Muallif Mavzu: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 55677 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #60 : 22 Aprel 2010, 13:20:53 »
Hazrati Xoja Ubaydullohning o’z qaramog’idagi dehqon va chorvadorlarni zulm, kamsitishdan himoya qilgani, zulm qilguvchi amaldorlarga nisbatan Keskin choralar ko’rganini isbotlovchi turli voqyeiy hikoyalar ham mavjud. Jumladan, Muhammad Qozi quyidagicha hikoya qiladi:
«Bir karra Qarshiga borardilar. Qarshiga yaqinlashganlarida Xoja Ubaydullohga Tegishli tuyalarni boquvchi Qora Ahmad ismli arablardan bo’lmish kishi kelib, arablar toifasining oqsoqoli Sayyid Muhammad sortning unga ko’rsatgan zulm va tahqirlaridan yig’lab shikoyat qiladi. Xoja Ubaydulloh uning so’zlarini eshitib, ahvolida o’zgarish paydo bo’lgan bo’lsa-da, hech narsa demadi. Samarqandga qaytganlarida Malik ko’chasida hazrat Xoja Ubaydulloh Sayyid Muhammad sort va Muhammad Ali ko’kaldosh bilan uchrashdilar. Hol-ahvol so’ralgach, hazrat achchiq bilan Sayyid Muhammad sortga qarab, Sen bizning odamlarimizni tahqir qilib, ularga zulm qilur ekansan. Shuni yaxshi bilgilki, men ham tahqir yo’llarini yaxshi bilaman. Biz ham senga nisbatan shunday qilurmiz, bundan qo’rqishing kerak, deb kesatib gapirdilar va uni jo’natib yubordilar. Shu kuni va ertasi ertalabgacha hech kimga gapirmadilar. Biror kishi ham jur’at qilib, ul hazrat bilan gaplasha olmadi. Bir Necha fursat o’tgach, Sayyid Muhammad sort kasal bo’lib, og’irlashib bordi. U bu haqda mirzo Sulton Ahmad podshohga xabar yetkazib, buning sababi hazrati Xojaga nisbatan qilgan odobsizligi ekani, u kishining g’azabiga uchraganini bayon qildi va iloji bo’lsa hazratning gunohimni bag’ishlashlariga ko’maklashishni so’radi. Sulton Ahmad mirzo Darvesh Aminni hazrati Xoja huzuriga yo’llab, Sayyid Muhammad sortning gunohini bag’ishlashlarini juda ham iltimos qildi. Darvesh Amin Sulton Ahmadning iltimosini takror-batakror aytgach, Xoja hazratlari aytdilarki, o’lgan Sayyid Muhammad sortning gunohini qanday qilib avf etayin. Men Iso emasmanki, o’liklarga jon ato qilib, ularni tiriltirsam. Mirzo Sulton meni ko’rmoqchi bo’lgan ekan, Men borurmen, deb Ark tomon yo’l oldilar. Arkning eshigiga yaqinlashganlarida birovning tobutini ko’tarib chiqdilar. Bu Sayyid Muhammad sort jasadi solingan tobut edi. Hazrati Xoja Arkka kirmay qaytdilar.
Bu voqyeiy hikoya Xoja Ubaydullohning Mehnatkashlarni har qanday zulm va tahqirdan himoya qilganidan dalolat beradi. To’g’ri, bunda Xoja Ubaydullohning ruhiy ta’sir kuchining naqadar zo’rligiga alohida diqqat qilinmoqda. Xoja Ubaydulloh faqat Dehqon va chorvadorlarninggina emas, balki hunar va tijorat ahlining manfaatlarini ham himoya qilgan. Bunga misol sifatida Xoja Ubaydulloh tomonidan hikoya qilingan quyidagi lavha diqqatga sazovordir.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #61 : 22 Aprel 2010, 13:21:06 »
«Bir marta Abu Sa’id mirzodan shaxsiy tamg’ani (Xoja Ubaydulloh mollaridan olingan tijorat solig’i) bag’ishlashni, ya’ni bekor qilishni so’ragan edim, uni bag’ishladilar. Shundan keyin aytdim: men va sizning oramizda anchadan beri do’stlik munosabatlari mavjud. Nima bo’lardiki, himmatingizni oliy darajaga yetkazib, g’ayri shar’iy bo’lmish tamg’a solig’ini hamma uchun ham bekor qilsangiz. Sizning oliy himmatli ekaningizni bilganim uchun ham bunday iltimos qilayapman. Mirzo Sulton Abu Sa’id hech narsa demadi. Biz ham boshqa gapirmadik. Bu orada Amir Nursa’id bizning huzurimizga kelganda, yuqoridagi voqeani unga aytdik. Amir Nursa’id mirzo Abu Sa’id huzurida bo’lganida shunday debdi: Olihazrat, ajab ish qilib, tamg’a solig’ini hamma uchun Bekor qilibsiz. Abu Sa’id mirzo aytibdi: «hazrati Xoja so’zni oily himmatlikdan boshlaganlarida men bu iltimosni qondirmasam, himmatsiz bo’lib qolishimni sezib aytganlarini qabul qildim. Xoja hazratlarining ehtiromi uchun tamg’ani barcha uchun bekor qilurmiz». Bir necha muddat o’tmay, va’daga ko’ra tamg’a solig’i barcha uchun bekor qilindi».
Bu voqeaning to’g’riligini «Ravzat us-safo»ning muallifi Mirxond ham tasdiqdab, shunday yozadi:
«Hazrat Xoja Ubaydulloh Hirotga Sulton Abu Sa’id huzuriga kelib, Samarqand va Buxoro uchun tamg’a solig’ini bekor qilishni iltimos qildilar. Podshoh Xoja hazratlari iltimoslarini qabul qilib, Samarqand va Buxoro viloyatlarining juda katta mablag’ni tashkil etuvchi va podshohlik xazinasiga tushuvchi tamg’a solig’ini bekor qildilar».
