Muallif Mavzu: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 55890 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #90 : 22 Aprel 2010, 13:28:16 »
Abdurahmon Jomiy Ya’qub Charxiy bobida Xoja Ahrorning hikoya qilishdagi mahoratidan so’z yuritib, «garchi Ya’qub Charxiyning olamdan o’tganlariga ancha bo’lgan bo’lsa-da, ammo Xoja hazratlarining hikoyalari tufayli Ya’qub Charxiy mening ko’z o’ngimda tirik siymo sifatida gavdalandilar. mening Xoja hazratlariga bo’lgan irodatim yanada kuchaydi», – deb e’tirof etadi. Bunda Abdurahmon Jomiyga ishonmay ilojimiz yo’q. Yana, shu bobda keltirilgan quyidagi e’tirofda Xoja Ubaydullohning boshqa bir fazilati namoyon bo’ladi: «Mavlono Ya’qub ayturdilarki, – deb hikoya qiladi Abdurahmon Jomiy, – (bu so’zlarni eshitgan kishi tilidan) aziz ustoz suhbatiga Kelguvchi tolibi ilm Xoja Ubaydullohga, ya’ni pilik va yog’i tayyorlangan chiroqqa o’xshashi lozim, chunki uni gugurt bilan yoqish qoladi, xolos (Chomy. Osor, ch, VIII. Dushanbe, «Adib», 1990, sah. 69).
Bunda Xoja Ahrorning juda ajoyib fazilati – ustozdan biror narsani o’rganish uchun o’zini doim tayyor holga Keltirish, ya’ni o’rganishga chanqoq bo’lganlik sifati alohida ta’kidlanadi. Bu esa ibratlidir. Chunki ana shunday fazilatga ega bo’lgan tolibi ilmgina ustozdan bahramand bo’la oladi va ustoz ham u bilan qilgan suhbatidan qoniqish hosil qiladi. Qani endi, hozirgi tolibi ilmlarimizning hammasida ham shu fazilat yor bo’lib, mukammal bilim olishga mushtoq, ilm, o’rganishda, hunar o’rganishda Xoja Ubaydullohdek chanqoq tolib, talabgor bo’lsalar...
Abdurahmon Jomiy shu asaridagi Amir Sayid Qosim Anvor Tabriziyga bag’ishlangan bobda ham Xoja Ubaydullohni Mahdumiy Xoja Nosiriddin Ubaydulloh tarzida tilga olib, u kishining tilidan Sayid Qosim Anvorning Xoja Bahovuddin Naqshband bilan Abevard shahrida uchrashib, u kishining tariqatini ma’qullagani va unga e’tiqod qilgani haqidagi hikoyasini Keltiradi.
Bundan ko’rinadiki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da bevosita Xoja Ubaydullohga alohida bobni ajratish bilan cheklanmasdan, balki boshqa allomalar to’g’risida so’z yuritganda Xoja hazratlari haqida aytilgan ijobiy fikrlarni Keltiradi. Bu bilan Xoja Ahror hayoti va fazilatlarini yangi lavhalar bila boyitadi. Bu jihatdan Xoja Ubaydullohning tolibi ilm sifatidagi fazilatiga ishora qilinishi nihoyatda muhim va ibratlidir. Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiyning shaxsan muloqotlari orasida va keyin ham o’zaro noma yozishlari muttasil davom etadi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #91 : 22 Aprel 2010, 13:28:34 »
Turli munosabat va mavzularda yozilgan bu nomalarida Xoja Ahror ham, Abdurahmon Jomiy ham oxirida «al-faqir» deb o’z nomlarini yozardilar. Qanchalik ibratli! Shogird o’z ustoziga xat yozganida shunday imzo Chekishi ma’lum ma’noda tabiiy ko’rinsa-da, ammo ustozning shogirdiga yozgan maktubida ham shunday yozilishi shogird oldida o’zini faqir tarzida eslatishi bu yuksak madaniyat sohibi bo’lishni, balki o’zgalarni (kim bo’lishidan qat’iy nazar) o’zidan ustun qo’yib, hurmatini joyiga keltirishdan dalolat berguvchi olijanob insoniy fazilatdir. Shularni nazarda tutib, Xoja Ubaydullohning Abdurahmon Jomiyga yozgan bitta maktubining asl matni va tarjimasini muhtaram o’quvchilar diqqatiga havola etamiz.
«Ba’d az arzi niyoz marfu’ on ki iltimos az xidmati shumo onki gohye xudro ba sharafi mulozamati xidmati mavlono Alisher madhali otifat rasonida, infaqirro ba xotiri sharifi eshon ba yod ovarda iltimos kuned, ki xolisan li vachhi subhona hech dag’dag’a va fikr nakunand dar rasonidan onchi meboyad rasond peshi hazrati saltanatshiory chi foida rasonidand on chi xayri muslimin ast. Ba haqiqat xayr dorini on hazrat ast V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh» (A. Chomy. Nomaho. Dushanbe, «Donish», 1989, 319–320 b., arab yozuvida).
Tarjimasi: Iltijo bilan murojaatimizdan murod shulki, Sizdan iltimos shulki, ba’zan o’zingizni mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher huzuriga yetkazib, bu faqirni ul janobning tarif xotiriga Keltirib, iltimos qilingkim, xudo hurmati uchun saltanat farmonlig’ hazratlari huzurida xolisan bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda hech qanday dag’dag’a va fikr qilmasinlar. Qanday foyda Keltiraolsalar, u muslimlar manfaatiga yo’naltirilgan bo’ladi. Haqiqatdan yaxshilik va manfaat Keltirish bu hazratning odatidir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #92 : 22 Aprel 2010, 13:28:46 »
Bu maktub 1475–1476 yillardan Alisher Navoiyda Sulton Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilishdan birvarakayiga iste’fo berish kayfiyati paydo bo’lgan vaqtlarda yozilgan. Bu xabar Hirotdagina emas, balki Samarqandda ham tarqalgan, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiy kabi zotning xalq manfaatlarini himoya qilish uchun ham saroy xizmatida bo’lishi zarurligini Sezib, uni bunday niyatdan qaytarish maqsadida uning o’ziga (bu xat keyin keltiriladi) murojaat qilish – xat yozish bilan qanoatlanib qolmay, balki Abdurahmon Jomiyga ham yuqorida keltirilgan maktubni yozib, Jomiyning bu ishlarga aralashuvi lozimligini uqtirgan. Bu maktubdan Xoja Ubaydulloh fuqaro manfaatlariga tegishli bo’lgan har qanday ishni bajarishga tayyorligi ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga maktubda Alisher Navoiy «mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher» tarzida eslatilganki, bu ham Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga bo’lgan munosabatini yana bir karra ochiq namoyish etadi.
Shuni ham eslatish lozimki, Abdurahmon Jomiy Xoja hazratlari bilan muloqot qilish yoki ularga nomalar yozish bilan qanoatlanib qolmagan. Balki u tasavvuf, xususan, xojagon tariqati, jumladan, Xoja Ubaydulloh aqidalarini chuqur o’zlashtirib o’zi ularga amal qildi va bu aqidalarni o’zining ilmiy va badiiy merosida targ’ib ham qildi. Shuning uchun juda ko’p holda Abdurahmon Jomiy va Xoja Ubaydulloh faoliyati hamda fazilatlarida o’xshashliklar ko’zga tashlanadi. Abdurahmon Jomiy yozadi:

