Muallif Mavzu: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 56500 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #45 : 22 Aprel 2010, 13:14:05 »
Bu bilan yosh Xoja Ubaydullohga mag’rurlanish yaxshi fazilat emasligini uqtirganday bo’lgan edi Sayyid Qosim Anvor.
Sayyid Qosim Anvor suhbatlarida bayon etilgan bir muhim mulohaza haqida Xoja Ubaydulloh shunday deydi: Bir kun Sayyid Qosim Anvor shunday Dedilar: bizga tashvish orttiruvchi bu atrofimizdagi nodon kishilardir. Sizga (Xoja Ahrorga) esa, tashvish orttirguvchi sizning dunyongiz (boyligingiz) bo’lgusidir. Bunda hazrat Sayyid Qosim Anvor mening hayotimda sodir bo’lgan voqealarni bashorat qilgan ekanlar.
Shunisi ma’lumki, Sayyid Qosim Anvor suhbatlaridan bahramand bo’lgan, uning pand-nasihatlarini eshitgan Xoja Ubaydulloh o’zining keyingi faoliyati davomida ularni amalga oshirishga astoydil kirishgan va, shu bilan birga, o’zining olijanob fazilatlari bilan ularni yangi-yangi sifatlar ila boyitgan.
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh birinchi marta 1427–1429 yillarda tog’asi xoja Ibrohimning tashabbusi bilan madrasada o’qish uchun Samarqandda bo’ldi: Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida qaynoq ilmiy-ijodiy muhit, uning zabardast namoyandalari, xususan, falsafa-tasavvuf sohasidagi Sa’diddin Qoshg’ariy, Sayyid Qosim Anvor, Attor Samarqandiylar bilan muloqotda, o’zining bilimi va tasavvuri doirasini kengaytirdi, o’ziga xos hurmatga ham sazovor bo’ldiki, bu xoh Sayyid Qosim Anvorning hammaslaklariga Xoja Ubaydulloh to’g’risida bildirgan fikrlaridan ham oydinlashadi. Bu orada Sa’diddin Qoshg’ariy va Sayyid Qosim Hirotga qaytdilar.
Xoja Ubaydulloh Samarqand muhitidan ko’pgina bahramand bo’lgan bo’lsa-da, u Hirot tomon bormoqchi bo’ladi. Shu vaqtda xojagon tariqatining muxlislaridan biri unga murojaat qilib, Hirotga bormang, Sa’diddin Qoshg’ariy borganidan pushaymon bo’libdi, debdi. Xoja Ubaydulloh Hirotga borish niyatidan qaytmayajagini aytgach, o’sha muxlis shunday debdi: unday bo’lsa, iltimosim shuki, Hirotda shayx Umar xonadonidan bahramand bo’lishga intilsangiz. Men shayxni ko’rganman, u kishi tariqatimizning jonkuyarlaridandir.
Xoja Ubaydulloh Hirot safariga Buxoro orqali yo’lga chiqadi, Pirmastda shayx Sirojiddin huzurida bo’ladi. Buxoroga Kelgach, mavlono Muborak shoh madrasasi hujrasidan joy olib, bobosi shayx Xovandi Tahur muxlislaridan bo’lmish mavlono Hamididdin va Xoja Alouddin G’ijduvoniylarning suhbatlaridan bahramand bo’ladi. Xoja Alouddin Xoja Ahrorda juda ko’p fazilatlarni kuzatar va «u yetuk shaxs» deb aytardi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #46 : 22 Aprel 2010, 13:14:17 »
Buxorodan Hirotga yo’l oladi. Hirot safari jarayonida Xoja Ahror asli xorazmlik bo’lgan ulug’ yoshli Xoja Musofir nomli shaxs bilan uchrashadi. Xoja Musofir turli masalalar haqida hikoya qilardi, jumladan, o’zi ko’rgan va shohidi bo’lgan quyidagi voqeani aytib berdi, deb eslaydi Xoja Ubaydulloh. Men, – degan edi Xoja Musofir, – Xoja Bahovuddin Naqshband suhbatlarida ko’p bo’lganman. Menda raqs va qo’shiqqa nisbatan kuchli moyillik bor edi. Bir kuni Xoja Bahovuddin huzurida o’yin va qo’shiq tashkil etish maqsadida qo’shiqchilar, doyra va nay asboblarini hozirladik. Bunga Xoja nima der ekanlar, deb o’yladik. Hazrat Xoja majlisda qatnashdilar, ammo o’yin va qo’shiqlarni man’ qilmadilar. Faqat «inkor namekunem va in kor namekunem» (inkor qilmaymiz, ammo bu ishni qilmaymiz) deb aytdilar.
Bu hikoyada naqshbandiya tariqatining mavjud hayot va uning barcha murakkabliklarini e’tirof etguvchilik, xursandchilik qiluvchilarga mone’ bo’lmaslik xususiyatlari yaqqol bayon etilgan. Bular esa, keyinchalik Xoja Ubaydulloh faoliyatida ham me’yorni saqlash sharti bilan davom ettirilgan.
Hirot shahriga yaqin bo’lgan Childuxtaron rabotida – deb hikoya qiladi Xoja Ahror, – bir shaxsni uchratdim. Bu kishi suhbat chog’ida Xulg’utav mavZeida Bahovuddin Naqshband xalifalaridan bo’lmish mavlono Ya’qub Charxiy haqida juda samimiyat bilan so’zladi. Buni eshitib, bu hazrat qoshiga borsammikan, degan fikr ham tug’ildi. Ammo Hirotga yaqinlashib qolganimni nazarda tutib, avval Hirotga borishga qat’iy qaror qildim. Xoja Ahror Hirotga yetib boradi va uning e’tirof etishicha, bu shaharda 4-5 yil qoladi. Bu vaqt Hirotda Shohrux Mirzo hokimiyati davom etar va Hirotda ilmiy-adabiy muhit o’zining xususiyatlari bilan mavjud edi. Hirotga kelgan Xoja Ahrorni esa, birinchi navbatda, tasavvuf va uning namoyandalari qiziqtiradi. Shuning uchun Samarqandda orttirgan do’st va maslakdoshi Sa’diddin Qoshg’ariyni so’rog’lab topadi va uning suhbatlarini, Hirot bo’ylab sayohatlarini davom ettiradi. Shu bilan birga u Hirotning mashhur mutasavvuflaridan shayx Bahovuddin Umar, shayx Zayniddin Xavofiylarning huzurida ham bo’lib, ulardan shayx Bahovuddin Umarga nisbatan ko’proq moyillik ko’rsatar, uning suhbatlarida ko’p bo’lardi. Xoja Ubaydulloh bu haqda shunday hikoya qiladi: shayx Bahovuddin Umar suhbatlari mening uchun unchalik foydali emasdi. Shunisi borki, bu suhbatlar vaqtida Men o’zligimni ko’proq taniy boshladim.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #47 : 22 Aprel 2010, 13:15:44 »
Shunday ekan, shayx Bahovuddin Umarning qaysi fazilatlari Xoja Ubaydullohning diqqatini o’ziga tortgan edi? Bunday fazilatlardan biri shundaki, eslaydi Xoja Ubaydulloh, – shayx Bahovuddin Umar o’zlarini suhbatdoshlaridan katta tutmasdilar, nihoyat kamtar edilar, kishilar bilan samimiy va ochiq munosabatda bo’lardilar, har kimga o’ziga munosib Keladigan tarzda muomala qilardilar. Ikkinchisi esa, o’zlarining turmush tarzi oddiy va kamtarona edi... Chilla o’tirishni tark qilmasdilar. Biz bu hazratning xonadoniga besh yil bordi-keldi qilgan ekanmiz, shu orada bir martagina go’shtli taom yeganmiz, xolos. Bu ham besabab emasdi. Chunki shu kuni shayxning uylariga amir Feruz shohning ukasi amir Mahmudshoh kelgan edi. Men esa, mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bilan tashqarida o’tirgan edim, bizning oldimizga go’shtlik taom Keltirdilar. Xoja Ubaydullohning quyidagi hikoyasi ham diqqatni o’ziga tortadi:
«Ramazon oyida shayx Bahovuddin Umar Kozurgohdagi Xoja Abdulloh Ansoriy oromgohida uzlatda bo’ldilar. Havo issiq bo’lishiga qaramay, o’tiradigan joyda soya bo’lmasada, u kishining muridlari qatori men ham quyoshda o’tirdim, ancha qiynaldim. Iftor vaqtida ro’za ochilib, taom yedik. Ertasi ma’lum bo’ldiki, biz yegan taom boshqalar – omma uchun mo’ljallangan mahsulotdan tayyorlangan ekan. Bundan men juda qayg’urdim va keyinchalik o’z mehnatim bilan Dehqonchilik qilib, umr kechirishimning ham, mol-mulk orttirishga intilishimning boisi ham shu hodisa bo’lgan edi. Ammo dunyo orttirishim avlodim va suhbatdoshlarimga ancha tashvish keltirdi. Endi bilsam ulug’ mashoyixlarning ko’pi shuning uchun tarki dunyo (boylikdan voz kechish) qilar ekanlar».
Bunda muhim bir kuzatishning xulosasi bor, ya’ni Xoja Ubaydulloh Mehnat qilmay kun kechirish yoki birovlarga mo’ljallangan narsalarga ega bo’lishga intilishdan nafratlangan hamda Mehnat bilan orttirilgan mol-mulk ham tashvish va ko’ngilsizliklarga olib Kelajagini ta’kidlamoqda. Demak, inson o’z ehtiyojidan ortiqcha narsaga intilib, o’ziga-o’zi kulfat va g’am-anduh orttirar ekan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #48 : 22 Aprel 2010, 13:16:26 »
Shu bilan birga, Xoja Ahrorning ta’kidlashicha, ko’pgina mashoyixlar, jumladan, Zayniddin Xavofiy, Bahovuddin Umarlar ham fuqaro manfaati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilishda yoki zolimlar zulmi oldini olishda faollik ko’rsatmas ekanlar. Shuning uchun ular bunday masalalar bo’yicha Shohrux Mirzo oldiga shaxsan bormagan ekanlar. Shayx Bahovuddin Umar esa masalalarni hal qila olish qobiliyatiga ega bo’lmagan birovni Shohrux Mirzo va uning amaldorlari oldiga yuborib qo’ya qolar ekan. U shaxsni xalq «shayx elchisi» der ekan. «Shayx elchisi» bozorlarda ot surib borar va biror ishni natijali hal qila olmas ekan. Xoja Ahrorning fikricha, fuqaro manfaatlari yoki zulm va adolatsizliklarning oldini olish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishda mashoyixlar faollik ko’rsatib, shohlar, jumladan, Shohrux Mirzo huzuriga borganlarida, obro’lariga ziyon yetmasdi. Bu xulosalar nihoyatda muhim bo’lib, Xoja Ahror o’z faoliyati davomida ana shularga amal qilgan. Demak, Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, naqshbandiya tariqati namoyandalari suhbatlardan bahramand bo’lish bilan birga moddiy va ruhiy hayot masalalariga doir o’z tushunchalariga ega bo’lgan.
Xoja Ubaydulloh Hirotda o’zining hammaslagi Sa’diddin Qoshg’ariy bilan ko’p bo’lardi. Ular o’z fikrlarining tasdig’i uchun polvonlar kurashi ma’rakasiga qatnashar, biror polvonning g’olib Kelishini oldindan bashorat qilar va bu bashorat amalga oshardi. Bular Xoja Ubaydulloh, bashoratlarining imtihoni sifatida qaralardi.
Xoja Ubaydulloh Hirotda turli toifadagi kishilar bilan ham muloqot qilar, unga nisbatan e’tiqod qo’yar edilar. Ana shunday kishilardan biri mavlono hoji Mahmud mujallid (muqovasoz) ekan. U Xoja Ubaydullohga shunchalik e’tiqod qo’yibdiki, oxiri faqat uning mulozamatida bo’lar va, hatto, Mashhad shahridan otasini keltirib, Xoja Ubaydulloh bilan tanishtirib qo’yibdi.
Mavlono hoji Mahmud orada ko’rinmay qoldi, – deb hikoya qiladi Xoja Ubaydulloh – surishtirib ko’rsam, uni mirzo Boysung’ur tavsiyasi bilan Shohrux Mirzo devonida muqovasozlik lavozimiga tayinlabdilar. Bordim. Yaxshi joyda o’tirarkan. Turk va hindu qullar xizmatida kamarbasta, yonida bir yigit muqovasozlik hunarini o’rganardi. Bu kim, deb so’raganimda, hoji Mahmud aytdi: Shohrux Mirzo bu yigitga muqovasozlikni o’rgat, deb topshirdi, uning oti shayx Busa’iddir. Men kirganimda hamma o’rnidan turdi-yu, ammo bu yigit oyoq og’rig’i tufayli turmagan edi. Shunda Men «hali Seni yuzi qaro ko’rarman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Bir necha vaqt o’tgach, tobim qochdi, tabiblar bir xil doruni ichishni va parhyez taomlar tanavvul qilishni tavsiya qildilar. Men hoji Mahmud oldiga kelib, voqeani aytdim, u doruni topib berdi. Parhyez oshimni kim pishiradi deganda shayx Busa’id Men pishiraman dedi. Bir kun taom pishirayotganda qo’li qozonga Tegib, qora bo’libdi, buni sezmay yuzini artibdi va yuzi ham qora bo’libdi. Shu holda uni ko’rdimu, «shunga roziman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Shundan so’ng u bizga ixlos qo’ydi va doim biz bilan bo’lardi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #49 : 22 Aprel 2010, 13:17:52 »
Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, ba’zan o’zi bilan bo’lar va, hatto, bir kuni Malik darvozasi soqchilari sharob ichgan ko’rinadi, deb uni ayblamoqchi bo’ldilar. Shunda Xoja Ubaydullohni taniydiganlar oraga tushib, uni qo’yib yubordilar. Xoja Ubaydullohning hikoya qilishicha, bir kuni Malik darvozasi oldida (bundan ko’rinadiki, uning asosiy yo’li shu darvoza bilan bog’liq ekan) darvesh Ahmad Samarqandiyni uchratdi. U, – men sizga borayotgan edim, – deydi. Qaytishda bir tor ko’chaga kirib, o’zining ahvolidan gapiradi, ko’p yig’laydi va aytadi: men nochor ahvolga tushib, nima qilarimni bilmay qolganimda, bir kishi Sen Xoja Ubaydulloh oldiga bor, u kishi Sening mushkullaringni oson qilgaylar, deb maslahat berdi. Shuning uchun men sizga ixlos qilib, yordam so’rab keldim. Uning qiyin ahvolga tushishining bayoni shunday: shayx Zayniddin Xavofiy darvesh Ahmad Samarqandiyga voizlik qilishga ruxsat beribdi va odamlarni uning va’zlarini eshitishga da’vat etibdi. Bu holat necha marta takrorlanibdi. Ammo nima sababdandir darvesh Ahmaddan ranjibdi hamda odamlarni uning va’ziga bormaslikka tashviq qilibdi, hattoki uni kofirlikda ham ayblabdi. Natijada darvesh Ahmad va’zini eshituvchilar soni yetti-sakkiz kishi bo’lib qolibdi. Xoja Ubaydulloh u voqeani eshitib, darvesh holiga achinib, unga rahmi kelibdi va bir kuni falon masjidda, boshqa kuni ikkinchi masjidda, yanagi safar namoz o’qiydigan boshqa masjidda va’z bo’lajagini xabar qiling, debdi. Shunday qilibdilar va juma kuni belgilangan masjidda shunday ko’p odam yig’ilibdiki, hech qo’yaVering. Ayrimlar darvesh Ahmad va’zini buzishga qaratilgan chora-tadbir ko’rgan bo’lsalarda, ammo odamlarning darvesh Ahmadni eshitishga ishtiyoqi ko’payaveribdi. Shunda Hirotda «bir yosh o’g’lon shayx Zayniddinga qarshi ish yuritib, darveshga ko’maklashibdi» degan ovoza tarqaldi. Natijada Xoja Ubaydullohning obro’si Hirotda benihoyat oshibdi hamda uning Hirotdan ketish sabablaridan biri ham shu bo’libdi.
Xoja Ubaydulloh to’rt-Besh yil Hirotda mashhur mashoyixlar suhbatida bo’lsa-da, ammo u hali asosiy maqsadiga – tariqat yo’lidagi ma’naviy pirni topishga erisha olmagan edi. Ana shu omil ham uni shayx Bahovuddin Umardan ruxsat so’rab, Chag’oniyon tomon yo’l olishiga sabab bo’lgan edi. Xoja Ubaydulloh Hirotdan Balxga kelib, mavlono Hisomaddin Balxiy bilan muloqotda bo’lib, uning qistovi bilan tariqatning juda nozik masalalaridan xabardor bo’ladi, so’ng Chag’oniyonga o’tadi. Bu haqda Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi:

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #50 : 22 Aprel 2010, 13:18:22 »
«Chag’oniyonga keldimu kasal bo’lib qolishim sababli Xulg’utavda yashovchi mavlono Ya’qub Charxiy mulozamatiga darrov bora olmadim. Shu orada turli kishilar bilan muloqotida bo’ldim, so’z mavlono Ya’qub Charxiydan borganda ayrimlar ul kishi haqida yoqimsiz gaplar aytib, meni ikkilantirib qo’ydi. O’zimcha o’yladimu shaxsning muloqotida bo’lish niyatida kelib, ko’rmasdan, ketish bo’lmaydi Dedimda, mavlononing huzuriga bordim. Yaxshi kutib olib, so’radilar: Siz qayerdansiz? Aytdim: Shosh viloyatidan. Yana so’radilar: shayx Umar Bog’istoniyga biror aloqangiz bormi? mening ul hazrat bilan munosabatimni birdan aytish noqulay bo’lar degan xayolga borib, shunday javob berdim; bizning otalarimiz ul shayx xonadonining muxlislaridirlar. Aytdilar: ulug’ Xoja Bahovuddin shayx Umar Bog’istoniyni nihoyatda maqtar edilar... Ertasi yana borganimda meni jahl bilan kutib oldilar. Men odamlarning kishi haqidagi so’zlari rost ekan-da degan xayolga bordim. Ammo bir muddat o’tgach, juda bir xushmuomalalik bilan menga qo’llarini uzatdilar.
Men u kishining manglayida oq dog’ni ko’rib qolib qo’limni uzatmadim, mavlono mening holatimni Sezib qo’llarini tortib oldilar va qiyofalarini shunday o’zgartirdilarki, men uni ko’rib, mavlononi quchib olishga shaylandim. Shunda qo’llarini uzotib, aytdilar: mening qo’llarimni ushlagil, chunki Xoja Bahovuddin deb edilarki, Ya’qub sening qo’ling bu mening qo’limdir, shunday bo’lgach, Xoja Bahovuddinning qo’llarini olasiz. Men darhol mavlononing qo’llarini ushladim.
Xoja Ubaydullohning mavlono Ya’qub Charxiy suhbatlari haqidagi esdaliklardan shu narsa ham ma’lum bo’ladiki, Xoja Bahovuddin Naqshbanddan boshlab uning Ya’qub Charxiy kabi shogirdlari ham naqshbandiya tariqatida erkin fikrlilik o’zgalar fikri va ishlarini e’tirof etish, ularni inkor etmaslik, ammo imonning Olloh taologa nisbatan e’tiqodning but va shubhasiz bo’lishligi lozimligi masalalariga katta e’tibor bergan ekanlar. Shu jihatdan Xoja Ubaydullohning quyidagicha hikoya qilishi bejiz emasday tuyuldi. «Mavlono Ya’qub ayturdilarki, bizga Xoja Bahovuddindan qolgan ana shu zikr bo’lib, kimki jazaba usulida muridlarni tarbiyalay olsa, yaxshi bo’lardi».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #51 : 22 Aprel 2010, 13:18:46 »
Ma’lumki, xojagon tariqatida jahriya va xufiya nav’li zikrlar bo’lib, Xoja Ubaydulloh xufiya zikr – zikri dil –ya’ni Olloh taoloni doimo ko’ngilda deb bilish tarafdori bo’lgan. Ammo uning davrida jahriya-jazaba usuli ham – Olloh taoloni baland ovoz bilan, o’zidan ketguncha, jazabaga yetguncha eslash usuli tarafdori ham bo’lganlar. Ammo Xoja Ubaydulloh ularni yoqlamagan va shuning bilan bir qatorda inkor etmagan ko’rinadi. Uning o’rnida Haq taoloni ko’ngilda tutib, fuqaro manfaatlarini ko’zlash, zulm va adolatsizlik oldini olish uchun intilishni ma’qul deb bilgan. Ehtimolki, bunda uning Sayyid Qosim Anvor bilan Samarqandda doimiy tarzda suhbatda bo’lishi va Sayyid Qosim Anvordagi erkin fikrlash, o’z muddaosini – adolat va haqiqat uchun kurash aqidalarini ochiq-oydin aytish xususiyatlarining ta’siri ham bordir. Bunda tilga olingan mavlono Ya’qub Charxiy (vaf. 1447 m.) Bahovuddin Naqshbandning shogirdlaridan bo’lib, naqshbandiya tariqatining nufuzli namoyandalaridandir. Uning bu tariqatga oid «Risolai unsiya» asari borligi qayd qilingan.
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh mavlono Ya’qub Charxiy siymosida o’zi izlagan ma’naviy pirni topgach, uning ijozati bilan Qarshi, Shahrisabz, Samarqand va Jizzax orqali o’z vatani Shoshga -Toshkandga qaytadi. Bu voqea 1433–1434 yillarda sodir bo’lgan ko’rinadi. Xoja Ahrorning Shosh – Toshkanddagi hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lmasakda, ba’zi ulamolar bilan qilingan suhbatlar, atrofga sayohat qilishga doir ayrim lavhalarga duch keldik. Xoja Ahror haqida so’z yuritgan olimlarning qayd qilishlaricha, u Toshkandda dehqonchilik bilan shug’ullangan. Shu bilan birga naqshbandiya tariqati namoyandalaridan Mavlono Ismoil Nizomiddin Xomushlar bilan suhbatlar qurgan. Jumladan, Muhammad Qozi shunday lavhani – Xoja Ahror hikoyasini Keltiradi:
«(Xoja Ahror) aytur erdilarki, Xoja Bahovuddin Naqshbandning suhbatdoshlaridan bo’lmish mavlono Sayfiddin Manoriyning o’g’li mavlono Ismoil Farkat shahridan (Toshkent yaqinidagi qadimiy shaharlardan) bizni ko’rish uchun kelib, bir Kecha mehmonimiz bo’ldilar. Mavlono Ismoilni mavlono Sayfiddin Manoriyning farzandi bo’lganligi uchun otasi hurmati jihatidan e’zozladim. Sahar vaqti mavlono Ismoilni g’amgin holatda uchratdim. Sababini so’raganimda, shunday dedi: tush ko’rsam, qo’limda oq burgut bo’lib, u uchib ketibdi, ammo oyog’ida ipi osilib turardi. Parishonligimning boisi mana shu tushdir. Aytdim: tushning ta’biri shuki, siz suhbatlarimizdan bahramand bo’libsiz va tabiiy ishlar (uxlash) bilan band bo’lganingiz tufayli uning ta’siri kamayibdi. Ammo qush oyog’idagi ip hali bahramand bo’lishingiz mumkinligiga ishoradir, ya’ni aloqa tamoman uzilgan emas. U yana burgut timsolida zohir bo’lgay, chunki burgut boshqa qushlarni ov qilguvchi qushdir... Bu orada shunday ma’lum bo’ldiki, mavlono Ismoil o’zini ancha tutib olgan edi. Men aytdim: qarangchi, qush kelibdi-mi? Bu savol uni hushiga keltirib, xursand bo’ldi va shundan so’ng bizdan ajralmadi. Bizning atrofimizda boshqa suhbatdoshlar ham yig’ila boshladilar. Suhbatdoshlarning ehtiyojlarini qondirish zaruriyati dehqonchilik bilan shug’ullanishni taqozo qilardi. Ularning xotiri tirikchilik o’tkazish tashvishi bilan parishon bo’lmasin, deb dehqonchilik qilar edik . Shu sababli dunyo (mol-mulk) kerakligi bilindi, bizda u ko’paydi».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #52 : 22 Aprel 2010, 13:18:56 »
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh Toshkandda e’tibor qozondi va uning huzuriga xojagon tariqatining ko’zga ko’ringan namoyandalari ham Kelishardi. Bulardan mavlono Nizomiddin Xomushning Xoja Ubaydulloh bilan uchrashgani haqida hikoyalar maqomotlarda, jumladan, Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida ham keltirilgan. Ana shu manbada keltirilishicha, Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qilgan ekan:
Toshkandda ekanimiz vaqtida uyimizga mavlono Nizomiddin Xomush Mehmon bo’ldilar. Men u kishining izzat-hurmatini joyiga keltirmoq uchun doimo harakat qilardim. Mavlononing istaklari bilan Toshkand mazorotlarini birga ziyorat qilardik. Suhbat davomida esa turli masalalar haqida so’zlab har xil rivoyatlar keltirardilar. Bir kuni shunday voqeani aytdilar: ikki kishi bor edi, ular egizak bo’lib, orqasi bilan bir-biriga yopishgan edi. Shunday bo’lsa-da, doim shukr der edilar. Shunda birov so’radi: ahvolingiz bunday bo’lsa-da Nega doim shukr deysizlar? Ul ikkov shunday deb javob berdilar: bundan ham og’ir azob-uqubat borligini tasavvur qilib, shunday Deymiz. Ko’p vaqt o’tmay ulardan biri vafot etdi. Yana u bilan uchrashganda tirigi aytdi: bu eng og’ir balodir, undan qutulish mushkul, chunki doim o’likni ko’tarib yurmoq kerak. Shunisiga ham shukr qilaman.
Bu voqyeiy hodisa bo’lsa, unda tabiatning turli xildagi mo’’jizalari tarixini o’rganish uchun bir material bo’la oladi va agar u tamsiliy hikoya tarzida yaratilgan bo’lsa, unda kishilar doimo shukr aytish bilan yashashlari darkor, ya’ni Ollohning xohishiga qarshi bormasliklari kerak, degan g’oya olg’a surilgan. Albatta, bunday fikr tasavvuf tariqati namoyandalari aqidasi sifatida qaralmog’i lozim. Shu ma’noda quyida keltirilgan hikoyada ham mavlono Nizomiddin Xomushning karomotlaridan biri bayon qilingan:
Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi: birov kelib, Mavlono Nizomiddin Xomush kasal bo’lib qolganini aytadi. Bu vaqtda u Toshkandda bizning uyimizda edi. Bordim. Qarasam, uning ustiga ko’p to’n yopib, yana bir necha kishi u hazratning ustini mahkamlab turardi, ammo shunga qaramay mavlono titrardi, tishlari tishlariga Tegmasdi, bu holni ko’rib xafa bo’ldim. Shu vaqtda birov eshikdan kirib keldi. Havo sovuq bo’lib, u kishi suvga tushib, to’nlari ho’l bo’lib, o’zi sovuqdan titrardi. Mavlono aytdilar: meni qo’yinglar-da, bu odamni isitinglar. Men uning uchun sovuq qotardim. Haligi shaxsning kiyimlarini almashtirib, uni isita boshladilar. Shunda mavlono hech zahmatsiz o’rinlaridan turdilar va soppa-sog’ edilar.
Mavlono Nizomiddin Xomush Toshkandda Xoja Ubaydulloh uyida turar ekan, uni ziyorat qilish uchun atrofdan ham odamlar kelar edilar. Ana shulardan biri Farkat mavlonozodasi bo’lib, u hazratga tuhfa ham taqdim etgan. Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh Toshkandda ekan, uning obro’yi osha boradi va shuning bilan birga muxoliflari ham paydo bo’laVeradi. Jumladan, Toshkanddagi ulamolardan bo’lmish Mirjamol Xoja Ubaydullohni mensimas, uni orif va ulamolar qatoriga qo’shmas ham ekan. Shundan bo’lsa kerak, Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi: Toshkandda bir darvesh bor edi. Ko’cha va bozorda uchrashib qolsa, menga astagina shunday der edi: xudo sizni bunday musulmonchilikdan qutqarsin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #53 : 22 Aprel 2010, 13:19:39 »
Buni har xil tushunsa bo’ladi. Birinchidan, Mirjamol kabilarning Xoja Ubaydullohga nisbatan munosabatlarini ko’rgan darvesh Xoja Ubaydullohga hamdard bo’lib, siz ularday yo’l tutmang, ulardan uzoqlashing Demoqchidir. Ikkinchidan, darvesh qalandarona hayot tarzini boshdan kechirar ekan, bundan norozi bo’lib, Xoja Ubaydullohga qalandarlik mashrabi yo’lidan bormang, demoqchidir. Balkim har ikki holatda ham bir haqiqat ma’lum bo’ladi: Xoja Ubaydullohning e’tibori kuchaya borgani sari muxoliflari ham ko’paygan.
Muxolifliklardan ranjigan Xoja Ubaydulloh bir vaqt Farkatga boradi. «Ul hazratning do’stlari, – deb hikoya qiladi mavlono Qozi, -hazratdan so’ng Farkat tomon yo’l oladilar. Farkatga kelganda Xoja Ubaydullohni mavlono Sayfiddin Manoriy mozorining hujrasida uchratdilar. Xoja Ubaydullohni bu yerda ko’rganlar uning haybati va salobatidan hushsiz bo’lib yiqildilar, anchadan so’ng o’zlariga keldilar».
Ko’rinadiki, Xoja Ubaydullohning Toshkand davri hayoti va faoliyati Tekis davom etmagan. Afsuski, uning bu davrdagi faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotga qatnashuvi va boshqa masalalarga oid materiallar hozircha bizga ma’lum emas. Muhammad Qozi ham o’z asarida bu haqda kam to’xtalgan.
Xoja Ubaydullohning Toshkandda Temuriyzoda Abu Sa’id Mirzo bilan bo’lgan muloqotlarining sabab va tafsilotlari ham uncha aniqlangan emas. Shunisi ma’lumki, Shohrux Mirzo vafoti (1447), Ulug’bek Mirzo fojiasidan (1449) so’ng Movarounnahr va Xurosonda Temuriy shohzodalarning taxt-toj uchun kurashi nihoyatda avjiga chiqadi. Shuning natijasida Ulug’bek Mirzoning o’g’li Abdullatif o’ldirilgach, Ulug’bekning kuyovi Abdullo Mirzo Samarqand taxtiga chiqadi. Ammo boshqa Temuriyzodalar, jumladan, Abu Sa’id Mirzo taxt-toj uchun kurashni davom ettirib, Abdullo Mirzoga qarshi kurash uchun Dashti Qipchoq hokimi Abulxayrxonga (vaf. 1469–1470) murojaat qilib, harbiy yordam so’raydi. A.A. Semenovning ta’kidiga ko’ra, Abulxayrxon temuriyzodalarning o’zaro kurashlariga birinchi bor aralashib, Abu Sa’id Mirzoning iltimosini qondiradi va unga harbiy yordam ko’rsatadi. Xuddi ana shu munosabat bilan Dashti Qipchoqqa yo’l olgan Abu Sa’id Toshkandda ham bo’lib, Xoja Ubaydulloh bilan tanishgan ko’rinadi. Bu voqealar esa 1451–1452 yillarga tegishlidir. Bir masala bizga hozircha noma’lum bo’lib qolmoqda, ya’ni nima uchun Abu Sa’id Mirzo Toshkandda ekanligi vaqtida boshqa ulamolarga emas, balki Xoja Ubaydullohga uchrashgan? Xoja Ubaydullohning qaysi tomonlari Abu Sa’id Mirzoning diqqatini o’ziga tortgan? Ikkinchi tomondan esa, Xoja Ubaydulloh Abu Sa’id Mirzoni qanday taniydi? Nega u Abu Sa’id Mirzoga ruhiy homiylik qilishga rozilik berdi?

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #54 : 22 Aprel 2010, 13:19:49 »
Agar ba’zi ishoralarga e’tibor qilinsa, bu savollarning ayrimlariga javob topish imkoni borga o’xshaydi. Jumladan, aytishlaricha, Xoja Ubaydulloh qandaydir masala bo’yicha Movarounnahr podshosi Abdullo Mirzoga murojaat qilish maqsadida Samarqandga borgan ekan. Ammo saroy amaldorlari uni Abdullo Mirzo qabuliga kiritmagach, u noiloj Toshkandga qaytibdi. Agar shunday bo’lsa, Xoja Ubaydullohning Abdullo Mirzo va uning amiru amaldorlaridan qattiq ranjigani tabiiy. Xuddi shu holatda Toshkandga kelgan Abu Sa’id mirzo va uning Samarqandga yurish qilish rejalarini eshitgan Xoja Ubaydulloh Abu Sa’id mirzoning ruhiy homiy bo’lish haqidagi iltimosini qabul qilmadimikan?! Buning ustiga o’zi ham qo’shilib Samarqand tomon bormadimikan?! Shunday bo’lgan ko’rinadi. Shu jihatdan Abu Sa’id mirzoning Samarqand hokimi Abdullo mirzoga qarshi yurishida qatnashgan Abu Sa’id mirzoning lashkarboshlaridan bo’lgan Hasan bahodurning quyidagi hikoyasi diqqatga sazovor ko’rinadi:
«Abu Sa’id mirzo lashkari Toshkanddan Samarqand tomon yo’l olganda Men uning bilan birga edim, – deydi Hasan bahodur. – Bulung’ur arig’i yaqinida mirzo Abdullo qo’shinlari saf tortib turgan ekan. Men mirzo Sulton Abu Sa’idga yaqin turdim. Mirzo Sulton Abu Sa’id lashkarining soni taxminan yetti mingdan iborat bo’lsa, mirzo Abdullo lashkari va qurol-yarog’i juda ko’p edi. Bu orada bizning lashkarlarimizdan bir qismi mirzo Abdullo tomon o’tdi. Mirzo Sulton Abu Sa’id nihoyatda tashvishga tushib, unda qo’rqish alomati sezila boshlandi. Shu vaqtda mirzo Sulton Abu Sa’id menga murojaat qilib, «Ey Hasan, biror narsa ko’ryapsanmi?» deb so’radi. Men aytdim: «Sultonim, men Xoja (Ahror) hazratlarini ko’ryapman, ul kishi lashkarimiz oldida bormoqdalar». Mirzo Sulton Abu Sa’id aytdi: «Men ham ko’ryapman». Men aytdim: «Mirzo, g’am yemang» dushman ustidan g’alaba qozonajakmiz». Shu vaqtda men «yog’i qochdi» deb baland ovoz bilan aytib yuborgan ekanman bu gapni butun lashkarimiz takrorlab, ilgari harakat qildi. Ozgina fursat o’tmay, mirzo Abdullo asir tushdi va uning lashkari yengildi. Shu kunning o’zida Samarqand qo’lga kirdi». Muhammad Qozi shunga ilova qilib, Xoja Ahrordan eshitgan quyidagi gapni ham keltiradi: (Xoja Ahror) ayturdilarki, «mirzo Abdullo asir tushgach, uni darhol o’ldirdilar. Men Toshkand tomon yo’l oldim».
Bundan ko’rinadiki, Sulton Abu Sa’idning mirzo Abdullo lashkarlari ustidan g’alaba qozonishi uning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan ixlosini yanada kuchaytirgan va unga bog’lanib qolgan. Ana shuning natijasida Samarqand taxtiga o’tirgan Sulton Abu Sa’id mirzo Xoja Ubaydullohning o’zi yonida bo’lishini ma’qul ko’rib, uni Toshkanddan Samarqandga ko’chirtirib kelgan. Xoja Ubaydullohning Sulton Abu Sa’id mirzo tomonidan Samarqandga ko’chirtirib kelgani o’sha voqeaning shohidlari tomonidan tasdiqlangan. Jumladan, Xoja Ahrorning muridlaridan bo’lmish mavlono darvesh Saripuliy shunday hikoya qiladi:

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #55 : 22 Aprel 2010, 13:20:01 »
«Mirzo Sulton Abu Sa’id hukmronlikni qo’lga olgach, Xoja Ubaydulloh hazratlarini Toshkanddan Samarqandga ko’chirtirib keldi. Hazrat Xoja Ubaydulloh Samarqandga ko’chib kelganlarida u kishini birinchi bo’lib ziyorat qilgan Men edim».
Bu voqea 1452 yilda sodir bo’lib, shundan so’ng Xoja Ubaydulloh umrining oxirigacha Samarqand bilan bog’landi. Albatta, u Movarounnahr va Xurosonning juda ko’p shaharlari, qishloqlariga sayohatlar qilardi, ammo asosiy makoni Samarqand bo’lib qoldi. Xoja Ubaydulloh Sulton Abu Sa’id va so’ngra uning o’g’li Sulton Ahmadning Samarqanddagi hukmronliklari davrida ular nazdida juda katta e’tiborga sazovor bo’lib qolmay, balki Mehnatkash aholi, tijorat ahli, hunarmandlar, ilm, adabiyot, tasavvuf va boshqa sohalarning zabardast vakillari doirasida shuhrat qozondi, ko’pgina mol-mulk, yer va boyliklar sohibi ham bo’ldi. Xoja Ahror e’tiborining tezda oshgani shundan ham bilinadiki, 1454 yilda Xoja Ahror tomonidan sotib olingan hovli vasiqasida u oliy maqom, davlat va din sharafi, ilohiy sirlarning orifi va mazhari kabi faxriy unvonlar sohibi sifatida hamda fuqaro va akobirlarning pushtu panohi, deb tilga olingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Xoja Ubaydullohning bunday yuksak martabalar va ehtirom sohibi ekani shu vasiqada zamonasining a’lam ul-ulamosi Xoja Fazlulloh ibn Abdulvohid Abulays tomonidan ham «Shunday, V-ollo-hu a’lam», deyilib tasdiqlangan. Bunday hol faqat Samarqanddagina emas, balki Xurosonda ham ma’lum va mashhur bo’lgan.
Ma’lumki, Xuroson hokimi Sulton Abulqosim Bobur 1454 yilda Abu Sa’id mirzo hukmronlik qilayotgan Samarqandga yurish qildi. Shu voqea bilan bog’liq bo’lgan ayrim lavhalar Muhammad Qozi tomonidan Keltirilganki, ular bir tomondan, Xoja Ubaydullohning mavqyeini tushinishda, ikkinchi tomondan esa, Abulqosim Boburga Tegishli ba’zi masalalarni oydinlashtirishda ko’maklashadi. Ulardan biri quyidagicha:
Ayturlarkim, Abulqosim Bobur Mirzo Samarqandni qamal qilgan vaqtda Xoja Abu Nasr Porso hazratlari Balxda ekanlar. Bir kuni Balxda «Abulqosim Bobur Samarqandni egallabdi» degan gap tarqalibdi. Xoja Abdulmalik iztirob bilan Xoja Abu Nasr huzuriga kelib, «Mirzo Bobur Samarqandni olibdi» Dedi. Xoja Abu Nasr bunga e’tibor bermabdi. Xoja Abdulmalik esa bu gapni bir Necha marta takrorlabdi. Bu vaqtda Xoja Abu Nasr tahorat qilib, qo’llarini yuvayotgan ekanlar. Xoja Abdulmalik haddan tashqari mubolag’a qilaVergach, Xoja Abu Nasr aytibdilarki, shunday ovoza qilibdilarmi, deb qo’llarini uzatib, mana, Bobur Samarqandni olar ekan?! Samarqandning egasi bor, uning ijozatisiz va roziligisiz hech kim Samarqandni ololmaydi. Xoja Abdulmalik «Samarqandning egasi kim» deb so’rabdi. Xoja Abu Nasr aytibdilar: Xoja Ubaydulloh hazratlari... Bir kecha fursat o’tgach, Boburning Samarqandni olgani haqidagi ovozaning yolg’onligi ma’lum bo’libdi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #56 : 22 Aprel 2010, 13:20:12 »
Mana bu hikoya ham qiziq:
Abdulqosim Bobur ikki yuz ming lashkar bilan Samarqandga yo’l olgach, bu xabarni eshitgan Sulton Abu Sa’id mirzo Xoja Ubaydulloh hazratlari huzuriga kelib, Men mirzo Boburga qarshi kurasha olish quvvatiga ega emasmen, nima qilmoq kerak, debdi. Xoja hazratlari unga tasalli beribdilar. Mirzo Bobur lashkarlari Amudaryodan o’tgach, Sulton Abu Sa’id mirzoning amirlari Turkistonga chekinib, u yerni mustahkamlash kerak, degan maslahatga kelibdilar va safar asboblarini tayyorlay boshlabdilar. Bundan voqif bo’lgan Xoja hazratlari darrov kelib, tuyalarga ortilgan yuklarni tushirishni aytib, mirzo Sulton Abu Sa’idga murojaat qilib, «qayerga bormoqchisiz? Hyech qayerga borishning hojati yo’q, mushkul shu yerda oson bo’ladi. Men sizning himoyangizni o’z zimmamga olganman. Garchi ba’zi amirlaringiz Xoja hazratlari bizni o’limga boshlayapti, deb aytgan bo’lsalar-da, Siz bunga ishonmang» debdilar. Sulton Abu Sa’idning Xoja hazratlariga e’tiqodi kuchli bo’lganligi sababli hech kimning gapiga quloq solmadi va hech qayerga otlanmadi. Mirzo Boburning amirlari «Sulton bizga qarshi turishga dosh berolmay, Samarqandni bizga qoldirib ketadi» degan xayolda ekanlar. Ammo Sulton Abu Sa’id qal’ani mustahkamlab, urushga shaylanibdi. Mirzo Bobur Samarqand qal’asiga yaqinlashibdi. Uning ilg’ori Xalil hindu boshchiligida Namozgoh yaqinida shahardan chiqqan ozgina kishilar bilan urushibdi. Bu urushda Xalil hindu asir tushibdi. Mirzo Bobur Samarqandning qadimiy hisori-qal’asi (hozirgi Afrosiyob)da o’rinlashibdi. Uning askarlari oziq-ovqat izlab, atrofga borganlarida aholi ularni tutib, quloq va burunlarini Kesadilar. Shunday qilib, mirzo Bobur askarlaridan ko’pi quloq va burunsiz bo’lib qoladi. Mirzo Bobur lashkarining ahvoli nihoyatda og’ir bo’libdi. Bu orada ularning otlari ham kasallikka uchrab o’libdi. O’liklarning hididan ham ahvol og’irlashibdi. Nihoyat mirzo Bobur Mavlono Muhammad Muammoiyni hazrati Xoja Ubaydulloh huzuriga yuborib, sulh tuzishni taklif qilibdi. Mavlono Muhammad Muammoiy Xoja Ubaydulloh bilan muloqot vaqtida qiziq gaplarni aytibdi: bizning mirzomiz (Bobur mirzo) olihimmat kishidir, qayerga borsa, uni olmay qo’ymaslar... Hazrati Xoja ayturdilarki, Men bu gapning javobida shunday dedim: agar mirzo Boburning bobosi Shohrux mirzoga nisbat bo’lgan hurmatim bo’lmaganda edi, chunki men mirzo Shohrux vaqtida Hirotda bo’lganimda ko’pgina farog’atlar ko’rgan edim, masala boshqacharoq hal bo’lishi mumkin edi. Xulosa, sulh tuzishga rozi bo’libdilar. Mirzo Bobur hazrat Xoja chiqib, sulh tuzishimizda qatnashsalar, deb aytibdi. Hazrati Xoja Ubaydulloh bu ish Sulton Abu Sa’iddan ijozat so’raganda, sulton hazrat Xojaning chiqishlariga rozilik bermabdi. Sulh tuzish marosimiga hazrat Xojaning shogirdi mavlono Qosim qatnashibdi. Xoja Ubaydulloh bu marosimga qatnashishlari uchun Sulton Abu Sa’idning ko’nmagani sababini surishtiribdilar. Sulton Abu Sa’id shunday debdi: mirzo Bobur so’zga chechan va suhbatdoshini maftun eta oluvchi yigitdir. Shuning uchun siz uni ko’rib, unga moyil bo’lib qolishingiz mumkin degan fikr bilan sizning borishingizga rozi bo’lmadim. Agar shunday bo’lganda, mening ishlarim qiyin bo’lib qolardi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #57 : 22 Aprel 2010, 13:20:21 »
Bundan tashqari, Muhammad Qozi Xoja Ubaydullohning Mirzo Bobur sifatlariga doir hikoyalarini shunday keltiradi:
Xoja Ubaydulloh ayturlarki, Mirzo Bobur tasavvufni bilishni da’vo qilib, majlislarida tasavvufning muqaddimotidan bahslar bo’lar ekan. Mutasavvuflardan Pirzoda Qayum mirzo Bobur mulozamatida bo’lar edi. Mirzo Bobur bu toifaga mo’’taqid edi.
Mirzo Bobur Samarqandning qadimiy hisorida (hozirgi Afrosiyob) yonboshlab olib, baland ovoz bilan «orifda himmat yo’q, orifda himmat yo’q. Agarchi Samarqandni ololmagan bo’lsakda, ammo bildikki, Xoja hazratlari orif emas ekanlar. Bizni himmat bila xarob qildilar», – deb nola qilgan ekan...
Aytdilarki, Mirzo Bobur mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy suhbatidan juda ko’p bahramand bo’lib, mavlonoga bordi-keldi qilishni taklif etganda mavlono ko’nmabdi. Sa’diddin Qoshg’ariy vafot etganda mirzo Bobur ul hazratning tobutlarini Malikon masjidi yonidagi uylaridan to xiyobonning boshigacha ko’tarib boribdi. Havo issiq ekan, Terga botib, to’nlari ho’l bo’lishiga qaramay mavlononing tobutini qabristongacha olib borgan ekan. Saltanat va boylik arboblarining darveshlarga bo’lgan bunday e’tiqodi va hurmati ibratga loyiqdir.
Xoja Ubaydullohning Mirzo Bobur va uning fazilatlariga doir hikoyalarida bu Temuriyzodaga nisbatan bo’lgan xayrxohligi ko’zga tashlanadi. Ana shu temuriyzoda himmati tufayli Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylar uning saroyida tarbiyalangan va hurmat qilinganliklari hamda keyinchalik Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois»da Mirzo Bobur haqida samimiyat bilan yozganlarini, ularning Xoja Ubaydulloh hikoyalari bilan hamohangligini eslasak, unda temuriyzoda mirzo Abulqosim Bobur shaxsiyatining mohiyati ancha oydinlashadi. Alisher Navoiy uning haqida shunday yozgan edi: «Bobur mirzo – darveshvash va foniy sifat va karim ul-axloq kishi erdi. Himmati oldida oltunning dag’i kumushning toshu tufrog’cha hisobi yo’q erdi. Tasavvuf risolalaridan «Lamaot» bila «Gulshani roz»ga ko’p mash’uf erdi. Tab’i dag’i nazmg’a muloyim erdi. Bu ruboiy aningdurkim:

Chun bodau jomro ba ham payvasty,
Medon ba yaqin ki rindi bolodasty,
Jom ast shariat va haqiqat – boda,
Chun jom shikasty ba yaqin badmasty.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #58 : 22 Aprel 2010, 13:20:31 »
Mazmuni: boda bilan jomni bir-biriga bog’lab qo’yding: ma’lum bo’ladiki, sen o’tkir rindlardan ekansan. Shariat – jom, haqiqat – boda, jomni sindirding – bilindiki Sen badmast ekansan.
Agarchi turkcha nazmlar ham aytur erdiki, barchag’a qabul erdi, ammo bu bayt ham aningdurkim:

Necha yuzung ko’rub hayron o’loyin,
Ilohi men senga qurbon o’loyin.

Ko’rinadiki, mirzo Abulqosim Bobur o’zining ko’pgina fazilatlari, jumladan, tasavvuf ahliga e’tiqodi nuqtai nazaridan zamondoshlaridan bo’lmish Sulton Abu Sa’id mirzo, Xoja Ubaydulloh va Alisher Navoiylarning diqqatini o’ziga qarata olgan Temuriyzoda edi. Mirzo Abulqosim Bobur Hirotda ekanida mavlono Sa’iddin Qoshg’ariy bilan qilgan suhbatlari chog’ida so’z, albatta, mavlono Sa’diddinning maslakdoshi va do’sti Hoja Ubaydulloh haqida Ketgan va shunday qilib, Mirzo Bobur Xoja Ubaydullohni sirtdan bilgan hamda unga ixlos qo’ygan ko’rinadi. Shuning uchun Samarqandni qamal qilgan vaqtida natijaga erisha olmagach, sulh tilab, o’z vakilini Xoja Ubaydulloh huzuriga yuborgan va masala hal bo’lgach, sulh bitimini tuzish marosimida Xojaning qatnashishini iltimos qilgan. Ammo Abu Sa’id mirzo Xojaning bu marosimga qatnashuviga rozilik bermagan.
Bu hikoyalardan ma’lumki, Xoja Ubaydullohning Sulton Abu Sa’id hukmronligi davrida Samarqandga ko’chib kelishidan 2–3 yil o’tmay uning e’tibori juda oshib Ketgan va bu hol Movarounnahrdagina emas, balki Xuroson va boshqa o’lkalarda ham ma’lum bo’lgan. Bular esa, jumladan, Mirzo Boburning Samarqandni ololmagani voqeasi, Sulton Abu Sa’idning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan e’tiqodini yanada kuchaytirgan. Buning boisi yana nimada edi? Bizningcha, buning sabablaridan biri shundan iborat bo’lsa kerakki, Xoja Ubaydulloh o’sha davrda xalq ommasi va jamiyatning turli tabaqalari orasida e’tibor qozongan naqshbandiya – xojagon tariqatining asosiy yo’nalishini shunday Belgilagan edi:
«Xojagon tariqati darveshlarining udumi shundan iboratki, ular o’zlarining barcha himmatlarini hamisha biror-bir ish bilan mashg’ul bo’lishga sarflaydilar... Aytibdurlarki, xaloyiqning Haq subhonahuga erishish vositasi uni eslash darajasiga bog’liq bo’lsa-da, ammo uning eng yaxshi yo’li bir musulmon ko’nglini xursand qilmoqdan iboratdir. Xojai jahon Abdulxoliq G’ijduvoniyning tabarruk so’zlaridan biri budir:


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #59 : 22 Aprel 2010, 13:20:43 »
Dari xilvat bandu dari suhbatro kushoy,
Dari shayxiro bandu dari yoriro kushoy.

Mazmuni:

Xilvat eshigin yopgilu suhbat eshigin och,
Shayxlik eshigin yopgilu yorlik eshigin och.

Afg’onistonning taniqli olimi Abdulhay Habibiy xuddi shu masalani izohlab, quyidagicha yozadi: «Xoja Ahrorning so’zlaridan ma’lum bo’ladiki, naqshbandiylar odamlarga ijtimoiy jihatdan foydali bo’lgan rohat va xursandchilik bag’ishlash kabi olijanoblikni go’zal axloq deb biladilar.»
Shu bilan birga Xoja Ahrorning quyidagi so’zlari ham uning harakat dasturi tarzida tushunilardi: «Agar biz shayxlikni bo’ynimizga olganimizda edi, unda bironta shayx murid topolmasdi. Ammo bizga boshqa mas’uliyat, ya’ni musulmonlarni zolimlar zulmidan himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Ana shuni amalga oshirish va musulmonlar manfaatini himoya qilish maqsadida podshohlar bilan muloqotda bo’lib turish, ularning ishonchini qozonish lozim... Agar mashoyixlar o’z vaqtlarini ayab, bu ishga e’tibor qilmagan bo’lsalar, biz fuqaro uchun o’z vaqtimizni ayamaymiz». Yana shunday der edilar:
«Bu zamonda podshohlar huzuriga borib, mazlumlar va hojatmandlarning mushkulini oson qilishdan yaxshi xislat bo’lmas. Shunga erishmoq lozimki, bir mazlumning arzini sultonlarga yetkazib, unga madadkor bo’lish, adolatsizlik hamda zulmni bartaraf qilish uchun barcha kuch va g’ayratni ayamaslik kerak».
Yuqorida bayon etilgan harakat maromnomasi Xoja Ubaydullohning katta bobosi Shayx Umar Bog’istoniyning o’g’li Shayx Xovandi Tahurga aytgan hikmatli so’zi «Tahur, mullo bo’lma, shayx bo’lma, so’fi bo’lma, musulmon bo’l!» mazmunini, ya’ni musulmon bo’lmoq – fuqaro manfaatlari uchun yashamoq ekanligini o’zi uchun kashf qilganidan dalolat beradi. Xoja Ubaydulloh faoliyatidagi ko’p masalalarni shu jihatdan tushunmoq va sharhlamoqqa to’g’ri keladi. Chunonchi, bu davrga kelib, Movarunnahrning turli shahar va qishloqlarida Xoja Ubaydullohga qarashli mol-mulk, yer va katta boyliklar maydonga keladi. Bularning bir qismi sotib olingan bo’lsa, ayrimlari nazr qilish yo’li bilan uning nomiga o’tkazilgan edi. Dehqonlarning o’z ixtiyoridagi yerlarni Xoja Ubaydulloh nomiga o’tkazishlari – nazr qilishlarining sabablaridan biri shundan iborat bo’lsa kerakki, Abu Sa’id mirzoning farmoni bilan Xoja Ubaydullohga qarashli yer va mulkdan ushr (o’ndan bir) solig’igina olinardi. Boshqalarning yer va mulkidan esa, unga qo’shimcha yana turli xil soliqlar ham undirilar edi. Bu esa Dehqonlarni nihoyat og’ir ahvolga solib qo’yardi. Shuning uchun ko’pchilik Dehqonlar yerlarini Xoja Ubaydullohga nazr qilish bilan uning nomiga o’tkazardilaru o’zlari o’sha yerlarda ishlashni davom ettirardilar. Buning natijasida ular ortiqcha soliqlardan xalos bo’lishardi. Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»da yozganlari ham shu ma’noda bo’lsa kerak: «Hazrati Xoja Ubaydullohning mutaalliqlarigakim, burun xarj va tahmillarini ko’p faqir va miskinlarning himoyati bila zulm va taaddidin xalos bo’lurlar edi».

 

Xoja Ubaydulloh Ahror. Tabarruk risolalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4821
So'nggi javob 24 Yanvar 2012, 12:00:41
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54246
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 31165
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muallif LayloBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 13944
So'nggi javob 02 Oktyabr 2006, 07:19:11
muallifi Doniyor
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 103374
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz