Yaqinda Buyuk Britaniya faxri bo’lmish aktyor Ser Shon Konneri 80 yoshini qarshiladi.
Shu munosabat bilan Rossiyaning "œIzvestiya" gazetasi aktyorni tabrikladi va u haqidagi quyidagi qiziq faktlarni taqdim etmoqda:
- 9 yoshidan chekishni boshlagan va 12 yoshida maktabni tashlagan.
- Flotda xizmat qilgan chog’larida 2 tatiurovka qildiradi. Birida: "œHar doim Shotlandiya", degan yozuv bo’lsa, ikkinchisida "œOnam va otam", deb yozilgan.
- Futbolni juda yaxshi o’ynagan va hatto kimsan "œManchester Yunayted"dan ham taklif olgan. Lekin kinoga bo’lgan muxabbat ustunlik qilib, futbolni "œqurbon qilgan".
- 23 yoshida bo’yi uzun barno yigitlar tanlovida 1-o’rinni qo’lga kiritgan. Uning bo’yi o’sha paytda 189 santimetr edi.
- 11 yil mobaynida raqs to’garagiga qatnagan.
- 21 yoshidan sochini oldirgan va Agent 007 Jeyms Bond haqidagi turkum filmlarda parik bilan rol o’ynagan.
- Ichkilikka mukkasidan ketganligini yashirib o’tirmaydi.
- Tomoq va po’chka rakini boshidan o’tkazgan va kasallikni yengishga erisha olgan.