Muallif Mavzu: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 56514 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #15 : 22 Aprel 2010, 12:59:37 »
Asrimiz boshida bu masalaga siyosiy nuqtai nazardan yondashish tarixiy shaxsni bir yoqlama talqin kilishga olib keldi. Xoja Ahrorga bunday yondashish 20-yillarda «xudosizlar jamiyati» tashkilotlariga juda mos keldi va uni qo’llab-quvvatlabgina qolmay, balki qora buyoqni yanada ko’proq va quyuqroq chaplashga kirishib Ketildi. A.N. BoldiRevning maqolasida bundaylarning nomlari va ishlari ko’rsatib o’tilgan. Bu yo’nalishning aks-sadosi Abdurauf Fitratning «O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi» asaridan ham eshitiladi. Jumladan, u shunday yozgan ekan: «Ulug’bek zamonida mashhur Xoja Ahror Valining himoyasi ostida Samarqandda «diniy teskarichilik» (aksil harakat) paydo bo’la boshlaydur. Shuning ta’siri bilan Ulug’bek o’lkasida bo’zg’uliklar yuz ko’rsatadir-da, Ulug’bekning o’limi bilan natijalanadir. Mana shul foJea Teskarichilikdan so’ng go’zal san’atlar markazi Samarqanddan Hirotga ko’chiriladur» («O’zbekiston adabiyoti va san’ati», haftanoma, 1991, 22 mart, 6-bet).
Bu mulohaza izohga muhtoj bo’lmasa kerak. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashish faqat ilmiy maqolalardagina emas, balki turli xildagi badiiy asarlarga ham ko’chdi. Natijada ularda Xoja Ahror faqat teskarichigina emas, balki buzg’unchi, jumladan, Ulug’bek mirzo qurdirgan rasadxonani buzib tashlash tashabbuskori sifatida ham tasvirlandi. Rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning hech qanday aloqasi yo’qligi ustozimiz akademik Vohid Abdullayev bilan hammualliflikda nashr ettirilgan «Zebi jahon rasadxonaning taqdiri» maqolamizda («Fan va turmush» jurnali, 1971, 5-son) o’sha davrga oid manbalardan olingan dalillar bilan isbotlangan edi. Chunonchi, maqolada shunday fikr aytilgandi: «Ba’zi ilmiy asarlar va maqolalarda bu ajoyib Me’morchilik obidasi rasadxonaning keyingi asrlardagi taqdiri mubohasali tarzda bayon qilinadi – guyo u Mirzo Ulug’bekning o’ldirilishi bilanoq buzdirilgan va xarobaga aylantirilgan emish. Ammo ko’pchilik tarixiy-adabiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bunday fikrning to’g’ri emasligini ko’rsatmoqda. Chunonchi, 1465–1469 yillarda, ya’ni Mirzo Ulug’bek fojiaviy halok bo’lgandan keyin oradan 15-20 yil o’tgach, Samarqandga kelib ijod etgan o’zbek shoiri Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonida Mirzo Ulug’bek va uning ilmiy faoliyati to’g’risida so’z yuritib, jumladan quyidagi mashhur misralarni yaratgan edi:

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #16 : 22 Aprel 2010, 12:59:55 »
Temurxon naslidin sulton Ulug’bek,
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek.
Aning abnoi jinsi bo’ldi barbod,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori topdi chun dast,
Ko’zi olida bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur,
Bitib bu nav’ ilmi osmoniy
Ki andin yozdi «Zichi kuragoniy».
Qiyomatga Deguncha ahli ayyom,
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.

Demak, Mirzo Ulug’bek rasadxonasining binosi XV asrning ikkinchi yarmida ham mavjud bo’lib, Alisher Navoiy Samarqandda bo’lgan vaqtlarda rasadxona o’zining salobatli ko’rinishi bilan kishilarni, jumladan, ulug’ o’zbek shoirini maftun etgan». Shundan so’ng o’sha maqolada Boburning «Boburnoma» (XV asrning ikkinchi yarmi), Hasan Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» (XVI asrning ikkinchi yarmi), Darvesh Ali Changiyning «To’hfat us-surur» (XVII asrning avvali) kabi asarlardan dalillar keltirilib, rasadxonaning XVII asrda ham mavjudligi, faqat shundan so’ng qarovsiz qolgani tufayli buzilgani ta’kidlangan. Ko’rinadiki, Mirzo Ulug’bek qurdirgan rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning hech qanday aloqasi yo’q, bu sohada u gunohkor ham emas.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #17 : 22 Aprel 2010, 13:00:06 »
Naqshbandiya va uning vakillari faoliyatiga baho berishda nihoyatda ehtiyotkorlik va xolisona yondashish haqidagi mulohazalar o’tgan asrning 40-yillardayoq bayon etilgan edi. Bu jihatdan Ye.E. bertelsning harakatlarini A.N.Boldirev samimiyat bilan eslab, o’tgan asrning 60-yillarda bu masalaga e’tiborni qaratgan E. Rustamovni ham esdan chiqarmaydi. Nihoyat o’tgan asrning 70-yillarda olima O.D.Chexovichning tashabbusi bilan nashr ettirilgan «XV–XVI asrlar Samarqand hujjatlari (Xoja Ahrorning O’rta Osiyo va Afg’onistondagi mol-mulki haqida)» asarida shu masalaga doir ko’pgina muhim hujjatlarning, jumladan, 1454 yil aprel oyining 1-kunida Xoja Ahrornnng Bayramxoja o’g’li Hasandan sotib olgan hovli vasiqasi, 1470 yil yanvar oyning 25 kunida Xoja Ahrorning Samarqandda qurdirgan madrasasi uchun vaqfga aylantirgan, ajratilgan joy va mulk vaqfnomasi, 1480, 1483, 1489 yillarda ham shunday vaqfga ajratilgan joy va mulklarning vaqfnomalari va boshqalarni ilmiy muomalaga kiritib, sharh va izohlar bilan ta’minlangani diqqatga sazovorligini uqdirmoq kerak. To’g’ri, bu asar uchun yozilgan kirish so’zida Xoja Ahror faoliyatiga baho berishda hali tub o’zgarish bo’lgani kamroq seziladi. Lekin unda qayd qilingan hujjatlarning nashri, Xoja Ahrorga bag’ishlangan manoqib va maqomotlarning tavsifi asarning qiymatini belgilaydigan fazilatlardan hisoblanadi.
