Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 58213 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 15 B


Ansora  22 Aprel 2010, 13:12:17

Ey, oshiqon, ey oshiqon, hangomi on shud k-az jahon,
Murg’i dilam tayron kunad boloi hafto’m osmon.
Maqta’:
Qosim, suxan ko’toh kun, bar xezu azmi roh kun,
Shakar bar tuty fikan, murda ba Peshi kargason.

Mazmuni:

Ey, oshiqlar, ey oshiqlar, ko’ngil qushining yettinchi osmonga parvoz qilish vaqti bo’ldi...
Qosim, so’zni ko’paytirma, turgilu yo’lga otlan, to’ti oldiga shakar qo’ygilu o’laksaxo’rga o’laksani qoldirgil.

Mavlono Sayyid Qosim Samarqandga Kelgach, Mirzo Ulug’bek uning donishmand, oddiy va olijanob shaxsligini ko’rib, uning muridi bo’ladi, ustozini nihoyatda ehtirom qiladi, deb yozadi Mirxond. Sayyid Qosim Samarqanddagi amir Shohmalik madrasasidagi hujralardan birida joylashtiriladi. Xuddi ana shu vaqtda Xoja Ubaydulloh — Xoja Ahror Sayyid Qosim Anvor bilan tanishadi. Xoja Ahror bu mashhur alloma va shoir bilan birinchi marta uchrashuvini shunday hikoya qiladi:
Eshitdimki, hazrati Amir Qosim (Anvor) shayx Abulays hammomiga boribdilar. Men mavlono Qutbiddin madrasasida edim. Hazrat Amir Qosim suhbatlariga musharraf bo’lmoq uchun yo’lga chiqdim. Hazrat hammomdan chiqib, taxti ravonga o’tirdilar va to’rt kishi uni ko’tarib borardi. Men taxti ravonning bir poyasini yelkamga olib, ...amir Shohmalik madrasasigacha ko’tarib bordim... Amir Sayyid Qosim Anvor taxti ravondan tushganlaridan so’ng hazratning odamlari menga murojaat qilib, aytdilarki, sen bu xizmating bilan odamiylar qatoriga qo’shilding... Amir Qosim Anvor huzuriga kirdim. Ul hazrat so’radilar: bobu, oting nadir? Dedim: Ubaydulloh... Aytdilar: buyurgil!»
Xoja Ahrorning Sayyid Qosim bilan muloqoti shunday boshlanib, u mashhur shoirda yaxshi taassurot qoldirdi. Shuning natijasida Sayyid Qosim Anvor Samarqandda ekan, Xoja Ahror uning bilan ko’p uchrashdi, turli masalalardan bahs qildilar. Sayyid Qosim Xoja Ahrorga o’zi, qarashlari, sayohatlari haqida nihoyatda muhim voqealardan hikoya qildi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:12:28