Bu hikoyalarda Xoja Ubaydullohning ajib fazilati ko’zga tashlanadi. U faqat o’zini, o’z manfaatini o’ylamagan. Agarda shunday bo’lmasa, o’zining mollari uchun tamg’a solig’ini Bekor qildirib, jimgina yurishi ham mumkin edi-ku! Yo’q, u ko’pni, boshqalarni ham o’yladi va imkoniyat borida Samarqand va Buxoro viloyatlari uchun bu soliqni Bekor qildirdi. Bunday holat Xoja Ubaydullohning tijorat ahli, hunarmandlar ham boshqa tabaqalar nazdidagi obro’sini yanada oshirdi va muxlislarini ham, muxoliflarini ham so’zsiz ko’paytirdi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #62 : 22 Aprel 2010, 13:21:18 »
Xoja Ubaydulloh orttirgan ko’pgina boyliklarini xalqqa solingan ortiqcha soliqlarni to’lashga, madrasa, xonaqoh, masjid va boshqa xildagi imoratlarni qurdirishga sarfladi. Misol uchun, Umarshayx mirzo Shosh – Toshkand aholisidan 250000 dinor hajmidagi soliqni talab qilganda, Xoja Ubaydulloh bu mablag’ning hammasini o’zi to’labgina qolmay, balki unga qo’shimcha ravishda 70000 dinorni ham soliq to’plovchilarga to’lagan. Bundan tashqari, u o’zi qurdirgan madrasa, masjid, xonaqohlarni ta’mirlash, u yerda ishlovchi va yashovchilar, mudarris va tolibi ilmlarni moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida ko’pgina yer va mol-mulkni vaqf qildirgan edi. Bu vaqflarning soni va maqsadi haqida Xoja Ubaydullohning o’zi shunday deb aytgan.
«(Xoja Ubaydulloh) aytur erdilarki, qurdirilgan imoratlarda istiqomat qiluvchilarni ta’minlash uchun 254 vaqf qilingan. Bundan maqsad shuki, biz hayot ekanmiz, birodarlarimiz tirikchilik tashvishini tortmasinlar. Bizdan so’ng ham bu vaqflarning daromadi o’shalarga mo’ljallanadi. Shunisi ham borki, vaqf qilingan joylardan olinadigan daromadlarni yeyish va ichish bilan qanoatlanib qolmay, balki xojagon tariqati sirlarini ham chuqur o’rganib, bir-birini bahramand etsalar, toki g’ayb olami (bilinmagan olam) asroridan fayz topsalar».
Olima O.D. Chexovichning yozishicha, Xoja Ubaydulloh ba’zan Movarounnahr hokimi Sulton Ahmad mirzoga ham ma’lum mablag’ni, jumladan, o’n ming kumush tangani jo’natgan.
Ko’rinadiki, Xoja Ubaydullohga qarashli bo’lgan mol-mulk, yer va turli joylardan olinadigan daromad asosan xayrli ishlarga sarf qilingan.
Muhammad Qozi tomonidan keltirilgan bir lavha juda qiziq hodisadan guvohlik beradi. «Hazrat mol-mulklarining barchasi fuqaro uchun sarflanardi, ba’zan esa xarajat daromaddan ko’p bo’lar va yilning oxirida qarzdor bo’lib qolardilar».
Bunday e’tirof Xoja Ubaydullohning hisobsiz mol-mulki, boyligi haqidagi rivoyatlarga oqilona tarzda munosabatda bo’lishni taqozo etadi.
Aytilganlardan ma’lumki, Xoja Ubaydulloh ta’sir doirasining kengayib, shuhrat qozonishi bejiz bo’lmagan, shu tufayli turli tabaqa vakillari unga ishonganlar va undan madad istaganlar. Bu hol o’sha davr hokimlarini Xoja Ubaydulloh bilan hisoblashishga majbur etgan ko’rinadi. Shundan bo’lsa kerakki, Xoja Ubaydulloh davrining turli sultonlari bilan bevosita munosabatda bo’lgan, ularga nasihatomuz so’zlar yoki hikoyalar ayta olgan. Masalan, kimga, qaysi sultonga qaratilgani aniq eslatilmagan bo’lsa-da, uning shunday yozgani ibratlidir: «Tashqi va ma’naviy saodatning boisi shariat qonun-qoidalariga rioya qilishdan iboratdir. Agar dushmanlik va Kelishmovchilik bo’lsa, hech narsa bo’lmaydi. Xotimaning go’zalligi va rohatning boqiyligi qonun-qoidaga amal qilishdandir. Sabr qilmoqdan o’zga chora yo’qdir. Haq subhonahu bandalarini ranjitmasligingiz munosib ko’rinadi».
Mazkur xatning qanday munosabat bilan, qachon maydonga kelgani ham aniq emas, ammo eng muhimi unda sultonni shariat qonun-qoidalaridan Chetga chiqmaslik, dushmanlik va kelishmovchilikni yuzaga keltirmaslik va, nihoyat, Olloh bandalari – fuqaroni ranjitmaslikka da’vat qilganidir. Bundan kelib chiqadigan yana bir xulosa shundan iboratki, qonun oldida shoh ham, faqir ham teng ekanligiga ishora qilinmoqda. Bu esa ma’lum darajada sultonlarning o’zboshimchaligi yoki qonun-qoidani pisand qilmasligining oldini olishga qaratilgan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #63 : 22 Aprel 2010, 13:21:29 »
Agar o’sha davrdagi muhitga, xususan, naqshbandiya tariqatiga mansub bo’lgan badiiy ijodkorlar yaratgan asarlarga murojaat qilinsa, yuqorida bayon qilingan g’oyaning badiiy tarzda ifoda etilganini ham kuzatish mumkin. Jumladan, Xoja Ubaydulloh mansub bo’lgan tariqatni qabul qilgan ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonining uchinchi maqolotidan so’ng Keltirilgan mo’’jaz hikoyasida shoh G’oziy va da’vogar kampir voqeasini bayon etganda, shoh G’oziyning shariat qonuni oldida boshqa fuqarolar bilan Teng holda bo’ysunishi va uning hukmini bajarishga tayyor ekanini tasvirlaydi. Bu g’oya esa yuqorida eslatganimiz Xoja Ubaydullohning sultonga yozgan maktubi g’oyasiga hamohang bo’lib, farq esa Alisher Navoiy uni badiiy tasvir vositasida amalga oshirishidagina ko’rinadi.