Shuni eslatish lozimki, mamlakatimizda o’tgan asrning 15–70-yillari davomida Xoja Ahror haqida yuqorida ko’rilgan yo’nalish – uning faoliyatini iloji boricha qoralashga intilish davom etayotgan bir vaqtda xorijiy Sharq va G’arb mamlakatlarining allomalari tariximiz sahifalarini, jumladan, Xoja Ahror faoliyatini yoritayotganda xolisona yondashishga amal qilgan ko’rinadilar. Masalan, sharqshunoslikda katta e’tibor qozongan «Fors adabiyoti» asarining muallifi ingliz sharqshunosi Charlz Ambrouz Stori Xoja Ahrorni «yirik vali Ubaydulloh Ahror» tarzida eslatib o’tgan. Chex olimi Feliks Tauer esa «Xoja Ahror nomi bilan mashhur bo’lgan Nosiriddin Ubaydulloh ibn Mahmud Shoshiy Turkistonning shuhratli mash’ali (azizu avliyosi), naqshbandiya tariqatining shayxidir» deb baholagan. Afg’onistonning taniqli olimi Abdulxay Habibiy o’zining 1965 yili e’lon qilingan «Komiy tariqati» maqolasida Xoja Ahror haqida shunday yozgan edi: «Sa’diddin Qoshg’ariy va Xoja Ahror o’z asrining buyuk ruhoniy peshvolari edilar... Xoja Ahror o’shal zotki, Movarounnahrda shuhrat va shohona buyuklikka ega bo’lib, Abdurahmon Jomiy to’rt marta uning bilan muloqot qilishga otlangan edi. Xoja Ahror faqirlik kiyimida shohona tantana sohibi edi, uning tadbir-choralari tufayli faqirlik (faqr) shohona kiygandi.

Chu faqr andar qaboi shohi omad,
Ba tadbiri Ubaydullohy omad».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #18 : 22 Aprel 2010, 13:00:18 »
Nihoyat, Xoja Ahror va uning faoliyatiga baho berishga tub o’zgarish yasash lozimligi jihatidan o’tgan asr 80-yillarning o’rtasida professor A.N. Boldirevning maqolasi xotimasida Xoja Ahrorning faoliyatiga hamda naqshbandiya tariqatiga (umuman sufiyaga) mavjud qarashlarni xolisona qayta ko’rib chiqishga to’la asos bor, Deyilgan mazkur satrlar muallifining bu masalaga murojaat etishiga bois bo’lgan omillardan biridir. Chunki XV asr ilmiy, adabiy va madaniy hayoti bilan uzoq yillar shug’ullanib kelish, tolibi ilmlarga ma’ruza o’qish jarayonida bu masala hamma vaqt ko’ndalang bo’lib turar va uni xolisona yoritish zarurligi ehtiyoji hamma vaqt Sezilardi. Ikkinchi tomondan, bu mavzuga murojaat etishga turtki bo’lgan omillardan biri 1989 yili 91 yoshli donishmand otaxon Abdulhamid Po’lodiy menga o’z shaxsiy kutubxonalaridagi bir kitobni hadya qila turib, shunday deb aytganlari ham bo’ldi: Men bu kitobni faqat o’qish uchun taqdim etayotganim yo’q. Asosiy maqsadim va iltimosim ham shundan iboratki, shu kitobda so’z borgan zot haqida yozsangiz. Men sizning bu zot bilan qiziqib yurganingizni bilganim uchun ham shunday Deyapman.
Kitobni olar ekanman, uning nomi, kimga bag’ishlanganini bilmasdim. Muhtaram otaxonning so’zlari esa, meni kitobni Tezroq ochib ko’rishga undar va unga bo’lgan qiziqishimni orttirardi. Bu kayfiyatimni sezgan otaxon shunday Dedilar: Bu kitob Xoja Ahrori Vali haqida yozilgan «Silsilat ul-orifin»dir. Buni eshitgach, ancha tinchlandim. Chunki Xoja Ahror va u kishiga bag’ishlangan asarlar haqida bundan oldin A. Po’lodiy bilan bo’lgan ko’pgina suhbatlarda so’z borgan edi.