Rohatu ranj buvad guzaron,
Ranj kash bahri rohati digaron.
Z-on ki boshand ba mazra’i umed
Ranji tu tuxmi rohati jovidon.

Mazmuni: Rohat ham, ranj ham o’tguvchidir. Boshqalar rohat qilsin deb Sen ranj chekkil. Chunki sening ranjlaring umid ekinzorida abadiy rohat urug’idir.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #93 : 22 Aprel 2010, 13:29:20 »
NIZOMIDDIN AMIR ALISHER NAVOIY (1441-1501) – ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkirining Xoja Ubaydulloh bilan munosabatlarini yoritish qamrovi Kengdir. Chunki u Alisher Navoiyning umuman naqshbandiyaga munosabatini aniqlashni ham taqozo etadi. Bu esa alohida va jiddiy tadqiqotni talab qiladi. Shuning uchun biz bu masalaning ayrim tomoni haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Bu esa Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh o’rtasidagi munosabatlarnigina nazarda tutadi. Shunday ekan, Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh bilan bevosita muloqotda bo’lganmi? Ularning munosabatlari qanday tarzda davom etgan? – qabilidagi savollarning bo’lishi tabiiy.
Bizningcha, bu masalani aniqlashda Alisher Navoiyning o’zi ko’maklashar degan umiddamiz.
Ma’lumki, Alisher Navoiy Abu Sa’id Mirzoning Xurosondagi hukmronligi davrida Hirotda edi va ma’lum muddat uning saroyida xizmatda ham bo’ldi. Ammo keyinchalik Zahiriddin Muhammad Boburning iborasi bilan aytganda, «bilmon Ne jarima bila sulton Abu Sa’id Mirzo (Navoiyni) Hiridin ixroj qildi. Samarqandga bordi». Bu voqeaning sodir bo’lgan yili va asosiy sabablari haqida haligacha turli-tuman mulohazalar bayon etiladi. Bu masalaga murojaat etganlarning hammasini Boburning «bilmon Ne jarima bila... Hiridin ixroj qildi» so’zlari qiziqtirdi va o’sha «jarima» – gunoh nimadan iborat ekanligi har xil talqin qilindi. Biz ham bu masalaga oydinlik kirituvchi aniq dalillarga duch kelmaganimiz uchun «jarima»ni sharhlashni nazarda tutmaymiz. Bizni qiziqtirgan masala – Alisher Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi munosabati bilan tezlik bilan bu shahardan chiqib Ketish zaruriyati tug’ilgani va qayerga borish mumkinligina bayon etgan bir masnaviydagi mulohazalardirki, undagi ishoralar biz shug’ullanayotganimiz masala bilan – Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh munosabatlarini aniqlash bilan aloqador deb o’ylaymiz. Bu masnaviy Alisher Navoiy tomonidan otaxoni Sa’id Hasan Ardasherga yozilgan. Uning yozilish joyi haqida turli xil mulohazalar bayon etilgan: ayrimlar uni Mashhadda, ba’zilar Samarqandda va nihoyat bir guruh navoiyshunoslar Hirotda yozilgan degan fikrdalar. Masnaviy bilan jiddiyroq tanishganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, u Navoiyning nogahoniy tarzda Sulton Abu Sa’id mirzo tomonidan Hirotdan ixroj qilingani to’g’risida ko’rsatma ma’lum qilingan vaqtda Hirotdan uzoqda bo’lgan otaxoni Sa’id Hasan Ardasherga yozilgan bo’lib, unda otaxonning Kelishini ham kutmay Tezlik bilan Hirotdan ketish zaruriyati paydo bo’lgani, bu vaqtdagi o’zining kayfiyati va holati hamda qaysi tomonga borish niyati borligi bayon etilgan. Shunday qilib, masnaviy Hirotda yozilgan Deguvchilarni qo’llab-quvvatlash tarafdorimiz.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #94 : 22 Aprel 2010, 13:29:29 »
Demak, masnaviy Hirotdan ixroj qilingan Navoiyning Samarqandga Ketishga ixtiyor qilgani va uning muhim bir sababi ustida to’xtalgan. Shunisi borki, Navoiy masnaviyda «men Samarqandga borishni ixtiyor qildim» mazmunida ochiq aytmagan, ammo ramz-ishora bilan maqsadini bildirgan:

