Meni kuldirgan holatlar  ( 34897 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


muhibb  26 Aprel 2010, 17:15:47

Assaomu alaykum.

Qarasam, forumda har kim turfa mavzularni boshlab berar ekan.
Navbatni menga berdinglar deb qabul qilgan holda, yangi mavzu ochmoqdaman.
Bu mavzuchaning sharti oddiy:
o'z boshingizdan o'tgan va sizni kuldirgan (xursand qilgan emas, balki kuldirgan) holatlarni bir-birimiz bilan baham ko'rishimiz.


O'zim boshlb bera qolay :)

Shanba kuni ishdan qaytayotib, avtobusga chiqdm. Odam o'ziga yarasha siqilinch. Gospitalniy bozordan bir bola chqdi. Ko'rinishidan va o'zini tutishidan uning viloyatdan kelgan talaba ekanligi ma'lum edi. Qo'lida smartfon telefon edi. ashula qo'yilgan, atrofdagilar bi-bir norozi ohangda qarab qo'yishar edi. Bitta joy bo'shagan edi, darhol o'tirib oldi. Ashulani o'chirishdan esa darak yo'q. 2 ashula tugadi, 3 siga navbat keldi, ammo u na telefonini pastlatdi, na atrofda birov indadi. Shu payt hayolimdan shu bolaning ta'zirini berish kerak degan fikr o'tdi. Sumkamda o'zimning naushnigim borligi esimga tushdi. Shun bersam, olmasa ham o'chirar, uning qilig'i madaniyatsizlik ekanligini tushunar degan hayolda edim. Lekin ikkilanar edim. Bola qabul qilmasachi, ortiqcha gap-so'z,....qisqasi, bu bola o'zi shu naushnigimga arziydimi?? degan savollar va andisha hech tinchlik bermas edi.
Unda hech bo'lmasa tanbeh berib, yoki biroz pasaytirib eshitishini aytmoqchi bo'lib, og'zini juftladimu, ungayam "dux" im yetmadi.
Mashinasozlar bekatidan tushayotganimda, "Alloh senga insof bersin" degan tilak bilan avtobusni tark etdim.

Bekatdan tushganima ikki hadis yodimga tushdi. Bular  "Biror yomonlikka duch kelsangiz, uni qo'lingiz bilan qaytaring. Qo'lingiz bilan qaytara olmasangiz, tilingiz bilan, u bilan qaytara olasangiz qalbingiz bilan nafratlaning. Bu sizning iymoningizning eng zaifligidir" va "O'zingizga ravo ko'rgan narsangizni birodaringizga ravo ko'rmagungngizcha haqiqiy musulmon emassiz"mazmunidagi hadislar edi.

O'zimga o'zim savol berib kular edim: "Sanam musulmonsana?! Musulmon bo'lmay o'l:) :) :)"

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  26 Aprel 2010, 18:22:44

Assalamu alaykum.
Ajoyib mavzu bo'libdi.

O'tgan hafta bo'lgan voqeani aytib beray sizlarga.
Uyimzini oldida katta o'rik daraxti bor. Bir qo'shni bola, kecha boshqa mavzuda yozgan Abdulaziz (Olti yoshda) bilan Abdulazizni koptokida dovuchcha qoqdik. Abdulaziz kichik bo'lgani uchun narigi bola bilan qoqib dovuchchalarni unga berardik.Shu payt koptokni darxtga qaratib tepdik. Koptok o'zi eskigina ekan, yorilib ketdi. Shunda Abdulaziz gingshiy boshladi:"Bu koptokni dodam 20.000ga olib bergandila, pensiyalaridan. To'lab berasila, ikkalela, eskib qolgani uchun mayli 10.000tushib beraman, ikkalela 10.000dan bersela bo'ldi" desa bo'ladimi. Kulaverib yumalab qoldim....

Qayd etilgan


Muxsinahon  27 Aprel 2010, 01:55:46

Assalamu alaykum.
Ajoyib mavzu bo'libdi.

O'tgan hafta bo'lgan voqeani aytib beray sizlarga.
Uyimzini oldida katta o'rik daraxti bor. Bir qo'shni bola, kecha boshqa mavzuda yozgan Abdulaziz (Olti yoshda) bilan Abdulazizni koptokida dovuchcha qoqdik. Abdulaziz kichik bo'lgani uchun narigi bola bilan qoqib dovuchchalarni unga berardik.Shu payt koptokni darxtga qaratib tepdik. Koptok o'zi eskigina ekan, yorilib ketdi. Shunda Abdulaziz gingshiy boshladi:"Bu koptokni dodam 20.000ga olib bergandila, pensiyalaridan. To'lab berasila, ikkalela, eskib qolgani uchun mayli 10.000tushib beraman, ikkalela 10.000dan bersela bo'ldi" desa bo'ladimi. Kulaverib yumalab qoldim....
:D to'g'risi o'qib rosa kulimman


Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Aprel 2010, 01:57:06

hech esimdan chiqmiydii....... BITTTTAAA gapppdoooooooonnn , giybatchi ayol bolardii kochamizada.. turgan ketgani yomonlardii.. Kere bosa yonidagi ayolliyam yomonlardiii,,, Bir kuni kochada yurgandim.. Ayollardan biri osha hotindan sorab qoldi,, Manzurahon Eriz qatdala korinmey qoldila dib qoldi.. Manzurahonam Vay kenayii  CHERNYOVga chiqib kelaman dib ketdilla disa.. Kichkina qizlari.. Oyi nega aldisiz.. Adam qomoqdala-ku dib qoygandiiiiiiiiiiii..........Bir hafayam bogandim.. bir kulgimam kegandi..

Qayd etilgan


Muxsinahon  27 Aprel 2010, 02:01:04

kecha kino ko'rib o'tirsam, VOYNA HARTA  diganakan nomi,poyizda asirlani op ketvotudi birdan tepadan samalyot kelib hammani otishshi boshladi kn asirla vagondan tushishdi olgan olvotti qogan qovotti shu vaqt ulani boshlig'i stroytsa disa bo'ladimi ensam qotti shu payt stroytsaga balo bomi qochlarin undan ko'ra didim kn bilsam ulani ozini stroytsasi borakan asir olinganlamiza dib yozishdi odamlani yig'ib shundan kn tepadigi samalyottigila otmasdan ketishdi ulani maqsadini kn chunganimdan kn rosa kulimman  : )

Qayd etilgan


JaviK  27 Aprel 2010, 16:01:33

:as: Hayrulla Hamidov akamiznining bir gaplari esimga tushib ketdi, " Yig`lash kerak, Bunga kulmoqlik emas, . "
U kishidan Olloh rozi bo`lsin, Mushkullarini oson qilsin, omin

Qayd etilgan


muhibb  27 Aprel 2010, 17:40:14

:as: Hayrulla Hamidov akamiznining bir gaplari esimga tushib ketdi, "Bunga kulmoqlik emas, Yig`lash kerak. "
U kishidan Olloh rozi bo`lsin, Mushkullarini oson qilsin, omin

Yig'lash Allohning rahmati. Uni O'zi istagan bandalariga beradi. Kulish esa, oson. O'zining ustidan kula olgan kishi, kamchiliklarini e'tirof etgan kishi hisobanadi.

Postingizning ikkinchi qismiga kelsak, Alloh har kimning qilmishiga yarasha bu dunyoda ham, oxiratda ham mukofot yoki jazo beradi. Bizning vazifa esa, faqatgina duo qilish xolos.


P.S. Mavzuning shartini sal tushuntira olmaganman shekilli?! Forumdoshlarimiz shunday holatlarni baham ko'rsinlarki, bu kulgu "achchiq kulgu" bo'lsin...

Qayd etilgan


Habib  27 Aprel 2010, 17:55:51

Hm... Unaqa tanqid bolaman dib hech oylamagandim.. Man hech viloylatli qizlaga etiroz yo.. Hohlagan ishini qilishi mumkin.. Man etmoqchi bogan gapim.. Toshkentlik Qizla Ozgina boshqacharo.. RUSLASHGan dimoqchiydim?? nega chunmadila? ozila etib turibsila oylamasan gapirmen deb .. Unda silayam oylamasdan gapirmela dee .. Torisii Man na Unaqa qizladan man NA Toshkentda yashiyman... Hammani fikri boshqacha.. Hamma ozini fikriyam bolishi kere.. Manimcha osha fikirii etishiyam kere...


P.S hammela Asal dimen dib etibsiz .. A man hammagayam eturmiman ku faqat qizlaga etvoman??  Kechirasilayuu.. ozgina tilim shironroq akan silaga yoqmaganligi uchun uzur...
Men  miyig'imda kulishimga, ichimdan ezilishimga olib kelgan holat va post!

Qayd etilgan


siddiqa  28 Aprel 2010, 07:07:43

. Qo'lida smartfon telefon edi. ashula qo'yilgan, :) :)"

 :as:

qo'shimcha darslardan qaytayotganimda shunqa holatga duch keldim ,faqat odamlar kam bemalol hamma o'tirib ketsa bo'ladigan avtobus ,bitta bola baland qilib ashula qo'yvogan yana o'zbekcha ham emasda naq hindcha ekan ....baland bo'lib bir payt boshlab qoldi

"Tu che de ka ko'yi " birnasa deb .hamma qariydi ,aytmoqchiydim keyin o'zini farosati yetar deb kutib turdim ohiri 1 amaki chidolmadi ..."avtobusga hind chiqvoganmi ,e o'chire kim bo'lsangam deb baqiruvdilar ,keyin tasir qildi .

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 07:22:58

..... ohiri 1 amaki chidolmadi ..."avtobusga hind chiqvoganmi ,e o'chire kim bo'lsangam deb baqiruvdilar ,keyin tasir qildi .

Shunaqa amakilardan ko'p bo'sin  :D

Qayd etilgan