Muallif Mavzu: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 55321 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #135 : 22 Aprel 2010, 13:42:24 »
Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hazratlari ana shu jarayonda, ana shu muhit hukmron bo’lgan diyorimizda yashab faoliyat ko’rsatganlar. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy tarjimai hollari, qoldirgan meroslariga oid ma’lumotlar uncha ko’p emas. «Silsilat ul-orifin»ning muallifi mavlono Muhammad Qozining eslatishicha, bu hazratga bag’ishlab, «Maqomoti shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol» risolasi yozilgan ekan. Taxminimizcha, bu risola – maqomot Xoja Ahrori Valining kutubxonalarida bo’lib, Muhammad Qozi o’zining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy haqida ma’lumot berayotganda ana shu kitobdan bevosita foydalangan. Buni quyidagicha yozganidan ham bilish mumkin: «Dar «Maqomoti shayx Abu Bakri Qaffoli» mazkur ast, ki...», ya’ni «Shayx Abu Bakr Qaffol maqomoti»da zikr qilinganki...». Bu tarzda qat’iy ishonch bilan yozish faqat kitobdan shaxsan foydalanish vaqtidagina sodir bo’ladi.
«Silsilat ul-orifin»da bu hazratning maqomotlaridan keltirilgan ma’lumotlarning ayrimlaridan «Rashahot»ning muallifi ham foydalangan. Shunisi taassufliki, «Maqomoti shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli»ning Xoja Ahror Vali kutubxonalarida saqlanib, mavlono Muhammad Qozi foydalangan nusxasi va yoki boshqa nusxalari haqida hozircha ma’lumotlarga duch kelmaganimiz sababli maqomotning muallifi, yozilgan yili, joyi, mazmuni to’g’risida biror-bir so’z Deyishdan saqlanamiz. Bu tabarruk zotning tarjimai hollari, faoliyatlari haqida quyidagilarni muhtaram muxlislarga manzur etish ma’qul ko’rindi.
Biz so’z yuritayotgan siymoning asl nomlari Muhammad bo’lib, otalari Ali va bobolari Ibrohim deb atalganlar. Hazratning Abu Bakr deb aytilishi bu u kishining kuniyati – sharafli nomi (Bakrning otasi) bo’lib, «shayx» esa islomiyat sohasida ustod ekanliklarining e’tirofi tarzida ishlatilgan. Qaffol – qulf yasovchilik kasbiga aloqadorlikni bildiradi, ya’ni hazratning ota-bobolari hunarmand bo’lib, qulfsozlik bilan shug’ullanganlar. «Shoshiy» so’zi hazratning Shosh – Toshkentdan ekanligini ta’kidlovchi nisbadir. Shunday qilib, bu hazratning to’liq nomlari shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiy bo’lib, qisqartirilgan holda ba’zan Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy, ba’zan esa Shayx Qaffoli Shoshiy deb yuritiladi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #136 : 22 Aprel 2010, 13:42:39 »
Hazratning ota-bobolari, onalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lmaganimizdan faqat ularning nomlarini zikr qilish bilan chegaralandik. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning tug’ilgan yillari ham hozircha aniqlanmagan bo’lsa-da, u kishi Shoshda – Toshkentda Ali Qaffoli Shoshiy oilasida dunyoga kelganlar. Muhammad o’sha davrning udumiga ko’ra boshlang’ich va madrasa ta’limini o’z vatanlarida olganlar, so’ng Buxoro, Samarqand, Bag’dod, Damashq shaharlaridagi olimu fuqaho – fiqh ilmining bilag’onlaridan ta’lim olganlar. Ma’lumki, X asrda sunniylikda islom qonunshunosligi sohasida to’rt mazhab – xanafiya, molikiya, xanbaliya va shofeiya mavjud bo’lib, ular fiqh masalalarini sharhlashda ma’lum o’ziga xosliklarga ega edilar. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy fiqhdagi bu mazhablardan shofeiyaning tarafdori sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Shu narsa aniqlanganki, shofeiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad bin Idris ash-Shofeiy (767–820 yillar) bo’lib, u fiqh ilmi uslubiyatining (usul-al fiqh) asoschisi sifatida e’tirof etilgan. U ijmo – Kengashib ma’lum bir xulosaga Kelish usulini shaxsiy mulohazaga asoslanishdan ustun qo’yardiki, bu usul – ijmoni barcha mazhab tarafdorlari ma’qullar edilar.