Shuni ham eslatish lozimki, Xoja Ubaydulloh o’zining adolat va adolatsizlik, zulm va karamning xususiyatlari haqidagi mulohazalarini hikoya Keltirish bilan ifoda qilgan va bu fikrni bayon etishning o’ziga xos shakli bo’lgan. Jumladan, Muhammad Qozi shunday hikoya qiladi:
Bir kun amirlar yig’ilishida Xoja Ubaydulloh g’allaning hosili oldingi yillardagiday emasligini aytib, g’allaning ko’rinishi yaxshi-yu, ammo tosh bosmaydi, hech narsada baraka qolmabdi. Buning sababi esa, xuddi Anushervon haqidagi hikoyada bo’lganiday, podshohning xotiriga, raiyatiga nisbatan zulm va adolatsizlik qilish fikri kelishi bilan bog’liqdir, deb aytibdurlar va Anushervon haqidagi qissani keltiribdilar: Bir kun kelib Anushervon ov qilish niyatida otlanibdi. Yo’lda chanqab qolibdi. Bir qishloqqa kelib, u yerdagi uy egasidan suv so’rabdi. Qizgina bir qadahda ustiga nayshakar bargi qo’yilgan sharbat Keltiribdi. Anushervon sharbat ichib bo’lgach, qizginadan so’rabdi: sharbat ustiga nima uchun nayshakar bargini qo’ydingiz? Qizgina shunday javob beribdi: Chanqab kelgandingiz, muzday sharbatni sipqorib ichib qo’ysangiz, kasal bo’lib qolishingiz mumkin edi. Sekinlik bilan shimirib ichishingiz mumkin bo’lsin deb, sharbat ustiga nayshakar bargini qo’ygan edim. Shundan so’ng Anushervon, soliqlar qanday, deb so’rabdi. Qizgina javob beribdi. Anushervon uni eshitib, soliq miqdori kam ekan, uni ko’paytirish zarur deb, ko’nglidan o’tkazibdi. Bir necha vaqt o’tgach, yana shu qishloqqa kelibdi va o’sha uy bekasidan suv so’rabdi. O’sha qizgina ichkariga kirib, ancha hayallabdi, so’ng bir qadah sharbat chiqaribdi. Anushervon aytibdi: Bu safar Nega hayallading? Avvalgi safar, – deb javob beribdi qizgina, – bitta nayshakar poyasini siqib, bir qadah sharbat olgan edim. Bu gal esa, uch-to’rt poyadan zo’rg’a bir qadah sharbat chiqdi. Buning sababi nimada? – deb so’rabdi Anushervon. Qizgina javob beribdi: Ehtimolki, shohning ko’nglida raiyatga zulm va adolatsizlik qilish niyati kelgan bo’lsa kerakki, bu shum niyat tufayli Olloh taolo odamlar orasidan barakani ko’targan ko’rinadi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #64 : 22 Aprel 2010, 13:21:41 »
Bu o’rinda yana Alisher Navoiyga murojaat qilib, uning «Hayrat ul-abror» dostonidagi shoh Bahrom uning ov vaqtida bir xaroba qishloqqa borib qolgani hamda boshqa voqealar tasviriga bag’ishlangan mo’jaz hikoyasini eslash mumkinki, Xoja hazratlari Alisher Navoiy hikoyalaridagi g’oyaviy va badiiy tasvir o’xshashligi diqqatga sazovordir.
Xoja Ahrorning ijtimoiy faoliyati kuzatilganda shu narsa oydinlashadiki, u fuqaro osoyishtaligi, hunar va tijorat ahli ishining ravnaqi uchun har qanday bahsli muammolarni urush va qon to’kish yo’li bilan emas, balki imkoni boricha kelishuv, qurol-yarog’ ishlamatgan holda hal qilishga intilar ekan. Buning uchun esa o’z obro’sidan foydalanib, sultonu mirzolarga xatlar yozar yoki o’zi bunday masalalarda shaxsan qatnashar ekan. Ana shunday voqealardan biri mirzo Umar shayx Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmad mirzo orasida bo’lishi mumkin bo’lgan urushning oldini olish voqeasidir. Bu voqea ko’pgina tarixiy va esdalik xarakterdagi asarlarda – Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Ali Safiyning «Rashahot», Hofiz Tanishning «Sharafnomai shohiy»larida eslatilgan. Bu voqeaning sodir bo’lgan yili ayrim manbalarda 1463 yil deb ko’rsatilgani holda Hofiz Tanish o’zining «Sharafnomai shohiy» asarida bu tarixni 890 h. – 1485 m. yil deb qayd qilgan.
Shu voqeaning bevosita qatnashchisi bo’lgan va sulh shartnomasini o’z qo’li bilan yozgan Muhammad Qozi «Silsilat ul-orifin»da shunday hikoya qiladi:
Sulton Ahmad mirzo, Umar shayx mirzo Sulton Mahmudxonlarning muloqoti qissasi.
Qissa shundan iboratki, Umar shayx mirzo Sulton Mahmudxon bilan kelishib, Shohruxiyaga kelgani haqida xabar keldi. Mirzo Sulton Ahmad ham ko’pgina lashkar to’plab, hazrat Xoja Ahrorni ham o’zi bilan olib har tomon yo’l oldi. Hazrat Xoja Ahrorni o’zi bilan birga olib borishdan maqsad ular bilan sulh tuzish ekanini izhor qilgandi. Xoja Ahror qirq kun Sulton Ahmad mirzo lashkari bilan birga edilar. Qirq kundan so’ng Sulton Ahmad mirzoniig lashkari Shohruxiya muzofotlaridan biri bo’lmish Oqqo’rg’onga kelib qo’ndi. Sulton Ahmad mirzoning odati shu ediki, lashkardagi ayrimlar Hazratga nisbatan odobsizlik qilib qo’ymasin deb, Xoja Ahrorni o’z qarorgohida joylashtirardi. Bir kun Xoja Ahrorning jahli chiqib, Sulton Ahmad mirzoga qarab, bizni nima uchun olib keldingiz? Men harbiy odam emasmanki, urushsam. Agar urushmoqchi bo’lsangiz, bizni nima uchun olib keldingiz, sulh tuzmoqchi bo’lsangiz, uni Nega Kechiktirayapsiz? Sizning lashkaringiz orasida turishga boshqa toqatim qolmadi, deb aytibdi. Mirzo aytibdi: barcha ish sizning iltifotingizga bog’liqdir, siz nimani lozim topsangiz, o’sha amalga oshguvsidir. Shunda Hazratning ishoralari bilan bir Necha kishi otlandi, ular qatorida Men ham bor edim. Umar shayx, Sulton Mahmudlar tomon yo’l olindi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #65 : 22 Aprel 2010, 13:21:51 »
Ular ham buni eshitib, Hazratni kutib olish uchun yarim yo’lgacha chiqdilar va birga Shohruxiyaga bordilar. Bu muloqot vaqtida Hazrat Sulton Mahmudxonga ko’p iltifot ko’rsatdilar. Bunda sulh tuzish marosimining rejasi Kelishib olindi. kelishuvga ko’ra, ikki lashkar saf tortib turardilar, o’rtada shohona chodir tikiladi. Ikki tomondan sanoqli kishilar chodirga Keladilar va shu yerda Hazrat ularni kelishtiradi va sulh shartnomasi imzolanadi. Kun oxirlashgach, Hazratning Sulton Mahmudxonga ko’rsatgan iltifotlarining natijalari Sezila boshlandi. Bu yerdan Ketish taraddudi ko’rilayotganda Hazrat menga qarab aytdilar: bizning risolamizni olib kelib, uni Sulton Mahmudxon huzurida o’qib bersangiz. Ertalab, kelishuvga ko’ra, Sulton Ahmad mirzoning lashkari jubba (jangda kiyiladigan kiyim) kiymay, yarog’larini olgan holda Talli Qahqaha degan joyda saf tortdilar. Xoja hazratlari yana Shohruxiyaga bordilar. Sulton Mahmudxon u kishining huzuriga zudlik bilan kelgan bo’lsa-da, ammo Umar shayx mirzo biroz hayallab, malol kelganday bo’lib keldi. Xoja hazratlari bu holni mushohada qilib, meni huzurlariga chaqirib, zudlik bilan Sulton Ahmad mirzo oldiga borib, Umar shayx mirzoning erinib chiqqanini aytib qo’y, toki u ham o’zining ehtiyoti choralarini ko’rib, bu masalada mening umidimda bo’lib qolmasin. Zero, payg’ambar alayhissalom ham ehtiyot chorasini ko’rib, tuya tizzalarini bog’lab qo’y, deganlar.