Kitobni mutolaa qilishga kirishdimu, A. Po’lodiyning naqadar mas’uliyatli vazifani oldimga qo’yganlarini his eta boshladim. Chunki Xoja Ahror va uning faoliyati haqidagi qarama-qarshi tushunchalar va nuqtai nazarlar mavjudligini, eng donishmand olimu adiblarning bu mavzuga qo’l urib turli xildagi asarlarni yozganliklarini ham bilardim. Ana shunda hazrat Mir Alisher Navoiyning «emas oson bu maydon ichra turmoq» degan misralari xayolimdan ham o’tdi. Ha, bu sohada mo’’tabar Xoja Ahror hazratlari ruhlaridan ijozat so’ramoq va madad istamoq niyatida ul zotning nurli maqbaralarini ziyorat qildim, so’ngra Buxoroi sharifga borib, hazrat Bahovuddin Naqshband oromgohlarini tavof etdim. Nihoyat Samarqand viloyati ro’znomasi «Ovozi Samarqand» muharririyatining topshiruviga ko’ra bu mavzuda bir maqola yozishga kirishim. Ammo aytiladigan gaplar bir maqola hajmiga sig’madi, u Kengayib Ketdi. Shunday bo’lsa-da, ro’znoma muharririyati uni 1990 yilning sentyabr-Dekabr oylari davomida o’n to’qqiz sonida e’lon qildi. Bu maqola jumhuriyat ro’znomasi «Ovozi tojik» («Haqiqati O’zBekiston») muharririyatining diqqatini ham o’ziga tortgan ekan, maqolaning tahrir qilingan nusxasini, 1991 yil 3–10 yanvar sonlarida e’lon qildi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #19 : 22 Aprel 2010, 13:00:58 »
Natijada maqola bilan tanishuv doirasi Kengaydi. Faqat viloyat, Respublika mushtariylarigina emas, balki qardosh Respublikalardagi muxlislar ham uning bilan tanishdilar. Eng muhimi, maqola haqida ularning taassurotlari, fikri, ya’ni uni davom ettirib, risola holiga Keltirish kabi takliflar Menga ma’lum bo’ldi. Bu esa mening uchun muhim bir dalda edi. Yana bir muhim tomoni va meni bu ishga dadillashtirgan omil «Muloqot» oynomasi muharririyatining shu mavzuda maqola yozishni taklif qilgani bo’ldi. Bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, maqolani yozdim va oynomaning 1991 yil 3-4 sonlarida nashr ettirildi. Shuni eslatish lozimki, «Ovozi Samarqand» hamda «Ovozi tojik» («Haqiqati O’zBekiston») ro’znomalarida bosilgan maqola tojik tilida yozilgan edi. «Muloqot» oynomasi uchun esa, o’zbek tilida yozildi. Demak, ikki tilda so’zlashuvchi muxlislar bu ishni ma’qullagan ekanlar, endi risolani yozish mumkinligiga qat’iy ishonch hosil qilindi. Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, keyingi vaqtda Xoja Ahror haqida respublikamiz matbuotida, jumladan, Samarqand viloyat ro’znomalari «Zarafshon» («Lenin yo’li»)da M.Mahmudov (1990 y. avgust), X.Barakayev (1990 y. 29-30 noyabr, 1 Dekabr) «Ovozi Samarqand»da X.Bahromov (1990 y. 30 oktyabr), «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftanomasida Ye.berezikov (1990 y. 25 yanvar), «Guliston» oynomasida K.Kattayev (1991 y. 3-son), «Sirli olam» oynomasida M.Mahmudov (1991 y. 3-son)larning maqolalari ham nashr ettirildi. Turli xarakterdagi bu maqolalardagi umumiy ruh Xoja Ahrorga xolisona baho berishdan iboratdir.
Shunday qilib, muhtaram o’quvchilar diqqatiga taqdim etilayotgan ushbu risola maydonga keldi. Ammo u kamchiliklardan xoli emas. Chunki biz Xoja Ahror haqidagi hamma manbalarni ko’rib chiqdik, Deya olmaymiz. Shunday bo’lsada, jur’at etdik va buning uchun kaminani ma’zur tutgaysiz. Maqsadimiz bu mo’’tabar zot haqida ozmi-ko’pmi ma’lumot berish va uni tanishga da’vat etishdan iboratdir, xolos. Vallohu a’lam bissavob!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #20 : 22 Aprel 2010, 13:01:28 »
XOJA AHRORI VALINING DAVRI VA TARJIMAI HOLI

Xoja Ahror tariximizning XV asrida Movarounnahr va Xurosonda Temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda yashadi. Bu davr ilmning turli soha mutaxassislari – tarixchi, faylasuf, san’atshunos, iqtisodchi, adabiyotshunos va tilshunos olimlar tomonidan, garchi davrning hamma masalalari to’liq va xolisona yoritilgan deb bo’lmasa-da, o’rganilgan. Xoja Ahror Amir Temur umrining so’ngida dunyoga kelib, uning hayoti Movarounnahrda Xalil sulton, Mirzo Ulug’bek, Abdullatif, Mirzo Abdullo, Sulton Abu Sa’id, Sulton Ahmad, Xurosonda esa Shohrux, Abulqosim Bobur, Sulton Abu Sa’id va Husayn Boyqaro hukmronliklari davriga to’g’ri keladi. Bu davrda Samarqand markazligida Movarounnahrda ham, Hirot markazligidagi Xurosonda ham ma’lum vaqtda toju taxt uchun kurashlar davom etgan bo’lsa-da, ilm va madaniyatning, hunarmandchilik va tijoratning rivojlangan paytiga mos keladi. Xuddi shu davrda jahon ilmi va madaniyati xazinasiga katta hissa bo’lib qo’shilgan ilmiy-adabiy obidalarni va me’moriy yodgorliklarni yaratishda Amir Temur va Mirzo Ulug’beklarning, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning, Kamoliddin Behzod va Sulton Ali Mashhadiylarning, Mirxond va Xondamirlarning, Ali Qushchi va Qozizoda Rumiylarning xizmatlari alohida ahamiyat kasb etdi. Xuddi shu davrda Sharq falsafasidagi tasavvufning naqshbandiya tariqati bu o’lkalarda katta e’tibor qozondi va ijtimoiy guruhlarning barcha tabaqalari orasida keng yoyildi. Bu hodisaning sababini shu bilan izohlash lozimki, o’sha davrdagi zulm va adolatsizlikka nisbatan qarshi kurash Ozarbayjonda hurufiylar tariqatini va uning mashhur vakillaridan Fazlulloh Naimiy, Imodiddin Nasimiylarni tarix sahifasiga olib chiqqan bo’lsa, Movarounnahr va Xurosonda naqshbandiya tariqatining yoyilishiga va uning mashhur namoyandalaridan Sa’diddin Qoshg’ariy, Xoja Ahrori Vali va Abdurahmon Jomiylarning yetishib chiqishlariga bois bo’ldi. Chunki har ikki tariqat ham tasavvuf falsafasi va islomiy aqidalar doirasida maydonga kelgan bo’lsa-da, ammo hurufiyadagi panteizmda ham, naqshbandiyadagi hunar va Real borliq, hayotdan uzoqlashmaslik haqidagi ta’limot ham birinchi o’rinda inson va uning manfaatlari qo’yilganligi diqqatga sazovordir. Hurufiyaning mashhur vakili Imodiddin Nasimiyning quyidagi baytlari aytilganlarni isbot eta oluvchi dalildir.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #21 : 22 Aprel 2010, 13:02:23 »
Odami fazli xudo bil odami,
Koinota kadxudo bil odami.
Sen daraxti muntaho bil odami,
Sohibi arzu samo bil odami.