IX-X asrlarda shofeiya Bag’dod va Qohiradagina emas, balki Makka, Madina, Suriya, Kirmon hamda boshqa o’lkalarda keng tarqaldi. Xuddi ana shu davrda Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dod, Damashq, Makka, Madina, Shofeiya mazhabining asoschisi Abu Abdullo Shofeiy tug’ilgan G’azo shaharlariga bir Necha marta safar qilib, Shofeiyaning nazariy va amaliy masalalarini chuqur o’rgandi, o’z ona diyoriga qaytgach, shofeiyaning Movarounnahr va Turkistonda tarqalishiga asos solganlaridan hazrat shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyga nisbatan imomu asratin – zamonning imomi («imom» so’zi sunniylikda shariat mazhablari, jumladan, shofeiyaning asoschilariga nisbatan ham qo’llanilgan) hamda «Kibori ulamoi shofeiya» – shofeiyaning ulug’ ulamolaridan biri faxriy unvonlari berilgan edi. Ana shundan so’ng Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning muxlislari faqat Movarounnahr va Turkistonda emas, balki Arab mamlakatlari, jumladan, Bag’dod, G’azoda ham ko’payadi. Shuning natijasida Xoja Ahrori Valining ota tomonidan ajdodlari bo’lgan Xoja Muhammad Nomiy Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dodda bo’lganlarida ularning suhbatlariga qatnashib, u kishida Valilik fazilatlarini kuzatib, muxlis bo’lib qolib, Bag’doddan Shoshga keladilar-da, hazrat Shayxning xizmatlarida umr kechirib, shu yerda uylanib, farzand ko’rib, turg’un bo’lib qoladilar.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #137 : 22 Aprel 2010, 13:42:58 »
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuhrat qozongandan so’ng hayotlarini qanday tarzda o’tkazganlari, qanday xizmatlar qilganlari u kishi haqida yozilgan maqomotda bayon etilgan ekan. Uning ayrim lavhalari mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida keltirilgan. Biz uni mazmunan tarjima qilib, muhtaram muxlislarga manzur etmoqchimiz.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z hayotlari vaqtini uch qismga bo’lgan edilar: bir yil Rum tomonidagi G’azo shahriga (Misrda) borardilar, ul vaqtlarda Rumda islom yoyilmagan ekan; bir yil hajga borardilar va yana bir yil viloyatlarida (Shoshda) bo’lib, xalqni Haq tomon da’vat qilurdilar... Va shayx hazratlari bir necha marta Bag’dod va G’azoga borganlar...
Ayturlarkim, xazrati Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hajga borayotganlarida Bag’dodga kiribdilar. Shaharda tashvish va besarishtalik hukm surishini ko’ribdilar. Buning sababini surishtirganlarida ma’lum bo’libdiki, Rum sultoni Bag’dod podshohiga ibri tilida juda murakkab uslubda chiroyli noma yuborib, unda uch ishdan birini bajarish lozimligi qat’iy shart qilib qo’yilgan ekan. Bu shartlardan birinchisi Bag’dod podshohi Rum sultoni yuborgan noma uslubida ibri tilida javob yozishi kerakligi; ikkinchisi agar bu shartni ham bajara olmasa, unda uchinchi shart: urushga tayyor bo’lish kerakligi aytilgan ekan.
Bu noma Bag’dod podshohini qiyin ahvolga solib qo’ygan edi. Chunki bag’dodliklar rumiylar bilan urushga tayyor emasdilar hamda Rum podshohi talab qilgan miqdordagi boyliklari ham yo’q edi. Shuning uchun podshoh va saroy ahli Rum sultoni xatiga ibri tilida go’zal uslubda javob xati yozishdan boshqa choralari yo’qligini e’tirof etadilar. Shu maqsadda Bag’doddagi ulamo va fozillarni to’plab, xatga javob yozish lozimligini aytdilar, lekin bu ishni hech kim bajara olmadi. Bu hol bag’dodliklarni nihoyatda tashvishga solib qo’ygan bo’lib, buning ustiga Rum podshohining elchisi esa nomada bayon etilgan shartlarni qabul qilganlik va qilmaganlik haqidagi javobni tezlashtirishni har gal eslatardi. Bag’dodliklar juda bir qiyin ahvolda bo’lgan ayni shu vaqtda shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dodga kirib borgan edilar.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #138 : 22 Aprel 2010, 13:43:09 »
Turkistondan bir donishmandning Bag’dodga kelganligi haqidagi gap shaharga Tezda tarqaldi. Bu xabar Bag’dod podshohiga borib yetdi. Podshoh odamlarini yuborib, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyni hurmat bilan saroyga keltirdi. Podshoh shayxga ahvolni tushuntirib, maqsadini aytdi va Rum sultonining nomasini berdi. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol yetmish ikki tilni bilardilar, shuning uchun xatni o’qib chiqib, agar podshoh bir shartimga ko’nsalar, javob yozaman, dedilar. Podshoh ul shart nimadan iborat ekanligini so’radi. Shayx aytdilar: shart shundan iboratki, podshoh hazratlari amir ul-mo’minin Usmonning mushafi (Qur’oni)ni Menga bersalar, Rum sultoni nomasiga javob yozurman. Podshoh bu shartga ko’nmadi, ammo xatga javob yozishni iltimos qilaVerdi. Shayx hazratlari esa aytgan shartlari bajarilmaguncha, javob yozmasliklarini qat’iy tarzda bayon qildilar. Shunda podshoh o’zining ulamo va amirlari bilan kengashdi. Ular aytdilar: shayxning sharti bajarilmasa, nomaga javob yozmasligi ma’lum bo’ldi. Ahvol esa juda qiyin, Rum elchisi ham Tezlashtirishni talab qilayapti. Yaxshisi, shayxning shartini qabul qilib, mushafni berish ma’qul ko’rinadi. Xatga javob yozganidan so’ng esa, ko’p oltin berib mushafni qaytib olurmiz, agar yo’q desa zo’rlik bilan ham olamiz. Podshoh bu maslahatga rozi bo’lib amir ul-mo’minin Usmon Qur’onini shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolga berdi. Mushaf (Qur’on)ni olgan shayx hazratlari valoyat (valiylik) nazarlari bilan podshohning asl maqsadidan ham ogoh bo’ldilar. Shuning uchun xatga javob yozish uchun podshohdan o’n kun muhlat so’radilar. Podshoh rozilik berdi. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol mushaf (Qur’on)ni olib, podshoh huzuridan chiqdilar va tezlik bilan o’z qo’nalg’alariga yetib keldilar. Shayx hazratlari o’zlarining nihoyatda ziyrak va chaqqon shogirdlariga mushaf (Qur’on)ni topshirib, uni uchar otga mindirib, shunday Dedilar: «O’n kun ichida Tezlik bilan Tabriz shahriga yetib borishing kerak!» Shogirdlari ustodning so’zlarini eshitib, o’sha vaqtning o’zidayoq yo’lga otlandi.
Shundan so’ng shayx hazratlari Rum sultoni nomasiga ibri (qadimiy yahudiylar tili) tilida nihoyatda go’zal uslubda javob xatini yozdilar. O’n kundan keyin podshohning chopari kelib, xatga yozilgan javobni talab qildi. Shayx hazratlari Rum sultoni nomasi va unga yozilgan javob xatni podshoh huzuriga olib bordilar. Podshoh uning ulamo va amirlariga yozgan javob nomani o’qib berdilar. Bunday go’zal javob xatni eshitib hamma hayratda qoldi. Podshohning vakili javob xatini Rum elchisiga topshirdi. Elchi xatni olib Rumga Ketdi. Rum sultoni uni o’qigach, aytdi: menga shu narsa ayonki, men yuborgan nomaga bunday javob yozuvchi Bag’odda yo’q. Bas shunday ekan, uni kim yozdi?! Elchi aytdi: Sulton hazratlarining fikrlari to’g’ri. Sizning nomangizga javob yozishga bag’dodliklar ojiz qolgan edilar. Shu vaqtda Bag’dodga Turkistondan bir donishmand kelgan edi, bu javobni o’sha turkistonlik donishmand yozdi. Rum sultoni bu gapni eshitib, shundayga o’xshaydi, deb aytdi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #139 : 22 Aprel 2010, 13:43:20 »
Ul mushaf (Qur’on) Xorazmshoh Shoshni xarob qilgan zamonda Abu Muso mahallasidan g’oyib bo’lgan edi.
Bu rivoyatdan ma’lum bo’lishicha, amir ul-mo’minin Usmon hazratlarining mushaf (Qur’on)larini shayx Abu Bakr Qaffolning sodiq shogirdlari Tabrez orqali Shosh (Toshkent)ga olib kelgan va u Shoshning Abu Muso mahallasida saqlangan ekan. V-Ollo-hu a’lam bis-savob!
Shuni ham eslatish joiz ko’rinadiki, mavlono Muhammad Qozi zamonida (XV asr) Shoshning Abu Muso mahallasi ma’lum va mashhur maskanlardan bo’lsa kerak, muallif uning koordinatlarini ko’rsatmagan va nima uchun mushafning aynan shu mahallada saqlanganligini bayon etmagan. Ehtimolki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol shu mahallada yashagan bo’lishlari ham mumkin yoki bu mahallada ma’lum va mashhur jome’ masjidi bo’lib, muqaddas kitob shu yerda saqlangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shayx hazratlariga bag’ishlangan maqomotda keltirilgan yuqoridagi lavhada olib Kelingan mushaf (Qur’on)ning saqlanish mahallasi (Abu Muso) ko’rsatilgan holda uning aniq joyi (masjid yoki uy) haqida hech narsa deyilmagan. Bas shunday ekan, keyingi tadqiqotlar bu masalaga oydinlik kiritar degan umiddamiz.
Mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hayotlariga oid yana bir lavha Keltirilganki, yuqoridagi lavhada bayon etilgan voqealardan so’ng sodir bo’lganligi uning mazmunidan anglashiladi. Bu lavha quyidagichadir:
Ayturlarki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G’azo shahriga borgan yillaridan birida bag’dodliklar tarafida turib, rumliklar bilan urushganlar. Bu urushda bag’dodliklar yengilib, ko’plari, jumladan shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko’zdan kechirgan Rum sultoni hazrati shayxga qarab shunday debdi:
– Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. Rostini ayt qayerliksan?
Shayx hazratlari shunday javob beribdilar:

