Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 83278 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Ansora  22 Aprel 2010, 13:31:13

11. Mulki jahon mazrai Dehqoni ul,
Balki jahon mulki nigahboni ul.

12. Yo’qki mamolikka nigahbon o’lub,
Borcha salotin uza sulton o’lub.

13. Ruq’alari yetsa ne shoh qoshiga,
Ish ani qo’ymog’lig’ o’pub qoshiga,

14. Anglab ani bosh uza toji yaqin,
Har so’zi ul toj uza durri samin.

15. Shahg’a dema lutf chog’i toj baxsh,
Balki gadolarga dog’i toj baxsh.

16. Haq so’zini elga qilurdi ado,
Teng ko’runub oldida shohu gado.

17. Chun cholinib navbati qadriga ko’s,
Shahlar o’lub navbat ila xokbo’s,

18. Xotir o’lub Mehri jahontob anga,
Avji sharaf anjumi ashob anga.

19. Har biri olam eliga rahnamo,
Dema jahon ahliki, ahli samo.

20. Barcha suluk ahliga rahbar bo’lub,
Yo’l eliga tiyra tun axtar bo’lub.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:31:40

21. Tiyra nazarlarga berib nuru tob,
Har birisi o’ylaki najmi shihob.

22. Garchi tijorat bo’lub oyinlari,
Bo’lmadi bir mulkda taskinlari.

23. Yuklarida to’hfai naqdi fano,
Har biri ul naqddin istab g’ino.

24. Simlari borsa fano qonidin,
Durlari yo’qluk suvi Ummonidin.

25. Chun kivurub har sori raxti najot,
Band bo’lub chorsuyi koinot.

26. Olguvchi gar vahmi ziyenbud etib.
Lek bu savdo chu qilib sudib.

27. Toki jahon qasrining imkoni bor,
Ustida oning falak ayvoni bor,

28. Qo’ymasun ayvoni jahonni tihi.
Dabdabai ko’si Ubaydullohi.

29. Himmatidin bizni ham etsun xudoy,
Faqr yo’lida g’ani, imonga boy.

(A. Navoiy Xamsa. Toshkent, O’zFAN, 1960, 49-bet.)

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:32:31

Muhtaram o’quvchilarga tushunarli bo’lsin degan niyat bilan quyida baytlarning nasriy bayoni ayrim sharhlar bilan keltiriladi (bayon oldidan keltirilgan raqamlar baytning raqamiga mosdir):
1. Bu ofoq-dunyoda nodir bo’lgan zot — Xoja Ubaydullohdir, u faqat nodir zot emas, balki ofoq-dunyoning murshidi, yo’lboshchisi hamdir. 2. Shuning uchun ham falak egilib, uning dargohi tuproqlarini, faqat tuproqlarinigina emas, balki xas-xoshoklarini ham kipriklari bilan supuradi. 3. Shohlar uning quli — muridi bo’lish uchun yuzlarini bu dargohga qo’yadilar: uning bazmiga qatnashish sharafiga muyassar bo’lgan ogoh-xabardorlar ham suhbatlari tufayli o’zlaridan Ketib qoladilar. Unga xizmat qilishga chog’langan har kim ogohlik darajasiga yetadi, agar u gado bo’lsa, ma’naviy jihatdan shoh bo’ladi. 5. Agar uning egniga nazar solsang, unda irfon xazinaboni qo’li bilan kiydirilgan yuz kiyimni ko’rasan, ya’ni irfon ma’rifati undan yuzlab qavat o’rin olgan. 6. Shuning uchun u firib-nayrang bilan to’nni o’zgartirmaydi; u qimmatbaho mo’ynadan yoki oddiy matodan tikilgan to’nlarga e’tibor bermaydi, ya’ni uning kiyimlari dabdabali emas, balki oddiy kiyimlardir. 7. Uning suhbatida g’ayb olamining go’zali hech shak-shubhasiz o’zini ko’rsatadi, ya’ni ularning suhbatlarida g’ayb olamining sir-asrori shunday go’zal tarzda bayon etiladiki, eshituvchilar uning maftuni bo’lib qoladilar. 8. Xoja hazratlari xilvat burchagini o’ziga vatan qilmay, bir burchakda yashirinib o’tirmay, balki ochiq-oshkora faoliyat ko’rsatadi. 9. Falakning qimmatbaho atlasi va dunyoning hashamati uning oddiy to’nining astaridekdir, ya’ni u oddiy bo’lib, dunyoning hashamatini ko’zga ilmaydi. 10. Ammo o’sha oddiy to’n matoyining har tori-ipi faqr-faqirlik tariqatida yuzta murshid-yo’lboshchiga oltin zanjirday bo’lib tuyuladi. 11. U jahon mulkidagi ekinzorning Dehqonigina emas, balki jahon mulkining nigohboni — qo’riqlovchisidir. 12. U mamlakatlarning nigohboni qo’riqlovchisigina emas, balki barcha sultonlarning sultonidir. 13. Agar uning ruq’alari — xatlari podshohlar qo’liga tegsa, avval uni o’padilar-da, so’ngra qoshlariga surtib e’zozlaydilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:32:48