Yoki:

Manga sig’ar ikki jahon man bu jahona sig’masam,
Gavhari lomakon manam, kavnu makona sig’masam.

Bu baytlarda Nasimiy insonning ulug’ mavqyeini ulug’laydi, hatto Yer va Ko’kning sohibi ekanini uqtiradi. Shu bilan birga Nasimiy fors tilida yozgan quyidagi ruboiysida bu fikrni yanada davom ettirib, insonni Olloh darajasiga ko’taradi, insonda OLLOHni ko’radi:

Binni tu hay ’ati «alif»dorad rost,
Abro’i tu «lom alif» buvad az chapu rost.
«Ho»i doirai du go’sh, ay, mazhari Haq,
3-ni jihat agar «olloh» xonand ravost.

Mazmuni:
Sening burning «alif»ning qomatiDekdir. Qoshlaring o’ng va so’ldagi «lom alif»dekdir. Quloqlaringdagi doira «ho» harfidek, ey Haqning mazhari. Shu jihatdan Seni «Olloh» deb bilsalar joizdir.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #22 : 22 Aprel 2010, 13:03:24 »
Hurufiylarning bu masalaga doir tushunchalari va munosabatini Ozarbayjonning taniqli allomasi Hamid Arasli shunday izohlagan edi: «Hurufiylik ta’limotiga ko’ra, olam ikkitadir: biri ko’rayotganimiz koinot, ikkinchisi esa inson. Birinchi olamda Quyosh, Oy, yulduzlar, butun samo, Yer yuzi - o’rmonlar, tog’lar, daryolar, dengizlar joylashgan. Ikkinchi olamda, ya’ni insonda butun obyektiv borliq o’z aksini topgandir. Hurufiylar Qur’on oyatlaridan kelib chiqib, Quyoshning, Oyning inson istagi bilan aylanishini da’vo qiladilar. Insonning tashqi olamida esa Quyoshning, Oyning va butun samo jismlarining mavjud ekanligiga inonadilar... Hurufiylar ayni zamonda Ollohning go’zal inson yuzida tajassum etishligini, yaratilish sirining so’zda ekanligini, so’z harflar bilan ifoda etilishini, harflar esa inson yuzida joylashganini da’vo qiladilar. Shuning uchun koinotning butun sirlarini insonni o’rganish yo’llari bilan izohlaydilar.
Diqqatga sazovor joyi shundaki, Xoja Ahror yashagan davrda, xususan, XV asrning birinchi yarmida Samarqandda ham, Hirotda ham bu falsafiy yo’nalish, ya’ni hurufiya naqshbandiya bilan birgalikda mavjud edi. Bunga qo’shimcha tarzda shuni ham eslatish joizki, hurufiyaning asoschilaridan bo’lmish Fazlulloh Naimiy va uning o’g’illari ham Samarqandda bo’lib, hurufiya, uning mohiyati va xususiyatlari to’g’risida mulohaza bildirganlar, hatto Mirzo Ulug’bek ham bu yo’nalish bilan qiziqib qolgan ekan (Z.A.Kulizade, Mirovozzreniye Kasimi Anvara, Baku, 1976). Bu yo’nalishga mansub deb bilingan mashhur Said Qosim bilan esa Xoja Ahrori Vali birinchi marta Samarqandda uchrashib, uning suhbatlaridan bahramand bo’lgan edi (bu haqda keyinchalik batafsil to’xtalamiz).
Movarounnahr va Xurosonda naqshbandiya asoschilaridan Bahovuddin Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy Naqshbandiy (1318–1389)ning Muhammad Porso, Ya’qub Charxiy kabi shogirdlari, Sa’diddin Qoshg’ariy, Shayx Attor Samarqandiy, Xoja Ahrori Vali kabi namoyandalari ham o’z asarlarida va suhbatlarida insonning o’zligini tanish lozimligini, faqirlikni fuqaro uchun xizmat qilish, zulm va adolatsizlikka qarshi kurash vositasi deb hisoblashni targ’ib qiladilar. Jumladan, Muhammad Porso shunday degan ekan:

Tu o’ nashavy valekin ar jahd kuni,
Joye birasy, k-az tu to’i barxezad

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #23 : 22 Aprel 2010, 13:04:21 »
Mazmuni:
Sen u (Olloh) bo’la olmassan, ammo jahd qilsang, senda sening o’zliging namoyon bo’ladi.
Naqshbandiya tariqatining namoyandalari o’z muxlislarini odamlar bilan birga bo’lish, foydali mehnat va biror-bir hunar bilan shug’ullanishga da’vat etganlar, faqirlarga g’amxo’r bo’lishni uqtirganlar. Ammo shuni eslatish lozimki, mazkur davrdagi iqtisodiy va mafkuraviy muhit nihoyat murakkab bo’lgan. Ustunlikka ega bo’lish uchun olib borilgan kurash, xiyonat va suiqasdlar faqat hokim tabaqa o’rtasidagina emas, balki shariat Peshvolari orasida ham avj olgan. Natijada xalq ommasi, Mehnat ahli azob-uqubatlarga giriftor bo’lgan, qiynalgan, og’ir ahvolda kun kechirgan. Shoirlar tasviridagidek, vafo Anqo urug’iday topilmas, adolat orzudagina, samimiyat xayoldagina, o’zaro qardoshlik va rahmu shafqat qog’ozdagina bo’lgan edi u zamon.