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #140 : 22 Aprel 2010, 13:43:33 »
– Men Shoshdan bo’laman.
Rum sultoni aytdi:
– Sen mening xatimga ibri tilida go’zal javob yozgan kishi emasmisan?
Shayx hazratlari aytdilar:
– Xuddi shunday.
Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:
– Tavrotni biz uchun arab tiliga o’girib ber! Agar bu ishni bajarsang, seni va boshqa asirlarni ozod qilib, ko’pgina in’om ham berurmen.
Shayx hazratlari aytdilar:
– Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo’lgan bo’lsa, o’sha nusxani menga keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib beraman. Ammo hozir qo’llaringizda bo’lgan Tavrot tahrir qilingan nusxadir. Bu nusxani esa Men arab tiliga tarjima qilmayman.
Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg’azab bo’ldi-da, shunday dedi:
– Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.
Shayx aytdilar:
– Nima xohlasang qil, ammo Men Tavrotning Haqdan nozil bo’lgan nusxasinigina arab tiliga tarjima qilurmen.
Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan kengashdi. Ular shayx hazratlarining shartlarini bajarishga rozilik berib, shunday dedilar:
– Mayli, Sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz undagi Muhammadga bag’ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko’z yumib o’tarmiz...
Alqissa, shayx hazratlari Olloh taolo inoyatlariga shukronalar aytib, Tavrotning nozil qilingan nusxasini Tezlik bilan arab tiliga o’girishga kirishdilar...
Tavrot arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p tuhfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qilibdi va o’z mamlakatlariga jo’natibdi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #141 : 22 Aprel 2010, 13:43:47 »
Bu lavhada ham shayx hazratlarining beqiyos xizmatlaridan hikoya qilingan. Biz Haq taolo tomonidan nozil qilingan muqaddas kitoblardan biri bo’lmish Tavrotning arab tiliga tarjimalari tarixi bilan qizikqanimizda bu ish X asrda amalga oshirilgani haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Demak, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z bilimdonliklari bilan ahl al-kitobga Beqiyos xizmat qilib, hatto mamlakatlar orasida yuz berishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish, ko’plab kishilarning asirlikdan ozod qilinishlariga sabab bo’lganlar, insonlarning bir-biriga nisbatan bo’lgan samimiy, do’stona munosabatlarini mustahkamlaganlar. Agar biz Shayx hazratlari faoliyatiga doir ikki lavhani ham diqqat bilan kuzatsak, unda yuqoridagi fikr isbotlanadi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuning bilan bir qatorda Qur’oni karim tafsiri va fiqh – qonunshunoslik sohalarida yuksak qiymatga ega bo’lgan ko’plab kitoblarni ham yozganlarki, «Shavohid ul-nubuvva», «Daloil al-qibla» kabilar aytilganlarga misol bo’la oladi. Bu va boshqa asarlari keyingi davrning mashhur allomalari Imom G’azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziylar tomonidan hurmat bilan mutolaa qilib qolinmagan, balki ular o’z asarlarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy aytgan fikrlarni ko’plab Keltirganlar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol 366 h. – 976–977 m. yilda dunyodan ko’z yumganlar va Shoshda dafn etilganlar. Bu hazrat qabrlari Shoshning belgili joylaridan bo’lib, keyinchalik uning ustiga maqbara ham bino qilinib atrofida boshqa imoratlar ham qurilgan. Bu joy Hazrati Imom yoki Hasti imom nomi bilan tabarruk qadamjo sanaladi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning maqbaralarini ko’p ziyorat qilgan Xoja Ahrori Valining hikoyat qilishlaricha, maqbaraning eshigida quyidagi qit’a yozib qo’yilgan ekan:

