Bugungi Kunim Hissasi  ( 37824 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


JaviK  30 Aprel 2010, 16:14:45

:bs1: :as: Mehribon Olloh va Uning Rasuli rizoligin so`rab Blogimni ochiq deb e`lon qilaman.



Ustozlarga dildan  qilib havas
Ular ila  bo`lmoq uchun ham nafas
Bo`lishin istadim  olamdan  bir bog`
Ochmoqlikni niyat qildim bir  blog,

Blogimga ko`p nomlarni tayinladim,
Bularni juda uzoq saraladim
Nomlarning eng yahshisi
"œBugungi kunim Hissasi "

Blogimdan joy olar yahshi qissa
Hadis, Rasm, Video hattoki falsafa
Blogim yordamdadur har ishda
Javlonbek forum.ziyo.uzdadir  hamisha!


Assalomu Alaykum aziz forumdoshlar va nihoyat men ham blog ochishga qaror qildim. Kunlarim o`tmoqda, o`tkizgan kunlarimini sarhisob qilyapmanmi? Olloh uchun ibodatdamanmi? Yahshi o`qishga, O`zimdan yahshi nom qoldirishga harakat qilyapmanmi? Shularni  o`ylab Ollohdan so`ramoqdaman: Ollohim tugallanmagan ishlarim tugatib  olmagunimcha, Umrim tugab qolmasin deb .

Dunyo ba misoli bir maktab, har kuni har hil fan(kasblar , farzlar, sunnatlar  ), Fanlarni o`zlashtirish uchun qo`limizda har hil darslik, Kundaligimizga qo`yilgan  Bilimlarimzga yarasha baho  (Qilgan ishlarimizni, amallarimizni yahshi yomonligi, savob olishimiz, Ota onalarimizni duolarini olishimiz, ) Kechqurun esa uyga vazifa (Bugungi kunimizni qanday o`tganligi to`g`risida sarhisob qilishimiz fursati, )

Shunday ekan men ham bugungi kunimda o`rgangan bilimimni, Ibrat bo`ladigon hadis va voqeliklarni joylab boraman, Albatta sizlarning yordamingiz bilan.


Qayd etilgan


JaviK  30 Aprel 2010, 16:17:35

Bir insondan eshitgan voqeamni sizlarga aytmoqchiman: Bir inson bor ekan dunyo ishlari bilan bo`lib, olloh yo`lida ibodatda turmas ekan, Rafiqasi homiladorlik chog`ida U inson avtohalokat tufayli vafot etibdi. Dafn qilingan qabristonida bir farishta aylanib yurar ekan, o`sha inson qabri oldidan o`tganda qabr ichida azoblanayotganini ko`rar ekan. Oradan vaqtlar o`tibdi, rafiqasi o`g`il  ko`ribdi, o`g`li tilichi chiqqanda bolalik tillari bilan "œLa Illaha illallohu Muhammadur Rasululloh"  deb aytishni o`rganibdi. Onasi unga kichiklar bilishi kerak bo`lgan narsalarni o`rgata oshlabdi. Farishta esa qabristondan o`tayotib, haligi inson qabriga nazar solibdi va qarasa qabrda azoblanayotgan inson orom olib yotgan ekan.   

Qayd etilgan


JaviK  30 Aprel 2010, 16:18:30

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "œErtaga jangda bayroqni bir kishiga beraman, Alloh va Rasuli uni yahshi ko`radi  va u ham Alloh va Rasulini yahshi ko`radi  "  debdi. Ertasiga hamma sahobalar o`sha kishi o`zlari bo`lishini umid qilishganda,   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Alini so`rab qoldilar. Sahobalar Alining ko`zlari og`riyotgani haqida habar berishdi. Rasululloh u kishini huzurlariga borganlarida haqiqatda ko`zlari og`rigan edi. Shunda  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak qo`llarini Alining ko`zlariga tekkizib duo qildilar va ko`zlari shifo topdilar.

Qayd etilgan


JaviK  30 Aprel 2010, 16:20:06

Bir kuni Umar ibn Xattob qilichini yalang`ochlab, Rasulullohni o`ldirmoqni qasd qilib, oldiga ketayotganida yo`lidan Na`im ibn Abdulloh uchrab qoladi. Umarning holini ko`rib qayerga ketayapsan deb  so`raydi, Umar ibn Xattob:
"œQurayshning olihalarini so`kkan, ilohni yagona deb payg`ambarlikni da`vo qilayotgan Muhammadni o`ldirish uchun ketayapman "œ deb javob beradi. Na`im :
"œAvval singling va kuyovingga qarasang-chi, ular Muhammadning diniga kirishdi-ku!   " deydi. Umar yo`lidan qaytib, singlisining uyiga kelganida Xabbob ibn Art r.a  Fotima va uning eriga Qur`on o`qib berayotgan edi. Umar eshikni taqillatadi. Fotima eshikni ochadi. Umar uyga kirmasdan oldin singlisidan Islomga kirgani haqidagi habarni rost yoki yolg`onligini surishtiradi. Keyin u kuyovini urib ketadi, buni ko`rgan singlisi u kishiga yopishadi. Umar singlisini turtib, uni ham qonga belaydi. Shunda singlisi yig`lab :
   "œBizni urib o`ldirib yubor, lekin bu dindan qaytmaymiz " deb qat`iy turib oladi. Shunda Umarning Qalbi yumshab qilgan ishidan afsuslanadi. Singlisidan Qur`on oyatlari bitilgan varoqni tortib olmoqchi bo`lganida, U:
"œSen nopoksan g`usl qilmaguningcha buni ushlashing mumkin emas " deydi. G`usl qilib kelib varoqni qo`liga oladi. Unda    "œToha"    surasining quyidagi oyatlari bor edi.

"œSenga Qur`onni baxtsiz bo`lishing uchun nozil qilganimiz yo`q, Faqat (Robbisidan ) qo`rquvchi kimslarga eslatma qilib tushurdik. (Bu Qur`on ) yer va  buyuk osmonni yaratgan Zot tarafidan nozil qilingandir"¦."

   Umarning qalbida bir narsa shu`lalanadi. Bu shu`la Islom nurining uchquni edi. Bu uchqun kelajakda olovga aylanib, butun dunyoni zabt ettirishi kerak edi.
   Shunda Xabbob berkinib yotgan joyidan chiqib, ey Umar, hursand bo`l, Men Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam seni haqingda "œAllohim, Islomni Umar bilan quvvatlagin" deb duo qilayotganlarini eshitdim" dedi. 
   

Qayd etilgan


Muslima.bgm  30 Aprel 2010, 16:21:04

Hurmatli forumdosh, blogingiz muborak bo'lsin. Inshaalloh blogingiz kerakli va odamlarga foydasi degadigan, eng ko'p ibratli postlar qoldiriladigan bloglardan bir bo'ladi ;)

Qayd etilgan


JaviK  08 May 2010, 14:25:35

Uyquning Xillari


1. Sunnat uyqu
2. Bid`at  uyqu
3. Telbalikka sabab bo`ladigon uyqu
4. Uqubatga sabab bo`ladigon uyqu
5. Odatiy uyqu
6. Nadomatga sabab bo`ladigon uyqu
7. G`aflat uyqu
8. Darveshlikka sabab bo`ladigon uyqu
9. Garomat uyqu
10. Rohat uyqu
11. Ibodat uyqu
12. Karomat uyqu  

Qayd etilgan


JaviK  08 May 2010, 14:28:37

Sunnat uyqu


Kunning yarimidagi uyqu, ya`ni oftob ko`tarilib to peshin namozigacha bo`ladigon oralig`idagi (2 soatlik) uyqu yani —kaylula.. Bu uyqu aqlni ziyoda qiladi va tungi uyquni o`rnini ham bosadi.

                         
     Bid`at uyqu


Peshin nomozi vaqtidagi uyqu —bid`at uyqu. Bid`atchining joyi do`zahdir.


                         
Telbalikka sabab bo`ladigon uyqu


Asr Namozidan keyingi uyqu devonalikka, jinnilikka, Parishonlikka, telbalikka sabab bo`ladi.

Qayd etilgan


JaviK  08 May 2010, 14:31:12

Uqubatga sabab bo`ladigan uyqu


Namozi huftonni o`qimay uhlangan uyqu, Bu dunyoda xam oxiratda ham azob uqubatga sabab bo`ladi

Odatiy uyqu


Odatiy, Xuftondan keyingi uyqu, ya`ni xuftonni o`qib uhlash.

Nadomat uyqu


     Tong otar vaqtida uhlash(ya`ni uyg`onib, turib ketmay yana uhlab qolish) bilan bomdodni qazo bo`lishiga sabab bo`ladi, shunda turib nadomat qiladi. Yana biri ilmiy majlisda uhlash.

Qayd etilgan


JaviK  08 May 2010, 14:34:24

G`aflat uyqu


Tong otganda uhlab yotish ya`ni subhda.
   Xadis :  Rasululloh (s.a.v) qizlari Fotima (r.a) ga dedilar: "œSubh vaqtida uhlab yotmagin, chunki bu vaqtda 3 narsa taqsim qilinadi. " :
--Barcha yahshiliklar taqsimlanadi.
--Xusni xulqlik, yahshi fe`llik va odob taqsimlanadi.
--Rizq —ro`z va fayzu barokat taqsimlanadi.
"œKim tong otganda, ya`ni subhda yotsa, shu 3 narsadan quruq qoladi ".


Darveshlikka sabab bo`ladigan uyqu.

Darveshlikka kambag`alikka, devonalikka, qarzdorlikka —barcha qiyinchiliklarga sabab bo`ldi sabab bo`ladigan uyqu, ya`ni bomdoddan keyin kun chiqquncha uhlab yotish.

Garomat uyqu


Ibodatdan so`ng duoda, sanoda, salovatda, qiroatda ko`zi ketib qolish garomat uyqusidir.

Qayd etilgan


JaviK  08 May 2010, 14:36:48

Rohat uyqu

Bu kasal va go`daklarning uyqusidir. Qancha ko`p uhlasa, shifo, foyda, rohat bo`ladi.

Ibodat uyqu


Bu uyqu olimlar, Obidlar, ro`zadorlar uyqusidir. Har kishi xufton namozidan keyin taxoratlik uhlasa, farishtalar uni parvarishlab, atrofida bo`ladi va uning uyqusi tong otguncha ibodat qilganning savobini oladi va uning uyqusi rohatlik bo`ladi.

Karomat uyqu

Karomat uyqu —sajdadagi, ya`ni tunda namoz o`qiyotib, charchab sajdada uhlab qolishdir.

Qayd etilgan