Ana shunday murakkab bir sharoitda tarix maydoniga qadam qo’ygan Xoja Ubaydulloh Shoshiy jamiyatning ko’pgina tabaqalari orasida shuhrat qozonib, Xoja Ahrori Vali (mard, pokiza va vali) nomi bilan tillarda doston bo’ldi. Buning sababi nimada? Axir, naqshbandiya tariqatining boshqa mashhur murshidlari – Ya’qub Charxiy, Sa’diddin Qoshg’ariy, Nizomiddin Xomushlar ham bor edilarku?! Nega endi Xoja Ahrori Vali bunchalik izzat-ehtiromga sazovor bo’ldi?! Avvalo, shuni aytish lozimki, bu ardoqli siymo murakkab hayot yo’lini bosib o’tdi. Bu masalani oydinlashtirish uchun Xoja Ahrori Valining tarjimai holiga nazar tashlash lozim. Xoja Ahrorning o’z tarjimai holini yozib qoldirgani bizga ma’lum emas. Ammo uning suhbatlarida qatnashib, uning bilan birga uzoq muddat yashagan shogirdlari, muxlislari tomonidan Xoja Ahror hayoti, faoliyati, fazilatlari, aytganlari haqida yozilgan maqomot va manoqiblar bizgacha yetib kelgan. Maqomot va manoqiblarda Xoja Ahrorning o’zi tomonidan hikoya qilingan, tarjimai holini yoritadigan ma’lumotlar bilan birga uning fazilatlari, atrofidagilar bilan munosabati, turli masalaga oid aytgan so’z va mulohazalari maqomotlarni yozgan mualliflar tomonidan to’planib, alohida hikoyat yoki rivoyat tarzida qayd qilingan. Ana shunday maqomot va manoqiblardan Xoja Ahrorning kuyovi amir Abdulavval tomonidan tuzulib, «Masmuot» (Eshitilganlar) nomi bilan eslatiladigan asari, sevimli shogirdi Muhammad Qozi tomonidan yozilgan «Silsilat ul-orifin» kitobi, yuqorida eslatilgan asarlardagi materiallardan foydalanib, o’zi ham Xoja Ahror bilan uchrashganida eshitgan hikoyalarini qo’shib, «Rashahot ayn ul-hayot» (Hayot chashmasidan qatralar) nomi bilan mashhur bo’lgan asarni yozgan Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiylarning qimmatbaho materiallarga boy maqomotlarini hamda Xoja Ahrorning moliyaviy ishlari bilan shug’ullanuvchi mavlono Shayx to’plagan va noma’lum shaxs tomonidan tuzilgan «Manoqibi Xoja Ahror» kabi kitoblarni eslatish mumkin. Bu manbalardagi ma’lumotlardan turli tadqiqotchilar foydalangan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #24 : 22 Aprel 2010, 13:05:19 »
Biz Xoja Ahror tarjimai holi va fazilatlarini bayon etishda asosan Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asariga tayanamiz. Buning sababi shundan iboratki, Xoja Ahror tirikligi vaqtidayoq o’zi haqida biror narsa yozishni Muhammad Qozidan so’ragan ekan. Muhammad Qozi kim edi va Nega Xoja Ahror unga bu ishni amalga oshirishni go’yo vasiyat qilgan?
Muhammad Qozining tarjimai holi va Xoja Ahror bilan munosabatiga doir ma’lumotlar uning tomonidan yozilgan «Silsilat ul-orifin» kitobida hamda XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida yaratilgan «Tarixi kasira»da mavjud. Bu haqda, jumladan, «Tarixi kasira»da shunday yozilgan (mazmunan tarjimasi):
«Tariqat vakillari orasida mumtoz insonlardan bo’lmish marhum hazrat mavlono Muhammad Qozi avliyolar akmali, sufiylarning muhtarami, OLLOH sirlarining ogohi, pokizalar qutbi hazrat Xoja Ahrorning tarbiyasida voyaga yetganlardan biridir. Hazrat Xoja Ahror kashfu karomat ma’dani bo’lmish mavlono Muhammad Qoziga hamisha iltifot ko’rguzar edilar va mavlono Muhammad Qozi ham, o’z navbatida, ul hazratga nisbatan sodiqlik kamarini bog’lab, o’zining oliy axloqi va ko’nguldan bo’lgan samimiyatini izhor qilishga intilardi. Shuning natijasi sifatida hazrat Xoja Ahror haqida «Silsilat ul-orifin» otliq bir kitob yozmish. Alhaq, bu kitob oriflar ko’zining qorachig’i, oshiqlar ko’ngli markazi va sodiqlar ko’ksidan joy oldi. Ammo Muhammad Qozining hayoti nihoyasiga yetib, 921 hijriy 1515 Melodiy yilda olamdan ko’z yumdi. Ayrim fozil kishilar u kishining vafotiga ta’rixlar bitdilar... Muhammad Qozining qabri hazrat Xoja Ahror (maqbarasi)ning oyog’i tomonidadir...»
Ko’rinadiki, Roqim Samarqandiy qalamiga mansub «Tarixi kasira» asarida Muhammad Qozi haqida ayrim ma’lumotlar: Xoja Ahrorning sodiq shogirdi, donishmand ekanligi, «Silsilat ul-orifin»ning muallifi bo’lgani va 921 hijriy – 1515 Melodiy yilda vafot etgani, qabri esa Xoja Ahror maqbarasining janubida ekanligi oydinlashadi. Ammo uning tug’ilgan yili qayd qilinmagan. Bunday ma’lumotlarni Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»da Keltirgan ayrim ta’kidlari to’ldiradiki, biz ularni o’rni-o’rni bilan eslatib o’tamiz. Shunday qilib, Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asari Xoja Ahrorning xohishi bilan yozilgan. Muhammad Qozining e’tirof etishicha, u bu ishni Xoja Ahrorning hayotligi vaqtida boshlab, buning uchun material to’play boshlagan. Buni eshitgan Movarounnahr hokimi Sulton Ahmad mirzo Muhammad Qoziga odam yuborib: «Bu xayrli ishni boshlab, yaxshi ish qilibsan, bilgilki, Men ul hazratning ahvollari va karomatlari haqida ko’p narsa bilurmen, kerakli ma’lumotlarni Mendan olishing mumkin», mazmunida xabar yuborgan ekan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #25 : 22 Aprel 2010, 13:05:30 »
Muhammad Qozi o’zi bilgan ma’lumotlarga Sulton Ahmad mirzo, Xoja aka (Xoja Ahrorning katta o’g’li Xoja Abdulloh), mavlono Lutfulloh, mavlono Shayx, Hasan Bahodur, Najibi najjor, mavlono Darvesh Saripuliy, Xoja Muhammad jarrohning o’g’li mavlono Ma’ruf, Amir Abdulavval kabi Xoja Ahror bilan bevosita munosabatda bo’lganlardan ul hazrat bilan bog’liq bo’lgan turli xarakterdagi hikoyat va naqllarni to’pladi. Shuning natijasida u kitobni yozishga kirishib, Xoja Ahror vafotidan 14 yil o’tgach, ya’ni 910 hijriy – 1504 Melodiy yilda kitobni yozib tugatdi. O.D. Chexovichning ma’lumotiga ko’ra, «Silsilat ul-orifin»ning ikkita qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar akaDemiyasi Abu Rayhon beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanib, ulardan biri 1565 yilda 500 bet hajmida ko’chirilgan ekan. Biz «Silsilat ul-orifin»ning yozilishidan olti yil keyin, kitob muallifi hayot bo’lgan vaqtda, ya’ni 915 hijriy 1510 melodiy yilda Buxoroda Amiriy ibni Xojagi Nizomiy Balxiy tomonidan 730 bet hajmida ko’chirilgan qadimiyroq nusxasidan foydalandik. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mazkur nusxa donishmand Abdulhamid Po’lodiyning shaxsiy kutubxonasida bo’lib, bizga lutfan tuhfa qilgan edilar.