14. Bu nomalarni har bir podshoh boshidagi tojdek, undagi har bir so’zni esa bezagan qimmatbaho durlardek biladilar. 15. U faqat shohlarga iltifot qilib, ularga tojlar bag’ishlamaydi, balki gadolarga ham iltifot ko’rsatib, ularni ham baland martabalar bilan e’zozlaydi. 16. U Haq (ham haqiqat, ham Olloh) so’zini elga bayon qilar ekan, bu vaqtda uning oldida shohu gado teng ko’rinadi. 17. Uning dargohida qabul marosimi boshlanishiga guvohlik beruvchi karnaylar chalinar ekan shohlar navbat bilan kirib, dargohi tuprog’ini o’padilar. 18. Ul hazratning xotirlari jahonni yoritguvchi quyoshdek bo’lib, suhbatdoshlari esa, sharaf osmonidagi yulduzlarga o’xshaydi. 19. Uning suhbatdoshlarining har biri olam eligagina emas, balki samodagilarga ham yo’l ko’rsatuvchidirlar. 20. Suhbatdoshlarning barchasi suluk-tariqat ahliga rahbar bo’lib, qorong’i kechalari esa yo’lovchilarga yo’l ko’rsatuvchi yulduzdirlar. 21. Ularning har biri tiyra nazarlarga nur-yorug’lik bag’ishlashda Cho’lpon yulduzidekdir. 22. Ul hazratning odatlari tijorat-savdo qilish bo’lgani tufayli bir joyda sokin bo’lib qolmaydilar. 23. U kishining yuklari fano mulkidan Keltirilgan bo’lib, har bir solik-yo’lovchi bu tuhfalardan boylik orttiradi. 24. Ul hazratning siym-boyliklarining barchasi fano konidan, durru-gavharlari esa yo’qlik (fano) ummonidan olingan. 25. Najot bag’ishlaguchi yuklarni turli tomonga yuborganlari tufayli koinotning chorsulari (bozorjoylari) ular bilan band bo’ldi. 26. Bu narsalarni sotib olguvchilar zarar ko’rsak kerak deb vahimaga tushishadi, ammo ularni sotib olgach, ulardan foyda ko’rishadi. 27. Toki jahon qasri bor ekan, toki uning ustiga falakning ayvoni (osmon-ko’k) bor ekan. 28. Ubaydulloh karnayining (shuhratining) dabdabasi jahon ayvonini holi qoldirmasin. 29. Olloh bul hazratning himmatin bizga ham ravo ko’rsa va shu tufayli biz ham faqr yo’lida boy bo’lib imonimiz ham boyisa (mustahkamlansa).
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida juda ko’tarinki uslubda so’z yuritadi va muhim fazilatlarini ta’kidlaydi. Uning fazilatlaridan biri tijorat-savdo ishlari bilan shug’ullanib, o’z mollarini turli joylarga yuborgani masalasidir. Alisher Navoiy bu masalaga murojaat qilib, uni tariqatning muammolari bilan ham bog’laydi. Demak, tijorat va tariqat ikkovi birlashib ketib, Xoja hazratlari faoliyatidagi muhim bir tomonni oydinlashtiradi. Shunday ekan, Xoja Ahrorning 1460 yilda Hirotga borib, Sulton Abu Sa’id Mirzodan tamg’a solig’ini Bekor qilinishini so’ragani va sultonning bu iltimosini qondirgani ham tabiiy bo’lib ko’rinadi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:33:08