Muhammad Qozi o’z asarida ulardan juda muhim deb bilganlarini Keltirgan. Jumladan:
(Xoja Ahror) hikoya qilar edilarki, Sayyid Anvor Samarqandga kelganlarida Boboi obRez avlodidan bo’lmish va shayx Abusaid Shayxonning ona tomonidan, bobosi shayx Burxon ul hazratni (Sayyid Qosim)ni ko’rish uchun kelibdilar. Uyda ko’pgina odamlar bo’lib, Sayyid (Qosim) yonboshlab o’tirgan ekanlar. Sayyid Qosimning bunday o’tirishi shayx Burxonga yoqmabdi va Sayyidga qarab shunday debdi: «Siz shayx bo’laturib bunday o’tirsangiz, muridlaringiz cho’zilib olib, yotib qoladi. Bunday o’tirish sizga yarashmaydi». Sayyid Qosim oyoqlarini yig’ib o’tirmaguncha shayx Burxon gapiraVeribdi. Bu yig’inda hozir bo’lgan Mir Maxdum va boshqa shayxlar shayx Burxonning Sayyidga bildirgan e’tirozlaridan ranjib, undan tavhidning mushkil masalalarini so’rabdilar. Shayx Burxon aytibdi: Men bunday masalalarni bilmayman. Ammo shuni bilamanki, Sayyid Qosimning bog’boni uch kundan keyin o’ladi va Sayyid Qosimning o’zi esa falaj kasaliga yo’liqadi. Shunday deb turib ketibdi. Uch kundan keyin bog’bon o’libdi; o’sha kunlari havo juda issiq bo’lgan ekan, Sayyid Qosim bo’shab qolgan yaxdon devoriga suyanib, uxlab qolibdi va uyqudan tursa, falaj bo’lib qolgan ekan. Shundan so’ng Sayyid Qosim shayx Burxonni doim hurmat qilar, unga ba’zan navvot, ba’zan esa aqcha tuhfa qilib yuborar ekanlar. Bu voqea Sayyid Qosimning Samarqandga birinchi marta kelganlarida sodir bo’lgan ekan. Sayyid Qosim Anvor ikkinchi marta Samarqandga tashrif buyurganlarida Men (Xoja Ahror) shayx Burxoni Hazratning huzuriga olib keldim. Hazrat avvalida shayx Burxonni tanimadilar. Shunda men aytdim: hazrat, siz bu kishi bilan muloqotda bo’lgansiz, bu kishi Xoja Kavshiy mahallasida istiqomat qilguvchi shayx Burxondirlar. Bu gapdan so’ng hazrat shayx Burxonni tanidilar va shodliklaridan yig’lab yubordilar. Aytdilar: Qozizoda Rumiyga xat yozib, sizni ko’p surishtirdim. Ammo Qozizoda sizning haqqingizda hech narsa yozmadilar. Men hamisha sizni eslardim va sog’-salomat ko’rishni istardim. Xudoga shukrki, sizni ko’rish va suhbatingizda bo’lishga muyassar bo’ldim. Shundan so’ng shayx Burxonga juda ko’p iltifot ko’rsatdilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:12:39

Bu hikoya ikki jihatdan xarakterlidir: biri shundan iboratki, unda Sayyid Qosim Anvorning Samarqandda ikki marta bo’lganligi ta’kidlanadi, ikkinchisi esa birinchi marta Samarqandda bo’lib, yana ikkinchi marta Samarqandga tashrif buyurish oralig’ida Samarqanddagi Qozizoda Rumiy bilan xat orqali aloqada bo’lib turgani aniqlanadi. Ma’lumki, Qozizoda Rumiy Mirzo Ulug’bekning ustozi bo’lib, uning nazdida katta e’tibor va obro’ga loyiq shaxslardan edi. Ana shu omil esa Mirzo Ulug’bekning Sayyid Qosimga ko’rsatgan iltifotlariyu unga murid bo’lishi, amir Shohmalik madrasasiga joylashtirib, taxti ravon va xizmat qilguvchilar bilan ta’minlaganini ham asoslaydi. Agar shunday bo’lsa, unda Sayyid Qosim Anvor ziyoratiga kelgan Mirzo Ulug’bek bilan Sayyid Qosim hurmati va e’tiboriga sazovor bo’lgan Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ning Sayyid Qosim Anvor huzurida uchrashgan bo’lishlari ehtimoldan holi emasday tuyuladi. Ammo bu haqda biz hozircha Xoja Ahrorning o’zi tomonidan bayon qilingan e’tiroflariga duch kelganimizcha yo’q. Yana boshqa bir hikoyani eshitaylik:
(Xoja Ahror) hikoya qiladilarki, Amir Sayyid Qosim menga (Xoja Ahrorga) qarab shunday degan edilar: Bobu (o’g’lim), bu zamonda haqiqiy asror va maorifning kamligi sababini bilasanmi? Va o’zlari shunday javob qildilar: buning sababi shundaki, bu ish insondagi botiniy musaffolikka, botiniy musaffolik esa halol luqmaga asoslanadi. Bu zamonda halol luqma kamayganligi sababli botiniy musaffolik ham kamayib Ketgan. Botinda esa ilohiy asror va maorif xiralashmaydi va shunday hikoya qilgan edilar: men qo’limda kuch-quvvat borligi vaqtida hazorbaxya do’ppi tikardim va tirikchiligim shuning orqasidan o’tardi. Qo’lim falaj bo’lgach buning sababi yuqoridagi hikoyada keltirilgan, ishlay olmaydigan bo’ldim. Ota-bobomdan ko’pgina kitob qolgan edi, ularni sotdim va sayohat uchun xarj qilayapman. Hozir ham o’sha hisobdan yashayapmiz».
Tajribali, ko’pni ko’rgan Sayyid Qosim Anvor yosh Xoja Ubaydullohga bu hikoyani Bejiz aytmagan. Uning ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, mehnat bilan kun Kechirmoq halol va ma’naviy jihatdan pokiza bo’lmoq hamma narsadan ustun turguvchi olijanob fazilat ekanligiga alohida urg’u beriladi va Xoja Ubaydullohning o’z faoliyati davomida shunga amal qilishga da’vatday bo’lib eshitiladi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:13:18