Shuni e’tirof etish lozimki, «Silsilat ul-orifin»da Xoja Ahrorning tarjimai holi uzluksiz tarzda bayon qilingan ham emas va shuning bilan birga ul hazrat hayotining hamma lavhalari to’liq yoritilganicha yo’q. Shunga qaramay, asarda Xoja Ahror bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina muhim ma’lumotlar mavjud.
«Bizning Xojamiz (Xoja Ahror), – deb yozadi Muhammad Qozi, – Xoja Mahmudning o’g’lidir. Xoja Mahmud esa xoja Shahobiddinning o’g’li bo’lib, Xoja Shahobiddin uch yo to’rt vosita bilan Xoja Nomiyga borib yetadi. Ayturlarkim, Xoja Muhammad Nomiy asli Bag’doddan bo’lib, shofeiya ulamosining ulug’laridan bo’lmish va zohiru botin ilmlarida asrning nodiri va zamonning imomi hazrat shayx Abu Bakr Muhammad ibni Ali ibni Ismoil Qaffoli Shoshiyning muridi bo’lgach, hazratning mulozamati munosabati bilan Shosh – Toshkentga kelib, bu yerda turg’un bo’lib qolgan. Xojamizning onalari Dovudning qizi bo’lib, xoja Dovud Hazrati shayx Xovandi Tahurning o’g’lidir, shayx Xovandi Tahur esa shayx Umar Bog’istoniyning o’g’lidir».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #26 : 22 Aprel 2010, 13:06:12 »
Bundan ko’rinadiki, Xoja Ahror ona tomonidan Shayx Xovandi Tahur va uning otasi Shayx Umar Bog’istoniy avlodidan bo’lsa, ota tomonidan esa Muhammad Nomiy Bag’dodiy avlodidan ekan.
Bu o’rinda ana shu xonadonlar vakillari haqida bizga ma’lum bo’lgan ayrim ma’lumotlarni Keltirish ma’qul ko’rinadi. Qayd qilinganidek, Xoja Ahrorning otasi Xoja Mahmuddir. Xoja Mahmud va uning tarjimai holiga doir materiallar hozircha kamroq. Ammo Xoja Ahror otasining xohishi bilan «Volidiya» asarini yozgani ma’lum. Xoja Mahmud haqida Salohiddin Toshkandiyning 1908 yilda yozilib, nashr ettirilgan «Temurnoma» («Cho’lpon», Toshkent, 1990) nomli asarida ham ba’zi ma’lumot uchraydi. Ammo bu ma’lumot rivoyatga asoslangan.
Xoja Mahmudning otasi Xoja Shahobiddin hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotga duch kelmadik. Shunday bo’lsa-da, Muhammad Qozi tomonidan Keltirilgan quyidagi hikoyada Xoja Shahobiddin haqida so’z boradi (mazmunan tarjimasi). «Hazrati Xoja Ahror aytur erdilarkim, bobom xoja Shahobiddin umrlari oxirida kasal bo’lib yotganda katta o’g’illari Muhammadga qarab, o’g’illaring – nabiralarimni olib kel, debdilar. Amakim Xoja Muhammad o’g’illari – Xoja Ishoq va Xoja Mas’udlarni olib kelibdilar. Xoja Shahobiddin ularni ko’rgach, Xoja Muhammadga qarab aytibdilar: o’g’illaringdan biror-bir ish chiqmaydi, ikkovi ham sarson-sargardon bo’lg’usidir. Shundan so’ng kichik o’g’illari Xoja Mahmudga qarab, o’g’lingni olib kel, debdilar. Xoja Mahmud meni (Xoja Ahrorni) kichik bo’lganim uchun to’nlariga o’rab, olib kelibdilar. Bobomning ko’zlari Menga tushishi bilan o’rinlaridan turib, men istaydigan o’g’il shudir, deb Menga yuzlarini surkabdilar va otamga qarab, bu o’g’limning tarbiyasiga alohida e’tibor qilgaysan, bu o’g’il olamgir bo’lgay, shariat va tariqatni rivojlantirgay, man-man degan oqimlar uning farmonida bo’lgaylar. U boshqa mashoyixlar qilolmagan ishlarni amalga oshirgay... Shunday deb katta o’g’illari Xoja Muhammadga qarab aytibdilar: sening o’g’illaring haqida bunday gaplar aytilmadi, xafa bo’lmaysan, chunki bu o’g’il (Xoja Ahror)ning taqdiri shunday bo’lgach, men boshqacha so’z ayta olmasman. Afsuski, men bu o’g’limning omadlarini ko’ra olmasman.
Xoja Ahror tilidan yana bir hikoyat keltirganki, unda ham Xoja Shahobiddin tilga olingan:
«Xoja Imod ul-mulk bobom Xoja Shahobiddinni ko’rmoq uchun Toshkentga kelgan edilar. Men juda yosh bo’lsam-da, ularning suhbatlarida qatnashdim. Hamma uxlab qolgan bo’lsa-da, Men o’tirardim va ularning suluk hamda tariqat haqidagi suhbatlaridan bahramand bo’lardim».
Bundan boshqa ma’lumot hozircha uchramadi. Xoja Ahrorning ajdodi bo’lmish Xoja Muhammad Nomiy bilan bog’liq ayrim ma’lumotlar esa Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» kitobida keltirilgan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #27 : 22 Aprel 2010, 13:06:26 »
Aytilganidek, Xoja Muhammad Nomiy asli Bag’doddan bo’lib, uning Toshkent – Shoshga kelib, turg’un bo’lib qolishi sababi haqida shunday ma’lumot beriladi: (mazmunan tarjimasi) «Xoja kalon, ya’ni Xoja Ahrorning katta o’g’li Xoja Abdulloh, shunday hikoya qilgan edilar: otamiz hazrati Xoja Ahror Xoja Mahmudning o’g’li bo’lib, u Xoja Shahobiddining o’g’li. Xoja Shahobiddin uch-to’rt vosita bilan Xoja Muhammad Nomiyga borib yetadilar. Ayturlarkim, Xoja Muhammad Nomiy Bag’doddan bo’lib, shofeiyaning ulug’ ulamolaridan, zohir va botin ilmlarining donishmandlaridan bo’lmish zamonaning imomi shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiyning muridlari bo’lgach, ul kishining xizmati uchun Toshkentga kelib, turg’un bo’lib qolganlar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy (shayxning tug’ilgan yilini aniqlay olmadik. Uning vafoti yili ba’zi manbalarda 366 h. – 976–977 m. yil Deyilsa, ayrimlarida 427 h. – 1035–1036 m. yil deb ko’rsatiladi. Ehtimolki, bulardan biri tug’ilgan yili bo’lishi mumkindir. Buni yana aniqlash lozim) o’z zamonining taniqli ulamolaridan bo’lib, tafsir va fatvo bobida ko’pgina kitoblar bitganlar. Ul jumladan, «Shavohid un-nubuvva», «Daloil al-qibla»lardir. Imom G’azzoliy, Imom Roziy, Imom Navviylarning kitoblarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning asarlariga murojaatlar bor.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z vaqtlarini uch qismga bo’lgan edilar: bir yil Rum tomonidagi G’azo shahriga borardilar, ul vaqtlarda Rumda islom yoyilmagan ekan; bir yil hajga borardilar va yana bir yil viloyatlarida bo’lib, xalqni Haq tomon da’vat qilurdilar. Bu to’plamni tuzuvchining aqidasiga ko’ra, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Rum tomonidagi G’azo shahriga borganlarida Xoja Muhammad Nomiy ul hazratda valiylik va yo’lboshlovchilik fazilatlarini mushohada qilib, murid bo’lganlar va ul kishining xizmati uchun Shoshga kelib, turg’un bo’lib qolganlar. Ayrimlar Muhammad Nomiy Xorazmda deb aytsalarda, ammo, bizningcha, yuqoridagi holat haqiqatga yaqindir. Shayx Qaffoli Shoshiy bir Necha marta Bag’dod va G’azoga borganlar va bu to’g’riroqdir.
Ayturlarkim, hazrati shayx Abu Bakr Qaffoli bir marta hajga borayotib, Bag’dodga kiribdilar. Shaharda tashvish va besarishtalik hukm surarkan. Buning sababi shu ekanki, Rum sultoni Bag’dod podshohiga ibri tilida juda murakkab uslubda chiroyli noma yuboribdi, unda uch ishdan birini bajarish lozimligi aytilgan ekan; birinchisi, nomaga shunday javob yozmoq; ikkinchisi, agar bu muyassar bo’lmasa, boylik jo’natmoq va agar bul ham qabul qilinmasa, unda uchinchisi – urushga tayyor bo’lmoq kerakligi. Bag’dodliklar rumiylar bilan urushmoqqa tayyor emasdilar hamda Rum podshohi talab qilgan miqdordagi boyliklari ham yuq edi. Shuning uchun ibri tilida javob xat yozishni ma’qulladilar. Shu maqsadda Bag’doddagi ulamo va fozillarni to’plab xatga javob yozish lozimligini aytdilar, Lekin uni hech kim yoza olmadi. Rum podshosining elchisi esa javobni Tezlashtirishni har gal eslatardi. Xuddi shu vaqtda shayx Abu Bakr Qaffol Bag’dodga kirib borgan edi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #28 : 22 Aprel 2010, 13:06:46 »
Turkistondan bir donishmand kelganligi haqidagi gap shaharga tarqaldi. Bu xabar Bag’dod podshosiga borib yetdi. Podshoh odamlarini yuborib, shayx Abu Bakr Qaffolni hurmat bilan saroyga Keltirdi. Podshoh shayx Abu Bakr Qaffolga maqsadini aytib, unga Rum sultonining nomasini berdi. Shayx Abu Bakr Qaffol yetmish ikki tilni bilardi. Shuning uchun xatni o’qib chiqdiyu, bir shart bilan javob yozaman dedi. Podshoh ul shart nima deb so’radi. Shayx aytdi: podshoh hazratlari amir ul-mo’minin Usmonning mushafi (qur’oni)ni menga bersalar, javob yozurman. Podshoh bu shartga ko’nmadi, ammo javob yozishni iltimos qilaVerdi. Shunda podshoh ulamo va amirlar bilan Kengashdi. Ular aytdilar: shartni bajarmasangiz, xatning javobini yozmaydi. Shartni qabul qilib, mushafni bering. Shundan so’ng ko’p oltin berib, qaytib olarmiz, agar yo’q desa, zo’rlik bilan ham mushafni olurmiz. Podshoh rozi bo’lib, amir ul-mo’minin Usmonning qur’onini shayx Abu Bakr Qaffolga berdi. Qur’onni olgan shayx podshohning asl maqsadini ham sezdi. Xatga javob yozish uchun podshohdan o’n kun muhlat so’radi. Podshoh rozi bo’ldi. Shayx podshoh oldidan chiqib o’zining nihoyat ziyrak shogirdini uchar otga mindirib, Qur’onni unga berib, o’n kun ichida Tabrizga yetib borishi lozimligini aytib, uni jo’natdi. Shundan so’ng ibri tilida nihoyat go’zal javob xatini yozdi. O’n kundan so’ng podshoh chopari kelib, xatni so’radi. Shayx hazratlari Rum sultonining nomasi va unga yozgan javobini podshoh oldiga olib bordilar va uni o’qib berdilar. Bunday go’zal javob xatni eshitib hamma hayratda qoldi. Elchi xatni olib Rumga Ketdi. Rum sultoni uni o’qigach, aytdi: shunisi ma’lumki, bunday javob yozguvchi Bag’dodda yo’qdir. Bas shunday ekan, uni kim yozdi? Elchi aytdi: bu xatni Turkistondan kelgan bir donishmand yozdi, chunki bag’dodlik ulamo uni yozishdan ojiz qolgan edilar. Rum sultoni ham shundayga o’xshaydi, deb aytdi.
Ul mushaf (qur’on) Xorazmshoh Shoshni xarob qilgan zamonda Abu Muso mahallasidan g’oyib bo’lgan edi.
Ayturlarkim, shayx Abu Bakr Qaffol G’azoga borgan yili ular rumliklar bilan urishib, yengilgan edilar. Shunda boshqa bag’dodliklar kabi shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan edilar. Ularni ko’rgan Rum sultoni hazrati shayxga qarab Dedi: Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. To’g’risini ayt, qayerliksan? Shayx hazratlari Men Shoshdan bo’laman, dedilar. Rum sultoni aytdi: Sen mening xatimga ibri tilida javob yozgan kishi emasmisan. Shayx aytdi: xuddi shunday. Rum sultoni shayx hazratlariga qarab, bizga Tavrotni arab tiliga o’girib ber. Agar shu ishni bajarsang, Sen va boshqa asirlarni ozod qilib, ko’pgina in’om ham berurman, Dedi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #29 : 22 Aprel 2010, 13:06:59 »
Shayx hazrati aytdi: juda yaxshi. Faqat shartim shuki, mavjud bo’lgan Tavrot ancha o’zgarishga uchragan. Men esa bunday nusxani tarjima qilolmayman. Sulton darg’azab bo’lib, agar tarjima qilmasang Seni ham, barcha asirlarni ham halok qilgumdur, Dedi. Shayx aytdi: nima xohlasang qil, ammo men Tavrotning nozil qilingan nusxasinigina arabchaga o’girurman. Rumliklar o’zaro maslahatlashib, aytdilar: mayli o’sha nusxani yetkazurmiz, tarjima qilgil, ammo biz Muhammad haqidagi boblarga kelganda, undan ko’z yumib o’tarmiz. Alqissa, hazrati shayx Tavrotning o’shal nusxasini olib, Tezlik bilan arabchaga o’girishga kirishdilar... Tavrot arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p to’hfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qiladi, Qaffoli Shoshiy Toshkentga qaytadi va shu yerda vafot etadi. Qaffoli Shoshiy dafn etilgan joy hozirgi kunda Toshkentda Hasti imom (hazrati imom) mozori tarzida eslatiladi.
Bundan ko’rinadiki, Xoja Ahrorning ota tomoni ajdodi va ular muloqotda bo’lgan mashhur shaxslar xonadonning bir necha asrlar davomida falsafiy qarashlar, jumladan, tasavvuf sohasida o’ziga xos mavqyega ega ekanligidan guvohlik beradi.
Xoja Ahrorning ona tomonidan ajdodlari ham shunday mavqyega ega bo’lgan xonadonga mansub. Jumladan, Xoja Ahror onasining bobosi hazrati shayx Xovandi Tahur (hozir Shayhontahur tarzida mashhur) xojagon tariqatining ko’zga ko’ringan vakillaridan bo’lib, ancha shuhrat qozonganlardan biridir. Shayx Xovandi Tahur xojagon tariqati masalalaridan bahs yurituvchi risolaning muallifi hamdir. Bu risolani mutolaa qilgan Xoja Ahror bobosining tavhidni sharhlashga bag’ishlangan fikrlaridan ayrimlarini o’z suhbatlari vaqtida iqtibos keltirar ekan. Jumladan: «Shayx Xovandi Tahur o’z risolalarida shunday debdurlar: shariatda tavhid Haqni bir Demak va bir bilmakdir, tariqatda esa Haq subhonahudan boshqa narsalardan ko’ngilni yakkalash demakdir».
Xuddi shu fikr keltirilar ekan, hazrat Xoja Abdulloh Ansoriyning «tavhid faqat Haqni yagona bilmoqgina emas, balki Haq bilan yagona bo’lmoq hamdir», degan aqidasi keltirilib, shayx Xovandi Tahurning mulohazalari yanada mustahkamlanadi. Xoja Ahror boshqa bir munosabat bilan shayx Xovandi Tahur risolasidan quyidagi so’zlarni Keltiradi:
«Dilbar jamolsiz bo’lmas, rahbar esa kamolsiz». Demak, bunda so’z rahbar – murshid haqida borar ekan, har qanday kishi ham murshid rahbar (yo’l boshlovchi bo’lavermasligi alohida uqtirilib, faqat shu sohada kamolga erishgan shaxsgina rahbar – murshid bo’la olishligi ta’kidlangan. Shunday ekan, har bir sohada, jumladan, tasavvufda ham shunga doir barcha masalalarni nihoyat chuqur bilgan, o’zlashtirgan va muammolarni to’g’ri hal eta oladigan bo’lmoq lozimligi masalasi qo’yilgan va shunday bo’lmoq talab ham qilingan.

 

Xoja Ubaydulloh Ahror. Tabarruk risolalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4821
So'nggi javob 24 Yanvar 2012, 12:00:41
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54261
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 31211
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muallif LayloBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 13973
So'nggi javob 02 Oktyabr 2006, 07:19:11
muallifi Doniyor
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 103410
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz