Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 58122 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Ansora  22 Aprel 2010, 13:28:16

Abdurahmon Jomiy Ya’qub Charxiy bobida Xoja Ahrorning hikoya qilishdagi mahoratidan so’z yuritib, «garchi Ya’qub Charxiyning olamdan o’tganlariga ancha bo’lgan bo’lsa-da, ammo Xoja hazratlarining hikoyalari tufayli Ya’qub Charxiy mening ko’z o’ngimda tirik siymo sifatida gavdalandilar. mening Xoja hazratlariga bo’lgan irodatim yanada kuchaydi», — deb e’tirof etadi. Bunda Abdurahmon Jomiyga ishonmay ilojimiz yo’q. Yana, shu bobda keltirilgan quyidagi e’tirofda Xoja Ubaydullohning boshqa bir fazilati namoyon bo’ladi: «Mavlono Ya’qub ayturdilarki, — deb hikoya qiladi Abdurahmon Jomiy, — (bu so’zlarni eshitgan kishi tilidan) aziz ustoz suhbatiga Kelguvchi tolibi ilm Xoja Ubaydullohga, ya’ni pilik va yog’i tayyorlangan chiroqqa o’xshashi lozim, chunki uni gugurt bilan yoqish qoladi, xolos (Chomy. Osor, ch, VIII. Dushanbe, «Adib», 1990, sah. 69).
Bunda Xoja Ahrorning juda ajoyib fazilati — ustozdan biror narsani o’rganish uchun o’zini doim tayyor holga Keltirish, ya’ni o’rganishga chanqoq bo’lganlik sifati alohida ta’kidlanadi. Bu esa ibratlidir. Chunki ana shunday fazilatga ega bo’lgan tolibi ilmgina ustozdan bahramand bo’la oladi va ustoz ham u bilan qilgan suhbatidan qoniqish hosil qiladi. Qani endi, hozirgi tolibi ilmlarimizning hammasida ham shu fazilat yor bo’lib, mukammal bilim olishga mushtoq, ilm, o’rganishda, hunar o’rganishda Xoja Ubaydullohdek chanqoq tolib, talabgor bo’lsalar...
Abdurahmon Jomiy shu asaridagi Amir Sayid Qosim Anvor Tabriziyga bag’ishlangan bobda ham Xoja Ubaydullohni Mahdumiy Xoja Nosiriddin Ubaydulloh tarzida tilga olib, u kishining tilidan Sayid Qosim Anvorning Xoja Bahovuddin Naqshband bilan Abevard shahrida uchrashib, u kishining tariqatini ma’qullagani va unga e’tiqod qilgani haqidagi hikoyasini Keltiradi.
Bundan ko’rinadiki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da bevosita Xoja Ubaydullohga alohida bobni ajratish bilan cheklanmasdan, balki boshqa allomalar to’g’risida so’z yuritganda Xoja hazratlari haqida aytilgan ijobiy fikrlarni Keltiradi. Bu bilan Xoja Ahror hayoti va fazilatlarini yangi lavhalar bila boyitadi. Bu jihatdan Xoja Ubaydullohning tolibi ilm sifatidagi fazilatiga ishora qilinishi nihoyatda muhim va ibratlidir. Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiyning shaxsan muloqotlari orasida va keyin ham o’zaro noma yozishlari muttasil davom etadi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:28:34

