Bugungi Kunim Hissasi  ( 37859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Robiya  23 Iyul 2010, 10:33:54

:as:

YAXSHILIK DEB YASHAYMAN

Yaxshi kunni saharidan kutdim men,
Tong keltirgan xabaridan kutdim men,
Hayot zavqin saharidan kutdim men,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Do st qadrini vafosidan bildim men,
Ishq jabrini jafosidan bildim men,
Qalb zarbini xatosidan bildim men,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Gul atrini uforidan angladim,
Tikan zahrin ozoridan angladim.
Oshiq dardin dil zoridan angladim,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Ul chamanmas - lola, guli bo lmasa,
Ul maskanmas - gar bulbuli bo lmasa,
Ul Vatanmas - shoir o g li bo lmasa,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Normurod Narzullayev

Qayd etilgan


Margiloniy  23 Iyul 2010, 12:54:55

IKKI SOLIH.

Ikki solih bir - biri bilan suhbat qilib o`tirgan ekan, biri ikkinchisiga savol beribdi:
- Men ko`p narsaga tushunmayman, shekilli. Agar Alloh hech narsaga muhtoj bo`lmasa, nega uni maqtashimiz, ko`klarga ko`tarishimiz kerak bo`ladi? Nima biz undan qarzmizmi?

Ikkinchi solih aytibdi:
- Biz Yaratgandan har daqiqa qarzmiz va doimiy qarzdormiz.
Shunda taajubdan pasaygan solih nafasini rostlab gerdayib:
- Ha, qarzdormiz, lekin har daqiqa emas.

Ikkinchi solih unga yaqinlashib qo`llari bilan birinchi solihning burun - og`zini bekitibdi. Nafasi siqilgan solih kuch bilan itarib, debdi:
- Sen nima qilayapsan, axir o`ldirib qoyasanku!
Shunda ikkinchi solih jiddiylik bilan debdi:
- Seni Hudoning nafas qarzidan qutqarmoqchi edim.....

Qayd etilgan


JaviK  26 Iyul 2010, 20:31:56

ONAJON - Abdulla Oripov ijodidan
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga


Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq yelpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.


Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.

Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.


Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.


II


U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Yo`qmidi hech o`zga gaping, -
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.


Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.

Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.



III


Esimdadir, titrar edim -
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.


Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
- Shoir o`g`lim, - deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur'atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.

Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she'rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.

Qayd etilgan


JaviK  26 Iyul 2010, 23:31:53

Bir insonni do`sti vafotetibdi. Janozasi o`tgandan keyin olti oy o`tsaham inson dnyo ishlari bilan bo`lib dostini qabrini ziyorat qila olmabdi, Bir kun o`tirib ertaga qabristonga do`stining qabrini ziyorat qilishlikka qasd qilibdi. o`sha kuni tush ko`ribdi, tushida do`stini ko`ribdi, Ranggi bi ahvol bo`lgan do`stini ko`rib unga salom beribdi, do`sti indamabdi. Hayron bo`lib nega salomimga alik olmading deb so`rabdi shunda do`sti biz salomga alik olishdan, ibodat qilishlikdan kesilganmiz chunki vafot etganmiz debdi. shunda haligi inson do`stim hayotliging chog`ida chiroyli hushbichim yuzlarin tiniq inson eding nega bu ko`rinishga kelib qolding deb so`rabdi? shunda do`sti e do`stim men qabrga qo`yilganimdan so`ng bir arishta kelib meni gunohlarimni sanab ketdi oxirida bir katta gursi bilan urdi. shunda suyaklarim qaxshab ketti. tanam esa sarg'aya boshladi. shunda yer birdan ey gunohkor banda yer yuzida yurib shu gunohlarni qilgani olloxdan qo'rqmadinmi?  uyalmadinmi?  dedida qattiq siqa boshladi. qovurg'alari bir biriga birlashib ketti har kuni shu ahvol takrorlanar edi.  bir kun qayerdandur bir ovoz keldi, bas to'xtating ,  menga berilyotgan og'riqlar to'xtadi.  Og`riqlar to`htagan kecha esa Barot kechasi ekan. VA tiriklik chog`imda barot kechalaring birida 2 rakat namoz o`qiganim uchun gunohlarim kechirilib jannatga kirishligim aytildi.

Juma ma`ruzasidan.

Birodarlar bugun Barot kechasi. 

Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 23:31:14

:as:

Shu yilning 26-iyul kuni, hayotimda birinchi marta narkoz oldim...

Hamma ta'riflab berganidek, "katta parvoz"ga zo'r tayyorlanib turgandim... ;D

Osmonu-falak tugul, operatsiya xonasidan tashqariga uchib chiqa olmadim. :(


Shu narkoz deganizda bir voqea esimga tushib ketdi. Ollohdan madad so`rab esimda qolganicha yozaman.

Hazrati Ali r.a jangda orqasidan nayzayeb nayzani sug`urish uchun hushsizlantirish kerakligini tabib aytadi, shunda Hazrati Ali r.a birozdan keyin namoz vaqti keladi men namoz o`qiyatganimda sug`urib olasiz debdi. Namoz vaqti bo`libdi va namoz o`qishni boshlabdi, Tabib nayzani sug`uribdi va namozdan so`ng hazrati Ali r.a Sug`urdinggizmi deb so`rabdi ha deb javob beribdi. Namozimning hushusi tufayli hech narsani sezmabman debdi.

p/S : Esimda boricha, Hato bo`lsa Ollohning o`zi kechirsin.

Qayd etilgan


JaviK  19 Oktyabr 2010, 07:52:04

Dunyo hashamatli bir sallaga o‘xshar

So‘filardan biri xalqning o‘ziga e’tibor bermog‘i uchun boshidagi sallani ulkan qilib
o‘radi; ichini bo‘z bo‘laklari bilan to‘ldirdi. Tabiiyki, bu haybatli sallani ko‘rganlar, ichida
ancha gazlama bo‘lsa kerak, deb o‘ylardilar.
So‘fi bir kun madrasaga ketayotganda o‘g‘ri sallani olib qochdi. So‘fi ortidan baqirdi:
— Sallani och, sallani och. Ichidagini ko‘rginda keyin olib ket.
O’g‘ri qocharkan, qo‘ltig‘idagi sallani yecha boshladi. Qarasa, sallaning ichi bo‘z va
teri parchalari, paxta bo‘laklari bilan to‘la. Oxiri, qo‘lida faqat bir quloch bo‘z qoldi, xolos.
Qo‘lidagini yerga urdi:
— Oh pastkash odam. Men bu haybatli sallada bir narsalar bor, deb o‘ylagandim.
Sening hiylang meni rasvo qildi, deya hayqirdi. Bu so‘zlarni eshitgan so‘fi:
— O’g‘lim, dunyo mana shunaqadir. Mening sallam kabi yaxshi ko‘rinadi, ammo
so‘ngida vafosizligini ko‘rsatadi, besh pulga arzimaydi, eski tuski bo‘laklarga aylanadi,
dedi.

Qayd etilgan


JaviK  19 Oktyabr 2010, 07:52:32

Majnun jon tuyasiga mingan edi
Laylining ishqi bilan yonib yurgan Majnunga bir xabar yetkazishadi:
— Layli saharda bu qishloqtan anavi qishloqqa ketyapti. Majnun vaqt yo‘qotmasdan
ortidan tushsa, unga etadi, tezda harakat qilsin...
Majnun tuyasini hozirlab yo‘lga tushdi. Tuyaning yangi tug‘ilgan bir bo‘talog‘i bor edi.
Onasiga yetolmasdan orqada qolayotgan edi. Tuyaning fikri zikri ortda qolgan
bo‘talog‘ida edi. Majnun nixtalab haydaganda tuya orqaga qarab qarab qo‘yardi.
Majnunning xayoli esa Laylida. Majnun o‘zidan kechib, xayolga cho‘mganda tuya iziga
qarab olardi; Majnun o‘ziga kelgan vaqtda oldinga yurardi. Shunday qilib oqshomga
qadar yo‘l yurildi. Majnun bir orqasiga qaradiki, yo‘lga tushgan joyidan hatto bir farsah
ham uzoqlashmabdilar. Shu payt tuyaga bu so'zlarni aytdi:
— O tuya ikkimiz ham oshiqmiz. Men Layliga, sen bo‘taloqqa. Ishqlarimiz teskari
bizning... Bir birimizni yo‘ldan qoldiryapmiz. Biz bu yo‘lda yo‘ldosh bo‘lolmaymiz. Sen tanga oshiqsan, men jonga. Ayrilishimiz kerak...

Qayd etilgan


JaviK  19 Oktyabr 2010, 07:53:08

Xoja bilan quli

Bir kishi hammomga borishga ehtiyoj sezdi. Tong payti quliga: "Sungur uyg‘on.
hammom togorasini, lungi va sovun ol. Hammomga bormoqchiman", deb buyurdi.
Qul darrov hozirligini ko‘rdi. Birgalikda yo‘lga tushdilar. Shu paytda bomdod
namoziga azon chaqirildi. Namozga ixlosi baland bo‘lgan qul xojasiga yolvorgansimon:
dedi
— Ey mening marxamatli xojam. Siz do‘konda biroz o‘tirib tursangiz men shu
ro‘paradagi masjidda namoz o‘qib olsam, dedi.
Xojasi rozi bo‘lib, do‘konda o‘tirdi. Sungur esa masjidga kirdi. Bir ozdan so‘ng jamoat
namoz o‘qib masjiddan chiqdi. Xoja qulini kutdi, lekin nimagadir qul ko'rinmasdi. Ancha
paytgacha kutdi, darak bo‘lmadi. Xavotir olib masjidning eshigiga borib dedi:
— Sungur, seni kugyapman, nega tashqariga chiqmayapsan?
Sungur javob berdi:
— Xojam, menga yana biroz vaqt bering, hozir boraman.
Xoja yana kutdi. Oxiri sabri tugab yana takror aytdi:
— Hoy Sungur kech qolyapmiz. Tugat shu namozingni tezroq. Tugatginda tashqariga
chiq!
— Xojam, hozir boraman. Yana biroz...
Xojasi ortiq chidolmadi. Bu safar buyruq ohangda qulni tashqariga chorladi.
Qul yana:
— Xojam, men chiqmoqchiman, lekin qo‘yib yubormayaptilar, dedi.
Xoja hayron bo‘ldi.
— Masjidda hech kim qolmagan bo‘lsa, seni kim qo‘yib yubormayapti? deb baqirdi.
Sungur shunday javob berdi:
— Seni masjidga kirishingga yo‘l qo‘ymayotgan meni ham ichkaridan tashqariga
chiqishimga yo‘l qo‘ymayapti. Seni ichkariga kirishingga izn bermayotgan mening ham
tashqariga chiqishimga mone’lik qilmoqta. Sening bu tarafga qadam bosishingga ruxsat
bermayotgan mening xam tashqariga chiqishimga ruxsat bermayapti.
Chiqmayotganimning sababi ana shu.

Qayd etilgan


JaviK  19 Oktyabr 2010, 07:55:59

Karning bemor ziyorati

Oqqo‘ngil bir kar odam kasal qo‘shnisi holidan xabar olmoqchi bo‘ldi. Uzicha:
"Qo‘shnim kasal ekan. Uni borib ko‘rishim, hol ahvolini so‘rashim kerak, Ammo men
karman, u esa xasta, ovozi chiqmaydi. Lekin kasaldan odatdagi savollar so‘raladi va
ma’lum javoblar olinadi. Men qandaysiz desam, u yaxshiman, rahmat deydi. Nima
ovqatlar yeyapsiz deb so‘rayman, albatta, bir taomning nomini aytadi. Men esa osh
bo‘lsin deyman. Tabiblardan kim kelyapti, desam, biron tabibning ismini aytadi... Men
unga yaxshi tabib, deb aytaman", deb o‘yladi.
Kasalning yoniga kirib bosh tomoniga o‘tirdi:
— Yaxshimisiz? deb ahvol so‘ragan bo‘ldi. Kasal ingragan holda:
— O’lyapman deb javob berishi bilan kar odam:
— Voy, voy, juda xursand bo‘ldim dedi.
Xasta:
— Bu nima degani? Birovning o‘limiga ham xursand bo‘ladimi deb g‘azablandi.
Kar yana so‘radi:
— Nima yeyapsiz?
Xasta achchiq qilib:
— Zahar, — dedi. Kar uning bir taom nomini aytganini o‘ylab: "Osh bo‘lsin!" deb
javob qaytardi. Kasal butunlay aqldan ozayozdi.
Kar odam so‘rashda davom etdi:
— Davolash uchun tabiblardan kim kelyapti?
— Qani, yo‘qol bu yerdan! Azroil kelyapti, deb javob qaytardi.
 Kar:
— Juda bilimdon, tajribali tabib. Xudo xohlasa, yaqinda davosini topadi deganida,
kasal chiday olmay:
— Daf bo‘l deb baqirdi.
Kar esa qo‘shnilik haqqini ado etganidan juda xursand bo‘lib xayrlashdi.

Qayd etilgan


JaviK  19 Oktyabr 2010, 07:56:55

Namozda gaplashgan hindlar

To‘rtta musulmon hindi masjidda namoz o‘qiy boshlashdi. Ittifoqo, ichkariga muazzin
kirdi. ibodat mahali gaplashish, o‘ngga chapga qarash namoz qoidalariga to‘g‘ri
kelmaydi. Ammo ulardan biri yonidagi do‘stidan so‘radi:
— Ajabo muazzin azon aytdimi yoki namozga hali vaqt bormi?
Do‘sti namoz o‘qiy turib o‘zini tutolmay javob berdi:
— Jim bo‘l, namozda gaplashilmaydi! Namozing buziladi.
Uchinchi hind ikkinchisiga tanbeh berdi:
— Nega gapga aralashasan? Aslida o‘zingga qara. Sen ham gapirding, sening ham
namozing buzildi.
To‘rtinchisi luqma tashladi:
— Namozlaring buzildi. Xudoga shukrki, men jim turdim.
Aslida to‘rttalasining ham namozi buzilgan edi.

Qayd etilgan