Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy  ( 83559 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 B


Ansora  22 Aprel 2010, 13:41:12

Demak, Shayx Xovandi Tahurning bu fikrlari insonning ma’naviyati olamiga va uning komil bo’lishiga qaratilganidan hozirgi kunda ham insonlarning ma’naviyatini shakllantirish va uning ustuvorligini ta’minlash ishiga xizmat qila oladi.
Shayx Xovandi Tahur fikrlari ifoda etilgan quyidagi hikmat ham nihoyatda jozibali va umumbashariy mazmunga molikdir:
«Borg’il-da, dushmanning ko’nglini top, Do’stning ko’nglini sinashga esa qanday ehtiyoj bor?!»
Hikmatning mazmuni tushunarli bo’lsa-da, uni sharhlash maqsadga muvofiq ko’rinadi: Shayx Xovandi Tahur aytmoqchilarki: ey inson, sen dushman deb bilgan kishining ko’nglini top-da, tushunmovchiliklarni bartaraf qilib uning bilan tinch-osoyishta yashash yo’llarini izla. Do’stlarni esa imtihon qilishga hojat yo’q, chunki ular bunday imtihonlardan allaqachon o’tib, sening do’sting bo’lganlar. Bas shunday ekan, do’stlarning ko’nglini zaruratsiz imtihon qilaman deb, ularda shubha uyg’otmagil, Zero bu hol ularning Senga nisbatan samimiyatiga darz ketishiga bois bo’lmog’i mumkin. Bas shunday ekan, ey inson, Sen tinch-osoyishta yashash yo’llarini izlagil, dushmanlikdan hazar qilgil.
Bunday olijanob fikr-hikmat shayx Xovandi Tahurning zamondoshlari bo’lmish mashhur Xoja Hofiz Sheroziy she’riyatida quyidagicha ifodalangan edi:

Osoyishi du Gety tafsiri in du harf ast,
Bo do’ston muruvvat, bo dushmanon madoro.

Mazmuni: ikki jahonning osoyishtaligi bu ikki so’zning ma’nosidan iboratdir: do’stlarga muruvvat ko’rsatish, dushmanlar bilan esa madoro — murosa qilish.
Bu fikrlarning hamohangligi shayx Xovandi Tahurni ham, xoja Hofiz Sheroziyni ham bashariyatning asrlardan beri orzu qilib Kelayotgan muddaosini ifodalay olganlari jihatidan zamonamizgacha yetkazdi va bundan keyingi davrlar, asrlar, avlodlar uchun ham ular umumbashariy ulug’ zotlar bo’lib qolaVeradilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:41:22

Ma’lumotlarga ko’ra, «Shayx Xovandi Tahurning maorifanGez she’rlari ko’pdir» («Rashahot»). Shuning uchun shayx Xovandi Tahur o’zlarining tasavvuf va pand-nasihatga doir fikrlarini faqat nasriy risolalarida bayon etib qolmay, balki shoirlik qobiliyatlari yetarlicha bo’lganidan She’riy tarzda ham ifodalab, ularni suhbatlarida o’qiganlar, yozib qo’yganlar. Bu vaqtda esa shayx Xovandi Tahurning mashhur mutasavvuf shoirlardan bo’lmish Abu Sayid Abulxayr, Abdulloh Ansoriy, Pahlavon Mahmudlar an’analarini davom ettirganlarining guvohi bo’lamiz. To’g’ri, hozircha Shayx Xovandi Tahurning she’riy Meroslarini yaxlit tarzda ko’ra olmagan bo’lsak-da, ammo uning ayrim namunalari hazratning bu sohadagi iqtidorlarini namoyish eta oladi. Fikrimizning dalili sifatida bir-ikkita namuna keltirish bilan kifoyalanamiz:

Nigohboni du chashm ast chashmi dildore,
Nigoh dor nazar az ruhi digar yore,
Holo mabod, ki chashmash ba chashmi tu nigarad,
Daruni chashmi tu binad xayoli ag’yore.

Mazmuni:

Dildorning ko’zlari ikki ko’zning posbonidir,
Shuning uchun o’zga yor jamolini ko’rishdan saqlangil.
Xudo ko’rsatmasin, agar ko’zi ko’zlaringga tushsa,
Ularning ichida o’zga yor xayolini albatta ko’rar.

Yana:

Mahbub ba chuz habib zebo nabuvad,
Har bog’cha choi tamosho nabuvad.
Dilro ba kase madeh, ki dar odami ishq,
Har cho ki ravad raxti varo cho nabuvad.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:41:35


Mazmuni:

Sevikli sevguvchigagina go’zal ko’rinar,
Har bog’cha ham tamosho joyi bo’la olmas.
Ko’ngilni birovga bermagilki, ishq olamida,
Qayg’a borsa ham u qo’nim topa olmas.

Nihoyat:

Sherzodi beshai ishqam qavy dar kori xud,
Go’ harifi man biyo, to zo’ri bozu bingarad.

Mazmuni:

Men ishq o’rmonining arslonzodasi bo’lib, o’z ishimda kuchlilardanman,
Raqibimga ayt, kelsin-da, bilaklarimdagi kuch-qudratni ko’rsin.

Misollardan ko’rinadiki, Shayx Xovandi Tahurning she’riyatlarida tavhid va tasavvuf masalalaridan bahs yuritilgan bo’lib, ular pand-nasihat ruhida bitilganlar.
Shayx Xovandi Tahur, shu tariqa, tasavvuf jarayonini davom ettirishda munosib hissa qo’shganlar.
Shayx Xovandi Tahur uylanganlar, farzand ko’rganlar. Ulardan biri Xoja Ahrori Vali onalarining otasi xoja Dovuddir.
Shayx Xovandi Tahur olamdan ko’z yumganlarida Toshkentda dafn etilganlar. Bu mozor joyi keyinchalik Shayx Xovandi Tahur (Shayxontahur) sifatida shuhrat qozonib, hozirga qadar shu nom bilan ataladi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:41:44

Ma’lumotlarga ko’ra, Shayx Xovandi Tahur dafn etilgan joyda XIV asr oxiri XV asr boshlarida maqbara qurdirilgan ekan. U xarob holga kelganda XVII-XIX asrlarda tiklangan ekan. Uning yonida madrasa ham qurilgan bo’lib, uning XIX asr oxirlarida tushirilgan fotosurati saqlanib qolgan.
Shayx Xovandi Tahur nomlari mashhur bo’lganidan Toshkent shahridagi to’rt dahadan biri hazratning nomlari bilan Shayxontahur dahasi deb atalgan. XVIII asrda Shayx Xovandi Tahur avlodlaridan bo’lgan Yunusxo’ja bu dahaning, keyinchalik esa to’rt dahaning hokimi bo’lgan ekan.
Respublikamiz istiqloliyati tufayli qadriyat va tarixga bo’lgan e’tibor kuchayib, hazrat Shayx Xovandi Tahur bilan bog’liq bo’lgan joylar obodonlashtirilib, Shayxontahur tumani esa respublikamiz poytaxti — Toshkentning go’zal maskanlaridan biri bo’lib qoldi.
Shunday qilib, shayx Xovandi Tahur xalqlarimiz ma’naviyati tarixida o’zlariga xos mavqyega ega bo’lgan buyuk siymodirlar. Bu hazratning tarjimai hollari va qoldirgan meroslarini, risolalarini har tomonlama chuqur o’rganish o’zligimizni tanishga ko’maklashadi, istiqlol mafkurasini shakllantirish hamda yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:42:05

ABU BAKR QAFFOLI SHOSHIY

Qadimiy Choch — Shosh — Toshkanddan yetishib chiqqan ko’plab olim, shoir va mutafakkirlar Sharq tamadduni xazinasiga munosib hissa qo’shganlar. Ana shunday tabarruk ulamolardan Shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiy X asrning qomusiy bilim egasi bo’lmish siymolardan biridir.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning tarix maydoniga kirib Kelishlari va hozirga qadar e’tiborli siymo sifatida hurmat va e’tiborga sazovor bo’lishlari — va hidu asratin — yagonai zamon deb yuritilishlari Bejiz emas. Chunki bu hazrat tariximizda muhim sahifa bo’lgan bir davrda — Sharq mamlakatlarida, xususan, musulmon olamida yuzaga kelgan Renessansning ibtidosi vaqtida yashab, faoliyat ko’rsatgan edilar. Agar biz islom, uning madaniyati, ilmu fani va tarixi bilan shug’ullangan jahon olimlari asarlariga, jumladan, shveysariyalik sharqshunos Adam Mesning «Die Renaissans des islams» (Islomdagi Renessans — bu asar rus tiliga «Musulmanskiy Renessans» tarzida o’girilgan) deb atalgan va bir Necha tillarga tarjima qilingan salmoqli asariga murojaat etsak, unda IX-X asrlar arab xalifatida, jumladan, Bag’dod, Damashq va boshqa shaharlarda ilm, fan, madaniyat va islomiyatda buyuk o’zgarishlar davri ekanligini ishonarli va boy dalillar asosida isbotlanganligini ko’ramiz. Shu jihatdan xalifalikning shimolidagi Movarounnahr, Xorazm va Turkistonning bir qism o’lkalarini birlashtirgan Somoniylar davlati hududida ham bu davrda yana shunday olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan hodisa Renessans jarayonining boshlanganligini kuzatamiz. Xuddi shu davrda ana shu tabarruk mintaqada Sharq ilmiy va badiiy tafakkurining daholari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Rudakiylar bilan bir qatorda islomiyat olamida shuhrat taratgan Abu Mansur Motrudiy (vaf. 940 y.), Abulqosim Samarqandiy (vaf. 953 y.), faqeh Abu Lays Samarqandiylar (vaf. 985 y.) ham kalom va fiqh — islom qonunshunosligi ilmlarini rivojlantirishda katta hissa qo’shdilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:42:24

Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hazratlari ana shu jarayonda, ana shu muhit hukmron bo’lgan diyorimizda yashab faoliyat ko’rsatganlar. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy tarjimai hollari, qoldirgan meroslariga oid ma’lumotlar uncha ko’p emas. «Silsilat ul-orifin»ning muallifi mavlono Muhammad Qozining eslatishicha, bu hazratga bag’ishlab, «Maqomoti shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol» risolasi yozilgan ekan. Taxminimizcha, bu risola — maqomot Xoja Ahrori Valining kutubxonalarida bo’lib, Muhammad Qozi o’zining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy haqida ma’lumot berayotganda ana shu kitobdan bevosita foydalangan. Buni quyidagicha yozganidan ham bilish mumkin: «Dar «Maqomoti shayx Abu Bakri Qaffoli» mazkur ast, ki...», ya’ni «Shayx Abu Bakr Qaffol maqomoti»da zikr qilinganki...». Bu tarzda qat’iy ishonch bilan yozish faqat kitobdan shaxsan foydalanish vaqtidagina sodir bo’ladi.
«Silsilat ul-orifin»da bu hazratning maqomotlaridan keltirilgan ma’lumotlarning ayrimlaridan «Rashahot»ning muallifi ham foydalangan. Shunisi taassufliki, «Maqomoti shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli»ning Xoja Ahror Vali kutubxonalarida saqlanib, mavlono Muhammad Qozi foydalangan nusxasi va yoki boshqa nusxalari haqida hozircha ma’lumotlarga duch kelmaganimiz sababli maqomotning muallifi, yozilgan yili, joyi, mazmuni to’g’risida biror-bir so’z Deyishdan saqlanamiz. Bu tabarruk zotning tarjimai hollari, faoliyatlari haqida quyidagilarni muhtaram muxlislarga manzur etish ma’qul ko’rindi.
Biz so’z yuritayotgan siymoning asl nomlari Muhammad bo’lib, otalari Ali va bobolari Ibrohim deb atalganlar. Hazratning Abu Bakr deb aytilishi bu u kishining kuniyati — sharafli nomi (Bakrning otasi) bo’lib, «shayx» esa islomiyat sohasida ustod ekanliklarining e’tirofi tarzida ishlatilgan. Qaffol — qulf yasovchilik kasbiga aloqadorlikni bildiradi, ya’ni hazratning ota-bobolari hunarmand bo’lib, qulfsozlik bilan shug’ullanganlar. «Shoshiy» so’zi hazratning Shosh — Toshkentdan ekanligini ta’kidlovchi nisbadir. Shunday qilib, bu hazratning to’liq nomlari shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiy bo’lib, qisqartirilgan holda ba’zan Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy, ba’zan esa Shayx Qaffoli Shoshiy deb yuritiladi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:42:39

Hazratning ota-bobolari, onalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lmaganimizdan faqat ularning nomlarini zikr qilish bilan chegaralandik. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning tug’ilgan yillari ham hozircha aniqlanmagan bo’lsa-da, u kishi Shoshda — Toshkentda Ali Qaffoli Shoshiy oilasida dunyoga kelganlar. Muhammad o’sha davrning udumiga ko’ra boshlang’ich va madrasa ta’limini o’z vatanlarida olganlar, so’ng Buxoro, Samarqand, Bag’dod, Damashq shaharlaridagi olimu fuqaho — fiqh ilmining bilag’onlaridan ta’lim olganlar. Ma’lumki, X asrda sunniylikda islom qonunshunosligi sohasida to’rt mazhab — xanafiya, molikiya, xanbaliya va shofeiya mavjud bo’lib, ular fiqh masalalarini sharhlashda ma’lum o’ziga xosliklarga ega edilar. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy fiqhdagi bu mazhablardan shofeiyaning tarafdori sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Shu narsa aniqlanganki, shofeiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad bin Idris ash-Shofeiy (767—820 yillar) bo’lib, u fiqh ilmi uslubiyatining (usul-al fiqh) asoschisi sifatida e’tirof etilgan. U ijmo — Kengashib ma’lum bir xulosaga Kelish usulini shaxsiy mulohazaga asoslanishdan ustun qo’yardiki, bu usul — ijmoni barcha mazhab tarafdorlari ma’qullar edilar.
IX-X asrlarda shofeiya Bag’dod va Qohiradagina emas, balki Makka, Madina, Suriya, Kirmon hamda boshqa o’lkalarda keng tarqaldi. Xuddi ana shu davrda Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dod, Damashq, Makka, Madina, Shofeiya mazhabining asoschisi Abu Abdullo Shofeiy tug’ilgan G’azo shaharlariga bir Necha marta safar qilib, Shofeiyaning nazariy va amaliy masalalarini chuqur o’rgandi, o’z ona diyoriga qaytgach, shofeiyaning Movarounnahr va Turkistonda tarqalishiga asos solganlaridan hazrat shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyga nisbatan imomu asratin — zamonning imomi («imom» so’zi sunniylikda shariat mazhablari, jumladan, shofeiyaning asoschilariga nisbatan ham qo’llanilgan) hamda «Kibori ulamoi shofeiya» — shofeiyaning ulug’ ulamolaridan biri faxriy unvonlari berilgan edi. Ana shundan so’ng Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning muxlislari faqat Movarounnahr va Turkistonda emas, balki Arab mamlakatlari, jumladan, Bag’dod, G’azoda ham ko’payadi. Shuning natijasida Xoja Ahrori Valining ota tomonidan ajdodlari bo’lgan Xoja Muhammad Nomiy Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dodda bo’lganlarida ularning suhbatlariga qatnashib, u kishida Valilik fazilatlarini kuzatib, muxlis bo’lib qolib, Bag’doddan Shoshga keladilar-da, hazrat Shayxning xizmatlarida umr kechirib, shu yerda uylanib, farzand ko’rib, turg’un bo’lib qoladilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:42:58

Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuhrat qozongandan so’ng hayotlarini qanday tarzda o’tkazganlari, qanday xizmatlar qilganlari u kishi haqida yozilgan maqomotda bayon etilgan ekan. Uning ayrim lavhalari mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida keltirilgan. Biz uni mazmunan tarjima qilib, muhtaram muxlislarga manzur etmoqchimiz.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z hayotlari vaqtini uch qismga bo’lgan edilar: bir yil Rum tomonidagi G’azo shahriga (Misrda) borardilar, ul vaqtlarda Rumda islom yoyilmagan ekan; bir yil hajga borardilar va yana bir yil viloyatlarida (Shoshda) bo’lib, xalqni Haq tomon da’vat qilurdilar... Va shayx hazratlari bir necha marta Bag’dod va G’azoga borganlar...
Ayturlarkim, xazrati Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hajga borayotganlarida Bag’dodga kiribdilar. Shaharda tashvish va besarishtalik hukm surishini ko’ribdilar. Buning sababini surishtirganlarida ma’lum bo’libdiki, Rum sultoni Bag’dod podshohiga ibri tilida juda murakkab uslubda chiroyli noma yuborib, unda uch ishdan birini bajarish lozimligi qat’iy shart qilib qo’yilgan ekan. Bu shartlardan birinchisi Bag’dod podshohi Rum sultoni yuborgan noma uslubida ibri tilida javob yozishi kerakligi; ikkinchisi agar bu shartni ham bajara olmasa, unda uchinchi shart: urushga tayyor bo’lish kerakligi aytilgan ekan.
Bu noma Bag’dod podshohini qiyin ahvolga solib qo’ygan edi. Chunki bag’dodliklar rumiylar bilan urushga tayyor emasdilar hamda Rum podshohi talab qilgan miqdordagi boyliklari ham yo’q edi. Shuning uchun podshoh va saroy ahli Rum sultoni xatiga ibri tilida go’zal uslubda javob xati yozishdan boshqa choralari yo’qligini e’tirof etadilar. Shu maqsadda Bag’doddagi ulamo va fozillarni to’plab, xatga javob yozish lozimligini aytdilar, lekin bu ishni hech kim bajara olmadi. Bu hol bag’dodliklarni nihoyatda tashvishga solib qo’ygan bo’lib, buning ustiga Rum podshohining elchisi esa nomada bayon etilgan shartlarni qabul qilganlik va qilmaganlik haqidagi javobni tezlashtirishni har gal eslatardi. Bag’dodliklar juda bir qiyin ahvolda bo’lgan ayni shu vaqtda shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Bag’dodga kirib borgan edilar.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:43:09

Turkistondan bir donishmandning Bag’dodga kelganligi haqidagi gap shaharga Tezda tarqaldi. Bu xabar Bag’dod podshohiga borib yetdi. Podshoh odamlarini yuborib, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyni hurmat bilan saroyga keltirdi. Podshoh shayxga ahvolni tushuntirib, maqsadini aytdi va Rum sultonining nomasini berdi. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol yetmish ikki tilni bilardilar, shuning uchun xatni o’qib chiqib, agar podshoh bir shartimga ko’nsalar, javob yozaman, dedilar. Podshoh ul shart nimadan iborat ekanligini so’radi. Shayx aytdilar: shart shundan iboratki, podshoh hazratlari amir ul-mo’minin Usmonning mushafi (Qur’oni)ni Menga bersalar, Rum sultoni nomasiga javob yozurman. Podshoh bu shartga ko’nmadi, ammo xatga javob yozishni iltimos qilaVerdi. Shayx hazratlari esa aytgan shartlari bajarilmaguncha, javob yozmasliklarini qat’iy tarzda bayon qildilar. Shunda podshoh o’zining ulamo va amirlari bilan kengashdi. Ular aytdilar: shayxning sharti bajarilmasa, nomaga javob yozmasligi ma’lum bo’ldi. Ahvol esa juda qiyin, Rum elchisi ham Tezlashtirishni talab qilayapti. Yaxshisi, shayxning shartini qabul qilib, mushafni berish ma’qul ko’rinadi. Xatga javob yozganidan so’ng esa, ko’p oltin berib mushafni qaytib olurmiz, agar yo’q desa zo’rlik bilan ham olamiz. Podshoh bu maslahatga rozi bo’lib amir ul-mo’minin Usmon Qur’onini shayx Abu Bakr Muhammad Qaffolga berdi. Mushaf (Qur’on)ni olgan shayx hazratlari valoyat (valiylik) nazarlari bilan podshohning asl maqsadidan ham ogoh bo’ldilar. Shuning uchun xatga javob yozish uchun podshohdan o’n kun muhlat so’radilar. Podshoh rozilik berdi. Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol mushaf (Qur’on)ni olib, podshoh huzuridan chiqdilar va tezlik bilan o’z qo’nalg’alariga yetib keldilar. Shayx hazratlari o’zlarining nihoyatda ziyrak va chaqqon shogirdlariga mushaf (Qur’on)ni topshirib, uni uchar otga mindirib, shunday Dedilar: «O’n kun ichida Tezlik bilan Tabriz shahriga yetib borishing kerak!» Shogirdlari ustodning so’zlarini eshitib, o’sha vaqtning o’zidayoq yo’lga otlandi.
Shundan so’ng shayx hazratlari Rum sultoni nomasiga ibri (qadimiy yahudiylar tili) tilida nihoyatda go’zal uslubda javob xatini yozdilar. O’n kundan keyin podshohning chopari kelib, xatga yozilgan javobni talab qildi. Shayx hazratlari Rum sultoni nomasi va unga yozilgan javob xatni podshoh huzuriga olib bordilar. Podshoh uning ulamo va amirlariga yozgan javob nomani o’qib berdilar. Bunday go’zal javob xatni eshitib hamma hayratda qoldi. Podshohning vakili javob xatini Rum elchisiga topshirdi. Elchi xatni olib Rumga Ketdi. Rum sultoni uni o’qigach, aytdi: menga shu narsa ayonki, men yuborgan nomaga bunday javob yozuvchi Bag’odda yo’q. Bas shunday ekan, uni kim yozdi?! Elchi aytdi: Sulton hazratlarining fikrlari to’g’ri. Sizning nomangizga javob yozishga bag’dodliklar ojiz qolgan edilar. Shu vaqtda Bag’dodga Turkistondan bir donishmand kelgan edi, bu javobni o’sha turkistonlik donishmand yozdi. Rum sultoni bu gapni eshitib, shundayga o’xshaydi, deb aytdi.

Qayd etilgan


Ansora  22 Aprel 2010, 13:43:20

Ul mushaf (Qur’on) Xorazmshoh Shoshni xarob qilgan zamonda Abu Muso mahallasidan g’oyib bo’lgan edi.
Bu rivoyatdan ma’lum bo’lishicha, amir ul-mo’minin Usmon hazratlarining mushaf (Qur’on)larini shayx Abu Bakr Qaffolning sodiq shogirdlari Tabrez orqali Shosh (Toshkent)ga olib kelgan va u Shoshning Abu Muso mahallasida saqlangan ekan. V-Ollo-hu a’lam bis-savob!
Shuni ham eslatish joiz ko’rinadiki, mavlono Muhammad Qozi zamonida (XV asr) Shoshning Abu Muso mahallasi ma’lum va mashhur maskanlardan bo’lsa kerak, muallif uning koordinatlarini ko’rsatmagan va nima uchun mushafning aynan shu mahallada saqlanganligini bayon etmagan. Ehtimolki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol shu mahallada yashagan bo’lishlari ham mumkin yoki bu mahallada ma’lum va mashhur jome’ masjidi bo’lib, muqaddas kitob shu yerda saqlangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shayx hazratlariga bag’ishlangan maqomotda keltirilgan yuqoridagi lavhada olib Kelingan mushaf (Qur’on)ning saqlanish mahallasi (Abu Muso) ko’rsatilgan holda uning aniq joyi (masjid yoki uy) haqida hech narsa deyilmagan. Bas shunday ekan, keyingi tadqiqotlar bu masalaga oydinlik kiritar degan umiddamiz.
Mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy hayotlariga oid yana bir lavha Keltirilganki, yuqoridagi lavhada bayon etilgan voqealardan so’ng sodir bo’lganligi uning mazmunidan anglashiladi. Bu lavha quyidagichadir:
Ayturlarki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G’azo shahriga borgan yillaridan birida bag’dodliklar tarafida turib, rumliklar bilan urushganlar. Bu urushda bag’dodliklar yengilib, ko’plari, jumladan shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko’zdan kechirgan Rum sultoni hazrati shayxga qarab shunday debdi:
— Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. Rostini ayt qayerliksan?
Shayx hazratlari shunday javob beribdilar:

Qayd etilgan