Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 58049 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 B


Ansora  22 Aprel 2010, 13:43:33

— Men Shoshdan bo’laman.
Rum sultoni aytdi:
— Sen mening xatimga ibri tilida go’zal javob yozgan kishi emasmisan?
Shayx hazratlari aytdilar:
— Xuddi shunday.
Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:
— Tavrotni biz uchun arab tiliga o’girib ber! Agar bu ishni bajarsang, seni va boshqa asirlarni ozod qilib, ko’pgina in’om ham berurmen.
Shayx hazratlari aytdilar:
— Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo’lgan bo’lsa, o’sha nusxani menga keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib beraman. Ammo hozir qo’llaringizda bo’lgan Tavrot tahrir qilingan nusxadir. Bu nusxani esa Men arab tiliga tarjima qilmayman.
Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg’azab bo’ldi-da, shunday dedi:
— Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.
Shayx aytdilar:
— Nima xohlasang qil, ammo Men Tavrotning Haqdan nozil bo’lgan nusxasinigina arab tiliga tarjima qilurmen.
Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan kengashdi. Ular shayx hazratlarining shartlarini bajarishga rozilik berib, shunday dedilar:
— Mayli, Sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz undagi Muhammadga bag’ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko’z yumib o’tarmiz...
Alqissa, shayx hazratlari Olloh taolo inoyatlariga shukronalar aytib, Tavrotning nozil qilingan nusxasini Tezlik bilan arab tiliga o’girishga kirishdilar...
Tavrot arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p tuhfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qilibdi va o’z mamlakatlariga jo’natibdi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:43:47

Bu lavhada ham shayx hazratlarining beqiyos xizmatlaridan hikoya qilingan. Biz Haq taolo tomonidan nozil qilingan muqaddas kitoblardan biri bo’lmish Tavrotning arab tiliga tarjimalari tarixi bilan qizikqanimizda bu ish X asrda amalga oshirilgani haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Demak, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z bilimdonliklari bilan ahl al-kitobga Beqiyos xizmat qilib, hatto mamlakatlar orasida yuz berishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish, ko’plab kishilarning asirlikdan ozod qilinishlariga sabab bo’lganlar, insonlarning bir-biriga nisbatan bo’lgan samimiy, do’stona munosabatlarini mustahkamlaganlar. Agar biz Shayx hazratlari faoliyatiga doir ikki lavhani ham diqqat bilan kuzatsak, unda yuqoridagi fikr isbotlanadi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuning bilan bir qatorda Qur’oni karim tafsiri va fiqh — qonunshunoslik sohalarida yuksak qiymatga ega bo’lgan ko’plab kitoblarni ham yozganlarki, «Shavohid ul-nubuvva», «Daloil al-qibla» kabilar aytilganlarga misol bo’la oladi. Bu va boshqa asarlari keyingi davrning mashhur allomalari Imom G’azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziylar tomonidan hurmat bilan mutolaa qilib qolinmagan, balki ular o’z asarlarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy aytgan fikrlarni ko’plab Keltirganlar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol 366 h. — 976—977 m. yilda dunyodan ko’z yumganlar va Shoshda dafn etilganlar. Bu hazrat qabrlari Shoshning belgili joylaridan bo’lib, keyinchalik uning ustiga maqbara ham bino qilinib atrofida boshqa imoratlar ham qurilgan. Bu joy Hazrati Imom yoki Hasti imom nomi bilan tabarruk qadamjo sanaladi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning maqbaralarini ko’p ziyorat qilgan Xoja Ahrori Valining hikoyat qilishlaricha, maqbaraning eshigida quyidagi qit’a yozib qo’yilgan ekan:

Doni chi hikmat ast, ki farzand az nadar,
Minnat nadorad, ar chi didash ro’zu shab ato.
Ya’ne dar in jahon ki mahalli xavodis ast,
Dar mehnati vujudi tu afganda maro.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:44:23

