Munkar va Nakirni bayoni
Har kishi yer ostina manzil qilur,
Munkaru Nakir anga beshak kelur.
Bas, ajoyib arzak o`lg`ay ko`zlari,
Uni qattig`, ham qarodur yuzlari
Qo`llarida gurzilar bo`lg`oy chunon ,
Yeti ming botmon boamri musta`on
Bas, alar degay hudoying kim, diyning
Kim erur bizga bu yerda nabing?
Gar Hudo yor o`lsa, bersa ul javob,
Qilmag`ay onlar azobu ham niqob.
Bas, Hudo yor o`lg`ay ang ul zamon,
Ham alardin ul zamon qolg`ay omon.
Ul Hudo ochg`ay go`rina, ey pisar
Rabzag`a qilg`ay hamisha ul nazar.
Ya`ni, jannatdin kelur nozu na`im
Huru G`ilmon hizmatida ey salim.
Doimo jannat aro sayr aylagay,
Do`zah o`tin yuzig`a Haq bog`lag`ay.
Hurramu hushvaqt bo`lub shomu sahar,
Bo`lg`ay anda, hech nima qilmas zarar.
Gar javobin bermasa, ey muqtado
Gurzi birla urg`ay oni, ey gado.
Vaqti gurz urmoqda ovozin bori,
Eshitur illo bashar birla pari
Odamiy birla pari eshitsalar,
Yemoqu ichmoqni qo`yg`aylar alar.
Oni uchun ul odamg`a amr emas,
Muni bilg`on yer bo`lur, ul ma`ni ras.
Go`rii qilg`ay chunon tang, ey falon,
So`ngogin bir —biriga kirguzgay hamon.
Ravzani do`zaxni ochgay go`rina
To qiyomat shula urg`ay to`rina
To Qiyomat beshak ul ko`rgay azob,
Bo`lmag`ay anga savob illo iqob.
Afzaliy nazm ayladi, ey muqtado
Ul aqoyid Nazmidin shohu gado.
Mavlaviyni nazmi bil shiru shaker,
Afzaliyni nazmi olamda hunar.
Man shariy`at gularidin, ey pisar
Bir gul uzdim, hush ajoyib, toza , tar.
Afzaliyga ushbu ishni, e Kariym,
Ayla oson, chunki otingdur Rahim.
Afzaliyni jurmi ko`pdir, ey Hudo,
Ayla jurmin mahv, qil iymon ato.
Afzaliy R.A "œMajma` ul-masoil" asaridan.