— Maslahatimiz shunday: Iloji boricha yostiqni baland qo’yib, yonboshlab yoting. CHunki chalqancha yotib uxlaganda yumshoq tanglay, tilcha va til ildizi orqaga surilib, hiqildoqqa yaqinlashadi. Bu esa xurrak otishga sabab bo’ladi.
Ba’zan semirib ketgan odamlar yonboshlab yotganlarida ham xurrak otadilar. Bunday kishilar hech bo’lmaganda 4-5 kilogramm ozishlari kerak, shunda yumshoq tanglay va tilchada yig’ilgan yog’ miqdori kamayadi. CHekishni tashlash orqali ham xurrakdan xalos bo’lish mumkin. CHunki chekish hiqildoq, traxeya va halqumning surunkali kasalliklarini keltirib chiqaradi. Natijada shilliq qavatlar shishadi va nafas yo’llari torayadi. Kechqurun yotishdan oldin to’yib ovqatlanmang. Agar me’da ovqatga to’lib ketsa, nafas olish qiyinlashadi, bu ham xurrak otishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, nafas olish yo’llarida polip (o’sma)lar bo’lishi yoki burun to’sig’ining qiyshayib qolishi ham xurrakni zo’raytiradi.