Mazmuni: Bilasanmi, qanday hikmat bor ekanki, o’g’il otadan kechayu kunduz yaxshilik ko’rgan bo’lsa-yu, undan minnatdor bo’lmasa. Ya’ni bu jahon — dunyo hodisa-voqealar sodir bo’lguvchi joy ekan, ya’ni Sening vujuding azob-uqubatlari bag’riga tashladi. Bu qit’ani zohiran o’qiganda g’alati bir holga tushadi kishi. Ammo e’tibor bilan qaralsa, unda otadan ajralgan o’g’ilning bu ajralishdan rozi emasligi, bunga shukrona aytaolmasligi, balki otaning g’am-alami to’foni bag’riga tushib qolgani bayon etilgan.
Bas, shunday ekan, bu qit’aning muallifi shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning shoirtab’, ammo nomi hozircha noma’lum o’g’illari emasmikin, degan fikr ham xayoldan kechadi. Agar shunday bo’lsa, bu hol maqbaraning qurilish davri haqida ham ma’lum bir xulosaga Kelish uchun turtki bo’la olarmikan?!
Shayx hazratlari olamdan ko’z yumgan bo’lsalar-da, ammo ul kishi qoldirgan ilmiy meros juda ko’plab allomalarning kamolotga yetishuviga xizmat qilgan.
Shuning uchun uzoq mamlakatlardan bo’lgan allomalar bu hazratdan ruhoniy tarzda saboq olish maqsadida Shoshga kelganlar. Jumladan, hozir Toshkentda shayx Zayniddin Ko’yiorifon tarzida mashhur bo’lgan zot XII asr oxiri va XIII asr boshlarida yashab faoliyat ko’rsatgan, mashhur mutasavvuf shayx Shahobiddin Suhravardiyning nabiralaridan bo’lmish shayx Zayniddin Bag’doddan hazrati Xoja Ahmad Yassaviy ziyoratiga kelib, Toshkentda turg’un bo’lib qolib, tafsir va qonunshunoslik sohasidagi bilimlarini shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol ruhoniyati va asarlaridan mukammallashtirgan. «Lama’ot»da bayon etilishicha, «Shayx Zayniddin har kuni hazrat mavlono Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy mozorlariga borib, alarning ruhoniyatidan ulum kasbini qilur edilar».
Shayx Zayniddin vafot etgach, Shoshda dafn etiladi va u joy shayx Zayniddin Ko’yiorifon nomi bilan qadamjolardan biriga aylanib qoladi.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida hazrat shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolning maqbaralari Shoshning tabarruk qadamjolaridan biri bo’lganidan ko’plab kishilar faqat ziyorat qilish bilan Cheklanib qolmay, balki ruhoniyatlaridan madadlar istab, maqsadlariga erishganlar. Jumladan, Xoja Ahrori Vali shunday hikoyat qiladilar: «Yoshligimda hazrat Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning nurli mazorotlariga borganimda tushimda hazrati Isoni ko’rdim.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:44:32

Hazrati Iso aytdilar:
— G’am yema, biz sening tarbiyangni o’z zimmamizga olganmiz.
Tushimning ta’birini ayrimlardan so’radim. Ular aytdilar:
— Sening tushingni salomat-sog’lom bo’lgaySen, deb ta’bir qilurmiz.
Men bu ta’birdan rozi emasdim. Ularga shunday Dedim:
— Sizning ta’biringiz menga ma’qul emas. Men uni boshqacha ta’bir qilaman:
— Hazrati Iso uyg’otish — tiriltirish mazharidirlar. Qaysi bir avliyoda uyg’otish — tiriltirish sifatlari uchrasa, ularni isaviy mashrab debdurlar. Hazrati Iso mening tarbiyamni o’z ixtiyorlariga olgan ekanlar, demak, Menda o’lik qalblarni qayta uyg’otish, tiriltirish sifati namoyon bo’lgay.
Tez orada aytganlarim ikki marta tasdiqlangach, ko’pgina odamlar undan bahramand bo’ldilar».
Shunday qilib, Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’zlarining chuqur bilimlari, yetmish ikki tilni bilganlari, islomiyat konunshunosligiga qo’shgan katta hissalari bilan faqat o’z zamonalaridagina emas, balki keyingi davr ma’naviyati olamida ham alohida mavqye egallagan ulug’ siymolardan biridirlar. Shuning uchun bu zotning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini chuqur o’rganish mustaqillik mafkurasi va qonunchiligini shakllantirishga xizmat qiladigan omillardan biri bo’lib, bu hazratning Abu Mansur Motrudiy, faqeh Abu Lays Samarqandiy, Burhoniddin Marg’inoniylar qatorida e’zozlanishlariga xizmat qilajak.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:44:49

XULOSA O’RNIDA

Xullas, tariximiz, madaniyatimiz, adabiyotimizning sinchiklab o’rganadigan va sharhlanadigan varaqlarigina emas, balki jild-jild kitoblari hali navbat kutmoqda.
Ana shunday kitoblar asosida biz XV asrning ikkinchi yarmida faoliyat ko’rsatgan siymolardan biri bo’lmish Xoja Ubaydulloh — Xoja Ahrori Vali haqida bizga ma’lum bo’lgan mulohazalarni bayon qilishga harakat qildik, bu hazratning zabardast muxlislari-yu, ahroriylar xonadonining ayrim vakillari haqida qisqacha to’xtaldik. O’ylaymanki, bu hali ishning boshlanishi. Negaki, muhtaram o’quvchilar sezgan bo’lsalar kerak, biz naqshbandiya tariqati tarixi, nazariyasi haqida, ana shu tariqatning nazariy qarashlarini takomillashtirishda Xoja Ubaydullohning o’ziga xos hissasi haqida Deyarli so’z yuritmadik, chunki bu masala alohida tadqiqotning mavzusi bo’lib, uni yoritish kelajakdagi vazifalardan hisoblanadi. Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh haqida bizga ma’lum bo’lgan ayrim lavhalar sizga taqdim etildi. Bu lavhalar to’liq emas. Ammo rivoyatlardan ko’ra tarixiy-adabiy va ishonchli manbalarga ko’proq e’tibor berish natijasida qayd qilingan lavhalardir.
Agar bular sizga ma’qul tushsa, xursandmiz, agar fikr-mulohazalaringiz bilan bizni bahramand etsangiz, unda sizga tashakkurlar deymiz, As-salomu aleykum!


Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:45:20

RUHONIY SILSILA

Muhammad Rasululloh s.a.v

Abubakr Siddiq r.a.

Salmon Forsiy r.a.

Imom Qosim r.a.

Ja’far Sodiq r.a.

Boyazid Bistomiy q.s.

Abulhasan Xaraqoniy q.s.

Xoji Ali Formadiy q.s.

Xoja Yusuf Hamadoniy q.s.

Abdulholiq G’ijduvoniy q.s.

Xoja Orif Revgariy q.s.

Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy q.s.

Xoja Ali Rometaniy q.s.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:45:54

Xoja Muhammad Boboyi Samosiy q.s.

Sayyid Amiri Kulol q.s.

Xoja Bahouddin Naqshband q.s.

Alouddin Attor q.s.

Ya’qub Charxiy q.s.

Xoja Ubaydulloh q.s.    (Xoja Ahrori Valiy)

Xoja Muhammad Zohid q.s.

Xoja Darvesh q.s.

Xoja Imganakiy q.s.

Xoja Muhammad Boqi Billoh q.s.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:46:24

Xoja Ahmad Foruq q.s. (Imomi Rabboniy)

Xoja Muhammad Said q.s.

Xoja Abdulahad q.s.

Xoja Muhammad Obid q.s.

Xoja Muhammad Musoxon q.s.

Xoja Muhammad Siddiq q.s.

Mavlono Husayn q.s.

Mavlono Mir Muhammad Ibrohim q.s.

Eshoni Valixon q.s.

Eshoni Muhiddinxon q.s.

Eshoni Qutbiddinxon q.s.

Tuzuvchi: B.Muhiddinova

Qayd etilgan