Zaruratki yasab safar barkini,
Tushub yo’lga qilgay vatan tarkini...
Yana bir budurkim, gado gar muluk,
Talab yo’liga qilgay oncha suluk.
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topkach, o’zin anga topshurub...
Menikim bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida Beqaror ayladi...
Urarmen qadam toki borguncha gom,
Ki bo’lgay menga muyassar ushbu kom.
Agar bo’lsa bu yo’lda umrum talaf,
Chu bu yo’ldadur ul ham erur sharaf.
V-agar bo’lsam o’z komima bahramand,
Zixi mulki jovidu baxti baland.

Keltirilgan parchada muhim masalalar bayon etilgan.
1.   Birinchi baytda safar asbobini tayyorlash zarur bo’lib qolganini ta’kidlash. Demak, bu yuqorida bayon qilingan voqea - Sulton Abu Sa’idning uni Hirotdan ixroj qilish haqidagi ko’rsatmasining kutilmagan holda maydonga kelishi va Navoiyning Hirotdan ketishi, ya’ni tarki vatan qilishi zaruriyatini keltirib chiqarishi. Agar Navoiy o’z ixtiyori bilan safar qilmoqchi bo’lsa edi, bunday ta’kidning va shoshilinch ravishda yo’lga otlanmoqning hojati yo’q edi. Demak, nogahoniylik bunda mavjud. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Navoiyning o’zida ixtiyoriy tarzda safar qilish niyati bo’lmagan ko’rinadi (Safar tushti olimga beixtiyor, Qazo amrida elga Ne ixtiyor). Chunki u yoshlikdan ko’p safar qilib, yaqindagina Mashhaddan qaytgan va endi o’z vatani Hirotda qo’nim topmoqchi bo’lgandirki, u Sulton Abu Sa’id xizmatiga ham kirgan edi. Bu holat Hirotda ixroj qilishning kutilmagan hodisaligini yana bir bor oydinlashtiradi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #95 : 22 Aprel 2010, 13:29:39 »
2.   Keltirilgan parchaning keyingi qismida barcha inson gadomi u, shohmi u, bundan qat’iy nazar, o’sha davr taomiliga ko’ra, «talab yo’lini topish maqsadida «murshidi komil»ni axtaradi va uni topgach, o’zini unga topshiradi» mazmunida so’z boradi. Agar biz yuqorida bayon etganimiz kabi Xoja Ubaydullohning «murshidi komil»ni topish uchun izlanganini xotirga keltirsak unda bu gaplar tushunarli bo’ladi.
Navoiy aytmoqchiki, Men ham ko’p qatori talab yo’lida murshidi komilni izladim va uni topdim, endi esa men uning oldiga yo’l olaman. Demak, yo’l uzoq agar bu yo’lda «umrum talaf» bo’lsa, bu mening uchun sharafdir. Va agar maqsadimga erishsam, bu mening uchun abadiyat mulki va katta baxt bo’lajak.
Ko’rinadiki, Navoiy o’zi istagan murshidi komilni topdim va endi uning huzuriga boraman Demoqda. Bu murshidi komil kim va Navoiy uni qanday topdi?
Ma’lumki, XV asrning 60-yillarida Xuroson va Mavorounnahrda naqshbandiya tariqatining murshidi komili sifatida tanilgan va Navoiy iborasi bilan aytganda, «gado va muluk» – gadolar va podshohlar tomonidan e’tirof etilgan bu zot Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali edi. Xoja Ubaydullohning fuqaro g’amxo’ri, shohu gadoning pushti panohi ekanligi, nashqbandiya tariqati sohasida rahnamo ekanligi yoshu qariga ma’lum edi, Xoja Ahror 1460 yili Hirotga borganida esa, qayd qilinganidek, ko’plar qatori Abdurahmon Jomiy ham uning bilan muloqotda bo’lib, uning qo’lini olgan - uni o’ziga pir deb qabul qilgandi. Shundan so’ng esa, Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan yaqinlashib, uning nazdida ko’pgina asarlarni, jumladan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asarlarini mutolaa qilib, undan juda katta taassurot olgan ediki, biz Navoiyning bu haqdagi e’tiroflarini yuqorida Keltirgan edik. Demak, bir tomondan, Abdurahmon Jomiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi hikoyalari, ikkinchi tomonda Navoiyning uning asarlari bilan tanisha borishi ulug’ o’zbek shoiridagi murshidi komilni topish haqidagi niyatni mustahkamlab borib sirtdan bo’lsa ham uni – murshidi komilni topadi. Bu – Xoja Ubaydulloh edi. Endigi navbat uning suhbatida bo’lish edi. Buning uchun esa Samarqandga safar qilmoq lozim edi. Ana shu niyatni amalga oshirish kutilmaganda yuzaga keldi. Bu esa uning Hirotdan ixroj qilinishi edi. Ehtimolki, bu niyatning amalga oshuviga sabab bo’lgan omillardan biri yana quyidagi voqea ham bo’lsa kerak. 1465 yilda Abdurahmon Jomiy Xoja Ubaydulloh huzuriga kelgan edi. Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi vaqti Abdurahmon Jomiyning Samarqandga otlangan vaqtiga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa, Navoiy bundan foydalanib, Jomiy bilan birga Samarqandni ixtiyor qilmadimikan? Bu mulohazalar haqiqatga yaqindek tuyuladi. Shunday bo’lsa-da, uni tasdiqlovchi qo’shimcha materiallar qo’lga kirsa, masala yanada aniqroq bo’ladi...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #96 : 22 Aprel 2010, 13:29:49 »