Doni chi hikmat ast, ki farzand az nadar,
Minnat nadorad, ar chi didash ro’zu shab ato.
Ya’ne dar in jahon ki mahalli xavodis ast,
Dar mehnati vujudi tu afganda maro.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #142 : 22 Aprel 2010, 13:44:23 »
Mazmuni: Bilasanmi, qanday hikmat bor ekanki, o’g’il otadan kechayu kunduz yaxshilik ko’rgan bo’lsa-yu, undan minnatdor bo’lmasa. Ya’ni bu jahon – dunyo hodisa-voqealar sodir bo’lguvchi joy ekan, ya’ni Sening vujuding azob-uqubatlari bag’riga tashladi. Bu qit’ani zohiran o’qiganda g’alati bir holga tushadi kishi. Ammo e’tibor bilan qaralsa, unda otadan ajralgan o’g’ilning bu ajralishdan rozi emasligi, bunga shukrona aytaolmasligi, balki otaning g’am-alami to’foni bag’riga tushib qolgani bayon etilgan.
Bas, shunday ekan, bu qit’aning muallifi shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning shoirtab’, ammo nomi hozircha noma’lum o’g’illari emasmikin, degan fikr ham xayoldan kechadi. Agar shunday bo’lsa, bu hol maqbaraning qurilish davri haqida ham ma’lum bir xulosaga Kelish uchun turtki bo’la olarmikan?!
Shayx hazratlari olamdan ko’z yumgan bo’lsalar-da, ammo ul kishi qoldirgan ilmiy meros juda ko’plab allomalarning kamolotga yetishuviga xizmat qilgan.
Shuning uchun uzoq mamlakatlardan bo’lgan allomalar bu hazratdan ruhoniy tarzda saboq olish maqsadida Shoshga kelganlar. Jumladan, hozir Toshkentda shayx Zayniddin Ko’yiorifon tarzida mashhur bo’lgan zot XII asr oxiri va XIII asr boshlarida yashab faoliyat ko’rsatgan, mashhur mutasavvuf shayx Shahobiddin Suhravardiyning nabiralaridan bo’lmish shayx Zayniddin Bag’doddan hazrati Xoja Ahmad Yassaviy ziyoratiga kelib, Toshkentda turg’un bo’lib qolib, tafsir va qonunshunoslik sohasidagi bilimlarini shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol ruhoniyati va asarlaridan mukammallashtirgan. «Lama’ot»da bayon etilishicha, «Shayx Zayniddin har kuni hazrat mavlono Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy mozorlariga borib, alarning ruhoniyatidan ulum kasbini qilur edilar».
Shayx Zayniddin vafot etgach, Shoshda dafn etiladi va u joy shayx Zayniddin Ko’yiorifon nomi bilan qadamjolardan biriga aylanib qoladi.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida hazrat shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning maqbaralari Shoshning tabarruk qadamjolaridan biri bo’lganidan ko’plab kishilar faqat ziyorat qilish bilan Cheklanib qolmay, balki ruhoniyatlaridan madadlar istab, maqsadlariga erishganlar. Jumladan, Xoja Ahrori Vali shunday hikoyat qiladilar: «Yoshligimda hazrat Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning nurli mazorotlariga borganimda tushimda hazrati Isoni ko’rdim.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #143 : 22 Aprel 2010, 13:44:32 »
Hazrati Iso aytdilar:
– G’am yema, biz sening tarbiyangni o’z zimmamizga olganmiz.
Tushimning ta’birini ayrimlardan so’radim. Ular aytdilar:
– Sening tushingni salomat-sog’lom bo’lgaySen, deb ta’bir qilurmiz.
Men bu ta’birdan rozi emasdim. Ularga shunday Dedim:
– Sizning ta’biringiz menga ma’qul emas. Men uni boshqacha ta’bir qilaman:
– Hazrati Iso uyg’otish – tiriltirish mazharidirlar. Qaysi bir avliyoda uyg’otish – tiriltirish sifatlari uchrasa, ularni isaviy mashrab debdurlar. Hazrati Iso mening tarbiyamni o’z ixtiyorlariga olgan ekanlar, demak, Menda o’lik qalblarni qayta uyg’otish, tiriltirish sifati namoyon bo’lgay.
Tez orada aytganlarim ikki marta tasdiqlangach, ko’pgina odamlar undan bahramand bo’ldilar».
Shunday qilib, Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’zlarining chuqur bilimlari, yetmish ikki tilni bilganlari, islomiyat konunshunosligiga qo’shgan katta hissalari bilan faqat o’z zamonalaridagina emas, balki keyingi davr ma’naviyati olamida ham alohida mavqye egallagan ulug’ siymolardan biridirlar. Shuning uchun bu zotning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini chuqur o’rganish mustaqillik mafkurasi va qonunchiligini shakllantirishga xizmat qiladigan omillardan biri bo’lib, bu hazratning Abu Mansur Motrudiy, faqeh Abu Lays Samarqandiy, Burhoniddin Marg’inoniylar qatorida e’zozlanishlariga xizmat qilajak.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #144 : 22 Aprel 2010, 13:44:49 »
XULOSA O’RNIDA

