Chu kulbam sori keldi yor dutorini soz aylab,
Quyosh oraz bila ul qish ekan orazni yoz aylab.
Boshimni sajdaga qo’ygan mahalda ul oyoq bosti,
Anga berdim salom ul lahza Men tarki namoz aylab,
Chu boshim sajdaga ko’rdi oyog’i birla bir tepti,
Jabiniga solib chin Men sori ko’p ehtiroz aylab.
Dedi Sen qibla sori bosh qo’yarsan boqmayin manga,
Haqiqat yo’liga kirding magar tarki majoz aylab.
Ham andar ham bo’lib zulfingki ul ruxsora yostanmish,
Qaro af’i dururkim, to’lg’onib gulzora yostanmish.
Banogo’shingda mushkin xol gesu halqasi birlan,
Ilingan qiltuzog’a zordurkim, qora yostanmish.
Men Navoiyga ne dey chun fikri boshqardi aning,
Manzili maqsudga urdi rohovardi aning.
Qit’a-qit’a qildi bag’rimni bu bir fardi aning,
Qilsa ko’nglum chok teg’i zahrparvardi aning,
Quymangiz marhamki, o’ltursun mani dardi aning...
Belu og’zing o’lturur be qilu qol, ey umrkim,
Der Ado bo’lsun kamoling bezavol, ey umrkim,
Bir karam qil qilmagil raddi savol, ey umrkim,
Ber Navoiy komini yo jonin ol, ey umrkim,
Zulmi elga fig’onni haddidin o’tkardi aning.
Daftari she’rim bu tun ko’rdi Navoiy-yu dedi:
«Ey Ado, Lutfiy so’zi yo toza devondurmi ul!»
Yigitlikda ko’ngulni uzmagan men dilrobalardin,
Qariganda na deb ko’ngul o’zay mijgon asolardin.