Turli munosabat va mavzularda yozilgan bu nomalarida Xoja Ahror ham, Abdurahmon Jomiy ham oxirida «al-faqir» deb o’z nomlarini yozardilar. Qanchalik ibratli! Shogird o’z ustoziga xat yozganida shunday imzo Chekishi ma’lum ma’noda tabiiy ko’rinsa-da, ammo ustozning shogirdiga yozgan maktubida ham shunday yozilishi shogird oldida o’zini faqir tarzida eslatishi bu yuksak madaniyat sohibi bo’lishni, balki o’zgalarni (kim bo’lishidan qat’iy nazar) o’zidan ustun qo’yib, hurmatini joyiga keltirishdan dalolat berguvchi olijanob insoniy fazilatdir. Shularni nazarda tutib, Xoja Ubaydullohning Abdurahmon Jomiyga yozgan bitta maktubining asl matni va tarjimasini muhtaram o’quvchilar diqqatiga havola etamiz.
«Ba’d az arzi niyoz marfu’ on ki iltimos az xidmati shumo onki gohye xudro ba sharafi mulozamati xidmati mavlono Alisher madhali otifat rasonida, infaqirro ba xotiri sharifi eshon ba yod ovarda iltimos kuned, ki xolisan li vachhi subhona hech dag’dag’a va fikr nakunand dar rasonidan onchi meboyad rasond peshi hazrati saltanatshiory chi foida rasonidand on chi xayri muslimin ast. Ba haqiqat xayr dorini on hazrat ast V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh» (A. Chomy. Nomaho. Dushanbe, «Donish», 1989, 319—320 b., arab yozuvida).
Tarjimasi: Iltijo bilan murojaatimizdan murod shulki, Sizdan iltimos shulki, ba’zan o’zingizni mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher huzuriga yetkazib, bu faqirni ul janobning tarif xotiriga Keltirib, iltimos qilingkim, xudo hurmati uchun saltanat farmonlig’ hazratlari huzurida xolisan bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda hech qanday dag’dag’a va fikr qilmasinlar. Qanday foyda Keltiraolsalar, u muslimlar manfaatiga yo’naltirilgan bo’ladi. Haqiqatdan yaxshilik va manfaat Keltirish bu hazratning odatidir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh».

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:28:46

Bu maktub 1475—1476 yillardan Alisher Navoiyda Sulton Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilishdan birvarakayiga iste’fo berish kayfiyati paydo bo’lgan vaqtlarda yozilgan. Bu xabar Hirotdagina emas, balki Samarqandda ham tarqalgan, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiy kabi zotning xalq manfaatlarini himoya qilish uchun ham saroy xizmatida bo’lishi zarurligini Sezib, uni bunday niyatdan qaytarish maqsadida uning o’ziga (bu xat keyin keltiriladi) murojaat qilish — xat yozish bilan qanoatlanib qolmay, balki Abdurahmon Jomiyga ham yuqorida keltirilgan maktubni yozib, Jomiyning bu ishlarga aralashuvi lozimligini uqtirgan. Bu maktubdan Xoja Ubaydulloh fuqaro manfaatlariga tegishli bo’lgan har qanday ishni bajarishga tayyorligi ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga maktubda Alisher Navoiy «mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher» tarzida eslatilganki, bu ham Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga bo’lgan munosabatini yana bir karra ochiq namoyish etadi.
Shuni ham eslatish lozimki, Abdurahmon Jomiy Xoja hazratlari bilan muloqot qilish yoki ularga nomalar yozish bilan qanoatlanib qolmagan. Balki u tasavvuf, xususan, xojagon tariqati, jumladan, Xoja Ubaydulloh aqidalarini chuqur o’zlashtirib o’zi ularga amal qildi va bu aqidalarni o’zining ilmiy va badiiy merosida targ’ib ham qildi. Shuning uchun juda ko’p holda Abdurahmon Jomiy va Xoja Ubaydulloh faoliyati hamda fazilatlarida o’xshashliklar ko’zga tashlanadi. Abdurahmon Jomiy yozadi:

Rohatu ranj buvad guzaron,
Ranj kash bahri rohati digaron.
Z-on ki boshand ba mazra’i umed
Ranji tu tuxmi rohati jovidon.

Mazmuni: Rohat ham, ranj ham o’tguvchidir. Boshqalar rohat qilsin deb Sen ranj chekkil. Chunki sening ranjlaring umid ekinzorida abadiy rohat urug’idir.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:29:20

NIZOMIDDIN AMIR ALISHER NAVOIY (1441-1501) — ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkirining Xoja Ubaydulloh bilan munosabatlarini yoritish qamrovi Kengdir. Chunki u Alisher Navoiyning umuman naqshbandiyaga munosabatini aniqlashni ham taqozo etadi. Bu esa alohida va jiddiy tadqiqotni talab qiladi. Shuning uchun biz bu masalaning ayrim tomoni haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Bu esa Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh o’rtasidagi munosabatlarnigina nazarda tutadi. Shunday ekan, Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh bilan bevosita muloqotda bo’lganmi? Ularning munosabatlari qanday tarzda davom etgan? — qabilidagi savollarning bo’lishi tabiiy.
Bizningcha, bu masalani aniqlashda Alisher Navoiyning o’zi ko’maklashar degan umiddamiz.
Ma’lumki, Alisher Navoiy Abu Sa’id Mirzoning Xurosondagi hukmronligi davrida Hirotda edi va ma’lum muddat uning saroyida xizmatda ham bo’ldi. Ammo keyinchalik Zahiriddin Muhammad Boburning iborasi bilan aytganda, «bilmon Ne jarima bila sulton Abu Sa’id Mirzo (Navoiyni) Hiridin ixroj qildi. Samarqandga bordi». Bu voqeaning sodir bo’lgan yili va asosiy sabablari haqida haligacha turli-tuman mulohazalar bayon etiladi. Bu masalaga murojaat etganlarning hammasini Boburning «bilmon Ne jarima bila... Hiridin ixroj qildi» so’zlari qiziqtirdi va o’sha «jarima» — gunoh nimadan iborat ekanligi har xil talqin qilindi. Biz ham bu masalaga oydinlik kirituvchi aniq dalillarga duch kelmaganimiz uchun «jarima»ni sharhlashni nazarda tutmaymiz. Bizni qiziqtirgan masala — Alisher Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi munosabati bilan tezlik bilan bu shahardan chiqib Ketish zaruriyati tug’ilgani va qayerga borish mumkinligina bayon etgan bir masnaviydagi mulohazalardirki, undagi ishoralar biz shug’ullanayotganimiz masala bilan — Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh munosabatlarini aniqlash bilan aloqador deb o’ylaymiz. Bu masnaviy Alisher Navoiy tomonidan otaxoni Sa’id Hasan Ardasherga yozilgan. Uning yozilish joyi haqida turli xil mulohazalar bayon etilgan: ayrimlar uni Mashhadda, ba’zilar Samarqandda va nihoyat bir guruh navoiyshunoslar Hirotda yozilgan degan fikrdalar. Masnaviy bilan jiddiyroq tanishganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, u Navoiyning nogahoniy tarzda Sulton Abu Sa’id mirzo tomonidan Hirotdan ixroj qilingani to’g’risida ko’rsatma ma’lum qilingan vaqtda Hirotdan uzoqda bo’lgan otaxoni Sa’id Hasan Ardasherga yozilgan bo’lib, unda otaxonning Kelishini ham kutmay Tezlik bilan Hirotdan ketish zaruriyati paydo bo’lgani, bu vaqtdagi o’zining kayfiyati va holati hamda qaysi tomonga borish niyati borligi bayon etilgan. Shunday qilib, masnaviy Hirotda yozilgan Deguvchilarni qo’llab-quvvatlash tarafdorimiz.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:29:29

Demak, masnaviy Hirotdan ixroj qilingan Navoiyning Samarqandga Ketishga ixtiyor qilgani va uning muhim bir sababi ustida to’xtalgan. Shunisi borki, Navoiy masnaviyda «men Samarqandga borishni ixtiyor qildim» mazmunida ochiq aytmagan, ammo ramz-ishora bilan maqsadini bildirgan:

Zaruratki yasab safar barkini,
Tushub yo’lga qilgay vatan tarkini...
Yana bir budurkim, gado gar muluk,
Talab yo’liga qilgay oncha suluk.
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topkach, o’zin anga topshurub...
Menikim bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida Beqaror ayladi...
Urarmen qadam toki borguncha gom,
Ki bo’lgay menga muyassar ushbu kom.
Agar bo’lsa bu yo’lda umrum talaf,
Chu bu yo’ldadur ul ham erur sharaf.
V-agar bo’lsam o’z komima bahramand,
Zixi mulki jovidu baxti baland.

Keltirilgan parchada muhim masalalar bayon etilgan.
1.   Birinchi baytda safar asbobini tayyorlash zarur bo’lib qolganini ta’kidlash. Demak, bu yuqorida bayon qilingan voqea - Sulton Abu Sa’idning uni Hirotdan ixroj qilish haqidagi ko’rsatmasining kutilmagan holda maydonga kelishi va Navoiyning Hirotdan ketishi, ya’ni tarki vatan qilishi zaruriyatini keltirib chiqarishi. Agar Navoiy o’z ixtiyori bilan safar qilmoqchi bo’lsa edi, bunday ta’kidning va shoshilinch ravishda yo’lga otlanmoqning hojati yo’q edi. Demak, nogahoniylik bunda mavjud. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Navoiyning o’zida ixtiyoriy tarzda safar qilish niyati bo’lmagan ko’rinadi (Safar tushti olimga beixtiyor, Qazo amrida elga Ne ixtiyor). Chunki u yoshlikdan ko’p safar qilib, yaqindagina Mashhaddan qaytgan va endi o’z vatani Hirotda qo’nim topmoqchi bo’lgandirki, u Sulton Abu Sa’id xizmatiga ham kirgan edi. Bu holat Hirotda ixroj qilishning kutilmagan hodisaligini yana bir bor oydinlashtiradi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:29:39

2.   Keltirilgan parchaning keyingi qismida barcha inson gadomi u, shohmi u, bundan qat’iy nazar, o’sha davr taomiliga ko’ra, «talab yo’lini topish maqsadida «murshidi komil»ni axtaradi va uni topgach, o’zini unga topshiradi» mazmunida so’z boradi. Agar biz yuqorida bayon etganimiz kabi Xoja Ubaydullohning «murshidi komil»ni topish uchun izlanganini xotirga keltirsak unda bu gaplar tushunarli bo’ladi.
Navoiy aytmoqchiki, Men ham ko’p qatori talab yo’lida murshidi komilni izladim va uni topdim, endi esa men uning oldiga yo’l olaman. Demak, yo’l uzoq agar bu yo’lda «umrum talaf» bo’lsa, bu mening uchun sharafdir. Va agar maqsadimga erishsam, bu mening uchun abadiyat mulki va katta baxt bo’lajak.
Ko’rinadiki, Navoiy o’zi istagan murshidi komilni topdim va endi uning huzuriga boraman Demoqda. Bu murshidi komil kim va Navoiy uni qanday topdi?
Ma’lumki, XV asrning 60-yillarida Xuroson va Mavorounnahrda naqshbandiya tariqatining murshidi komili sifatida tanilgan va Navoiy iborasi bilan aytganda, «gado va muluk» — gadolar va podshohlar tomonidan e’tirof etilgan bu zot Xoja Ubaydulloh — Xoja Ahrori Vali edi. Xoja Ubaydullohning fuqaro g’amxo’ri, shohu gadoning pushti panohi ekanligi, nashqbandiya tariqati sohasida rahnamo ekanligi yoshu qariga ma’lum edi, Xoja Ahror 1460 yili Hirotga borganida esa, qayd qilinganidek, ko’plar qatori Abdurahmon Jomiy ham uning bilan muloqotda bo’lib, uning qo’lini olgan - uni o’ziga pir deb qabul qilgandi. Shundan so’ng esa, Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan yaqinlashib, uning nazdida ko’pgina asarlarni, jumladan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asarlarini mutolaa qilib, undan juda katta taassurot olgan ediki, biz Navoiyning bu haqdagi e’tiroflarini yuqorida Keltirgan edik. Demak, bir tomondan, Abdurahmon Jomiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi hikoyalari, ikkinchi tomonda Navoiyning uning asarlari bilan tanisha borishi ulug’ o’zbek shoiridagi murshidi komilni topish haqidagi niyatni mustahkamlab borib sirtdan bo’lsa ham uni — murshidi komilni topadi. Bu — Xoja Ubaydulloh edi. Endigi navbat uning suhbatida bo’lish edi. Buning uchun esa Samarqandga safar qilmoq lozim edi. Ana shu niyatni amalga oshirish kutilmaganda yuzaga keldi. Bu esa uning Hirotdan ixroj qilinishi edi. Ehtimolki, bu niyatning amalga oshuviga sabab bo’lgan omillardan biri yana quyidagi voqea ham bo’lsa kerak. 1465 yilda Abdurahmon Jomiy Xoja Ubaydulloh huzuriga kelgan edi. Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi vaqti Abdurahmon Jomiyning Samarqandga otlangan vaqtiga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa, Navoiy bundan foydalanib, Jomiy bilan birga Samarqandni ixtiyor qilmadimikan? Bu mulohazalar haqiqatga yaqindek tuyuladi. Shunday bo’lsa-da, uni tasdiqlovchi qo’shimcha materiallar qo’lga kirsa, masala yanada aniqroq bo’ladi...

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:29:49

Shunday qilib, Navoiy «faqir tahsil uchun Samarqandga borg’onda» deb aytganida tariqat yo’lidagi tahsilni ham nazarda tutgan. Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olimlar nazdida ta’lim oldi. Uning ustozi Fazlulloh Abulays esa Xoja Ubaydullohni yaxshi bilar hatto uning nazdiga bu murshidi komil tez-tez kelib turar va «Tafsiri Qozi» bo’yicha o’z mulohazalari, shubhalari to’g’risida suhbatlar qilar, mulohazalarida mantiqning kuchliligi bilan mavlono Fazlulloh Abulaysni hayratda qoldirardi. Ana shu vaqtlarda ustozi xonaqohida bo’lgan Alisher Navoiy murshidi komilni - Xoja Ubaydullohni ko’rardi, u bilan tanishgan edi. So’ng esa Xoja Ubaydullohni ziyorat qilish uchun Xoja Kafshiy, Motriddagi uylariga borardi, uning suhbat va iltifotlaridan bahramand bo’lardi. Bu uchrashuvlar Alisher Navoiyda qanchalik katta taassurot qoldirgan bo’lsa, o’z navbatida, o’zi ham Xoja Ubaydullohda yaxshi taassurot qoldirgan ko’rinadiki, keyinchalik Alisher Navoiy «haqir (Navoiy) bila iltifotlari ko’p bor uchun...» deb ta’kidlagan edi. Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytgach, ularning munosabatlari maktub orqali yoki maxsus kishilar (mavlono Qosim, Muhammad Qozi) vositasida davom etgan. Alisher Navoiy Xoja Ahror ahvolidan xabardor bo’lib turar, biror yordam kerak bo’lsa, darrov uni amalga oshirardi. Jumladan, Xoja Ubaydulloh kasalligi vaqtida Samarqandga tabib yuborish.
Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi, xususan, fuqaro uchun g’amxo’rliklaridan, mamlakat obodonligi sohasidagi faoliyatidan xabardor edi va uning bu faoliyatini qo’llab-quvvatlardi, Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va bizgacha yetib kelgan nomalarida ham ana shu mazmun o’z aksini topgan.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan maktubining asl matni va tarjimasini keltiramiz:
«Ba’d az raf’i niyoz arzadoshti in faqir on ki in faqirro orzui on ki ba sharafi muloqot yak karat musharraf shavam bisyor ast, namedonam, ki in saodat chi guna va kay muyassar shavad. Shunida meshavad, ki xidmati shumoro ba sababi avorizi vaqoye’ gohye az mulozamati on hazrat malomat Meshavad. Iltimos on ki baroi on ki musliminro madade kuned xotiri sharif durbori mulozimat dorand. Umed on ast, ki ba sababi on ki xotiri faqire az yory najot yobad va farahye ba dili o’ rasad kushode dar dil chunon zohir shavad, ki dar ayni tafriqa suRe zavq va shuhur va xuzo’r ba haq subhonahu ziyoda shavad. G’ami muslimin xo’rdan dar in vaqt ki kasero g’ami eshon Nest, behtarin a’mol Menamoyad. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh». (A.Chomiy, Nomaho, s.320).
Tarjimasi: Iltijo izhoridan so’ng bu faqirning arzi shulki, ko’pdan beri bu faqirda siz bilan bir karra muloqot qilish sharafiga muyassar bo’lish orzusi bor bo’lib, ammo bilmonki bu saodatga qachon va qanday erishar ekanmiz.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:30:33