Sayyid Qosim Anvor bayon qilgan hikoyalardan shu narsa bilinadiki, suhbatlar mavzusi rang-barang bo’lib, ularda Qosim Anvorning tarjimai holiga doir muhim lavhalar ham, uning dunyoqarashi, falsafiy-ijtimoiy aqidalari ham, turli shoirlar bilan bo’lgan muloqotlari ham o’z aksini topgan. Ana shulardan yana birini Xoja Ahror shunday hikoya qilgan: Xoja Kamol Xo’jandiy Saroy shahrida ekanida uning obro’-e’tibori kuchayib, ko’pgina muxlislarni ham orttirgan ekan. Shu orada bir shayx paydo bo’lib, «mening karomatim shulki, o’t (olov)ga kirib, kuymasdan chiqaman» der emish. Buni eshitganlar shayxga e’tiqod qilibdilar. Xoja Kamol Xo’jandiy esa bu ishning biror siri bo’lsa kerak, deb o’ylab, shu vaqtda Saroy shahriga tashrif buyurgan Sayyid Qosim Anvorga voqeani bayon etibdi. Sayyid Qosim Anvor aytibdi: bu ishda biror hiyla bo’lsa kerak, har ehtimolga qarshi u shayxni hammomga kiritib, yaxshilab cho’miltirish darkor. Agar badaniga biror xil moy surtgan bo’lsa, shu bahonada u yuviladi». Bu maslahat Xoja Kamol Xo’jandiyga ma’qul tushib shayxni hammomga kiritib, yaxshilab cho’miltiribdi. Shundan so’ng katta tandirni qizdirib, odamlarni yig’ib, shayxga aytibdi: karomatingizni namoyish etish vaqti keldi. Siz mana bu tandir ichiga kiring! Shayx turli bahona bilan karomatini namoyish etishdan voz Kechibdi. Shunda unga e’tiqod qo’ygan kishilar shayxga qarab, aytibdurlar: «shayx hazratlarining karomat ko’rsatish vaqti yetdi, marhamat qilsinlar». Ammo shayx unamabdi. Shunda uni ko’tarib olib, qizdirilgan tandir ichiga tashlabdilar. Shayx kuyib Ketibdi.
Keltirilgan hikoyaning voqyeiy yoki to’qima ekanligi Kelgusi tadqiqotlarda aniqlanar. Ammo muhimi shundaki, Sayyid Qosim Anvorning Xoja Ahror bilan qilgan suhbatlarida hiylakor, firibgar shayxlarni fosh etguvchi bu hikoyaning keltirilishi va keyinchalik Xoja Ahror, o’z navbatida, muxlislari bilan bo’lgan suhbatlarda uni hikoya qilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu orqali Xoja Ahror mashhur Kamol Xo’jandiy va Sayyid Qosim Anvorlarning donishmandliklari va zakovatlarini alohida uqtiradi, o’zi ham ularning yo’llarini davom ettirguvchi ekaniga ishora etadi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:13:34