Alisher Navoiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi baytlari va ularda bayon etilgan mazmun 1483 yilda, ya’ni Xoja Ubaydulloh hayot bo’lgan vaqtda yozilgan bo’lib, unga hech kim e’tiroz bildirmagan. Alisher Xoja Ubaydulloh haqida yozishni yana davom ettirdi. Bu gal uning yozganlari Xoja hazratlari vafotidan keyinga to’g’ri keldi. Alisher Navoiy tomonidan yozilgan bu asar esa uning mashhur «Nasoyim ul-muhabbat»idir. Ma’lumki, Abdurahmon Jomiyning tasavvuf tarixiga doir «Nafahot ul-uns» asaridan ilhomlanish natijasida maydonga kelib, unga nisbatan ko’pgina yangi ma’lumotlari (xususan, turk mashoyixlari haqida) bilan ajralib turadi. Alisher Navoiy ana shu asarda Xoja Ubaydullohni bir necha marta tilga oladi. Masalan, Amir Sayid Qosim Anvor va shayx Kamol Xo’jandiyga bag’ishlangan boblarida Xoja Ubaydulloh ham tilga olingan, uning hikoyalari Keltirilgan. Shu bilan birga Alisher Navoiy o’z asarida Xoja Ubaydullohga alohida bob ajratgan. Bu bobning avvalida Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»ida Xoja Ubaydulloh haqida Keltirilgan fikrlarning qisqacha mazmuni beriladi. Shundan so’ng juda qiziq bir gap aytilgan, ya’ni Alisher Navoiy shunday deydi: «Hazrati Maxdumi Nurankim (Abdurahmon Jomiykim) alar (Xoja Ubaydulloh) vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning (Xoja Ubaydullohning) maorifidan ba’zi so’z Keltururlar, chun so’z bag’oyat daqiq biylik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir...» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139-bet).
Bu gapning kishini hayratda qoldirgan joyi shundaki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da Xoja Ubaydullohning tasavvufga oid fikrlarini aynan Keltirgan. Ana shular haqida so’z yuritgan Alisher Navoiy aytadiki, Xoja Ubaydulloh so’zlari shunchalik chuqur va shunchalik buyukdirki, ularni tushunish uchun mening fahmim va idrokim ojizlik qiladi. Agar Alisher Navoiydek buyuk zot tasavvufga oid so’z va fikrlarni tushunishda o’zini shunchalik kamtar tutsa, mening fahmu idrokim ularni tushunishga ojizlik qiladi, deb e’tirof etsa, bunga inonmoq kerak. Chunki bu bilan Alisher Navoiy bu masalada hamma narsani Men bilaman deb da’vo qilish mumkin emasligini uqtirmoqda (Alisher Navoiyning buyukligi shunda-mi deyman) va o’z navbatida, boshqalarni ham ogohlantirmoqda (E vohki, bu ogohlantirishdan saboq olmay, Ummon dengiziga sho’ng’ib qimmatbaho durru gavharlarni qo’lga kiritaman deb undan oddiy bir toshni olib chiqqan va u bilan mag’rurlangan g’avvosdek bugungi kunda biz ham tasavvuf masalalariga berilib Ketib, bizga hamma narsa ayon, biz hammadonmiz, deb da’vo qilayapmiz. Vaholanki, bizning ahvolimiz bu masalada eslatilgan g’avvos holiga o’xshashdir). Shuning uchun bo’lsa kerak, Alisher Navoiy o’zining kitobida «alarning (Xoja Ubaydullohning) ba’zi holatiki, bu faqirga mafhum (tushunarli) va yaqin edi, anga shuro’’ qilildi» deb, Xoja Ubaydulloh tarjimai holi va faoliyati haqida o’ziga tushunarli va ma’lum masalalardan so’z yuritadi (bu masalani yoritishda qo’lingizdagi risolaning muallifi ham Alisher Navoiy yo’lidan borgani muhtaram o’quvchilarga endi ma’lum va ravshan bo’lsa kerak).

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:33:18

Shunisi borki, Alisher Navoiyning Xoja Ubaydulloh haqida «Nasoyim ul-muhabbat»ida keltirilgan ma’lumotlari «Hayrat ul-abror»dagi yoki «Nafahot ul-uns»dagi fikrlarning takrori emas, balki yangidir. Shugina emas, balki u Xoja Ubaydullohning vafotidan olti yil keyin o’zbek tilida yozilgan birinchi ma’lumot bo’lganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun u muhtaram o’quvchilarga to’liq tarzda manzur etiladi. Alisher Navoiy yozadi:
«Alar (Xoja Ubaydullohning mavlidi (tug’ilgan joyi) Toshkanddur va otalari darvesh kishi ermish va ona tarafidan hamonoki, shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anga yetarlar va o’zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo’lg’ondan so’ngrakim, sayohatqa qadam qo’yubdurlar, ko’p mashoyix va avliyo xizmatig’a yetib, suhbatlarig’a musharraf bo’lubturlar. Xuroson mashoyixidin hazrati Mir Sayid Qosim Anvor xizmatlarig’a yetibturlar va shayx Bahovaddin Umar mulozamatiga musharraf bo’lubturlar va shayx Zayniddin Xavofiy suhbatiga yetibturlar va mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bila suhbat tutubturlar va Movarounnahr mashoyihidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig’a yetibturlar va Xoja Abu Nasr suhbatig’a yetibturlar va Mavlono Nizomiddin Xomush bila suhbat tutubturlar. Mavlono Ya’qub Charxiydin irshodlar va tarbiyatlar topibturlar. Va so’ngralar hazrati Xojaga oncha muknat (qudrat) dast berdiki, ma’lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribtur yo yo’q. Mulkka ajab istilo (zabardast bo’lmoq) va salotin va mulkka g’arib (ajab) ishrof (oliy rutba, martaba). Movarounnahr salotini o’zlarini alarning muridzoda va mahkumi hukmi tutarlar erdi. Yo’qqi yolg’uz Movarounnahr salotini, balki Xuroson va Iroq va Ozarboyjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg’acha va bir soridin Xitoy va Hindg’acha barcha muluk va salotin o’zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma’muri farmoni (hukmiga bo’ysunuvchi va uni amalga oshiruvchi) tutarlar erdi va bir ruq’alari bu salotinga oncha muaasir (ta’sirli) erdikim, alarning ahqomi (hukmlari) o’z xuddomig’a (xodimlariga) bo’lmag’ay. Va hazrati Xojag’a zohir jamiyati barcha abnoi zamondin ko’prak voqea erdi. Andoqki botin jamiyati barcha abnoi zamondin, balki ko’p moziy mashoyixdin dog’i hamonoki ortug’roq erdi.
Va haqir bila iltifotlari ko’p bor uchun vahiyiosor ruq’alari bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur qilurlar erdi. Ul ruq’alarni muraqqa’ yasab, jadval va takallufot (maxsus e’tibor) bila tabarruk yo’suni bila asrabMen. Umidim ulki, alarning barakatidan bu ishning zavqi va talabi natib bo’lg’ay.
Alarning yoshi to’qsondin olti oy (aslida besh oy) o’ksuk (kam) erdi. Sakkiz yuz to’qson to’rtda (aslida sakkiz yuz to’qson beshda) dunyodin o’ttilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:33:31

Alarning ashobidin irshod va talqinga musharraf bo’lg’onlardin mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono Muhammad (Qozi) va Mir Abdulavval va mavlono Burhoniddin va mavlono Lutfullo va mavlono Husayn Turk va Darvesh Jomiy va dog’i darveshlar bor edilar va muxtasarda munchasi sabt bo’ldi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139—140 betlar).
Agar bu yozuvlar Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Ali Safiyning «Rashahot» asarlaridan qariyb o’n yil oldin bitilgani hisobga olinib, Alisher Navoiy Keltirganlarni «Silsilat ul-orifin» va «Rashahot»dagi ma’lumotlar bilan solishtirilsa, unda Alisher Navoiyning bu asarlardan ancha oldin Xoja Ubaydulloh haqida ko’pgina ma’lumotga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Bundan tashqari unda o’zining Xoja Ahror bilan yozishmalari va ularning saqlanishi haqidagi xabarlar esa nihoyatda nodir va katta ilmiy ahamiyatga molikdir. To’g’ri, Alisher Navoiyning yozganlarida Xoja Ubaydulloh umri oylari, vafot yilini ko’rishda ayrim noaniqliklar ham bor. Bulardan qat’iy nazar, Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Ubaydullohga oid ma’lumotlar muhim tarixiy va ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatining murshidi Xoja Ubaydullohni shaxsan tanir, uni e’tirof etar va asarlarida u haqda qimmatbaho ma’lumotlar Keltirgan edi. O’zining shaxsiy hayoti va faoliyatida esa xojagon tariqati namoyandalari, jumladan, Xoja Ubaydulloh targ’ib etgan eng go’zal insoniy fazilatlarga amal qildi.
Xoja Ubaydulloh ham, o’z navbatida, Alisher Navoiyni yaxshi tanib, uni ardoqlab, unga nomalar yozib, fuqaro manfaatlariga bag’ishlangan ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatladi. Alisher Navoiy va Xoja Ubaydulloh o’rtasidagi munosabatlar shular bilangina cheklanib qolmaydi. Chunki Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh asarlaridagi faqr va ko’ngul haqidagi, axloq-odob mavzuidagi masalalarni chuqur o’rgangan holda ularni o’zining ilmiy va badiiy asarlarida mohirona davom ettirdi. Bu masala alohida tadqiqotning mavzusi bo’lganligini nazarda tutib, uni Kelajakda bajarish orzusi bilan hozircha shu yerda to’xtalsak bo’lar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:33:48

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483—1530) — mashhur davlat arbobi, shoir, nosir va olimning o’sha zamondagi ko’pgina tarixiy shaxslar bilan muloqotda bo’lgani ma’lum va bu voqealar o’zi tomonidan ham yozib qoldirilgan. Shu bilan birga o’zi muloqotda bo’lmagan tarixiy shaxslar haqida ham ko’pgina tarixiy ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Ana shunday tarixiy shaxslardan biri Xoja Ubaydullohdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar kabi hazrati Xoja Ubaydulloh bilan bevosita muloqotda bo’lmagan. Chunki uning ijtimoiy faoliyati asosan Xoja Ubaydullohning vafotidan keyin boshlanadi. Ammo u yoshligidan umrining oxirigacha hazrati Xoja Ubaydulloh, uning tariqati va xonadoni haqida yaxshi ma’lumotga ega bo’libgina qolmay, balki bu xonadonga alohida hurmat bilan qarar, hazrat Xoja Ubaydullohning ruhidan hamisha madad istar, uning asarlarini o’qir va hatto, «Volidiya» nomli asarini turkiy tilga she’riy tarjima ham qilgan edi. Shu jihatdan «Boburnoma»ga murojaat qilinsa, unda Boburning hazrati Xoja Ubaydulloh, uning farzandlari bilan bog’liq bo’lgan turli mulohazalarni uchratish mumkin.
Avvalo shuni qayd qilish lozimki, Bobur o’z asarida Xoja Ubaydullohni «hazrati Xoja Ubaydulloh», «hazrati Xoja», «Xoja Ahror» tarzida tilga oladi va bulardan «hazrati Xoja Ubaydulloh» iborasini ko’proq qo’llaydi.
Hazrati Xoja Ubaydullohni tilga olish «Boburnoma»ning 899 hijriy — 1494 Melodiy yil voqealari tasviriga bag’ishlangan birinchi bobidanoq boshlanadi. Bunda Bobur o’z otasi Umar Shayx mirzo vafoti haqida gapirib, ularning hazrati Xoja Ubaydulloh bilan munosabatlari to’g’risida ham ma’lumot beradi. Jumladan: «(Umar Shayx mirzoning) hazrati Xoja Ubaydullohga irodati bor erdi (alarning) suhbatlariga bisyor musharraf bo’lub edi. Hazrat Xoja ham (ani) farzand deb erdilar» («Boburnoma», Toshkent, O’zFAN, 1960, 64-bet). Ma’lumki, Umar Shayx mirzo (tug’. 860 h. — 1555-56 m.) Abu Sa’id mirzoning o’g’illaridan biri bo’lib, u tug’ilgan va kamolotga erishgan davrda Xoja Ubayddullohning e’tibori bu xonadon nazdida juda katta edi. Shuning uchun u yoshligidan Xoja Ubaydullohga e’tiqod qilib, ularning suhbatlariga ko’p musharraf bo’lgan va Xoja hazratlari ham uni farzandim deb atar edi. Shuning uchun turli munosabat bilan uchrashganda Umar Shayx mirzo Xoja Ubaydulloh maslahatlariga amal qilardi. Bu hol yuqorida ko’rib o’tganimiz Shohruxiyada Temuriy shohzodalar o’rtasida sulh tuzish marosimida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning ta’kidiga ko’ra, Umar Shayx mirzodagi «mulkgirlik dag’dag’asi jihatidin Xele yarashlar urushqa va do’stluqlar dushmanliqqa mubaddal bo’lur edi» («Boburnoma», 65-bet). Xuddi ana shu vaqtlarda Xoja Ubaydulloh uning huzuriga borab, uni urush va dushmanlik yo’lidan qaytarishga urinar, bunga ko’pincha muyassar ham bo’lardi. Ana shunday munosabatlarning biri vaqtida Xoja Ubaydullohning Andijonga borganini Muhammad Qozi ham o’zining «Silsilat ul-orifin»ida eslatib o’tadi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:34:02

Shunday ekan, Bobur, dunyoga kelgan oilada Xoja Ubaydullohning e’tibori katta bo’lgach, Bobur ham yoshligidan ana shu ruhda tarbiyalanib, voyaga yetgan edi. Bobur o’zining faoliyati davomida Xoja Ubaydulloh, uning mavqyei, unga nisbatan munosabatlar va avlod taqdirini yaxshi o’rganib bordi. Shuning natijasida katta amakisi Sulton Ahmad mirzo haqida gapirganda ham bu masalaga alohida e’tibor qilib, Sulton Ahmad mirzoning ham «hazrati Xoja Ubaydullohga irodati bor edi. Hazrati Xoja (anga) murabbiy va muqavviy edilar», — deb uqtiradi («Boburnoma», 74—75 betlar).
Uning amirlaridan bo’lmish madaniyatli, shoirtabiat DarveshBek haqida so’z yuritganda ham xuddi shu ibora «hazrati Xojaga irodati bor edi» takrorlanadi («Boburnoma», 78-bet). Bunday tarzda so’z yuritishni Xoja Mavlonoyi Qozi haqidagi joylarda ham uchratish mumkin. Ma’lumki, Xoja Mavlonoyi Qozining asl nomi Abdullo bo’lib, uni Bobur «ustod va pirim» deb e’tirof etib, yana shunday yozadi: «Xoja (Mavlonoy) Qozi hazrati Xoja Ubaydullohning muridi edi. Alardin tarbiyat topib erdi» («Boburnoma», 112-bet). Demak, Boburga ustodlik qilgan va shu bilan birga, piri hisoblangan Xoja Mavlonoyi Qozi hazrati Xoja Ubaydullohning muridlaridan, uning tarbiyasini olganlardan biri ekanligini ta’kidlagan Bobur bu bilan o’zi ham hazrati Xoja Ubaydullohga e’tiqod qo’yganlardan ekanini yana bir karra vositali tarzda bo’lsa-da, uqtiradi. Bobur Xoja Ubaydullohning o’g’illari — Xoja Abdullo — Xojago Xoja, Xoja Yahyolar bilan turli munosabatda uchrashgan edi. Jumladan, Xoja Abdullo Farkatda (Toshkent yaqinida) ekanligi vaqtida Bobur (906 h. — 1501—1502 Melodiy yilda) Toshkentga kelganida borib uni ziyorat qiladi, Xoja Yahyo bilan esa 1495—1496 yillardayoq Ko’hak so’yi (Zarafshon) oralig’idagi joyda uchrashib, Boysung’ur mirzo bilan «ittifoq va yakjihatlik» qilishni Kelishib olgan edi. Xuddi vaqtda Xoja Yahyo bilan birga mavlono Binoyi va Mavlono Muhammad Solihlar ham Bobur bilan uchrashgan edilar («Boburnoma», 96-bet). Bobur Samarqandni birinchi marta olganida ham Xoja Yahyoning ma’lum hissasi bo’lgan. Samarqandni olgach, u bilan uchrashib turgan ko’rinadi. keyinchalik Bobur Hindistonda ekan, 935 h. — 1528 yilda bir to’y marosimi o’tkazadi. Bu to’yga turli joylardan kelgan mehmonlar qatorida Movarounnahr va Samarqanddan ham vakillar borgan. Ular orasida esa Xoja Ubaydulloh avlodidan bo’lmish Xoja Abdushshahid ham bor ekan. Bobur uni o’ziga yaqin joyga o’tqazib, qimmatbaho to’n va boshqa to’hfalar taqdim etgan («Boburnoma», 423—424-betlar). Bularning hammasi shundan dalolat beradiki, Bobur Xoja Ubaydulloh va uning avlodini Benihoyat ehtirom qilib, bu xonadonga zarar yetkazgan yoki uni kamsitishga intilganlarni yoqlamagan. Bunga Boburning amakisi, Hisor hokimi Sulton Mahmudxon (tug’. 857 h. — 1453 — vaf. 900 h. 1494—1495 m.) haqida yozganlari misol bo’la oladi. 1494 yili Sulton Ahmad mirzo vafot qilgach, Sulton Mahmudxon Samarqand taxtida o’tiradi. Oz muddatda u shunchalik adolatsizliklarni amalga oshirib, axloqiy buzuqlikni o’rnatibdiki, buning natijasida Xoja Ubaydulloh amalga oshirgan ishlarga putur yetib, hatto adolatsizlik Xoja Ubaydulloh farzandlariga nisbatan ham qo’llanilgan ekan. Bobur yozadi: «Hazrati Xoja Ubaydullohning mutaaliqlarig’akim, burun xarj va tahmillarda (haddan ortiq qiynalishlarda) ko’p faqir va miskin alarning himoyati bilan zulm va taaddidin xalos bo’lurlar edi, va joyi ulki alarga mundoq takliflar bo’lgay, ko’p taaddi va tashaddud qila boshladi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:34:14