Men Sulton Ahmad mirzo huzuriga borib, aytilgan gaplarni yetkazdim. Sulton Ahmad mirzo lashkarini ergashtirib, Xoja hazratlari huzuriga otlandi. Shunday qilib, ma’lum fursat o’tgach, ikki lashkar jubba kiymay barcha qurollar bilan qurollangan holda bir-biri qarshisida saf tortdilar. O’rtada tiklanishi lozim bo’lgan chodirning o’rni haqida ko’p bahs bo’ldi: birov uni birinchi tomonga, boshqalar esa ikkinchi tomonga yaqin bo’libdi, deb da’vo qila boshladilar. Muzokara cho’zildi. Birdaniga Xoja Hazratlari peshin namozi uchun shu yerda tahorat oldilar. Shundan so’ng meni o’z huzurlariga chaqirib, aytdilar: Sulton Ahmad mirzo huzuriga borib aytingki, Men (Xoja Hazratlari) bir kishiman, buning ustiga qarilig’im ta’sir qilayotir, shunday bo’lsa-da, sizlar bir-birovlaringiz bilan urushmangiz, deb harbiy yuklaringizning og’irligini ham zimmamga oldim. Boshqa kuch-qudratim va toqatim ham qolmadi. Agar bizga e’tiqodingiz bo’lsa, unda qo’ying, chodirni qayerga tiklamoqchi bo’lsalar tiklayversinlar.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #66 : 22 Aprel 2010, 13:22:00 »
Men Xoja hazratlarining bu so’zlarini yaxshi xulqli Sulton Ahmad mirzoga yetkazganimda, ul podsho shunday Dedilar: mayli, chodirni qayerda tiklamoqchi bo’lsalar, tiklayVersinlar. mening yakkayu yagona umidim va ishonchim Xoja hazratlaridirlar. Shundan so’ng chodirni ma’lum joyda tikladilar. Sulton Ahmad mirzo ma’lum odamlari bilan kelib, chodirdan joy oldilar. keyin Xoja hazratlari borib, Sulton Mahmudxon va Umar shayx mirzolarni kelishilgan miqdordagi odamlari bilan birga boshlab keldilar. Ular chodirga yaqin kelib, otlardan tushdilar. Shunda Sulton Ahmad mirzo odamlari bilan chodirdan chiqib, ularni kutib oldilar. Xoja hazratlari avval Sulton Mahmudxonni boshlab keldi, Sulton Ahmad mirzo u bilan quchoqlashib ko’rishdi. So’ng Umar shayx mirzoni boshlab keldilar. Umar shayx akasi – Sulton Ahmad mirzo qo’llarini olib yuzlariga surtar va yig’lardi. Sulton Ahmad mirzo ham ukasining bo’ynidan o’par va tinmay yig’lardi. Bunday lahzani kuzatayotganlarning hammasi ham yig’lar va ohu fig’on Chekardi. Hammalari chodir tagida joylashdilar. Shunday bir hashamatli yig’in ediki, Men dasturxon yozishda shoshib qoldim. Ikki tomon lashkari esa, egardan tushmay, chodirni ziyraklik bilan kuzatardilar, biror noxush harakatni sezsalar bir-birlariga qarshi kurashga tayyor turardilar. Ovqat keltirdik. Ovqatlangandan so’ng sulh shartlarini Kelishib oldilar. Xoja hazratlari Toshkandni Sulton Mahmudxon ixtiyorida qoldirdilar. Men sulh shartnomasini yozdim va imzolandi. Fotiha o’qib, o’rinlaridan turdilar. O’sha kuni hammaning tilida Xoja hazratlari salobatining ulug’vorligidan so’z borardi. Chunki o’shanda yig’ilgan yuz ming lashkar agar urushga kirishib Ketsami, qancha falokat yuz berishi va qon to’kilishi ham mumkin edi. Xoja hazratlarining salobati, g’ayrati va himmati tufayli bir necha soat ichida ana shuncha odamlar orasidan xusumat va dushmanlik yo’qolib, do’stlik – totuvlik tiklandi. Bundan hamma hayratda qoldi va ofarin dedi. Xoja hazratlariga qarab ayturdilarki, boshqa mashoyixda bunday kuch-quvvat va xususiyat ko’rinmaydi.
Sulh yig’inidan so’ng lashkarlar bir-biriga xuddi barralar ona qo’ylarga intilganday intildilar, ularning ko’nglida xusumat yo’q edi. Xoja hazratlari Sulton Mahmudxonga qarab, siz Toshkandga boring, biz ham boshqa yo’ldan u yerga borarmiz, deb lashkarlardan uzoqlashdilar va Mulkat degan mavzega keldilar. Shunda Menga qarab aytdilar: bizning bu ishlarimizga nima deysan? Bu voqeani esa yozishing kerak».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #67 : 22 Aprel 2010, 13:22:10 »
Ko’rinadiki, Muhammad Qozi Xoja hazratlari istaklarini bajo keltirib, bu voqeani yozib qoldirdi. Voqyeaning tasviri o’zining ikir-chikirlarni qamrab olgani, tarixiy shaxslarning ruhiy holati va aka-ukalarning ko’rishish manzaralarining tasviri bilan ham o’quvchida juda katta taassurot qoldiradi hamda tarixiy shaxslarning, qanday mansab va amal sohibi bo’lganidan qat’iy nazar, insoniy fazilatlar sohibi ekani namoyon etadi: Sulton Ahmad mirzo va Umar shayx mirzolarning uchrashuvi, oxirida Xoja hazratlarining o’z qilmishlaridan mamnunliklari tasviri va boshqalar.