Shunday qilib, Sayyid Qosim Anvorning ikkinchi marta Samarqandda bo’lganligi vaqtida o’tkazgan suhbatlari yosh Xoja Ubaydullohda katta taassurot qoldirish bilan birga Xoja Ubaydulloh, o’z navbatida, Sayyid Qosim Anvorda ham yaxshi taassurot qoldiradi. Shuning uchun Sayyid Qosim Anvor o’zining do’stlari, hammaslaklari, jumladan, mavlono Fatxulloh Tabriziy bilan qilgan suhbatlarida Xoja Ahrorni maqtar va hurmat qilar ekan. Bu haqda mavlono Fatxulloh Tabriziy shunday hikoya qiladi: Sayyid Qosim Anvor Samarqanddaligi vaqtida uning huzuriga ko’p borardim, tasavvuf va uning turli masalalari haqida suhbatlaridan bahramand bo’lardim. Bir kun Sayyid Qosim Anvor huzurlarida bo’lganimda Hazrat Xoja (Ahror) kirib keldilar. Shu vaqtda Sayyid Qosim ilhomi jo’shib ketdi. Har gal Xoja Ahror tashrif buyurganda shunday bo’lar va Sayyid Qosim turli masalalarga oid qiziq hikoyalarni ilhom bilan aytar edilar. Boshqa vaqtda bunday bo’lmasdi. Xoja Ahror ketganidan so’ng Sayyid Qosim Anvor Menga murojaat qilib, shunday Dedilar: agar Sen saodatga erishmoqni istasang, bu turkistonlik yigit (Xoja Ahror) etagini mahkam tutgil. Chunki u zamonning a’jubasi bo’lib, undan ko’pgina ishlar sodir bo’lg’uvsidir. Tez orada jahon uning valiylik nuri bilan yorishadi va o’lgan ko’ngillarni o’zining suhbatlari sharofatila tiriltirguvsidir. Sayyid Qosim Anvorning bu so’zlaridan so’ng Men (Fatxulloh Tabriziy) Hazrat Xoja (Ahror) Sulton Abu Sayyid zamonida Toshkanddan Samarqandga kelganlarida hamisha ularning mulozamatlarida bo’lardim.
Bu e’tiroflar nihoyat e’tiborga loyiqdir. Xususan, 71—72 yoshdagi Qosim Anvor tomonidan 24 yoshar Xoja Ubaydullohga nisbatan bildirilgan bu munosabat, berilgan baho diqqatga sazovordir. Shuning uchun Sayyid Qosim Anvor ham Xoja Ubaydullohni o’ziga yaqin tutib ko’pgina masalalar bo’yicha uning fikrini bilishni istar hamda odamlarni tanish masalasida unga maslahatlar ham berar ekan. Masalan, bir suhbat chog’ida nihoyat mutakabbir bo’lgan bir olim haqida bildirgan fikrlarini Xoja Ahror shunday eslaydi:
Hazrati Sayyid (Qosim Anvor) asrning fozillaridan bo’lmish Xoja Ali Chokardizagiyning o’ziga bino qo’ygani va takabburligidan hayratda qolib, Menga shunday deb edilar: bobu, bu Xoja Ali na muncha kekkaymasa?!