Xullas, tariximiz, madaniyatimiz, adabiyotimizning sinchiklab o’rganadigan va sharhlanadigan varaqlarigina emas, balki jild-jild kitoblari hali navbat kutmoqda.
Ana shunday kitoblar asosida biz XV asrning ikkinchi yarmida faoliyat ko’rsatgan siymolardan biri bo’lmish Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali haqida bizga ma’lum bo’lgan mulohazalarni bayon qilishga harakat qildik, bu hazratning zabardast muxlislari-yu, ahroriylar xonadonining ayrim vakillari haqida qisqacha to’xtaldik. O’ylaymanki, bu hali ishning boshlanishi. Negaki, muhtaram o’quvchilar sezgan bo’lsalar kerak, biz naqshbandiya tariqati tarixi, nazariyasi haqida, ana shu tariqatning nazariy qarashlarini takomillashtirishda Xoja Ubaydullohning o’ziga xos hissasi haqida Deyarli so’z yuritmadik, chunki bu masala alohida tadqiqotning mavzusi bo’lib, uni yoritish kelajakdagi vazifalardan hisoblanadi. Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh haqida bizga ma’lum bo’lgan ayrim lavhalar sizga taqdim etildi. Bu lavhalar to’liq emas. Ammo rivoyatlardan ko’ra tarixiy-adabiy va ishonchli manbalarga ko’proq e’tibor berish natijasida qayd qilingan lavhalardir.
Agar bular sizga ma’qul tushsa, xursandmiz, agar fikr-mulohazalaringiz bilan bizni bahramand etsangiz, unda sizga tashakkurlar deymiz, As-salomu aleykum!


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #145 : 22 Aprel 2010, 13:45:20 »
RUHONIY SILSILA

Muhammad Rasululloh s.a.v

Abubakr Siddiq r.a.

Salmon Forsiy r.a.

Imom Qosim r.a.

Ja’far Sodiq r.a.

Boyazid Bistomiy q.s.

Abulhasan Xaraqoniy q.s.

Xoji Ali Formadiy q.s.

Xoja Yusuf Hamadoniy q.s.

Abdulholiq G’ijduvoniy q.s.

Xoja Orif Revgariy q.s.

Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy q.s.

Xoja Ali Rometaniy q.s.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #146 : 22 Aprel 2010, 13:45:54 »
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy q.s.

Sayyid Amiri Kulol q.s.

Xoja Bahouddin Naqshband q.s.

Alouddin Attor q.s.

Ya’qub Charxiy q.s.

Xoja Ubaydulloh q.s.    (Xoja Ahrori Valiy)

Xoja Muhammad Zohid q.s.

Xoja Darvesh q.s.

Xoja Imganakiy q.s.

Xoja Muhammad Boqi Billoh q.s.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #147 : 22 Aprel 2010, 13:46:24 »
Xoja Ahmad Foruq q.s. (Imomi Rabboniy)

Xoja Muhammad Said q.s.

Xoja Abdulahad q.s.

Xoja Muhammad Obid q.s.

Xoja Muhammad Musoxon q.s.

Xoja Muhammad Siddiq q.s.

Mavlono Husayn q.s.

Mavlono Mir Muhammad Ibrohim q.s.

Eshoni Valixon q.s.

Eshoni Muhiddinxon q.s.

Eshoni Qutbiddinxon q.s.

Tuzuvchi: B.Muhiddinova

 

Xoja Ubaydulloh Ahror. Tabarruk risolalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4730
So'nggi javob 24 Yanvar 2012, 12:00:41
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 53354
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 30555
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muallif LayloBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 13697
So'nggi javob 02 Oktyabr 2006, 07:19:11
muallifi Doniyor
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 100875
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz