“Univеrsiada-2010”  ( 18703 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


JaviK  04 Iyun 2010, 17:18:09

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida qad rostlagan, zamon talablariga javob beradigan sport majmualari va bolalar sporti inshootlari, stadionlar, maktab va kollejlarning sport zallari yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Barcha sport majmualarini zamonaviy sport anjomlari, yuqori malakali sport ustozlari va murabbiylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir. Sportni ommalashtirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar ko’lami tobora kengaymoqda.

Bu uzviy jarayonning muhim tarkibiy qismi bo’lgan uch bosqichli sport tizimi — "œUmid nihollari", "œBarkamol avlod" va Universiada musobaqalari yoshlar o’z iqtidori va imkoniyatini namoyon etishi, kelajakda nafaqat mohir sportchi, balki o’z mustaqil fikriga ega, ma’nan va jismonan sog’lom insonlar sifatida kamol topishiga xizmat qilmoqda. Yigit-qizlar uchun Universiada o’z iqtidor va salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda, ularni katta sport sari ruhlantirmoqda. Xalqaro maydonlarda O’zbekiston bayrog’ini baland ko’taradigan, yurt sha’ni, xalq g’ururi uchun kurashadigan fidoyi sportchilarga qanot baxsh etmoqda.

Universiada bu gal ham yurtimiz talaba-yoshlarining haqiqiy sport bayramiga aylandi. Bellashuvlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari tarkibida 1800 nafarga yaqin yigit-qiz o’zaro kurash olib bordi. Musobaqalar sportning 12 turi bo’yicha o’tkazildi. Sportchi-talabalar Olimpiada o’yinlari tamoyillari asosida kuch, epchillik, tezlik borasida halol bellashib, yuksak sport mahoratini namoyish etdilar. Bellashuvlar jarayonida iqtidorli sportchilar 176 oltin, 176 kumush va 191 bronza medallariga sazovor bo’ldi.

"¦Andijon shahridagi "œSog’lom avlod" stadioni bayramona bezatilgan. Stadion davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mashhur sportchilar, ota-onalar, talaba va o’quvchi-yoshlar bilan to’la.

Musiqa sadolari yangraydi. "œUniversiada—2010" sport musobaqalarining tantanali yopilishiga bag’ishlangan bayram tadbiri boshlanadi. Maydonga birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egallagan terma jamoalar, eng yaxshi natija ko’rsatgan sportchilar kirib keladi.

Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:18:34

"œUniversiada — 2010" g’oliblarini taqdirlash marosimi dillarga hayajon bag’ishlaydi. Bellashuvlar natijalariga ko’ra, umumjamoa hisobida birinchi o’rinni Toshkent shahri jamoasi egalladi. Ikkinchi o’rin Andijon viloyati, uchinchi o’rin esa Navoiy viloyati vakillariga nasib etdi.

Stadion yoshlarning sho’x-shodon qiyqirig’iga to’ladi. Barcha g’oliblarni qutlaydi. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari sport musobaqalari g’oliblariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg’alari topshiriladi.

Eng qadrli, eng nufuzli sovg’a — Prezidentimiz Islom Karimovning "œUniversiada — 2010" qatnashchilariga yo’llagan tabrigining asl nusxasi bilan musobaqa g’olibi — Toshkent shahri terma jamoasi taqdirlandi.

Eng yuqori uch o’rinni egallagan g’olib jamoalarga Prezident sovg’asi — "œDamas" avtomobillari taqdim etildi.

Universiadaning turli nominatsiyalari bo’yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan sportchilarga diplom hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

— Musobaqalar keskin va murosasiz o’tdi, — deydi tennis bo’yicha oltin medal sohibasi, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi Dilyora Saidxo’jayeva. — Bellashuvlarda g’olib chiqib, Toshkent shahri terma jamoasi g’aznasini oltin medal bilan boyitganimdan baxtiyorman. Prezidentimiz Islom Karimovning "œUniversiada — 2010" ishtirokchilariga yo’llagan tabrigi kayfiyatimizni va ruhimizni yanada ko’tarib yubordi. Yoshlar uchun kamolot va birdamlik bayramiga aylanib ketgan mazkur Universiada bir umr xotiramda qoladi. Qo’lga kiritgan muvaffaqiyatim meni yangi-yangi marralarni zabt etishga undaydi.

Ha, mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsad yo’lidagi ulkan ishlar o’z samaralarini bermoqda. Bugun sog’lom turmush tarzi, sport va yuksak ma’naviyat kabi mushtarak tushunchalar yoshlarimiz hayotining mazmuniga aylandi. Bularning barchasi yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir barkamol avlod voyaga yetayotganining yorqin dalolatidir.

"¦Stadion uzra taralayotgan kuy ohangida Universiada bayrog’i Universiadaning navbatdagi mezboni — Buxoro viloyati vakillariga topshiriladi.

Tadbirda san’atkorlar ijrosida Vatan, yoshlik va sportni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar yangradi.

"œUniversiada—2010" sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev ishtirok etdi.

Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:20:28

1-O`rin Toshkent Shaxri

Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:22:03

2-O`rin. Andijon Viloyati jamoasi


Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:23:06

3-o`rin Navoiy viloyati jamoasi


Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:24:52


Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:25:45


Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:27:58


Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:29:26

Tantanali ochilish marosimidan lavha


Qayd etilgan


JaviK  04 Iyun 2010, 17:31:17


Qayd etilgan