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:14:05

Bu bilan yosh Xoja Ubaydullohga mag’rurlanish yaxshi fazilat emasligini uqtirganday bo’lgan edi Sayyid Qosim Anvor.
Sayyid Qosim Anvor suhbatlarida bayon etilgan bir muhim mulohaza haqida Xoja Ubaydulloh shunday deydi: Bir kun Sayyid Qosim Anvor shunday Dedilar: bizga tashvish orttiruvchi bu atrofimizdagi nodon kishilardir. Sizga (Xoja Ahrorga) esa, tashvish orttirguvchi sizning dunyongiz (boyligingiz) bo’lgusidir. Bunda hazrat Sayyid Qosim Anvor mening hayotimda sodir bo’lgan voqealarni bashorat qilgan ekanlar.
Shunisi ma’lumki, Sayyid Qosim Anvor suhbatlaridan bahramand bo’lgan, uning pand-nasihatlarini eshitgan Xoja Ubaydulloh o’zining keyingi faoliyati davomida ularni amalga oshirishga astoydil kirishgan va, shu bilan birga, o’zining olijanob fazilatlari bilan ularni yangi-yangi sifatlar ila boyitgan.
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh birinchi marta 1427—1429 yillarda tog’asi xoja Ibrohimning tashabbusi bilan madrasada o’qish uchun Samarqandda bo’ldi: Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida qaynoq ilmiy-ijodiy muhit, uning zabardast namoyandalari, xususan, falsafa-tasavvuf sohasidagi Sa’diddin Qoshg’ariy, Sayyid Qosim Anvor, Attor Samarqandiylar bilan muloqotda, o’zining bilimi va tasavvuri doirasini kengaytirdi, o’ziga xos hurmatga ham sazovor bo’ldiki, bu xoh Sayyid Qosim Anvorning hammaslaklariga Xoja Ubaydulloh to’g’risida bildirgan fikrlaridan ham oydinlashadi. Bu orada Sa’diddin Qoshg’ariy va Sayyid Qosim Hirotga qaytdilar.
Xoja Ubaydulloh Samarqand muhitidan ko’pgina bahramand bo’lgan bo’lsa-da, u Hirot tomon bormoqchi bo’ladi. Shu vaqtda xojagon tariqatining muxlislaridan biri unga murojaat qilib, Hirotga bormang, Sa’diddin Qoshg’ariy borganidan pushaymon bo’libdi, debdi. Xoja Ubaydulloh Hirotga borish niyatidan qaytmayajagini aytgach, o’sha muxlis shunday debdi: unday bo’lsa, iltimosim shuki, Hirotda shayx Umar xonadonidan bahramand bo’lishga intilsangiz. Men shayxni ko’rganman, u kishi tariqatimizning jonkuyarlaridandir.
Xoja Ubaydulloh Hirot safariga Buxoro orqali yo’lga chiqadi, Pirmastda shayx Sirojiddin huzurida bo’ladi. Buxoroga Kelgach, mavlono Muborak shoh madrasasi hujrasidan joy olib, bobosi shayx Xovandi Tahur muxlislaridan bo’lmish mavlono Hamididdin va Xoja Alouddin G’ijduvoniylarning suhbatlaridan bahramand bo’ladi. Xoja Alouddin Xoja Ahrorda juda ko’p fazilatlarni kuzatar va «u yetuk shaxs» deb aytardi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:14:17