Turli voqealar sizni ranjitgani sababli sizda ba’zan ul-hazrat (podshoh) xizmatidan bezish kayfiyati sezilarkan, deb eshitamiz. Iltimosimiz shulki, musulmonlarga madad yetkazishni o’ylab, ul-xizmatdan uzoqlashish fikrini xotirangizga keltirmasangiz, toki sizning ko’magingizda bir faqirning xotiri qayg’udan najot topib, uning ko’nglida xursandlik paydo bo’lar, degan umiddamiz. Shu bilan birga notinch zamonda uning ko’ngli ochilgay va kayfiyati ko’tarilib, shu munosabat bilan Olloh taologa bo’lgan e’tiqodi ham ko’payadi. Chunki inson g’amini yeyishga hech kim e’tibor qilmaydigan bir davrda musulmonlar manfaatini ko’zlash eng olijanob faoliyatdir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh.
Maktubdagi birinchi gap diqqatni o’ziga tortadi. Unda Xoja Ubaydulloh ko’nglida Alisher Navoiy bilan bir karra muloqotda bo’lish orzusi ko’pdan beri joy olgani ta’kidlanadi. Ammo bu muloqotning qachon va qayerda sodir bo’lishini bilmayajagi aytiladi. Bizningcha, bunda Xoja Ubaydulloh tolibi ilmliligi vaqtida Samarqandda ko’rgan Alisher Navoiyni davlat arbob sifatida ko’rish va u bilan muloqotda bo’lishni nazarda tutgan ko’rinadi. Bu orzuning amalga oshgan-oshmaganligi hozircha noma’lum. Taxminimizcha, amalga oshmagan ko’rinadi. Chunki, 1475-1476 yillardan so’ng Xoja Ubaydullohning Hirotga borgani ham yoki davlat arbobi Alisher Navoiyning Samarqandga kelgani ham tasdiqlangan emas.
Shunisi ham borki, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning faqat ijtimoiy faoliyatidan xabardor bo’lib qolmay, balki uning badiiy ijodidan ham voqif bo’lgan. Bu jihatdan «Xamsat ul-103
mutahayyirin»da keltirilgan quyidagi lavha diqqatga sazovordir. «Ul vaqtdakim, shahzodai Behamto Kichik mirzo... tavozu’ va niyoz nahajiga xursand va faqru fano ahliga muxlis va niyozmand erdi, bu faqirning «To’hfat ul-afkor» qasidamdin... bu baytnikim:

Yak nazar farmo ki mustasno shavam z-abnon chins,
Sag chu shud manzuri Najmiddin sagonro sarvar ast.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:30:43

(Mazmuni: bir nazar tashla tengqurlardan farqli bo’lay: Najmiddinga manzur bo’lgan it hamma itlarga boshchi bo’ldi) bitib, hamul istido’ bila Samarqandga hazrati... Xoja Nosiriddin Ubaydulloh xizmatiga yuborib edi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 33—34 betlar).
Alisher Navoiyning o’zi asarlarini Xoja hazratlariga yuborgan-yubormaganligi haqida ma’lumotga duch kelmadik.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va «Navoiy albomi»ga kiritilgan nomalari to’la o’rganilgan va to’la nashr etilganicha yo’q. Ehtimolki, bu xatlar bizga noma’lum bo’lgan boshqa masalalarga oid mulohazalar ham bordir. Shuning uchun ularni — asl matni, tarjimasini sharhlar bilan ta’minlagan holda nashr etish nihoyatda muhim ish bo’lib, bu ish bilan shug’ullanayotgan muhtaram Asomiddin O’rinboyevga omad tilaymiz.
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida o’zining ko’pgina asarlarida turli munosabat va mazmunda so’z yuritadi. Muhimi shundaki, ularning hammasida ham Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan ehtirom va samimiyati Seziladi. Jumladan, «Majolis un-nafois»da Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy haqida so’zlaganda uning Samarqandga borib, Xoja Ubaydulloh qabuli va e’zozi sharafiga muyassar bo’lganini alohida uqtiradi. «Holoti Sayid Hasan Ardasher» asarida esa otaxoni Sayid Hasan Ardasherning Xoja Ubaydulloh huzuriga borgani haqida shunday yozadi: (Sayid Hasan Ardasher) Samarqandga hazrati Xoja Nosiriddin Ubaydulloh sharafi suhbatlarigakim, zamon ahlining ko’pi, xususan, Samarqand ahli xojani «Qutb»ga nisbatan berurlar erdi, musharraf bo’lurga azimat qildilar. Xoja bila Necha kun suhbatlar tutib, ta’zim va tashriflar topib, yana Hirot shahriga azimat qildilar. (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 85-bet).
Alisher Navoiyning bularni alohida ta’kidlagani bejiz emas. Chunki o’sha davrda Xoja hazratlari qabulida bo’lib, uning hurmatiga sazovor bo’lish juda katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan va bunday kishilar alohida hurmat qilingan.
Shu bilan birga Alisher Navoiy o’zining «Hayrat ul-abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarida Xoja Ubaydulloh haqida Kengroq to’xtaladi. Jumladan, «Hayrat ul-abror» dostonida Xoja Bahovuddin Naqshband va Xoja Ubaydullohlar zikriga maxsus bob ajratib, buning asosiy qismini Xoja Ubaydulloh tavsifi va ta’rifiga bag’ishlaydi. Bu qism Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan munosabatini aniqlash hamda Xoja Ubaydullohning o’sha davrdagi mavqyei, fazilati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faoliyati haqida tasavvur hosil qilishda muhim bir adabiy-tarixiy hujjat sifatida ahamiyatga molik bo’lgani sababli uni muxlislarga to’la manzur etish maqsadga muvofiq ko’rindi (sharhlash oson bo’lsin uchun baytlar oldidan raqam qo’yildi). Alisher Navoiy shunday yozadi:

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:31:02

1. Ulki bu ofoq ichida toq erur,
Toq nekim, murshidi ofoq erur.

2. Charxi nigun dargahida xokro’b,
Balki jabini bila xoshok ro’b.

3. Yuz qo’yubon qullug’iga shohlar,
Bazmida Bexud o’lub ogohlar.

4. Xizmatidin har kishi ogoh o’lub,
Garchi gado ma’ni ila shoh o’lub.

5. Necha tushub egniga qilsang qiyos,
Xozini irfon kafidan yuz libos.

6. Zarq ila tag’yiri libos etmayin,
Tafriqai xazzu palos etmayin.

7. Suhbatida har Necha beshakku rayb,
Jilva qilib shohidi ra’noyi g’ayb.

8. Go’shai xilvat aro tutmay qaror,
O’zini qilmay yashurun oshkor.

9. Atlasi gardun bila ming Zebu far.
To’rqa to’ni ostida ko’k ostar.

10. Lek o’shal to’rqasi har tor ila,
Faqrda yuz murshid uchun silsila.

Qayd etilgan