Shunday qilib, Navoiy «faqir tahsil uchun Samarqandga borg’onda» deb aytganida tariqat yo’lidagi tahsilni ham nazarda tutgan. Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olimlar nazdida ta’lim oldi. Uning ustozi Fazlulloh Abulays esa Xoja Ubaydullohni yaxshi bilar hatto uning nazdiga bu murshidi komil tez-tez kelib turar va «Tafsiri Qozi» bo’yicha o’z mulohazalari, shubhalari to’g’risida suhbatlar qilar, mulohazalarida mantiqning kuchliligi bilan mavlono Fazlulloh Abulaysni hayratda qoldirardi. Ana shu vaqtlarda ustozi xonaqohida bo’lgan Alisher Navoiy murshidi komilni - Xoja Ubaydullohni ko’rardi, u bilan tanishgan edi. So’ng esa Xoja Ubaydullohni ziyorat qilish uchun Xoja Kafshiy, Motriddagi uylariga borardi, uning suhbat va iltifotlaridan bahramand bo’lardi. Bu uchrashuvlar Alisher Navoiyda qanchalik katta taassurot qoldirgan bo’lsa, o’z navbatida, o’zi ham Xoja Ubaydullohda yaxshi taassurot qoldirgan ko’rinadiki, keyinchalik Alisher Navoiy «haqir (Navoiy) bila iltifotlari ko’p bor uchun...» deb ta’kidlagan edi. Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytgach, ularning munosabatlari maktub orqali yoki maxsus kishilar (mavlono Qosim, Muhammad Qozi) vositasida davom etgan. Alisher Navoiy Xoja Ahror ahvolidan xabardor bo’lib turar, biror yordam kerak bo’lsa, darrov uni amalga oshirardi. Jumladan, Xoja Ubaydulloh kasalligi vaqtida Samarqandga tabib yuborish.
Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi, xususan, fuqaro uchun g’amxo’rliklaridan, mamlakat obodonligi sohasidagi faoliyatidan xabardor edi va uning bu faoliyatini qo’llab-quvvatlardi, Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va bizgacha yetib kelgan nomalarida ham ana shu mazmun o’z aksini topgan.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan maktubining asl matni va tarjimasini keltiramiz:
«Ba’d az raf’i niyoz arzadoshti in faqir on ki in faqirro orzui on ki ba sharafi muloqot yak karat musharraf shavam bisyor ast, namedonam, ki in saodat chi guna va kay muyassar shavad. Shunida meshavad, ki xidmati shumoro ba sababi avorizi vaqoye’ gohye az mulozamati on hazrat malomat Meshavad. Iltimos on ki baroi on ki musliminro madade kuned xotiri sharif durbori mulozimat dorand. Umed on ast, ki ba sababi on ki xotiri faqire az yory najot yobad va farahye ba dili o’ rasad kushode dar dil chunon zohir shavad, ki dar ayni tafriqa suRe zavq va shuhur va xuzo’r ba haq subhonahu ziyoda shavad. G’ami muslimin xo’rdan dar in vaqt ki kasero g’ami eshon Nest, behtarin a’mol Menamoyad. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh». (A.Chomiy, Nomaho, s.320).
Tarjimasi: Iltijo izhoridan so’ng bu faqirning arzi shulki, ko’pdan beri bu faqirda siz bilan bir karra muloqot qilish sharafiga muyassar bo’lish orzusi bor bo’lib, ammo bilmonki bu saodatga qachon va qanday erishar ekanmiz.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #97 : 22 Aprel 2010, 13:30:33 »
Turli voqealar sizni ranjitgani sababli sizda ba’zan ul-hazrat (podshoh) xizmatidan bezish kayfiyati sezilarkan, deb eshitamiz. Iltimosimiz shulki, musulmonlarga madad yetkazishni o’ylab, ul-xizmatdan uzoqlashish fikrini xotirangizga keltirmasangiz, toki sizning ko’magingizda bir faqirning xotiri qayg’udan najot topib, uning ko’nglida xursandlik paydo bo’lar, degan umiddamiz. Shu bilan birga notinch zamonda uning ko’ngli ochilgay va kayfiyati ko’tarilib, shu munosabat bilan Olloh taologa bo’lgan e’tiqodi ham ko’payadi. Chunki inson g’amini yeyishga hech kim e’tibor qilmaydigan bir davrda musulmonlar manfaatini ko’zlash eng olijanob faoliyatdir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh.
Maktubdagi birinchi gap diqqatni o’ziga tortadi. Unda Xoja Ubaydulloh ko’nglida Alisher Navoiy bilan bir karra muloqotda bo’lish orzusi ko’pdan beri joy olgani ta’kidlanadi. Ammo bu muloqotning qachon va qayerda sodir bo’lishini bilmayajagi aytiladi. Bizningcha, bunda Xoja Ubaydulloh tolibi ilmliligi vaqtida Samarqandda ko’rgan Alisher Navoiyni davlat arbob sifatida ko’rish va u bilan muloqotda bo’lishni nazarda tutgan ko’rinadi. Bu orzuning amalga oshgan-oshmaganligi hozircha noma’lum. Taxminimizcha, amalga oshmagan ko’rinadi. Chunki, 1475-1476 yillardan so’ng Xoja Ubaydullohning Hirotga borgani ham yoki davlat arbobi Alisher Navoiyning Samarqandga kelgani ham tasdiqlangan emas.
Shunisi ham borki, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning faqat ijtimoiy faoliyatidan xabardor bo’lib qolmay, balki uning badiiy ijodidan ham voqif bo’lgan. Bu jihatdan «Xamsat ul-103
mutahayyirin»da keltirilgan quyidagi lavha diqqatga sazovordir. «Ul vaqtdakim, shahzodai Behamto Kichik mirzo... tavozu’ va niyoz nahajiga xursand va faqru fano ahliga muxlis va niyozmand erdi, bu faqirning «To’hfat ul-afkor» qasidamdin... bu baytnikim:

Yak nazar farmo ki mustasno shavam z-abnon chins,
Sag chu shud manzuri Najmiddin sagonro sarvar ast.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #98 : 22 Aprel 2010, 13:30:43 »
(Mazmuni: bir nazar tashla tengqurlardan farqli bo’lay: Najmiddinga manzur bo’lgan it hamma itlarga boshchi bo’ldi) bitib, hamul istido’ bila Samarqandga hazrati... Xoja Nosiriddin Ubaydulloh xizmatiga yuborib edi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 33–34 betlar).
Alisher Navoiyning o’zi asarlarini Xoja hazratlariga yuborgan-yubormaganligi haqida ma’lumotga duch kelmadik.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va «Navoiy albomi»ga kiritilgan nomalari to’la o’rganilgan va to’la nashr etilganicha yo’q. Ehtimolki, bu xatlar bizga noma’lum bo’lgan boshqa masalalarga oid mulohazalar ham bordir. Shuning uchun ularni – asl matni, tarjimasini sharhlar bilan ta’minlagan holda nashr etish nihoyatda muhim ish bo’lib, bu ish bilan shug’ullanayotgan muhtaram Asomiddin O’rinboyevga omad tilaymiz.
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida o’zining ko’pgina asarlarida turli munosabat va mazmunda so’z yuritadi. Muhimi shundaki, ularning hammasida ham Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan ehtirom va samimiyati Seziladi. Jumladan, «Majolis un-nafois»da Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy haqida so’zlaganda uning Samarqandga borib, Xoja Ubaydulloh qabuli va e’zozi sharafiga muyassar bo’lganini alohida uqtiradi. «Holoti Sayid Hasan Ardasher» asarida esa otaxoni Sayid Hasan Ardasherning Xoja Ubaydulloh huzuriga borgani haqida shunday yozadi: (Sayid Hasan Ardasher) Samarqandga hazrati Xoja Nosiriddin Ubaydulloh sharafi suhbatlarigakim, zamon ahlining ko’pi, xususan, Samarqand ahli xojani «Qutb»ga nisbatan berurlar erdi, musharraf bo’lurga azimat qildilar. Xoja bila Necha kun suhbatlar tutib, ta’zim va tashriflar topib, yana Hirot shahriga azimat qildilar. (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 85-bet).
Alisher Navoiyning bularni alohida ta’kidlagani bejiz emas. Chunki o’sha davrda Xoja hazratlari qabulida bo’lib, uning hurmatiga sazovor bo’lish juda katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan va bunday kishilar alohida hurmat qilingan.
Shu bilan birga Alisher Navoiy o’zining «Hayrat ul-abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarida Xoja Ubaydulloh haqida Kengroq to’xtaladi. Jumladan, «Hayrat ul-abror» dostonida Xoja Bahovuddin Naqshband va Xoja Ubaydullohlar zikriga maxsus bob ajratib, buning asosiy qismini Xoja Ubaydulloh tavsifi va ta’rifiga bag’ishlaydi. Bu qism Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan munosabatini aniqlash hamda Xoja Ubaydullohning o’sha davrdagi mavqyei, fazilati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faoliyati haqida tasavvur hosil qilishda muhim bir adabiy-tarixiy hujjat sifatida ahamiyatga molik bo’lgani sababli uni muxlislarga to’la manzur etish maqsadga muvofiq ko’rindi (sharhlash oson bo’lsin uchun baytlar oldidan raqam qo’yildi). Alisher Navoiy shunday yozadi:

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #99 : 22 Aprel 2010, 13:31:02 »
1. Ulki bu ofoq ichida toq erur,
Toq nekim, murshidi ofoq erur.

2. Charxi nigun dargahida xokro’b,
Balki jabini bila xoshok ro’b.

3. Yuz qo’yubon qullug’iga shohlar,
Bazmida Bexud o’lub ogohlar.

4. Xizmatidin har kishi ogoh o’lub,
Garchi gado ma’ni ila shoh o’lub.

5. Necha tushub egniga qilsang qiyos,
Xozini irfon kafidan yuz libos.

6. Zarq ila tag’yiri libos etmayin,
Tafriqai xazzu palos etmayin.

7. Suhbatida har Necha beshakku rayb,
Jilva qilib shohidi ra’noyi g’ayb.

8. Go’shai xilvat aro tutmay qaror,
O’zini qilmay yashurun oshkor.

9. Atlasi gardun bila ming Zebu far.
To’rqa to’ni ostida ko’k ostar.

10. Lek o’shal to’rqasi har tor ila,
Faqrda yuz murshid uchun silsila.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #100 : 22 Aprel 2010, 13:31:13 »
11. Mulki jahon mazrai Dehqoni ul,
Balki jahon mulki nigahboni ul.

12. Yo’qki mamolikka nigahbon o’lub,
Borcha salotin uza sulton o’lub.

13. Ruq’alari yetsa ne shoh qoshiga,
Ish ani qo’ymog’lig’ o’pub qoshiga,

14. Anglab ani bosh uza toji yaqin,
Har so’zi ul toj uza durri samin.

15. Shahg’a dema lutf chog’i toj baxsh,
Balki gadolarga dog’i toj baxsh.

16. Haq so’zini elga qilurdi ado,
Teng ko’runub oldida shohu gado.

17. Chun cholinib navbati qadriga ko’s,
Shahlar o’lub navbat ila xokbo’s,

18. Xotir o’lub Mehri jahontob anga,
Avji sharaf anjumi ashob anga.

19. Har biri olam eliga rahnamo,
Dema jahon ahliki, ahli samo.

20. Barcha suluk ahliga rahbar bo’lub,
Yo’l eliga tiyra tun axtar bo’lub.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #101 : 22 Aprel 2010, 13:31:40 »
21. Tiyra nazarlarga berib nuru tob,
Har birisi o’ylaki najmi shihob.

