Bolaning, ayniqsa temperaturasi baland bo’lgan vaqtda, og’zi qurib turadi. Shuning uchuin unga tez-tez oz—ozdan (yarim choy qoshiqdan) suv ichirib turish kerak. Ich ketishi bilan o’tadigan me’da—ichak kasaalliklarida bola ko’p suyuqlik yoqotadi, bunda har 15-20 minutda kam-kamdan suv ichirib turish (bola uyg’oqligida) zarur. Yuqori nafas yo’llari kasalliklarida bolani vaqt-vaqti bilan bir yonboshdan ikkinchi yonboshiga ag’darib turish lozim; uni tez-tez qo’lga olib ko’tarib yursa ham bo’ladi, lekin nafas olishiga halal bermaslik uchun ko’tarib yuruvchi kishi bolani bag’riga qattiq bosmasligi kerak. Teri kasalliklarida bemor bolaning ich kiyimlarini qaynatib olish va dazmollash shart. Primochka qo’yilishi zarur bo’lsa, to’rt qavat qilib buklangan doka yoki toza surpni dori eritmasiga ho’llab kasal joyini qoplab turadigan qilib qo’yiladi. Lattani olmay har 20 minutda ustiga tomizg’ich yoki qoshiqdan dori tomizib turiladi. Agar bolaning yuzida ekzema (go’sh) bo’lsa, unda yuziga niqobga o’xshagan mazli bog’lamlar qo’yiladi. Maz suriladigan doka parchasidan bolaning burni, ko’zlari va og’zi o’rnida teshiklar ochiladi, bog’lam uchlari esa bolaning ensasidan bog’lab qo’yiladi.
Suyuq dori qoshiqchadan ichiriladi (achchiq dori ustidan bolaga shirin choy ichirish kerak). Tabletkalarni maydalab va suvda eritb ichirgan ma’qul.