Balki bu taaddi (zulm, sitam) va tashaddud (g’azab, dag’allik) Xojaning avlodig’a dag’i siroyat (o’tmoq, ta’sir qilmoq) qildi». («Boburnoma», 79-bet). So’ngra, Sulton Mahmudxonning bunday zulm va adolatsizliklari qanday natijaga olib kelgani haqida shunday yozadi: «Samarqand ahlikim, yigirma-yigirma besh yil Sulton Ahmad mirzoning zamonida rafohiyat (tinch-osoyishta) va farog’at (rohat, xotirjam) bila o’tkarib edilar, aksar muomala hazrati Xoja jihatidin adl va shar’ tariqi bila edi, bu nav’ zulm va fisqdin (Sulton Mahmudxon davridagi) ba jonu dil ozurda va ranjida bo’ldilar. VaZev (oddiy odam) va sharif (yuqori darajadagi odam) faqir va miskin nafrin (nafrat) va duoyi badig’a og’iz ochib, qo’l ko’tardilar» («Boburnoma», 79-bet). Shuning uchun Bobur amakisi bo’lsada, Sulton Mahmudxonni yoqlamadi va «Bad e’tiqod kishi edi, Hazrati Xoja Ubaydullohga istixfof (kamsitmoq, tahqir qilmoq) qilur edi» («Boburnoma», 82-bet) deb unga nisbatan o’zining salbiy munosabatini bildiradi. Xuddi shunday munosabat Xoja Ubaydullohning o’g’li Xoja Yahyo va uning o’g’illarini hiyla bilan o’ldirtirgan Shayboniyxonga nisbatan ham ko’rinadi.
«Boburnoma»da Boburning Xoja Ubaydullohga samimiy e’tiqod qilgani va uning natijalarini tasvirlovchi lahzalar diqqatni o’ziga tortadi. Qizig’i shundaki, Bobur juda qiyin ahvolda, hatto hayoti xavf ostida qolgan vaqtda Xoja Ubaydullohning ruhlari unga madadkor bo’lganini chin ixlos bila eslaydi. Bu ixlos natijalari tush ko’rish shaklida bayon qilingan. Jumladan, Bobur 906 h. — 1500—1501 yilda Samarqandni olish payida Yor yayloqning Asfidak qishlog’ida to’xtalganida tush ko’rgan ekan. «O’shul fursatda ajab tush ko’rim. Tush ko’rarmankim, hazrati Xoja Ubaydulloh Kelmishlar, men istiqbollariga chiqmishMen. Xoja kelib o’lturdilar. Xojaning oldiga g’olibo Betakallufroq dasturxon yozmishlar. Bu jihatdin hazrat xotiriga nima kelmish. Mullo bobo mening sori boqib, ishorat qildilar. Men ham imo bilan dedimkim, mendin emasdur, dastarxon solguvchi taqsir (kamchilik) qilibtur. Xoja fahm qilib, bu uzr masmu’ (ma’qul) tushti. Qo’ptilar. Uzata chiqdim. Ushbu uyning dolonida o’ng qo’limdin yo so’l qo’limdin tutib, andoq ko’tardilarkim, bir oyog’im yerdan qo’pti. Turki dedidarkim: «Shayx maslahat berdi». O’shul Necha kunda-o’q Samarqandni oldim» («Boburnoma», 39-115 bet). Bu lavha sharhga muhtoj emas.

Qayd etilgan