya» bilan tanishish shundan dalolat beradiki, Xoja Ubaydulloh o’zining asarida ko’ngil va uning ko’zgu ekanligi. Haq taolo unda o’zini tajalli etishi, shuning uchun ko’ngil har qanday xiralik va g’ubordan holi bo’lishi, ya’ni u ogoh va hushyor bo’lmog’i, pokiza va musaffo bo’lmog’i lozimligi, shular bilan bog’liq tarzda odob-axloq to’g’risida so’z yuritgan. Bu fikrlarning ko’pi tasavvuf va naqshbandiya tariqatining boshqa vakillari tomonidan ham bayon etilgan. Shunisi borki, ularning ko’pi inson va o’zlikni tanish, inson va koinot, inson va odob-axloq inson va uning ko’ngli mavzularini yoritganda turli tabaqa va turli davr kishilari uchun ma’qul bo’lgan fikrlarni bayon etganlar. Shuning uchun ulardagi umumbashariy mag’zlar hamisha ardoqlangan. Bu gal Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asariga ham, uning Bobur tomonidan bajarilgan turkiycha manzumasiga ham bevosita taalluqlidir.
Shunday qilib, Boburning Xoja Ubaydulloh, uning faoliyati, asarlari, xonadoni vakillari va muxlislari haqidagi mulohazalari turli shaklda bayon etilib, hamma joyda ham Boburning Xoja Ubaydullohni nihoyatda mo’’tabar siymo, ulug’ murabbiy, madadkor va hidoyat qilguvchi murshid sifatida tan olgani va e’tirof etgani, unga nisbatan dag’allik qilguvchilarga esa nafrat bilan qaragani ma’lum bo’ladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’z faoliyati, asarlari va tarjimalari bilan Xoja Ubaydullohning shuhratini Hindistonda yanada baland ko’taradi.
Shunday qilib, Xoja Ubaydullohning zamondoshlari va muxlislari bo’lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning naqshbandiya tariqatining murshidiga bo’lgan munosabatlari shundan guvohlik beradiki, XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, adabiy-ilmiy va madaniy muhitni o’rganishda naqshbandiya tariqati va uning mashhur murshidlari, jumladan, Xoja Ubaydullohning faoliyati va Merosi nazarda tutilsa, unda tarixni har tomonlama yoritish imkoni yuzaga keladi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:38:21

AHRORIYLAR FAXRI

Xoja Ubaydulloh xonadoni va Ahroriylar naslining keyingi davrlardagi taqdirini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu bilan Ahroriylar naslidan bo’lganlarning ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko’rsatganlari va o’zlaridan qanday yodgorlik qoldirganlarini aniqlash mumkin bo’ladi. Buning uchun bu xonadonga mansub shajaralarni aniqlash, ularning haqiqiyligini sinchiklab o’rganish va shundan so’ng bu masala bo’yicha so’z yuritish ko’p jihatdan asoslangan bo’lardi.
Hozircha bizga ma’lum manbalardan Ahroriylar naslidan yetishib chiqqanligi e’tirof etilgan, badiiy jarayonda o’zidan ma’lum iz qoldirgan ayrim shoirlar haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Bulardan biri Sultonxon to’ra Ado Ahroriy Samarqandiy bo’lsa, ikkinchisi Naqibxon Tug’ral Ahroriy Samarqandiydir.
Sultonxon to’ra Ado Ahroriy Samarqandiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan hamda o’z davridayoq shirin kalom, zullisonayn, sohibdevon shoir sifatida e’tirof etilgan badiiy so’z san’atkorlaridan biridir. Shunisi ham borki, Adoning shajara va tarjimai holiga doir tomonlarning hammasi ham bizga ma’lum deb bo’lmaydi. Jumladan, uning 1834 yilda Buxoroda vafot etgani aniq bo’lgani holda tug’ilgan joyi va yili noma’lum bo’lib qolmoqda, turli bahslarga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun uning shajarasi va tarjimai holini aniqlash maxsus tadqiqotni talab qiladi. Shunga qo’shimcha tarzda eslatish lozimki, ana shu tadqiqot doirasini Kengaytirib, unda Adoning shoir sifatidagi mavqyeini ham xolisona yoritish ma’qul ko’rinadi. Chunki hozirga qadar unga saroy shoiri sifatida qarash va ijodini shu nuqtai nazardan baholash mavjud.
Qayd qilinganidek, Ado tirikligi vaqtidayoq zamondoshlari tomonidan mohir so’z san’atkori sifatida e’tirof etilgan va uning shaxsiy fazilatlari ham maqtalgan edi. Masalan, 1821 yilda Qo’qon xonligining amiri Umarxon xohishi bilan «Majmuai shoiron» tazkirasi tuzilgandi. Tazkirada o’sha davrdagi qalamkashlar bilan bir qatorda, Sultonxon Adoga ham Keng o’rin berilib, uning o’zbek va tojik tillaridagi She’rlaridan namunalar, o’zi haqida esa mo’’jaz She’riy ma’lumot va maqtovlar Keltirilgan. Jumladan:

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:38:33

Ado mulki ma’nida sulton erur
Xiradmandi iqlimi Turon erur.

Tojik tilidagi maqtovda esa:
Ado dar riyozi suxan komron,
Sari xojagon, faxri ahroriyon,

— deyilgan, ya’ni Ado so’z bo’stonining komroni, xojagon tariqati — Ahroriylarning faxridir.
Bundan tashqari, «Majmuai shoiron»dagi maqtovlarda Ado nozik suxandon, xushmuomala, shirinbayon, yaxshi niyatli, shoirlikda Tengi yo’q ekanligi alohida ta’kidlanadi hamda uning shayx ul-islomligi, Xoja kalon unvoni sohibi ekani ham qayd qilinadi. Xususan, Adoning Xoja Ubaydulloh — Ahroriylar xonadoniga mansubligi takror va takror aytiladi. Bundan ko’rinadiki, Umarxon zamonidagi Qo’qon adabiy muhitida Adoning ijodi yuqori baholangan. Ado Amir Umarxon vafotidan so’ng bir muddat Samarqandda yashagan va amir Haydar taklifi bilan Buxoroga borgan. Amir Haydar uni Buxoro shayx ul-islomligi mansabiga tayinlagan. Amir Haydardan so’ng amir Nasrullo davrida ham Ado shu mansabda bo’lgan. 1834 yili, ya’ni Ado hayotining oxirlarida Buxoroga mirzo Ja’far nomi ostida mashhur sharqshunos P.I. Demezon keladi. Buxoro va Samarqand bilan tanishadi, turli odamlar bilan uchrashadi va sayohati haqida 1834 yilning o’zida hisobot yozadi. Bu hisobot Peterburgda a’lo darajada qabul qilinib, P.I. Demezon ikkinchi darajali Anna nishoni va uch ming so’m pul bilan mukofotlanadi. Hisobot keyinchalik nashr ham qilinadi. Ana shu hisobotda mirzo Ja’far — P.I. Demezonning Ado bilan bir necha marta uchrashib, turli masalalar bo’yicha suhbatlashgani ham alohida qayd qilingan. Qizig’i shundaki, Sharq xalqlari tillari, urf-odati, adabiyoti, tarixini yaxshi bilgan P.I. Demezon Ado bilan yakkama-yakka suhbat qiladi, uyida Mehmon bo’ladi va natijada yevropalik sharqshunos olim Ado va uning xususiyatlari haqida boshqa manbalarda uchramaydigan jihatlarni yozib qoldiradi. Avvalo, Ado P.I. DeMezonda yaxshi taassurot qoldiradi: o’z qadrini biladigan, tilyog’lamachilikni yoqtirmaydigan, to’g’ri so’zli ehtiyotkor shaxs. U Buxoro amiri atrofidagilarning xushomadgo’yliklarini ham, amirlikning ishlarini ham ma’qullamas edi, deb yozadi P.I. DeMezon. Shu bilan birga Ado ko’pgina ilmlarni o’rgangan, farang ilmiga ham qiziqadigan ekani aytilib, misni oltinga aylantirish maqsadida kimyo bilan shug’ullanishi va hatto, yashirin tarzda tajribalar ham o’tkazishini P.I.Demezonga astagina aytib, Farangiston olimlari bu masalada nima deyishlari bilan qiziqqan ekan, P.I.Demezon ham Farangistondagi ishlar haqida gapirib, Adoning tajriba o’tkazishlaridan bir natija chiqmasligini ham nozik tarzda uqtirgan ekan. Ko’rinadiki, bu ma’lumotlar boshqa manbalarda qayd qilingan emas. Shuning uchun ular yangi bo’lib, Ado faoliyatinint bizga noma’lum tomonlarini yoritishda xizmat qiladi.

Qayd etilgan