Muallif Mavzu: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?  ( 7258 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« : 24 Aprel 2010, 13:05:38 »
 :bs1: :as: Hurmatli chet eldagi forumdoshlar bu mavzu sizlarga bag`ishlanadi!!

O`zbek halqi azaldan juda mehmon do`st xalq bo`lib kelishgan, Ular bilan suhbatlashgan inson huchmomilaligidan,  so`zga ustaligidan, yuzidagi nuridan o`zi uchun ancha taasurot ottiradi. Horijda yurganinggizda anchadan beri o`zbeklar bilan suhbat qurmaganninggizdagi sog`inch hissi qanday bo`lgan, nogohon O`zbekistondan birortasini ko`rib qolganmisiz(Notanish) oldiga borib ham Yurtdoshim deb suhbat qurgani o`zizda kuch topa olasizmi?

O'zbegim
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o'zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim.

So'ylasin Afrosiyobu
So'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida
Bitta marjon, o'zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, o'zbegim.

O'tdilar sho'rlik boshingdan
O'ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o'zbegim.

Tog'laring tegrangda go'yo
Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o'zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim.

Yog'di to'rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o'zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o'zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o'zbegim.

Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko'zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o'zbegim.

Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo'ydi Narvon, o'zbegim.

Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shohu sulton, o'zbegim.

Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig'oning
Soldi olam uzra o't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.

She'riyatning gulshanida
So'ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko'z yosh,
Ko'mdi armon, o'zbegim.

Yig'ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg'on
Qildi afg'on, o'zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.

Ortda qoldi qo'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.

Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'laafshon, o'zbegim.

Men Vatanni bog' deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam,
Bitta mujgon o'zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.

O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim.

Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo'lsam
Sodiq o'g'lon, o'zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon, o'zbegim.

Qayga bormay, boshda do'ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, o'zbegim.


Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon o'zbegim.


E.Vohidov
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #1 : 24 Aprel 2010, 15:15:32 »
      lekin ayrim (!) o'zbeklar chetga chiqvolib o'zinikilarni, yurtini yomonlash yoki qora ko'rsatishga urinib yotgani yomonda, osmonga tupursang tupuging boshinga tushadi deydigan odam yo'q!

     O'zbeklar yuvosh, dorga osilasan desa arqon ko'tarib boradigan deyishlari bilan isyonga, g'alayonga undaydiganlar xam yo'q emas, ularga xozirgi kundagi tinch, osoyishta, rivojlanish debochasidagi O'zbekiston emas Qirg'iziston ko'rinishidagi boshboshdoqlik, parokandalik fuqarolar urushi aziyati yetgan, yetimlari qo'n yig'lagan, bevalarin nolasi olamni tutgan O'zbekiston kerak.

     Allohim O'zbekistondan tinchlik nematingni olib qo'yma, xar xil g'alamis ko'rolmaslarni sovuq niyatlarni o'zidan qaytar, yurtimiz tinch xalqimiz obod, mansabdorlarimiz iymonu insofli bo'lsin

Ziyovuddin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3510
  • -oldi: 813
  • Xabarlar: 685
  • Jins: Erkak
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #2 : 24 Aprel 2010, 15:25:34 »
Iqtibos
...bevalarin nolasi olamni tutgan O'zbekiston kerak
Manimcha shu joyini noto'g'ri yozibsiz...

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #3 : 24 Aprel 2010, 15:38:49 »
Iqtibos
...bevalarin nolasi olamni tutgan O'zbekiston kerak
Manimcha shu joyini noto'g'ri yozibsiz...

nimaga aynan shu joyi
agar isyon ko'tarilsa, fuqorolar urushi bo'lsa, tinchlik yurtdan ketsa (Alloh asrasin) nima ko'payadi, qo'liga qurol ko'tarishga qodir bo'lgan erkaklarning o'limi ko'payadi
voy bolamlab qolgan onalarning, yig'idan chiqayotgan ovozini rumoli bilan tutayotgan bevalarning, otamlab qolgan yetimlarning nolalari ko'paymiydimi

Tojikistondagi fuqarolar urushi bo'lganiga xali 20 yildan oshgani yo'q ammo o'sha vaqtda oqqan ko'z yoshlar xaligacha ko'zlarni namlab turibdi

Alloh asrasin

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #4 : 25 Aprel 2010, 17:29:11 »
Horijda Birinchi uchratgan notish hamyurtiz bilan suhbatiz qanday kechgan.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #5 : 25 Aprel 2010, 18:02:06 »
Horijda Birinchi uchratgan notish hamyurtiz bilan suhbatiz qanday kechgan.
KUtubhonada korib qogandim.. Ozim borin uzbekmisiz disam.. Kozlari Yaraqlab ..  VAYYYY sizam uzbekmisiz.. Digandila...Kiyin mandan savolla soragandila.. telfon nomer almashgandik.. Shu-shu Ora orada Magazinlaga chiqib kelamiza..
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #6 : 25 Aprel 2010, 22:17:17 »
Horijda Birinchi uchratgan notish hamyurtiz bilan suhbatiz qanday kechgan.

Esimda yo'q ancha bo'gandi...  :)

Shukurki, uzoqni yaqin, mushkulni oson qiladigan tirrrnet degan bir mahluq chiqqan... Sog'ingada hamyurtlar bilan diydorlashish va suhbatlashish imkonin taqdim etadi...

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #7 : 08 May 2010, 16:02:16 »
Horijdan qaytayotgan chog`ingizda birinchi bo`lib kimga etalikka sovg`a olgansiz va qanday sovg`a
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Sayid Abdul baqi quraishi

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 1
  • Jins: Erkak
  • Sayid Abdul boqi Qurayshi
Re: O`zbekLarni Sog`indinggizmi?
« Javob #8 : 10 May 2010, 12:07:53 »
Assalomu alaykum varahmatullohi va barakatuh Aziz o'zbek lar
uzbelarning yaxshi so'zi shirin kalomi  urf odatlari guzal farhonglari minga yoqadi
uzbekligimga juda faxirlanaman
Sayid Abdul boqi Qurayshi

 

O`zbeklarni Chetter Davlatlariga Ishaga Borish!

Muallif gamer_recBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 9464
So'nggi javob 02 Sentyabr 2013, 23:34:51
muallifi Abdumuhaymin