Shu bilan birga u yuqoridagi taxminni, ya’ni voqeaning 1485 yilda sodir bo’lganini qo’llab-quvvatlaydi. Chunki Xoja hazratlari o’zlarining qariliklaridan shikoyat qiladilar va yosh temuriyzoda Sulton Ahmad mirzo ham shu holatni e’tiborga olgan ko’rinadi. Ma’lumki, bu vaqtda Xoja hazratlarining yoshlari 80 dan oshib, 81 ga qadam qo’ygan edilar. Yana, Muhammad Qozi 70-yillarning oxiridan Xoja Ahror umrining oxiri – 1490 yilgacha 10–12 yil davomida u bilan bo’lgan. 1463 yilda esa u Xoja Ahror nazdida emas edi. Shunday ekan, bu voqeaning 1485 yilda sodir bo’lgani haqiqatga yaqindir, chunki Muhammad Qozi uning hujjatini yozgan kishidir. Bu vaqtda esa Muhammad Qozi Xoja Ahrorning eng ishonchli kishilaridan biri edi. Shunday qilib, Muhammad Qozining yozganlari ishonchli hujjat sifatida qabul qilinishi ma’qul. Shuni eslatish lozimki, Xoja hazratlari o’z faoliyatlari vaqtida yana shunday xayrli ishlarni amalga oshirishga qanchalik harakat qilmasinlar, hamma vaqt ham masala yuqoridagidek ijobiy hal bo’lavermas edi. Ba’zan Temuriyzodalar Xoja hazratlarining maslahatlariga e’tibor bermasdilar. Masalan, Hofiz Tanishning «Sharafnomai shohiy» yoki «Abdullonoma» asarida uqtirilganidek, 893 h. – 1487–1488 m. yili Sulton Ahmad mirzo ko’pgina lashkar to’plab, Toshkand tomon yurish uyushtirdi. Bundan xabar topgan Xoja hazratlari podshohni bu yo’ldan qaytarmoqchi bo’ldilar. Chunki, deb eslatadi Xoja hazratlari, yaqinda bo’lgan sulh shartnomasiga ko’ra Toshkand Sulton Mahmudxon ixtiyoriga berilgan. Sizning bu shartnomani buzishingiz munosib emas. Shartnomani buzishning oqibati xayrli bo’lmasligi ma’lumdir. Sulton Ahmad mirzo esa Xoja hazratlarining bu maslahatlarini inobatga olmadi. U bir yuz ellik ming lashkar bilan Toshkandga yurish qildi. Uch kun urushgan bo’lsalar-da, natija noma’lum edi. Shu orada Sulton Ahmad mirzo lashkaridagi Muhammad Shayboniyxon Sulton Mahmudxon bilan kelishib, u tomonga o’tdi. Shundan so’ng Sulton Ahmad mirzo lashkari yengilib, ko’pgina kishilar halok bo’ldi, ko’pchilik qochdi, Chirchiq daryosida oqib ketdi. Natijada mag’lub bo’lgan Sulton Ahmad mirzo Samarqandga qaytib kelgach, nasihatga quloq solmagani uchun Xoja hazratlari unga nisbatan o’z munosabatlarini o’zgartirdilar.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #68 : 22 Aprel 2010, 13:22:31 »
Oqilona maslahatlarga quloq solmaslikning sabablaridan biri shu ediki, Xoja hazratlari obro’sining Sultonlar va xalq nazdida ortib borishi amiru amaldorlarni ham, shariat Peshvolarini ham tashvishga solib qo’ygan edi. Avvalida eslatganimizdek, uni obro’sizlantirish, unga jismoniy zarar yetkazish yoki turli yo’l bilan kamsitishga, hatto uni Sulton Ahmad mirzo bilan to’qnashtirishga, podshohda unga nisbatan shubha tug’dirishda intilishlar ham bo’lgan. Ana shunday kayfiyat esa «Silsilat ul-orifin»da Keltirilgan quyidagi voqyeiy lavhada yaqqol Seziladi.
«Xoja Mustafo Rumiy Buxorodan Shahrisabz orqali Samarqandga – hazrat Xoja Ahrorning ziyoratiga kelardi. U Shahrisabzga qo’nganida Sulton Ahmad mirzo devoni amaldorlaridan bo’lmish Mirak Hasan bilan muloqotda bo’libdi. Mirak Hasan Xoja Mustafo Rumiyga shunday debdi: Xoja Mustafo, Sen mard kishisan. Men bir gapni aytsam, uni hazrati Xojaga yetkazasanmi? Xoja Mustafo: ha, yetkazaman, deb javob beribdi.
Bir darvish shunday naql qildi: men hazrati Xoja suhbatlarida bo’lganimda, Xoja Mustafo Rumiy ham bor edi. U hazrati Xojaga qarab, shunday Dedi: Mirak Hasan devon bilan muloqotda bo’lganimda bir gapni sizga yetkazishni topshirgan edi. Xoja hazratlari aytdilar: qanday gap ekan? Xoja Mustafo aytdi: Mirak Hasan shunday dedi: Sulton Ahmad mirzoning ozgina joni qolgan. Hazrati Xoja iltifot qilib, uni ham olsinlar-da, bizlarni undan (Sulton Ahmad mirzodan) xalos qilsalar. Xoja hazratlari bu gapni eshitib, kayfiyatlarida o’zgarish yuz berib, oq sochlari tik turganday bo’ldi. Qo’llarini qo’llari ustiga qo’ydilarda, aytdilar: bu it bizni qassoblik qilishga da’vat etmoqda. G’azablari kuchaygan, dast turdilarda uyga kirib ketdilar. O’nbesh kundan so’ng Mirak Hasan bir gunohi bilan Sulton Ahmad mirzo g’azabiga uchrab, tiriklayin terisini shilishga buyurdi».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #69 : 22 Aprel 2010, 13:22:43 »
Xoja hazratlarining muxoliflari buning bilangina chegaralanib qolmay, balki uni savodsizlik, o’qimaganlikda ham ta’na qilganlar. Xuddi shu gaplar tarqalganda Samarqandning a’lam ul-ulamosi faqeh (islom qonunshunosi) Xoja Fazlulloh Abulaysiy Xoja hazratlarini bunday ta’nalardan juda nozik tarzda himoya qilgan ko’rinadi: «Ayturlarki, – deb yozadi Muhammad Qozi, – hurmatli Xoja Fazlulloh shayx Abulays shunday degan ekanlar: biz bu buzrugvor (Xoja Ahror)ning kamolotlarini bilmasmiz. Bizga shunchaligi ma’lumki, ul hazrat rasmiy tarzda kam o’qigan bo’lsalarda, ammo har kuni bizning oldimizga «Tafsiri Qozi»dagi (ehtimolki, XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida yashagan Sheroz qozisi Bayzaviyning «Anvar ul-ta’vil» nomli arab tilida yozilgan tafsiri qisqartirilgan tarzda shunday nomlangan bo’lsa kerak) sharhlarga nisbatan bo’lgan shubhalari bilan kelib, bizni masalada lol qoldiradilar. Bu karomatdan boshqa gap emas. Yoki zamonasining donishmandlaridan biri bo’lmish mavlono Ali Arron esa Xoja hazratlarining bilimdonliklaridan nihoyatda hayratlanar va u kishi oldida biror narsa aytishga botina olmasdi.
«Mavlono Ali Arron, – deb yozadi Muhammad Qozi, – Xoja hazratlari majlisiga ko’p kelardilar. Bir kun Xoja hazratlari mavlono Ali Arronga murojaat qilib, aytdilar: sizning huzuringizda bizning gapirishimiz odobdan bo’lmas. Siz gapiring, biz eshitaylik. Mavlono Ali Arron shunday javob berdilar: fayzlar yetkazguvchi olam sirlaridan bevosita so’z aytuvchi hazrat oldida bizning gapirishimiz odobsizlik sanaladi».
Bunday hol esa Xoja hazratlariga ta’na toshini otuvchilarga yaxshigina javob edi. Shunday bo’lsa-da, g’iybat va ta’nalarning hammasi Xoja hazratlari mavqyeiga, uning sulton va amiru amaldorlar hamda shariat Peshvolari nazdidagi e’tiboriga ta’sir qilmasdan qolmasdi. Ammo Xoja Ahror hazratlarining fuqaroparvarligini, olijanob fazilatlarini qadrlaguvchilar unga nisbatan bo’lgan e’tiqodlarini susaytirgan emasdi. Shuning uchun Xoja hazratlari Andijon yoki Qarshida, Doij (Loyish) yoki Forobda, Motrid, Kamongaron yoki Xoja Kafshiy kabi shahar, nohiya va mahallalarda bo’lganlarida muxlislari e’tiqodining butunligi nazarga tashlanardi.
«Bir yil shaharda vabo tarqalib, hamma tashvishda edi. Shu vaqtda Xoja hazratlari uydagilari bilan mavlono Fazlullohning Kamongaron tog’i etagida joylashgan bog’ida edilar. Hazratning muridlari va xizmatida bo’lguvchilar esa Vaxashti qishlog’ida edilar. Hazrat bu joyga kelib, muxlislari bilan suhbat qurardilar».

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #70 : 22 Aprel 2010, 13:22:53 »
Xoja hazratlarining yoshi ulg’ayaVergach, salomatligi susayib borar, ba’zan kasallanib qolardi. Bir marta qattiq kasallanishi va tuzalishi voqeasi Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shunday hikoya qilingan:
«Avvalgi marta kasal bo’lib qolganlarida bu kitob tuzguvchini (Muhammad Qozini) tabib olib kelish uchun Hirotga jo’natdilar. Bu vaqtda Xoja hazratlarining shogirdi mavlono Qosim tirik edi va Menga qarab, Tezda borib kelishim shartligini alohida tayinlagan edi. Men tabibni keltirganimda mavlono Qosim olamdan o’tgan edilar. mening Samarqanddan Hirotga borib kelishim uchun esa hammasi bo’lib o’ttiz besh kun vaqt o’tgan edi, xolos. Men Xoja hazratlaridan mavlono Qosimning vafoti sabablarini so’radim. Xoja hazratlari aytdilar: Mavlono Qosim bir kun mening huzurimga kirib, «men o’zimni sizga fido qildim», – deb aytdi. Men aytdim: Qosim, sen faqir kishisan, ko’pgina kishilar Sening qaramog’ingdalar, shuning uchun bunday qilma. Shunda mavlono Qosim aytdi: Men bu ishda siz bilan maslahatlashmoq uchun kelganim yo’q, bu ishni qildim va Haq subhonahu uni qabul etdi. Men qancha gapirsam ham u boshqa hech narsa demadi. Ertasi kuni Xoja hazratlarining kasallari mavlono Qosimga o’tib, olamdan o’tibdi. Shundan so’ng Xoja hazratlari tuzalib, salomatliklari ham mustahkamlandi. Ayrim do’stlar aytdilarki, mavlono Qosim 891 yil zulhijja oyining oltinchi kuni (1486 yil, 3 Dekabr kuni) - dushanba kuni namozi digarning oxirida olamdan ko’z yumdi. Shu kunning namozi shomida Xoja hazratlari huzuriga kirdim, ul hazrat bu voqea munosabati bilan nihoyat ayturdilar va mavlono Qosimning olijanob fazilatlaridan ko’p gapirdilar. Aytdilarki, Qosim tengi yo’q ma’naviy boylik edi».
Mavlono Qosim o’zining olijanob fazilatlari bilan ko’pchilikka ma’lum va mashhur edi. Hatto Alisher Navoiy ham uning bilan tanishgan va uning haqida yaxshi taassurotda edi. Shuning uchun u o’zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida mavlono Qosim haqida samimiyat bilan quyidagilarni yozadi:
«Mavlono Qosim hazrati Xoja Ubaydullohning kibor (katta) ashobidindur (suhbatdoshlaridandir). Anjumanda hamdam va xilvatda mahram. Asli Farkat navohisidindur (nohiyasidandir). Ellik yilga yaqin ul hazrat xizmatin andoq qildikim, hargiz alarning muborak xotirlariga andin g’ayri muhabbat va iltifot voqye’ bo’lmadi va mavlono Qosimni salotin xizmatig’a ba’zi arbobi hojot muhimmoti uchun yiborur erdilar va salotin istiqbol qilib, ta’zim bila o’lturtib, har ne alar ul Hazratdin risolat (xabar) qilsalar erdi, minnat tutib, hamul nav’ e’zoz bila uzoturlar erdi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #71 : 22 Aprel 2010, 13:23:03 »
Va mavlono ul nav’ foniy va maqbul kishi erdikim, ani ko’rgan kishi giriftor (maftun) bo’lur erdi. Ul jumladin biri bu faqirdurkim (Alisher Navoiydirki), alarni ul hazrat musulmonlar maslahati uchun Movarounnahrdin Xurosonga risolat (elchi) rasmi bila yiborib erdilar va bu faqir (Alisher Navoiy) hamul kelganlarida ko’rub, alarning volihi (shaydosi) bo’lib erdi. Ul ishni yasab (bajarib), azim e’zoz va ikromlar topib bordilar.