22. Garchi tijorat bo’lub oyinlari,
Bo’lmadi bir mulkda taskinlari.

23. Yuklarida to’hfai naqdi fano,
Har biri ul naqddin istab g’ino.

24. Simlari borsa fano qonidin,
Durlari yo’qluk suvi Ummonidin.

25. Chun kivurub har sori raxti najot,
Band bo’lub chorsuyi koinot.

26. Olguvchi gar vahmi ziyenbud etib.
Lek bu savdo chu qilib sudib.

27. Toki jahon qasrining imkoni bor,
Ustida oning falak ayvoni bor,

28. Qo’ymasun ayvoni jahonni tihi.
Dabdabai ko’si Ubaydullohi.

29. Himmatidin bizni ham etsun xudoy,
Faqr yo’lida g’ani, imonga boy.

(A. Navoiy Xamsa. Toshkent, O’zFAN, 1960, 49-bet.)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #102 : 22 Aprel 2010, 13:32:31 »
Muhtaram o’quvchilarga tushunarli bo’lsin degan niyat bilan quyida baytlarning nasriy bayoni ayrim sharhlar bilan keltiriladi (bayon oldidan keltirilgan raqamlar baytning raqamiga mosdir):
1. Bu ofoq-dunyoda nodir bo’lgan zot – Xoja Ubaydullohdir, u faqat nodir zot emas, balki ofoq-dunyoning murshidi, yo’lboshchisi hamdir. 2. Shuning uchun ham falak egilib, uning dargohi tuproqlarini, faqat tuproqlarinigina emas, balki xas-xoshoklarini ham kipriklari bilan supuradi. 3. Shohlar uning quli – muridi bo’lish uchun yuzlarini bu dargohga qo’yadilar: uning bazmiga qatnashish sharafiga muyassar bo’lgan ogoh-xabardorlar ham suhbatlari tufayli o’zlaridan Ketib qoladilar. Unga xizmat qilishga chog’langan har kim ogohlik darajasiga yetadi, agar u gado bo’lsa, ma’naviy jihatdan shoh bo’ladi. 5. Agar uning egniga nazar solsang, unda irfon xazinaboni qo’li bilan kiydirilgan yuz kiyimni ko’rasan, ya’ni irfon ma’rifati undan yuzlab qavat o’rin olgan. 6. Shuning uchun u firib-nayrang bilan to’nni o’zgartirmaydi; u qimmatbaho mo’ynadan yoki oddiy matodan tikilgan to’nlarga e’tibor bermaydi, ya’ni uning kiyimlari dabdabali emas, balki oddiy kiyimlardir. 7. Uning suhbatida g’ayb olamining go’zali hech shak-shubhasiz o’zini ko’rsatadi, ya’ni ularning suhbatlarida g’ayb olamining sir-asrori shunday go’zal tarzda bayon etiladiki, eshituvchilar uning maftuni bo’lib qoladilar. 8. Xoja hazratlari xilvat burchagini o’ziga vatan qilmay, bir burchakda yashirinib o’tirmay, balki ochiq-oshkora faoliyat ko’rsatadi. 9. Falakning qimmatbaho atlasi va dunyoning hashamati uning oddiy to’nining astaridekdir, ya’ni u oddiy bo’lib, dunyoning hashamatini ko’zga ilmaydi. 10. Ammo o’sha oddiy to’n matoyining har tori-ipi faqr-faqirlik tariqatida yuzta murshid-yo’lboshchiga oltin zanjirday bo’lib tuyuladi. 11. U jahon mulkidagi ekinzorning Dehqonigina emas, balki jahon mulkining nigohboni – qo’riqlovchisidir. 12. U mamlakatlarning nigohboni qo’riqlovchisigina emas, balki barcha sultonlarning sultonidir. 13. Agar uning ruq’alari – xatlari podshohlar qo’liga tegsa, avval uni o’padilar-da, so’ngra qoshlariga surtib e’zozlaydilar.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #103 : 22 Aprel 2010, 13:32:48 »
14. Bu nomalarni har bir podshoh boshidagi tojdek, undagi har bir so’zni esa bezagan qimmatbaho durlardek biladilar. 15. U faqat shohlarga iltifot qilib, ularga tojlar bag’ishlamaydi, balki gadolarga ham iltifot ko’rsatib, ularni ham baland martabalar bilan e’zozlaydi. 16. U Haq (ham haqiqat, ham Olloh) so’zini elga bayon qilar ekan, bu vaqtda uning oldida shohu gado teng ko’rinadi. 17. Uning dargohida qabul marosimi boshlanishiga guvohlik beruvchi karnaylar chalinar ekan shohlar navbat bilan kirib, dargohi tuprog’ini o’padilar. 18. Ul hazratning xotirlari jahonni yoritguvchi quyoshdek bo’lib, suhbatdoshlari esa, sharaf osmonidagi yulduzlarga o’xshaydi. 19. Uning suhbatdoshlarining har biri olam eligagina emas, balki samodagilarga ham yo’l ko’rsatuvchidirlar. 20. Suhbatdoshlarning barchasi suluk-tariqat ahliga rahbar bo’lib, qorong’i kechalari esa yo’lovchilarga yo’l ko’rsatuvchi yulduzdirlar. 21. Ularning har biri tiyra nazarlarga nur-yorug’lik bag’ishlashda Cho’lpon yulduzidekdir. 22. Ul hazratning odatlari tijorat-savdo qilish bo’lgani tufayli bir joyda sokin bo’lib qolmaydilar. 23. U kishining yuklari fano mulkidan Keltirilgan bo’lib, har bir solik-yo’lovchi bu tuhfalardan boylik orttiradi. 24. Ul hazratning siym-boyliklarining barchasi fano konidan, durru-gavharlari esa yo’qlik (fano) ummonidan olingan. 25. Najot bag’ishlaguchi yuklarni turli tomonga yuborganlari tufayli koinotning chorsulari (bozorjoylari) ular bilan band bo’ldi. 26. Bu narsalarni sotib olguvchilar zarar ko’rsak kerak deb vahimaga tushishadi, ammo ularni sotib olgach, ulardan foyda ko’rishadi. 27. Toki jahon qasri bor ekan, toki uning ustiga falakning ayvoni (osmon-ko’k) bor ekan. 28. Ubaydulloh karnayining (shuhratining) dabdabasi jahon ayvonini holi qoldirmasin. 29. Olloh bul hazratning himmatin bizga ham ravo ko’rsa va shu tufayli biz ham faqr yo’lida boy bo’lib imonimiz ham boyisa (mustahkamlansa).
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida juda ko’tarinki uslubda so’z yuritadi va muhim fazilatlarini ta’kidlaydi. Uning fazilatlaridan biri tijorat-savdo ishlari bilan shug’ullanib, o’z mollarini turli joylarga yuborgani masalasidir. Alisher Navoiy bu masalaga murojaat qilib, uni tariqatning muammolari bilan ham bog’laydi. Demak, tijorat va tariqat ikkovi birlashib ketib, Xoja hazratlari faoliyatidagi muhim bir tomonni oydinlashtiradi. Shunday ekan, Xoja Ahrorning 1460 yilda Hirotga borib, Sulton Abu Sa’id Mirzodan tamg’a solig’ini Bekor qilinishini so’ragani va sultonning bu iltimosini qondirgani ham tabiiy bo’lib ko’rinadi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #104 : 22 Aprel 2010, 13:33:08 »
Alisher Navoiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi baytlari va ularda bayon etilgan mazmun 1483 yilda, ya’ni Xoja Ubaydulloh hayot bo’lgan vaqtda yozilgan bo’lib, unga hech kim e’tiroz bildirmagan. Alisher Xoja Ubaydulloh haqida yozishni yana davom ettirdi. Bu gal uning yozganlari Xoja hazratlari vafotidan keyinga to’g’ri keldi. Alisher Navoiy tomonidan yozilgan bu asar esa uning mashhur «Nasoyim ul-muhabbat»idir. Ma’lumki, Abdurahmon Jomiyning tasavvuf tarixiga doir «Nafahot ul-uns» asaridan ilhomlanish natijasida maydonga kelib, unga nisbatan ko’pgina yangi ma’lumotlari (xususan, turk mashoyixlari haqida) bilan ajralib turadi. Alisher Navoiy ana shu asarda Xoja Ubaydullohni bir necha marta tilga oladi. Masalan, Amir Sayid Qosim Anvor va shayx Kamol Xo’jandiyga bag’ishlangan boblarida Xoja Ubaydulloh ham tilga olingan, uning hikoyalari Keltirilgan. Shu bilan birga Alisher Navoiy o’z asarida Xoja Ubaydullohga alohida bob ajratgan. Bu bobning avvalida Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»ida Xoja Ubaydulloh haqida Keltirilgan fikrlarning qisqacha mazmuni beriladi. Shundan so’ng juda qiziq bir gap aytilgan, ya’ni Alisher Navoiy shunday deydi: «Hazrati Maxdumi Nurankim (Abdurahmon Jomiykim) alar (Xoja Ubaydulloh) vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning (Xoja Ubaydullohning) maorifidan ba’zi so’z Keltururlar, chun so’z bag’oyat daqiq biylik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir...» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139-bet).
Bu gapning kishini hayratda qoldirgan joyi shundaki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da Xoja Ubaydullohning tasavvufga oid fikrlarini aynan Keltirgan. Ana shular haqida so’z yuritgan Alisher Navoiy aytadiki, Xoja Ubaydulloh so’zlari shunchalik chuqur va shunchalik buyukdirki, ularni tushunish uchun mening fahmim va idrokim ojizlik qiladi. Agar Alisher Navoiydek buyuk zot tasavvufga oid so’z va fikrlarni tushunishda o’zini shunchalik kamtar tutsa, mening fahmu idrokim ularni tushunishga ojizlik qiladi, deb e’tirof etsa, bunga inonmoq kerak. Chunki bu bilan Alisher Navoiy bu masalada hamma narsani Men bilaman deb da’vo qilish mumkin emasligini uqtirmoqda (Alisher Navoiyning buyukligi shunda-mi deyman) va o’z navbatida, boshqalarni ham ogohlantirmoqda (E vohki, bu ogohlantirishdan saboq olmay, Ummon dengiziga sho’ng’ib qimmatbaho durru gavharlarni qo’lga kiritaman deb undan oddiy bir toshni olib chiqqan va u bilan mag’rurlangan g’avvosdek bugungi kunda biz ham tasavvuf masalalariga berilib Ketib, bizga hamma narsa ayon, biz hammadonmiz, deb da’vo qilayapmiz. Vaholanki, bizning ahvolimiz bu masalada eslatilgan g’avvos holiga o’xshashdir). Shuning uchun bo’lsa kerak, Alisher Navoiy o’zining kitobida «alarning (Xoja Ubaydullohning) ba’zi holatiki, bu faqirga mafhum (tushunarli) va yaqin edi, anga shuro’’ qilildi» deb, Xoja Ubaydulloh tarjimai holi va faoliyati haqida o’ziga tushunarli va ma’lum masalalardan so’z yuritadi (bu masalani yoritishda qo’lingizdagi risolaning muallifi ham Alisher Navoiy yo’lidan borgani muhtaram o’quvchilarga endi ma’lum va ravshan bo’lsa kerak).

 

Xoja Ubaydulloh Ahror. Tabarruk risolalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4785
So'nggi javob 24 Yanvar 2012, 12:00:41
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 53856
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 30912
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muallif LayloBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 13860
So'nggi javob 02 Oktyabr 2006, 07:19:11
muallifi Doniyor
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 102396
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz