Yoshligimizda Traktor stadioniga bordik. Futbol tomosha qilish uchun. O'yin adashmasam Paxtakor bilan edi. Traktor o'sha vaqtda stabil o'yin ko'rsatar, muxlislar mehrini qozongan edi. O'yin ancha shiddat bilan boshlandi. O'yinning 25 daqiqasi ortda qolgandi. Sheriklarimdan biri rosa "Traktor! Traktor!" deb baqirar, o'zicha mulislik qilar edi. Bir payt, mendan: "Bu o'ynayotgan o'yinchilardan qaysi kommanda Traktor o'zi?" deb so'rasa bo'ladimi?
Ustidan rosa kulgandik. Lekin, menga dars bo'lib qolgandi o'sha holat. Bir narsani mohiyatiga qadar o'rganmasdan turib, jonbozlik ko'rsatmaslik o'sha kulguli holatdan meros qolgan edi.