Abiturientlik paytlarim edi. Kvartirada men va ikki do'stim o'qishga tayyorlanardik. Ularni bittasi meni yaqin insonim, bolalikdan birga o'sgan amakimni o'g'illari edi. Ikkinchisi esa o'qish davomida tanishgan lekin bir-birimiz bilan aka-ukaday bo'lib qolgan yana bir inson. Bir paytlar Ma'murjon Rahimov qalamiga mansub, "Bulbulmisiz yoki Boyqushmisiz?" nomli maqolani o'qib, do'stlarim o'zlarini "Boyqush"lar toifasidan ekanligini aniqlashdi. Menga unchalik farqi yo'q edi. Bir payt qarasam ular kunduzi uyquni urib, kechasi bilan bedor dars qilishyapti lekin kunduzi men tugatgan bo'limlarni yarmini ham tugatishmasdi. Men hayron bo'lardim. Ana shunday tunlarning birida men uyqudan oldin ularga, endi yotinglar, ertaga birga dars qilamiz dedim lekin ular ko'nishmadi, biz dars qilamiz deb turib olsihdi. Men mayli dedim-da charchaganim uchun uxlay qoldim. Bir payt nima bo'ldiyu uyg'onib ketdim, qandaydir qizlarni nomini aytib baqirishadimiye, oh, sevaman, o'laman, kuyaman deydimiye, avval hayron bo'ldim, bular test yechishyaptimi yoki....
Nonushta qilib o'tirgandik, men kecha qaysi bo'limni tugatdilaring deb so'radim, ular kecha bir test javobini topolmay rosa qiynaldik deyishdi, men esa ularga kecha tush ko'rganimni tushimda, ularning shu kecha bo'lgan suhbatlarini ko'rganimni aytdim va kulgudan o'zimni to'xtatolmasdim, sirdoshlar bir-birlariga qarab nima deyishni bilishmasdi, men esa kulgudan to'xtamasdim.