Buxorodan Hirotga yo’l oladi. Hirot safari jarayonida Xoja Ahror asli xorazmlik bo’lgan ulug’ yoshli Xoja Musofir nomli shaxs bilan uchrashadi. Xoja Musofir turli masalalar haqida hikoya qilardi, jumladan, o’zi ko’rgan va shohidi bo’lgan quyidagi voqeani aytib berdi, deb eslaydi Xoja Ubaydulloh. Men, — degan edi Xoja Musofir, — Xoja Bahovuddin Naqshband suhbatlarida ko’p bo’lganman. Menda raqs va qo’shiqqa nisbatan kuchli moyillik bor edi. Bir kuni Xoja Bahovuddin huzurida o’yin va qo’shiq tashkil etish maqsadida qo’shiqchilar, doyra va nay asboblarini hozirladik. Bunga Xoja nima der ekanlar, deb o’yladik. Hazrat Xoja majlisda qatnashdilar, ammo o’yin va qo’shiqlarni man’ qilmadilar. Faqat «inkor namekunem va in kor namekunem» (inkor qilmaymiz, ammo bu ishni qilmaymiz) deb aytdilar.
Bu hikoyada naqshbandiya tariqatining mavjud hayot va uning barcha murakkabliklarini e’tirof etguvchilik, xursandchilik qiluvchilarga mone’ bo’lmaslik xususiyatlari yaqqol bayon etilgan. Bular esa, keyinchalik Xoja Ubaydulloh faoliyatida ham me’yorni saqlash sharti bilan davom ettirilgan.
Hirot shahriga yaqin bo’lgan Childuxtaron rabotida — deb hikoya qiladi Xoja Ahror, — bir shaxsni uchratdim. Bu kishi suhbat chog’ida Xulg’utav mavZeida Bahovuddin Naqshband xalifalaridan bo’lmish mavlono Ya’qub Charxiy haqida juda samimiyat bilan so’zladi. Buni eshitib, bu hazrat qoshiga borsammikan, degan fikr ham tug’ildi. Ammo Hirotga yaqinlashib qolganimni nazarda tutib, avval Hirotga borishga qat’iy qaror qildim. Xoja Ahror Hirotga yetib boradi va uning e’tirof etishicha, bu shaharda 4-5 yil qoladi. Bu vaqt Hirotda Shohrux Mirzo hokimiyati davom etar va Hirotda ilmiy-adabiy muhit o’zining xususiyatlari bilan mavjud edi. Hirotga kelgan Xoja Ahrorni esa, birinchi navbatda, tasavvuf va uning namoyandalari qiziqtiradi. Shuning uchun Samarqandda orttirgan do’st va maslakdoshi Sa’diddin Qoshg’ariyni so’rog’lab topadi va uning suhbatlarini, Hirot bo’ylab sayohatlarini davom ettiradi. Shu bilan birga u Hirotning mashhur mutasavvuflaridan shayx Bahovuddin Umar, shayx Zayniddin Xavofiylarning huzurida ham bo’lib, ulardan shayx Bahovuddin Umarga nisbatan ko’proq moyillik ko’rsatar, uning suhbatlarida ko’p bo’lardi. Xoja Ubaydulloh bu haqda shunday hikoya qiladi: shayx Bahovuddin Umar suhbatlari mening uchun unchalik foydali emasdi. Shunisi borki, bu suhbatlar vaqtida Men o’zligimni ko’proq taniy boshladim.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:15:44

Shunday ekan, shayx Bahovuddin Umarning qaysi fazilatlari Xoja Ubaydullohning diqqatini o’ziga tortgan edi? Bunday fazilatlardan biri shundaki, eslaydi Xoja Ubaydulloh, — shayx Bahovuddin Umar o’zlarini suhbatdoshlaridan katta tutmasdilar, nihoyat kamtar edilar, kishilar bilan samimiy va ochiq munosabatda bo’lardilar, har kimga o’ziga munosib Keladigan tarzda muomala qilardilar. Ikkinchisi esa, o’zlarining turmush tarzi oddiy va kamtarona edi... Chilla o’tirishni tark qilmasdilar. Biz bu hazratning xonadoniga besh yil bordi-keldi qilgan ekanmiz, shu orada bir martagina go’shtli taom yeganmiz, xolos. Bu ham besabab emasdi. Chunki shu kuni shayxning uylariga amir Feruz shohning ukasi amir Mahmudshoh kelgan edi. Men esa, mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bilan tashqarida o’tirgan edim, bizning oldimizga go’shtlik taom Keltirdilar. Xoja Ubaydullohning quyidagi hikoyasi ham diqqatni o’ziga tortadi:
«Ramazon oyida shayx Bahovuddin Umar Kozurgohdagi Xoja Abdulloh Ansoriy oromgohida uzlatda bo’ldilar. Havo issiq bo’lishiga qaramay, o’tiradigan joyda soya bo’lmasada, u kishining muridlari qatori men ham quyoshda o’tirdim, ancha qiynaldim. Iftor vaqtida ro’za ochilib, taom yedik. Ertasi ma’lum bo’ldiki, biz yegan taom boshqalar — omma uchun mo’ljallangan mahsulotdan tayyorlangan ekan. Bundan men juda qayg’urdim va keyinchalik o’z mehnatim bilan Dehqonchilik qilib, umr kechirishimning ham, mol-mulk orttirishga intilishimning boisi ham shu hodisa bo’lgan edi. Ammo dunyo orttirishim avlodim va suhbatdoshlarimga ancha tashvish keltirdi. Endi bilsam ulug’ mashoyixlarning ko’pi shuning uchun tarki dunyo (boylikdan voz kechish) qilar ekanlar».
Bunda muhim bir kuzatishning xulosasi bor, ya’ni Xoja Ubaydulloh Mehnat qilmay kun kechirish yoki birovlarga mo’ljallangan narsalarga ega bo’lishga intilishdan nafratlangan hamda Mehnat bilan orttirilgan mol-mulk ham tashvish va ko’ngilsizliklarga olib Kelajagini ta’kidlamoqda. Demak, inson o’z ehtiyojidan ortiqcha narsaga intilib, o’ziga-o’zi kulfat va g’am-anduh orttirar ekan.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:16:26

Shu bilan birga, Xoja Ahrorning ta’kidlashicha, ko’pgina mashoyixlar, jumladan, Zayniddin Xavofiy, Bahovuddin Umarlar ham fuqaro manfaati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilishda yoki zolimlar zulmi oldini olishda faollik ko’rsatmas ekanlar. Shuning uchun ular bunday masalalar bo’yicha Shohrux Mirzo oldiga shaxsan bormagan ekanlar. Shayx Bahovuddin Umar esa masalalarni hal qila olish qobiliyatiga ega bo’lmagan birovni Shohrux Mirzo va uning amaldorlari oldiga yuborib qo’ya qolar ekan. U shaxsni xalq «shayx elchisi» der ekan. «Shayx elchisi» bozorlarda ot surib borar va biror ishni natijali hal qila olmas ekan. Xoja Ahrorning fikricha, fuqaro manfaatlari yoki zulm va adolatsizliklarning oldini olish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishda mashoyixlar faollik ko’rsatib, shohlar, jumladan, Shohrux Mirzo huzuriga borganlarida, obro’lariga ziyon yetmasdi. Bu xulosalar nihoyatda muhim bo’lib, Xoja Ahror o’z faoliyati davomida ana shularga amal qilgan. Demak, Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, naqshbandiya tariqati namoyandalari suhbatlardan bahramand bo’lish bilan birga moddiy va ruhiy hayot masalalariga doir o’z tushunchalariga ega bo’lgan.
Xoja Ubaydulloh Hirotda o’zining hammaslagi Sa’diddin Qoshg’ariy bilan ko’p bo’lardi. Ular o’z fikrlarining tasdig’i uchun polvonlar kurashi ma’rakasiga qatnashar, biror polvonning g’olib Kelishini oldindan bashorat qilar va bu bashorat amalga oshardi. Bular Xoja Ubaydulloh, bashoratlarining imtihoni sifatida qaralardi.
Xoja Ubaydulloh Hirotda turli toifadagi kishilar bilan ham muloqot qilar, unga nisbatan e’tiqod qo’yar edilar. Ana shunday kishilardan biri mavlono hoji Mahmud mujallid (muqovasoz) ekan. U Xoja Ubaydullohga shunchalik e’tiqod qo’yibdiki, oxiri faqat uning mulozamatida bo’lar va, hatto, Mashhad shahridan otasini keltirib, Xoja Ubaydulloh bilan tanishtirib qo’yibdi.
Mavlono hoji Mahmud orada ko’rinmay qoldi, — deb hikoya qiladi Xoja Ubaydulloh — surishtirib ko’rsam, uni mirzo Boysung’ur tavsiyasi bilan Shohrux Mirzo devonida muqovasozlik lavozimiga tayinlabdilar. Bordim. Yaxshi joyda o’tirarkan. Turk va hindu qullar xizmatida kamarbasta, yonida bir yigit muqovasozlik hunarini o’rganardi. Bu kim, deb so’raganimda, hoji Mahmud aytdi: Shohrux Mirzo bu yigitga muqovasozlikni o’rgat, deb topshirdi, uning oti shayx Busa’iddir. Men kirganimda hamma o’rnidan turdi-yu, ammo bu yigit oyoq og’rig’i tufayli turmagan edi. Shunda Men «hali Seni yuzi qaro ko’rarman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Bir necha vaqt o’tgach, tobim qochdi, tabiblar bir xil doruni ichishni va parhyez taomlar tanavvul qilishni tavsiya qildilar. Men hoji Mahmud oldiga kelib, voqeani aytdim, u doruni topib berdi. Parhyez oshimni kim pishiradi deganda shayx Busa’id Men pishiraman dedi. Bir kun taom pishirayotganda qo’li qozonga Tegib, qora bo’libdi, buni sezmay yuzini artibdi va yuzi ham qora bo’libdi. Shu holda uni ko’rdimu, «shunga roziman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Shundan so’ng u bizga ixlos qo’ydi va doim biz bilan bo’lardi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:17:52

Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, ba’zan o’zi bilan bo’lar va, hatto, bir kuni Malik darvozasi soqchilari sharob ichgan ko’rinadi, deb uni ayblamoqchi bo’ldilar. Shunda Xoja Ubaydullohni taniydiganlar oraga tushib, uni qo’yib yubordilar. Xoja Ubaydullohning hikoya qilishicha, bir kuni Malik darvozasi oldida (bundan ko’rinadiki, uning asosiy yo’li shu darvoza bilan bog’liq ekan) darvesh Ahmad Samarqandiyni uchratdi. U, — men sizga borayotgan edim, — deydi. Qaytishda bir tor ko’chaga kirib, o’zining ahvolidan gapiradi, ko’p yig’laydi va aytadi: men nochor ahvolga tushib, nima qilarimni bilmay qolganimda, bir kishi Sen Xoja Ubaydulloh oldiga bor, u kishi Sening mushkullaringni oson qilgaylar, deb maslahat berdi. Shuning uchun men sizga ixlos qilib, yordam so’rab keldim. Uning qiyin ahvolga tushishining bayoni shunday: shayx Zayniddin Xavofiy darvesh Ahmad Samarqandiyga voizlik qilishga ruxsat beribdi va odamlarni uning va’zlarini eshitishga da’vat etibdi. Bu holat necha marta takrorlanibdi. Ammo nima sababdandir darvesh Ahmaddan ranjibdi hamda odamlarni uning va’ziga bormaslikka tashviq qilibdi, hattoki uni kofirlikda ham ayblabdi. Natijada darvesh Ahmad va’zini eshituvchilar soni yetti-sakkiz kishi bo’lib qolibdi. Xoja Ubaydulloh u voqeani eshitib, darvesh holiga achinib, unga rahmi kelibdi va bir kuni falon masjidda, boshqa kuni ikkinchi masjidda, yanagi safar namoz o’qiydigan boshqa masjidda va’z bo’lajagini xabar qiling, debdi. Shunday qilibdilar va juma kuni belgilangan masjidda shunday ko’p odam yig’ilibdiki, hech qo’yaVering. Ayrimlar darvesh Ahmad va’zini buzishga qaratilgan chora-tadbir ko’rgan bo’lsalarda, ammo odamlarning darvesh Ahmadni eshitishga ishtiyoqi ko’payaveribdi. Shunda Hirotda «bir yosh o’g’lon shayx Zayniddinga qarshi ish yuritib, darveshga ko’maklashibdi» degan ovoza tarqaldi. Natijada Xoja Ubaydullohning obro’si Hirotda benihoyat oshibdi hamda uning Hirotdan ketish sabablaridan biri ham shu bo’libdi.
Xoja Ubaydulloh to’rt-Besh yil Hirotda mashhur mashoyixlar suhbatida bo’lsa-da, ammo u hali asosiy maqsadiga — tariqat yo’lidagi ma’naviy pirni topishga erisha olmagan edi. Ana shu omil ham uni shayx Bahovuddin Umardan ruxsat so’rab, Chag’oniyon tomon yo’l olishiga sabab bo’lgan edi. Xoja Ubaydulloh Hirotdan Balxga kelib, mavlono Hisomaddin Balxiy bilan muloqotda bo’lib, uning qistovi bilan tariqatning juda nozik masalalaridan xabardor bo’ladi, so’ng Chag’oniyonga o’tadi. Bu haqda Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi:

Qayd etilgan