Alarning yoshi yetmishdan o’tib erdi. Olamdin o’tganlari bu nav’ erdikim, hazrati Xojaning azim za’flari (kasali) bor erdi va so’l yonlarida bir sanchiq emishki atibbo (tabiblar) va xalq hayotlaridin tama’ munqate’ (umid uzgan) qilgan emishlar. Mavlono ul holni ko’rub andoqki xojalar xonavodasi ba’zi dilxoh elning marizining yuki ostig’a kirib, ul yukni ko’tarib, mariz sihhat topar va ul kishi ul marizni qabul qilib, og’riq yuki ostig’a kirib, hazrati Xoja ham ul vaqt sihhat topibdur, mavlono ham ul so’l yoniga hamul sanchig’ turub, bir hafta hamul marizg’a giriftor bo’lub, jonlarin Xojalarig’a fido qildilar. Bir kun faqir (Navoiy) hazrati maxdumiy Nuran (Jomiy) xizmatlarida erdim va Xojai buzurgvor ashobidin so’z o’tar erdi. Faqir ul hazratdin savol qildimkim, alarning ashobidin irshodi bila muvofiq suluk qilib, faqir tariqida martaba hosil qilg’on va fano rasmida yorug’luq topib, o’zluk zulmatidin xalos bo’lg’on ulki sizni muborak xotiringizga zohirdur, kimlar erkin? Alar dedilarkim, barcha bu tariqda yaxshi suluk darveshlar qilibdurlar. Ammo biz mavlono Qosimni bag’oyat vorasta (kamolga erishgan, namuna bo’la oladigan) kishi topibmiz».
Ko’rinadiki, Alisher Navoiy Xoja Ubaydullohning sodiq shogirdlaridan bo’lmish mavlono Qosim, uning tarjimai holi, fazilatlari, Xoja hazratlari huzuridagi hamda boshqalar nazdidagi mavqyei haqida juda noyob ma’lumotlarni Keltirib, o’zining bu shaxs bilan uchrashgani to’g’risida alohida mamnuniyat bilan xabar qiladi.
Xoja hazratlari umrining oxirida so’nggi marta o’zi tug’ilgan va ulg’aygan Shosh – Toshkandga boradi. Bu galdagi sayohatning tasviri va Toshkanddagi ishlari haqida uning bilan birga bo’lgan Muhammad Qozi shunday hikoya qiladi:
«Oxirgi marta Toshkandga bordilar-da, shundan so’ng olamdan ko’z yumdilar (agar bu e’tirofni hisobga olsak, unda bu safar 1489 yilning ikkinchi yarmida sodir bo’lgan ko’rinadi).

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #72 : 22 Aprel 2010, 13:23:14 »
Toshkandda ekanimizda bir kuni meni – Muhammad Qozini o’z huzurlariga chaqirib, aytdilar: oshxona ishlari bilan shug’ullanuvchi mavlono Lutfullohni muhim bir ish bilan Samarqandga yubordik. Endi oshxona ishlari – oshpazlik sening zimmangda bo’ladi va umrim oxirida istardimki, ota-bobolarimiz mozorida Turkistonning och-yalong’ochlarini ovqat bilan ta’minlasam, chunki bu zamonda Turkistonda qahatlik bo’lganligi sabab Beva-Bechoralarning ahvoli nihoyatda og’irdir. Bu ishni Sen bajarasanmi yoki o’zim qilaymi? Men bu ishni bajarishga va’da berdim. Har kuni yettita qo’y so’yilar, yetti yuzta non yopilardi. Men ularning hammasini o’z qo’lim bilan fuqaroga tarqatar edim. Buning ustiga Toshkand atrofidagi qishloqlarda yetishtirilib, sotilmayotgan qovunlarni ham shunday tarqatishga to’g’ri kelardi. Ish shu qadar ko’payib Ketdiki, ramazon oyida Xoja hazratlari saharlikka turganlari vaqtidagina men biror-bir taom yeyishga ulgura olar edim, xolos. Bir Kechasi oldimga non va go’shtni qo’yib, Sening ovqating shu bo’lsa, qayerga ham bora olarding, degan fikr ko’nglimdan o’tdi. Shu vaqtda birov kelib, seni Xoja hazratlari ko’rmoqchilar, dedi. Men hozirgina – noxush xayolga borganim Xoja hazratlariga ma’lum bo’libdi-da, Dedimda tavba qilib, hazrat huzuriga bordim. Tahorat qilayotgan ekanlar, meni ko’rib aytdilar: Bilasanmi, xojagon tariqatining ulug’lari xizmat qilishi mumkin bo’lganlarga umid bilan qaraganlar. Chunki kimki xizmat va g’ayrat qilsa, xususan, jamoat uchun xizmat qiluvchi bo’lsa va uning xizmatidan boshqalar manfaat ko’rsa, undaylarga olam ul-g’aybdan ko’p fayzlar yetgay. Kimki jamoat manfaatlari uchun xizmat qilib, olam ul-g’ayb fayziga musharraf bo’lgan bo’lsa, bunday kishi saodatli-baxtli kishidir. Bu gapni eshitib, ko’nglimdan o’tgan noxush xayollarimdan pushaymon bo’ldim va shundan so’ng har qancha xizmat qilsa ham oz ekanligiga ishonch hosil qildim».
Bunday xususiyat, ya’ni insonlarga xizmat qilish Xoja hazratlari faoliyatining asosiy mag’zini tashkil etgani uchun ham hamma joyda va hamma vaqt masalalarga shu nuqtai nazaridan yondashdilar. Xoja hazratlari quyidagi baytni yoddan o’qurdilar, deb eslaydi Muhammad Qozi:

Himmat turo ba kungurai kibriyo kashad.-
In saqfi xohro Beh az in nordbon maxoh.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #73 : 22 Aprel 2010, 13:23:47 »
Mazmuni: himmat seni falakning yuqori pog’onasiga ko’taradi. Bu baland dunyo – osmonga chiqmoqni xohlasang, bundan (himmatdan) yaxshiroq norvon bo’lmas.
Kimning qalamiga mansubligi noma’lum bo’lgan bu baytni o’qiyotganda Xoja hazratlari o’z aqidalaridan kelib chiqib, Sharq adabnyotshunosligida daxliya deb ataladigan san’atni qo’llab, birinchi misra avvalidagi «himmat» so’zini, Men «xizmat» so’zi bilan almashtiraman va shunday o’qiyman, der ekanlar:

Xizmat turo ba kungurai kibriyo kashad, -

Ya’ni xizmat-seni falakning yuqori pog’onasiga ko’taradi. Boshqacha qilib aytganda, obro’-e’tiboringni oshiradi. Shundan kelib chiqib ikkinchi misra sharhlansa unda «bu baland osmonga (obro’-e’tibor, hurmatga) chiqmoqchi bo’lsang, xizmat qilishdan yaxshiroq norvon bo’lmas» degan ma’no kelib chiqadi. Xoja hazratlarining daxliyasi natijasida bayt mazmuni bizning zamonamiz uchun muvofiqligi ham o’z-o’zidan ayondir.
Yoshning ulug’ligi, xastalik Xoja hazratlarini urintirib qo’ygan edi. Natijada ancha ozib ham qolgan edi. Bu haqda mavlono Lutfulloh shunday deydi: «Samarqandning mashhur mahallalaridan bo’lmish Xoja Kashfiy mahallasidagi uylariga bordim. Havo issiq edi. Xoja hazratlari ichki ko’ylak bilan tashqariga chiqdilar. Men Xoja hazratlarining anchagina ozib qolganlarini shunda ko’rdim… Shunday bo’lsa-da, bu jussada katta ma’naviy kuch bor edi».
Xoja hazratlari hijriy hisobda 89 yilu yetti oy umr ko’rganlar. Bu haqda o’zlari «agar yana besh oy yashash nasib qilsa, 90 yoshga kirurmiz», degan ekanlar. Xoja hazratlari sakson to’qqiz kun kasal yotgach, Kamongaronda hijriy 895 yilning rabe’ ul-avval oyining yigirma to’qqizinchi kuni – shanba kuni kechasi, ya’ni 1490 Melodiy yilning 21 fevralida vafot etganlar. Bu voqeaning guvohi bo’lgan Muhammad Qozining yozishicha, Xoja hazratlari o’sha kuni namozi xuftondan ozgina o’tganda olamdan ko’z yumganlar. Bundan oldinroq esa, ya’ni kunning namozi peshin vaqtida yer qattiq va baland ovoz bilan qimirlagan. Bu hodisadan Xoja hazratlari ruhiyatida o’zgarish paydo bo’lib, darhol o’z avlodlari va suhbatdoshlaridan ayrimlarini chaqirib, ular bilan vidolashgan ekanlar. Xoja hazratlarining tabarruk jasadi Kamongarondan Xoja Kafshiy mahallasiga keltirilib, shu yerning mazorotida dafn etilgan. Qabri ustiga katta san’atkorlik bilan ishlangan yodgorlik toshi o’rnatilgan. keyinchalik uning atrofida avlodi va muxlislari dafn etilgan. Shundan so’ng Xoja Kafshiy mahallasining bu qismi Xoja Ahror nomi bilan atalgan .

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy
« Javob #74 : 22 Aprel 2010, 13:23:56 »
Xoja hazratlari umri davomida Kamongaron mavzeiga ko’p borardi, chunki u yerda uning bog’lari va tabiiyki, yashaydigan imoratlari ham bo’lgan. Shuni nazarda tutib, hozirgi Kamongaronda ulardan biror iz bormikan, degan masalani aniqlash maqsadida Nizomxon va Imomxon Salimovlar bilan Kamongaronda bo’ldik. Shuni qayd qilish kerakki, Kamongaronliklar Xoja hazratlarini juda hurmat qilar ekanlar. Shuning uchun eski qabristonda Xoja Ahror nomi bilan atalgan masjidni aholining tashabbusi va hashari bilan ta’mir qilib, qabristonda gumbazli maqbara ham qurmoqda edilar. Ko’pgina rivoyatni ham hikoya qilishdi. Biz bunda Xoja hazratlari bog’i yoki undagi imoratlarining aniq joyi va izlarini aniqlay olmadik. Buning uchun: mutaxassislarning maxsus tekshiruvlari lozim degan fikrga keldik.
Xoja hazratlari uylangan bo’lib, o’g’il va qiz farzandlari bor edi. Ulardan ikkitasi – Xoja Abdulloh va Xoja Yahyolar o’zidan iz qoldirganlardan bo’lib, otalari vafotidan, xususan, Samarqand hokimi Sulton Ahmad mirzo vafotidan so’ng Temuriy shahzodalar hamda Temuriylar va shayboniylarning toj-taxt uchun kurashlariga aralashib muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar: Xoja Yahyo o’ldiriladi, Xoja Abdulloh esa Toshkandga ketadi. Xoja hazratlarining katta o’g’illari bo’lmish Xoja Abdulloh asosan ilmiy yo’nalishda ko’proq shug’ullangan bo’lsa, Xoja Yahyo esa otasining o’rinbosari bo’lish harakatida bo’lardi. Xoja hazratlarining farzandlaridan qolgan avlodning bir qismi hozir Xoja Ahror mavZeida yashaydi. Ammo olima O.A. Suxareva qayd qilganidek, ularning aniq yozilgan shajarasi hozircha noma’lum.
Shuni ham eslatish lozimki, Xoja hazratlari avlodi faqat naqshbandiya sohasidagina xizmat qilmay, balki ularning orasidan madaniyat, adabiyot va ilmning ko’pgina sohalari bo’yicha vakillar yetishib chiqqanki, bu haqda keyinroq to’xtalamiz.

 

Xoja Ubaydulloh Ahror. Tabarruk risolalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4770
So'nggi javob 24 Yanvar 2012, 12:00:41
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 53724
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 30812
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Buyuk sahobalar o'gitlari

Muallif LayloBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 13809
So'nggi javob 02 Oktyabr 2006, 07:19:11
muallifi Doniyor
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 102094
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz